O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

O'zbekiston online 25 09 2017 18 00
O'zbekiston online 25 09 2017 18 00
O'zbekiston online 25 09 2017 14 00
O'zbekiston online 25 09 2017 14 00
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Madaniyat
“O`zbekiston obidalaridagi bitiklar” to`plami Italiya kutubxonasiga taqdim etildi

4 oktyabr kuni "Darakchi" nashri binosiga Neapol shahridagi «L’Orientale» Davlat Universitetining Osiyo, Afrika va O`rta Er dengizi mamlakatlari bilan ishlash boshqarmasi vakili Bruno Genito tashrif buyurdi.

O`zEOAVMA tomonidan faxriy mehmon, professor arxeolog Bruno Genitoga “O`zbekiston obidalaridagi bitiklar” kitoblar to`plami taqdim etildi.

Uchrashuv chog`ida loyiha hammuallifi Komiljon Rahimov professor Genitoga loyiha tafsilotlari haqida so`zlab berdi.

Eslatib o`tamiz: “O`zbekiston obidalaridagi bitiklar” turkumidagi kitoblar loyihaning birinchi bosqichini qamrab oladi. Ushbu loyiha bo`yicha ishlar ikkinchi bosqichida davom ettiriladi va keyingi kitob-albomlar O`zbekiston bo`yicha dastlabki jildlarga kiritilmagan obidalardagi bitiklarga bag`ishlanadi. Umumiy hisobda 25 jildli kitob-albomlar chop etilishi rejalashtirilgan.

Loyiha O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 6 apreldagi Qarori asosida amalga oshirilmoqda.

“O`zbekiston obidalaridagi bitiklar” loyihasi doirasida hukumat va jamoat tashkilotlari ko`magida mamlakatimizdagi me`morchilik obidalaridagi bitiklarni o`rganish va umumlashtirish, turkum kitob-albomlar ko`rinishida taqdim etish bo`yicha keng qamrovli ishlar olib borilmoqda. Bungacha biror-bir musulmon mamlakatida ana shunday ishlarga qo`l urilmagan.

Галерея
Mavzuga oid yangiliklar
“O‘zbekiston: qo‘lga kiritilgan topilmalar” hujjatli filmini suratga olish ishlari davom etmoqda
Avval xabar berilganidek, Rossiyaning “Kultura” telekanali ijodi guruhi O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi hamda “Karavan TV” telekanali bilan hamkorlikda “O‘zbekiston: qo ...
28.07.2017 / 11:50
Turkiston-press: “Uzoq o‘tmishdan maktublar...”
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida fan va ta’limni taraqqiy ettirish, o‘zbek xalqining boy madaniy-tarixiy merosini chuqur o ...
27.06.2017 / 08:42
Tursunali Qo‘ziyev: Loyihaning ma’naviy va ma’rifiy ahamiyati juda beqiyos
Joriy yilning 23 iyun kuni bo‘lib o‘tgan “Uzoq o`tmishdan maktublar: ta`lim, ma`rifat, tinchlik va bunyodkorlik o`zbek xalqining abadiy qadriyatlari sifatida” mavzuidagi xalqaro media ...
24.06.2017 / 12:35
uza.uz: O‘zbekiston haqida yangi hujjatli film suratga olinmoqda
Rossiyaning «Kultura» telekanali, O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi va «Karavan-TV» hamkorligida "O‘zbekiston: kashf etilgan yangiliklar"  ...
26.07.2017 / 08:38
Krista Pikkat: Bu loyiha bitiklarni o‘rganish, o‘qish, tarjima qilish va jamlash bo‘yicha ilk va muhim qadam
23 iyun kuni bo‘lib o‘tgan “Uzoq o‘tmishdan maktublar: ta’lim, ma’rifat, tinchlik va bunyodkorlik o‘zbek xalqining abadiy qadriyatlari sifatida” mavzuidagi xalqaro media-anjumani O‘zEOAVMA va ...
24.06.2017 / 13:55
Vinod Kumar: xalqimiz O’zbekistonning boy qadimiy merosini o’rganishga juda katta qiziqish bildiradi
“Uzoq o`tmishdan maktublar: ta`lim, ma`rifat, tinchlik va bunyodkorlik o`zbek xalqining abadiy qadriyatlari sifatida” mavzuidagi xalqaro media-anjuman qatnashchisi Hindistonning O&lsquo ...
24.06.2017 / 12:28