O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

O'zbekiston online 25 09 2017 18 00
O'zbekiston online 25 09 2017 18 00
O'zbekiston online 25 09 2017 14 00
O'zbekiston online 25 09 2017 14 00
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida qanday hujjatlar imzolandi?

Ilgari xabar qilinganidek, Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayevning O‘zbekistonga tashrifi doirasida ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘ldi. Jami o‘ndan ortiq hujjat imzolandi.

Qirg‘iziston prezidentining rasmiy saytida ushbu hujjatlar ro‘yxati keltirildi:

Qirg‘iziston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi o‘zbek-qirg‘iz davlat chegarasi to‘g‘risidagi kelishuv (2017-yil 5-sentabr) bo‘yicha yorliqlar almashish haqida bayonnoma;

Qirg‘iziston Respublikasi hukumati huzuridagi iqtisodiy jinoyatlar bo‘yicha davlat xizmati (moliyaviy politsiya) va O‘zbekiston Respublikasi bosh prokuraturasi huzuridagi SVOJJDLQK departamenti o‘rtasida “Iqtisodiy va moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurashda hamkorlik to‘g‘risida”gi kelishuv;

Qirg‘iziston Respublikasi milliy statistika qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi statistika qo‘mitasi o‘rtasida rasmiy statistika sohasidagi hamkorlik yuzasidan anglashuv memorandumi;

Qirg‘iziston Respublikasi ichki ishlar vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi o‘rtasida “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning noqonuniy savdosiga qarshi kurash bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida”gi kelishuv;

Qirg‘iziston Respublikasi hukumati va O‘zbekiston Respublikasi hukumati o‘rtasida Qirg‘iziston Respublikasiga mineral o‘g‘itlar yetkazib berish bo‘yicha kelishuv;

Qirg‘iziston Respublikasi madaniyat, axborot va turizm vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish qo‘mitasi o‘rtasida turizm sohasidagi hamkorlik bo‘yicha kelishuv;

Qirg‘iziston Respublikasi bosh shtabi va O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirligi o‘rtasida “Harbiy hamkorlik to‘g‘risida”gi kelishuv;

Qirg‘iziston Respublikasi din ishlari bo‘yicha davlat komissiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din ishlari qo‘mitasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi;

“Qabar” Qirg‘iziston milliy axborot agentligi va O‘zbekiston milliy axborot agentligi o‘rtasida hamkorlik memorandumi;

Qirg‘iziston Respublikasi transport va yo‘llar vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi tashqish savdo vazirligi o‘rtasida “Transport sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida”gi memorandum;

Qirg‘iziston Respublikasi Jalolobod shahri meriyasi va O‘zbekiston Respublikasi Namangan shahri hokimiyati o‘rtasida “Savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik to‘g‘risida”gi kelishuv;

Qirg‘iziston Respublikasi Batken shahri meriyasi va O‘zbekiston Respublikasi Farg‘ona shahri o‘rtasida “Savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik to‘g‘risida”gi kelishuv.

 

Mavzuga oid yangiliklar
Almazbek Atamboyev Toshkentga keldi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qirg'iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyev 5 oktabr kuni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi. O'zA xabar berishicha ...
05.10.2017 / 13:49
BMTning Inson huquqlari bo'yicha kengashi maxsus ma`ruzachisi O'zbekistonda
2017 yilning 2 oktabr kuni Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov O'zbekistonga tashrif buyurgan BMT Inson huquqlari bo'yicha kengashining din va e`tiqod erkinligi masalasi bo'yicha maxsus ma`ruzachisi Ahmad Shahidni qabul qildi ...
03.10.2017 / 08:49
Shavkat Mirziyoyev Las-Vegasdagi fojia yuzasidan hamdardlik bildirdi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSh Prezidenti Donald Trampga maktub yo'lladi. Maktub matni TIV saytida keltirilgan. O'zbekiston prezidenti Las-Vegas shahrida ko'plab insonlar halok bo ...
03.10.2017 / 08:45
Xorij OAV Shavkat Mirziyoyevning BMTdagi nutqiga qanday munosabat bildirmoqda?
Musulmonlar idorasi raisi Usmonxon Alimov O'zbekiston Prezidentining BMT Bosh assambleyasi sessiyasidagi nutqi yakunlangandan keyingi taassurotlari hamda xorij ommaviy axborot vositalarida shunga doir bildirilgan fikrlar bilan bo'lishdi ...
05.10.2017 / 09:41
Senat o'zbek-qirg'iz chegarasi haqidagi kelishuvni ratifikatsiya qilish masalasini ko'rib chiqadi
2 oktabr kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati kengashining majlisi bo'lib o'tdi. Majlisni Senat raisi N. Yo'ldoshev boshqardi. Kengash Senatning o'n ikkinchi yalpi majlisini shu yilning 4 oktabr kuni Toshkent shahrida chaqirish to'g ...
03.10.2017 / 08:46
Qirg'iziston bilan chegaradagi yana bir chegara posti ochildi
O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 5–6 sentabr kunlari Qirg'izistonga tashrifi doirasida ikki davlat o'rtasida erishilgan kelishuvlarning amaliy ifodasi sifatida ikki mamlakatni bog ...
03.10.2017 / 08:44