O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

SIZBOP 17.01.2017
SIZBOP 17.01.2017
LIKE BOS 17.01.2017
LIKE BOS 17.01.2017
O'zbekiston-online itogi  (UZB) 16.01.2017
O'zbekiston-online itogi (UZB) 16.01.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
O'zEOAVMA yangiliklari
Media voqelik mehmonlari va ekspertlar fikrlari

Yetakchi mutaxassislar “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida yangi media formatlari” mavzusidagi media voqealik bo'yicha o'zlarining fikr-mulohazalarini bildirishdi.

 

 

 

 

 

Akmal Saidov, Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi milliy markazi direktori:
– OAV, birinchi navbatda, jamiyat ko'zgusi hisoblanadi. Tadbir tashkilotchilari va barcha ishtirokchilarni kirib kelayotgan 2017 yil – “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” bilan tabriklayman. Bu haqiqatdan ham ajoyib. Prezidentimiz o'z ma'ruzasida xalq davlatga emas, davlat xalqqa xizmat qilishi kerak degan fikrni aytib o'tdi. Bu konstitutsion formula. Bugun ushbu zalda ilk marta uchrashganimizga naq 21 kun bo'ldi. Press klub o'z faoliyatini davom ettirishi to'g'risida juda ko'plab fikrlar bildirildi. Eng avvalo, bu media maydon muhim g'oyalar bo'yicha fikr almashish, shuningdek, davlat organlari, biznes tuzilmalar, tadbirkorlar va boshqalarning ijtimoiy hamkorlik maydonidir. U O'zbekistonning yangi imiji shakllanishiga ko'maklashuvchi minbarga aylanishi zarur. Ko'plab xorijlik ekspertlar O'zbekistonga jamiyat rivojlanishining yangi bosqichi kirib kelayotganligini ta'kidlashmoqda. 2017-20121 yillarga mo'ljallab ishlab chiqilayotgan Hararakat dasturi yaqin yillarda O'zbekistonning o'ziga xos milliy rivojlanish strategiyasi bo'ladi. Unda beshta asosiy yo'nalish mavjud. Bu yerda munozaralar, fikr almashishlar, shu yo'nalishdagi aniq masalalar bo'yicha ekspertlar uchrashuvlarini tashkil qilish mumkin.

 

 

 

 

Ravshan Jo'rayev, “Uzreport” AA bosh direktori:
– Ta'kidlab o'tilganidek, bizga yangiliklar kanali sifatida 21 kun ramziy ma'noga ega. Chunki Press klub va yangiliklar telekanali xuddi aka-ukadek gap. Ular doim yonma-yon bo'lishlari kerak. Biz bu g'oyani faqatgina qo'llab-quvvatlaymiz. Ayniqsa, joriy yil mamlakatimizda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e'lon qilindi. Bu mavzuni yoritishi yangiliklar kanalining oldiga qo'ygan maqsadlarini yana bir bosqichga ko'taradi. Biz esa bunga intilishimiz, telekanalni yangi kontent, yangi ko'rinishdagi muloqotlar bilan to'ldirishga harakat qilishimiz zarur.

 

 

 

 

 

Krista Pikkat, YUNESKOning O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari:

– Avvalo, YUNESKOni ushbu tadbirga taklif qilganlaring va munozaralarda qatnashish imkoniyatini yaratib berganlaring uchun minnatdorchilik bildiraman. Men O'zbekistonda nodavlat OAV roli o'sib borayotganidan xursandman. O'zEOAVMA YUNESKO yaqin hamkorlik aloqalarini o'rnatgan tashkilot hisoblanadi. Men Assotsiatsiyani faoliyati inson manffatlari va jamiyat bilan muloqotga yo'naltirilgan Press klubni tashkil etish tashabbusi bilan chiqqanligi bilan tabriklayman. Bu mamlakatingizda demokratik prinsiplarning rivojlanishi bilan bog'liq. Press-klub, albatta, jamiyatda o'z o'rnini topadi va faol faoliyat yuritadi. Uning faoliyati natijasida respublika OAV tezkor, ishonchli va betaraflikka erishadi. O'zbekistonning saylangan Prezidenti 2017 yilni “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e'lon qilganligi juda muhim hisoblanadi. O'ylaymanki, bu barqaror rivojlanish sohasida yangi maqsadlar sektori sifatida o'z aks sadosini beradi. BMTning rasmiy vakili sifatida chiqish qilar ekanman, aytishim mumkinki, inson manfaatlari yo'lida xizmat qilish, mingyilliklar shiori hisoblanadi. Ya'ni hech kim ortda qoldirilmasligi kerak. Shunday ekan, umid qilamanki, O'zbekiston ushbu yo'nalishda sezilarli taraqqiy etishda, respublikada demokratik islohotlar davom etadi. Ommaviy axborot vositalari esa ushbu jarayonlarni konstruktiv imkoniyatlar bilan qo'llab-quvvatlash imkoniga ega bo'ladi.

