O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

Tinchlik uchun Afg 2018
Tinchlik uchun Afg 2018
120 SONIYA 26 03 2018 17 00
120 SONIYA 26 03 2018 17 00
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
O'zEOAVMA "Ozod yurt to'lqinlari" media-festivalini e'lon qiladi

O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi va O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi bilan hamkorlikda nodavlat teleradiostansiyalar o‘rtasida mamlakatimiz mustaqilligining yigirma olti yilligiga bag‘ishlangan “Ozod yurt to‘lqinlari” X media festivali tanlovini o‘tkazadi. 
Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha bo‘lib o‘tadi:
1. “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan eng yaxshi teleradioloyiha”.
2. “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”da belgilangan vazifalar ijrosini eng faol yoritgan teleradiostansiya”.
3. “O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish jarayonlarini yoritishga bag‘ishlangan eng yaxshi teleradiodastur”.
4. “Aholi, xususan, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish hamda korrupsiyaga qarshi kurashni targ‘ib qilishga qaratilgan eng yaxshi teleradiomahsulot”.
5. “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati samaradorligini oshirish hamda mamlakatda millatlararo totuvlikni ta’minlashga qaratilgan eng yaxshi dastur”.

Tanlovga joriy yilning 1 yanvaridan 1 avgustiga qadar televideniye va radio kanallarida efirga uzatilgan materiallar 2017 yilning 15 avgustigacha qabul qilinadi.
Tanlov g‘oliblariga mukofotlar 22 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan “Ozod yurt to‘lqinlari” media festivalida tantanali ravishda topshiriladi.
Tanlovga oid boshqa ma’lumotlarni www.naesmi.uz saytidan va 237 28 30 hamda 2305990 telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin.

Mavzuga oid yangiliklar
O‘zbekiston madaniy merosi Londonda taqdim qilindi
2018 yil 18 aprel kuni Londondagi O‘zbekiston elchixonasida “O‘zbekiston madaniy merosi Buyuk Britaniyada" mavzuidagi xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbir O&lsquo ...
20.04.2018 / 12:59
Hujjatli filmlar tayyorlovchi ijodkorlar uchun yana bir seminar
2018 yil 10 aprel kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, YuNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi va “O‘zbekkkino&rdquo ...
10.04.2018 / 14:11
IJTIMOIY TELERADIOMAHSULOTLAR IX MILLIY FESTIVALI
    2017 yil 26 dekabr kuni “O‘zEOAVMA media xall”da (“Zarafshon” kino-konsert zali) O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi tomonidan O&lsquo ...
22.12.2017 / 16:02
O‘zbekistonda nodavlat teleradiokanallar rentabelligini yuksaltirish
2018 yilning 10 aprel kuni O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiya hamda Konrad Adenauer jamg‘armasining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi bilan tomonidan O&lsquo ...
11.04.2018 / 10:27
1500 dona kitob-albom beg'araz tarqatildi
Poytaxtimizda O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi va boshqa bir qator tashkilotlar hamkorligida "O‘zbekiston madaniy merosi dunyo to‘plamlarida" xalqaro multimedia loyihasining 2018-yilgi yo&lsquo ...
17.03.2018 / 09:01
O`zbekistonning yangi rivojlanish bosqichida O`ZEOAVMA hamkorligining muhim o`rni
Poytaxtimizdagi “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida “O`zbekistonning yangi rivojlanish bosqichida davlat va jamiyat o`rtasida ijtimoiy muloqotni ta`minlashda OAVning o`rni” mavzuida xalqaro konferensiya bo`lib o`tdi ...
17.12.2017 / 12:35