O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

25 05 2017 XALQDAN SAVOL 2
25 05 2017 XALQDAN SAVOL 2
25 05 2017 XALQDAN SAVOL 1
25 05 2017 XALQDAN SAVOL 1
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Hujjatlar
Kodeks

O’ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI PROFESSIONAL JURNALISTINING ODOB-AXLOQ KODEKSI

Kirish

O’zbekistondagi EOAVning professional jurnalisti - bu avvalo, jamiyat oldida o’zining professional burchini to’laqonli anglovchi va mentalitetni, o’zbek xalqi tarixi va an’analarini tan oladigan va uni o’rganadigan, umuminsoniy qadriyatlarni rivojlantirishga intiladigan, tinchlik, demokratik rivojlanish va taraqqiyotga faol zamin hozirlaydigan, O’zbekiston Respublikasi qonunlariga amal qiladigan, jamiyatning faol ilgarilashiga to’sqinlik qiluvchi sabablarni tahlil qiluvchi va ochib tashlovchi, o’z xalqi dardi bilan yashovchi kishidir.

Jurnalist o’z vazifalarini bajarishda quyidagilarga rioya etishi kerak:

  • obyektiv voqelikni haqqoniy ifodalash orqali odamlarning to’g’ri va ishonchli ma’lumot olishi kafolatini berishi shart;
  • umumiy qabul qilingan odob-axloq me’yorlariga, shuningdek, o’zaro munosabatlar madaniyatining standartlariga rioya etish, odamlarga nisbatan insoniylik va oliyjanoblilik ko’rsatish, adolatli bo’lib, uning sha’nini hurmat qilish;
  • insonning qadri-qimmati va uning shaxsiy hayotga huquqini hurmat qilish, xalqaro huquq talablari va milliy qonunlarga muvofiq uning huquqlarini va obro’sini haqorat, tuhmat, yolg’on ayblovlardan himoya qilish;
  • ommaviy axborot vositalaridan jamiyat manfaatlariga, shaxsning huquqlari va qonuniy manfaatlariga zid ravishda foydalanishga yo’l qo’ymaslik, shuningdek urush va zo’ravonlikni, milliy, ijtimoiy va diniy murosasizlik, millatlararo nizolarni, shafqatsizlikni targ’ibot qilish, pornografiyani tarqatish hamda jamoatchilik fikriga ta’sir o’tkazish va so’z erkinligining monopolizatsiyaga yo’l qo’ymaslikni yodda tutish;
  • jamiyat manfaatlari borasidagi ishlar jamiyatning va fikrlarning turlicha ekanligini e’tirof etish va shu bilan birga muammo va voqealarni yoritishda juda ham sodda yondashuvga yo’l qo’ymaslik;
  • fitna, ig’voning har qanday shaklidan yoki tajovuz, urush, qurollanish, zo’ravonlik, shafqatsizlik, kamsitishning har qanday ko’rinishini oqlashdan o’zini tuta bilish;
  • O’zbek xalqi an’analarni saqlash va rivojlantirish uchun o’z javobgarligini his etish

Professional jurnalist quyidagilarga yo’l qo’ymasligi kerak:

  • axborot olish maqsadida yolg’on, qo’rqitish, provokatsiya yoki odob-axloq va huquq me’yorlariga zid bo’lgan boshqa usullarni qo’llash;
  • o’z mavqeidan ma’lum bir foyda ko’rish maqsadida foydalanmaslik, shuningdek begona shaxs yoki ommaviy axborot vositasi bo’lmagan boshqa tashkilotning foydasiga axborot to’plamaslik;
  • jinoiy shaxslarning himoyachisi bo’lib chiqish, ekstremistik, terroristik, millatchilik tashkilotlar va guruhlarning manfaatlarini ma’lumotni ularga qulay tarzda yoritish orqali qo’llab-quvvatlamaslik;
  • plagiat, yashirincha reklama bilan shug’ullanmaslik, ommani chalg’itishga olib keluvchi tasvir va ovoz bilan ta’sir ko’rsatish, shuningdek haqiqatga to’g’ri kelmagan ma’lumotlarni jamoatchilik e’tiboriga taqdim etmaslik.

