O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
“Kultura” telekanalida “O‘zbekiston: kashf etilgan sinoatlar” hujjatli filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi

2017 yilning 29 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasining “Kultura” telekanali orqali O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi hamda “Karavan TV” telekanali bilan hamkorlikda ERIELL GROUP ko‘magida tayyorlangan “O‘zbekiston: kashf etilgan sinoatlar” nomli hujjatli film namoyish etildi.

Bir soatlik filmda jadal zamonaviylik ko‘pasrlik donishmandlik va an’analar bilan qay tarzda qo‘lma-qo‘l bo‘lib kelayotganligi haqida hikoya qilinadi. Hujjatli film mamlakatning qadimiy yodgorliklaridagi noyob bitiklar, boy tarixiy-madaniy merosiga bag‘ishlangan bo‘lib, shuningdek, unda o‘zbekistonlik olimlarning uzoq o‘tmishdan bizgacha yetib kelgan ana shu maktublarni o‘qish va o‘rganish bo‘yicha uzoq hamda mashaqqatli mehnati haqida ham so‘z yuritiladi. Ushbu filmning bosh maqsadi taraqqiyparvar va ma’rifiy islomning tinchlik, hamjihatlik, ilmu irfon dini sifatidagi mazmun-mohiyatini roosiiyalik teletomoshabinlarga yetkazishdan iborat. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yaqinda BMT Bosh Assambleyasi 72 sesiyasida so‘zlagan nutqida ham bu masalaga alohida to‘xtalib, jahon jamoatchiligiga Islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini yetkazish eng muhim vazifa ekanini ta’kidlagan edi.

Har bir epigrafik bitikning mazmun va mohiyati hozirgi kunda ham dolzarb. Ko‘p asrlar oldin yaratilib, o‘qilgan bitiklar hamjihatlik va kelishuvga undaydi, fanatizm va nafartdan ogohlantiradi, O‘zbekiston tarixining eng yorqin sahifalari haqida hikoya qiladi.

“O‘zbekiston madaniy merosi” loyihasi rahbari, film prodyuseri Firdavs Abduxoliqov ushbu bitiklarni o‘qish va o‘rganishning ahamiyatini alohida qayd etib, quyidagilarga e’tibor qaratdi: “Agar ma’rifatli islom haqida bilishni istashsa, birinchi navbatda, ajdodlarimiz tomonidan O‘zbekistonning qadimiy me’morchilik yodgorliklarida qoldirilgan dono pand-nasihatlar, bitiklar bilan tanishishlari zarur”. Film ijodkorlari “O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar” loyihasi to‘g‘risida ham batafsil ma’lumot berishdi.

Ko‘pchilik qadimiy obidalardagi sirli bitiklarni shunchaki naqsh deb o‘ylashadi, aslida esa unday emas. Bitiklar haligacha to‘liq o‘rganilmagan. Aytish mumkinki, yodgorliklarimiz sukut saqlashmoqda. Kitob-albomlar ustida ish olib borgan sharqshunos, xattot, tarxichi olimlar guruhi sabab O‘zbekiston me’morchilik obidalaridagi saqlanib qolgan bitiklarni o‘qishga musharraf bo‘lindi.

200 yil ilgari toshlardagi yozuvlarni o‘qishga mo‘ljallangan maxsus epigrafika fani yuzaga kelgandi. Tadqiqotning zamonaviy usullari, albatta, olimlar mehnatini ancha osonlashtiradi. Shunday bo‘lsa-da, filmda ta’kidlab o‘tilganidek, bu uzoq va mashaqqatli mehnat talab qiladi. O‘zbekiston hududida yozuv eramizdan oldingi IV asrda paydo bo‘lgan. Matnlar toshlarga o‘yib yozilgan. Aynan shuning uchun ham ularning ko‘pchiligi bugungi kungacha saqlanib qolgan. Olimlar nafaqat turli davrlarda, balki turli til va harflarda bitilgan bitiklarni o‘rganishlariga to‘g‘ri keldi. Masalan, X asrda “guldor kufiy” deb nomlangan arab harflari mashhur bo‘lgan. Uning har bir harfi gul bilan bezatilgan: eng kichkina nuqtasidan tortib, har bir shoxigacha ma’no-mazmun kasb etadi.

