O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Iqtisodiyot
Milliy bank O'zbekiston-Koreya biznes-forumi hamtashkilotchisiga aylandi

2017 yil 8 noyabr kuni Toshkentda O'zbekiston-Koreya biznes-forumi va ikki mamlakat tadbirkorlari ishtirokida kooperatsion birja bo'lib o'tdi.  

O'zbekiston Milliy banki faol ko'magi bilan respublika Savdo-sanoat palatasi tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbirning asosiy maqsadi - ikki mamlakat tadbirkorlari o'rtasida savdo aloqalarini o'rnatish va kengaytirish, yangi qo'shma korxonalar sonini ko'paytirish hamda ikki tomonlama savdo aylanmasini oshirishdir.

Biznes-forum Koreya Respublikasi Kichik va o'rta biznes federatsiyasi raisi o'rinbosari Li Xong Vu boshchiligidagi janubiy koreyalik ishbilarmon doiralar delegatsiyasining O'zbekistonga tashrifi doirasida bo'lib o'tdi.

Forumda Janubiy Koreyaning yirik kompaniyalaridan bo'lgan taxminan 50 nafar vakil ishtirok etdi. Ular qurilish, oziq-ovqat sanoati, savdo, zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish, tibbiy uskunalar, shaxsiy gigiyena vositalari, gaz-ballonli uskunalar, qishloq xo'jaligi texnikasi, AKT, qadoqlash materiallari, to'qimachilik va to'qimachilik uskunalari, logistika, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash va tayyor mahsulotni ishlab chiqarish sohalariga aloqador.

Forumda O'zbekiston Respublikasining turli mintaqalaridagi yirik korxonalar va kompaniyalarning 150 dan ortiq vakillari qatnashdi.

Tadbir davomida o'zbek kompaniyalari e`tiboriga Koreya Eksport-import bankining (Korea Eximbank) O'zbekiston Milliy banki tomonidan Koreya kompaniyalari jihozlarini sotib olish uchun ajratiluvchi kredit liniyalari taqdim etildi.

Mavzuga oid yangiliklar
O'zbekistonda atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish to'g'risida qonun ishlab chiqiladi
Kecha «O'zbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi prezident farmoni qabul qilingani, shu asosda «O'zatom» agentiligi tashkil etilgani haqida xabar qilingandi. ...
20.07.2018 / 13:15
Jahon banki vitse-prezidenti O'zbekistonda amalga oshiriladigan loyihalar haqida ma`lumot berdi
Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo hududi bo'yicha vitse-prezidenti Siril Myuller O'zbekiston Respublikasi prezidenti matbuot xizmatiga intervyu berdi. Unda dunyoning nufuzli moliyaviy tashkiloti bilan O'zbekiston o ...
16.07.2018 / 08:31
O‘zbekistonda yagona investitsiya portali yaratiladi
Yaqin vaqt ichida O‘zbekistonda Yagona investitsiya portali yaratiladi va unda investorlar uchun kerakli bo‘lgan barcha ma’lumotlar joylashtiriladi. Natijada ular o‘z yurtlaridan turib ham O&lsquo ...
12.07.2018 / 18:11
Arzon uy-joylar uchun dastlabki to‘lov summasi kamaytirildi
2018 yilda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar va shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylar qurish dasturlarini amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora ...
19.07.2018 / 09:49
Jahon banki delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi
2018 yilning 12 iyul kuni Toshkent shahriga Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha vitse-prezidenti Siril Muller boshchiligidagi delegatsiya keldi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.Tashrif dasturidan O&lsquo ...
12.07.2018 / 18:11
Ishchi guruh yoshlar bazasini shakllantirmoqda
«Yoshlar –kelajagimiz» Davlat dasturi ijrosini ta`minlash maqsadida O`zbekiston yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan Respublika bo`ylab shtab va ishchi guruhlar faoliyati yo`lga qo`yilgan ...
12.07.2018 / 18:06