O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

Ozod yurt to'lqinlari media festivali
Ozod yurt to'lqinlari media festivali
Tezkor xabar 28 07 2017 11 30
Tezkor xabar 28 07 2017 11 30
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
O'zEOAVMA raisi
ABDUXOLIQOV FIRDAVS FRIDUNOVICH

2003 yildan buyon O'zbekiston Elektron Ommaviy Axborot Vositalari Milliy Assotsiatsiyasi Boshqaruvi Raisi lavozimida ishlaydi.

Tug'ilgan yili: 1963 yil 10 avgust

Tug'ilgan joyi: Samarqand shahri

Millati: O'zbek

Ma'lumoti: Oliy

Tamomlagan: 1985 yili Samarqand Davlat Universitetining Rus tili filologiyasi fakulteti, 2007 yili Samarqand Davlat Universitetining Iqtisodiyot fakulteti

Davlat mukofotlari bilan taqdirlanganmi (qanaqa): 2000 yili «O'zbekiston belgisi» ko'krak nishoni, 2011 yili «O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan jurnalist» faxriy unvoni, "O'zbekiston Respublikasi mustaqilligiga 25 yil” esdalik nishoni (2016 y.). 

Xalq deputatlari, respublika, viloyat, shahar va tuman Kengashi deputatimi yoki boshqa saylanadigan organlarning a'zosimi (to'liq ko'rsatilishi lozim): 1999-2001 yillarda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati, Oliy Majlisning «Yoshlar ishlari bo'yicha komissiya»si raisi etib saylangan.

MEHNAT FAOLIYATI

1980-1985 yy. - Samarqand Davlat Universiteti talabasi

1985-1987 yy. - Samarqand shahridagi 33-sonli hunar-texnika bilim yurti o'qituvchisi

1987-1988 yy. - Samarqand shahridagi 16-sonli poligrafiya bilim yurti direktorining o'quv-tarbiyaviy ishlar bo'yicha o'rinbosari

1988-1989 yy. - Samarqand viloyat Yoshlar markazi direktori

1989-1998 yy. - Samarqand shahridagi STV telekompaniyasi bosh direktori

1998-1999 yy. - O'zbekiston Teleradiokompaniyasi raisining o'rinbosari

1999-2002 yy. - O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati bosh konsultanti

2003 yildan hozirgi vaqtgacha O'zbekiston Elektron Ommaviy Axborot Vositalari Milliy Assotsiatsiyasi Boshqaruvi raisi