 Sasha Graumann, YUNISEFning O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari:

- YUNISEFning O'zbekistondagi vakolatxonasi Press klub faoliyatini yuqori baholadi. Biz O'zbekiston Prezidentining yangi yilni “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e'lon qilganligini qo'llab-quvvatlaymiz. Bizga  ma'lumki, o'zbek xalqining 30 foizini bolalar tashkil qiladi. “Bola huquqlari to'g'risida”gi Konvensiyada ularning ovozi eshitilishi va ular jamiyat rivojlanishiga o'z hissalarini qo'shishlari borasida bolalar imkoniyatlariga katta e'tibor qaratilgan.

 

 

 

 

 

 

 

 

 Масуд МАННАН, Чрезвычайный и Полномочный Посол Бангладеша в Узбекистане:

– Объявление 2017 года в Узбекистане Годом диалога с народом и интересов человека принесет народу республики новые достижения и успехи. Это будет способствовать укреплению взаимоотношений между государственными органами и гражданами, а значит, развитие демократических процессов будет продолжаться.

Mavzuga oid yangiliklar
Press-club: jarayonlar davom etadi
Avval xabar berilganidek, joriy yilning 21 dekabr kuni International Hotel Tashkent mehmonxonasida O'zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (O'zEOAVMA) tomonidan bir qator tashkilotlar bilan hamokrlikda Media event ko ...
22.12.2016 / 12:18
O'zEOAVMA yangilik tayyorlovchi guruhlari uchun master-klass bo'lib o'tdi
Joriy yilning 14 dekabr kuni “Bunyodkor” yoshlar onlayn-trening markazida O'zEOAVMA va “Hududiy muloqot” xalqaro nohukumat tashkilotining filiali tashabbusi bilan  «HOUPLA.INC» (AQSH ...
14.12.2016 / 19:19
Chexiyaning O'zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi O'zEOAVMAga tashrif buyurdi
25 noyabr kuni O'zEOAVMAga Chexiyaning O'zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Yaroslav Siro hamda elchi o'rinbosari Mixayela Pospeshilova O'zEOAVMAga tashrif buyurdi.  Ushbu tashrif doirasida mehmonlar O'zEOAVMAning “Bunyodkor ...
26.11.2016 / 12:38
Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida yangi media formatlar
2016 yilning 21 dekabr kuni Toshkent shahridagi “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida O'zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (O'zEOAVMA), “Uzbekistan Today” AA, “Mening Yurtim ...
21.12.2016 / 19:13
Ijtimoiy roliklar bo'yicha seminar-trening yakuniga yetdi
Joriy yilning 9 dekabr kuni “Bunyodkor” onlayn-trening markazida “Ijtimoiy roliklar yordamida diniy bag'rikenglik, tenglik, kamsitmaslik va terrorizmga qarshi kurash g'oyalarini ilgari surish” mavzusida Ruminiya OAV, ma ...
09.12.2016 / 18:57
Saylov-2016: O'zEOAVMAga YEXHT DIIHBning O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovni kuzatish bo'yicha missiyasi rahbari tashrif buyurdi
Joriy yilning 25 noyabr kuni  YEXHT DIIHBning O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovni kuzatish bo'yicha Missiyasi rahbari Yoxan Peter Traugott Teyler hamda  hamda mazkur tashkilotning OAV bo'yicha eksperti Inta Lasel O ...
25.11.2016 / 18:48