 “Turli xil mazmunga ega bitiklar o‘zlarida juda muhim tarixiy ma’lumotlarni mujassam etgan. Bu ma’lumotlar hech qaysi yozma manbalarda yo‘q. Ular faqatgina maishiy hayotning turli jihatlari, deylik, avliyolar yoki shayxlar haqida ma’lumotlarga ega ekanligi uchun emas, balki oddiy xalqning hayoti haqida muayyan tasavvurlari berishi bilan ham qadrlidir. Ularda biz yozma manbalarda uchratmaydigan nodir atamalar uchraydi”, – deydi akademik Edvard Rtveladze.

Filmni tomosha qilgan teletomoshabin hozirgacha dunyoda muqobili yo‘q noyob loyiha – “O‘zbekiston madaniy merosi” loyihasi haqida to‘la bilib olishlari mumkin.

Tomoshabinlar dunyodagi qiyosi bo‘lmagan “O‘zbekiston madaniy merosi” nomli noyob loyiha haqida ham ma’lumotga ega bo‘ladilar. Loyihaning maqsadi taqdir taqozosi bilan dunyoning turli nuqtalariga borib qolgan O‘zbekiston madaniy merosi durdonalari haqida axborotlarni to‘plab va udarni keng ommaga namoyish qilishdan iborat. Shuningdek, film ijodkorlari “O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar” loyihasi haqida atroflicha ma’lumot berishgan.

Mazkur film undan avvalroq dunyo yuzini ko‘rgan “O‘zbekiston qumliklar javohiri”, “Vaqt zarralari oralab” singari hujjatli filmlar singari O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Firdavs Abduxoliqov prodyuserligida suratga olingan.

Hujjatli filmni suratga olish ishlari Xiva, Samarqand Buxoro singari tarixiy obidalari va durdona bitiklari bilan dovrug‘ taratgan shaharlarda bo‘lib o‘tdi. Undan taniqli arxitektor, sharqshunos, tarixchi va xattotlarning, ulomalarning, mamlakatning turli hududlarida yashovchi aholi vakillarining intervyulari, nodir kino va fotohujjatlar, arxiv kadrlari, shaxsiy arxiv materiallari, muzeylarda saqlanayotgan osori atiqlar bilan tanishish mumkin.

Mavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistondagi birinchi nodavlat telekompaniya asoschisi Firdavs Abduxoliqov “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlandi
27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan O‘zbek milliy akademik drama teatrida bo‘lib o‘tgan tantanali tadbirda O&lsquo ...
28.06.2018 / 16:02
uza.uz: Rag‘bat va e’tibor sog‘lom raqobatga undaydi
Poytaxtimizda O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Axborot sohasida raqobat ...
03.05.2018 / 16:42
"O`zbekiston obidalaridagi bitiklar" turkum nashrining 13 ta jildi xalqaro ko`rgazmada taqdim etildi
Avval xabar qilganimizdek, joriy yil 25 aprel kuni Qozog`iston Respublikasi Ostona shahridagi “Korme” ko`rgazmalar markazida “III Evroosiyo xalqaro kitob ko`rgazma yarmarkasi” o`z faoliyatini boshladi. Unda O ...
26.04.2018 / 17:28
darakchi.uz: Fotoreportaj: Poytaxtda 3 may — Jahon matbuoti erkinligi kuni qanday nishonlandi?
Bugun, 3 may — Jahon mutbuoti erkinligi kuni munosabati bilan “Media xoll NAESMI”da “Axborot sohasidagi raqobat hamda bozor munosabatlari rivojlanishi jarayonlarida OAV erkinligini mustahkamlash kafolotlari&rdquo ...
03.05.2018 / 17:51
Axborot sohasidagi raqobat, bozor munosabatlari rivojlanishi jarayonlarida OAV erkinligini mustahkamlash kafolotlari: O'zbekiston tajribasi
2018 yilning 3 may kuni “Media xoll NAESMI”da “Axborot sohasidagi raqobat, bozor munosabatlari rivojlanishi jarayonlarida OAV erkinligini mustahkamlash kafolotlari: O'zbekiston tajribasi” mavzusidagi xalqaro davra suhbati bo ...
03.05.2018 / 14:46
O‘zbekiston madaniy merosi Londonda taqdim qilindi
2018 yil 18 aprel kuni Londondagi O‘zbekiston elchixonasida “O‘zbekiston madaniy merosi Buyuk Britaniyada" mavzuidagi xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbir O&lsquo ...
20.04.2018 / 12:59