Jurnalistning mahorati quyidagilardan iborat:

  • barcha professional sa’y-harakatlarni halollik va mulohaza bilan, adolatlilik, vijdonlilik, intiluvchanlik va jasorat ko’rsatgan holda bajarish;
  • o’quvchilar, tomoshabinlar, tinglovchilarda boshqa xalqlarning ehtiyojlariga ta’sirchanligini oshirish orqali millatlararo munosabatlar madaniyatini tarbiyalashga ko’maklashish, barcha millatlar va insonlarning dini va jinsi, tili va millati, diniy qarashlari va e’tiqodidan qat’i nazar ularning huquq va qadr-qimmatlarini hurmat qilish;
  • bolalarga oid ishlarga alohida e’tibor qaratish hamda ularning kattalarga nisbatan shaxsiy hayotini har tomonlama himoya qilish;
  • har bir inson uning aybdorligi sud tomonidan tasdiqlanmagunga qadar aybdor emasligi to’g’risidagi tamoyilga asoslanish;
  • tahliliy ma’lumotlarni shaxsiy yondashuvlari asosida emas, mutaxassislar fikrlariga asoslangan holda taqdim etish;
  • ma’lumot manbasining maxfiyligini himoya qilish borasida barcha majburiyatlarni bajarish;
  • ma’lumot mazmuniga siyosiy ta’sir ko’rsatmoqchi bo’lganlarga, shuningdek axborotlarni to’plash va tarqatish bilan shug’ullanuvchilarga do’q-po’pisa qilmoqchi bo’lganlarga qarshi turish;
  • odamlarning ommaviy axborot vositalariga ishonchini mustahkamlash, ya’ni o’quvchilar, tomoshabinlar va tinglovchilar bilan ochiq muloqot olib borish, o’z faoliyatiga jamoatchilik tomonidan bildirilayotgan haqqoniy da’volarini omma oldida to’g’ri qabul qilish, muayyan xatolarni tezkorlik bilan bartaraf etgan holda tanqidga javob berish imkoniyatini yaratish, ma’lumot oluvchilarning ongiga qasddan ta’sir ko’rsatishni va noaniq, ikki ma’noli sarlavhalar orqali ularni noto’g’ri yo’naltirishga yo’l qo’ymaslik;
  • odobsizlik, do’q-po’pisaga yo’l qo’ymagan holda jismoniy va yuridik shaxslarning ma’lumot bermaslik huquqini hurmat qilish, faqat ma’lumot berish qonuniy ravishda majburiy bo’lgan holatlar bundan mustasno;
  • jurnalistik hamkorlikning manfaatlari va maqsadlarining umumiyligini hurmat qilish, bu borada jamiyatda barqarorlik va ishonchlilikning sharti sifatida professional birdamlikka rioya qilish;
  • jamiyat hayotini boshqarishni amalga oshiruvchi hokimiyatni muhim ijtimoiy organizmni boshqarish uchun mo’ljallangan institut sifatida hurmat qilish;
  • elektron xizmatlardan foydalanishda barcha ma’lumotlarning aniqligi va haqqoniyligining yuqori standartlarini qo’llash, har qanday ma’lumotdan foydalanganda uning aniqligi va to’g’riligi haqida ishonch hosil qilish;
  • axborot va kommunikatsiya sohasida xalqaro munosabatlar jarayoniga, ayniqsa xalqlar va davlatlar o’rtasida tinchlik va do’stona munosabatlarni mustahkamlashga ko’maklashish;
  • har qanday intilish va sa’y-harakatlarda O’zbekiston Respublikasi va uning fuqarolari manfaatlarining ustuvor ekanligini his etish.
Mavzuga oid yangiliklar
Tеlеrаdiоuzаtuvchilаr Хаrtiyasi
Tеlеrаdiоuzаtuvchilаr Хаrtiyasi Biz, ko’ngilli tаrzdа O’zbеkistоn Nоdаvlаt Elеktrоn Оmmаviy Ахbоrоt Vоsitаlаri Milliy Аssоtsiаtsiyasini (O’zEОАVMА) tuzgаn O’zbеkistоn nоdаvlаt tеlеrаdiоuzаtuvchilаri: ...
07.12.2012 / 12:14
O'ZBEKISTON ELEKTRON OAV MILLIY ASSOTSIATSIYASINING U S T A V I (yangi tahriri)
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil «30» sentabrda «QAYTA RO'YXATGA OLINGAN» O'zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi a'zolarining 2015 yil «11» ...
07.12.2012 / 12:13