O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

Tinchlik uchun Afg 2018
Tinchlik uchun Afg 2018
120 SONIYA 26 03 2018 17 00
120 SONIYA 26 03 2018 17 00
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Abdulaziz Komilov Qirg'iziston tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

2017 yilning 8 noyabr kuni O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Qirg'iziston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev bilan uchrashdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.

Qirg'iziston delegatsiyasi mamlakatga Samarqand shahrida bo'lib o'tadigan «Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo» vazirlar uchrashuvida va «Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo'lidagi hamkorlik» mavzuidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etish maqsadida tashrif buyurdi.

Turli darajalardagi O'zbekiston-Qirg'iziston aloqalarining davomi sifatida bo'lib o'tgan suhbatda Bishkek va Toshkent shaharlarida O'zbekiston hamda Qirg'iziston prezidentlarining oliy darajadagi uchrashuvlari doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoniga va hamkorlikni yanada rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlariga asosiy e`tibor qaratildi.

Shuningdek, Samarqand shahrida bo'lib o'tadigan xalqaro konferensiyaga oid ayrim masalalar va mintaqa kun tartibi yuzasidan fikr almashildi.

Mavzuga oid yangiliklar
Erdo`g`an tashrif davomida Toshkent va Buxoroda bo`ladi
Turkiya prezidenti Tayyip Erdo`g`an 29 aprel kuni O`zbekistonga rasmiy tashrif uyushtiradi, deb xabar qildi Facebook’dagi sahifasida O`zbekiston prezidenti matbuot-kotibi Komil Allamjonov. ...
26.04.2018 / 10:04
Samarqand viloyati delegatsiyasi Xitoyda: Nurobod va Qo'shrabotda sement zavodi quriladi
Samarqand viloyat hokimligining Xitoyga yo'l olgan delegatsiyasi a`zolari tashrifning uchinchi kunini ham samarali o'tkazdi, deya Kun.uz’ga xabar beradi viloyati hokimligining axborot xizmati. ...
17.04.2018 / 12:35
Prezident Daniya Qirolichasini tabrikladi
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 16 aprel kuni Daniya Qirolichasi Margrete II ni Daniya milliy bayrami – Qirolicha tavalludi kuni bilan muborakbod etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
17.04.2018 / 12:31
Shavkat Mirziyoyev va Si Tszinpinning ikki tomonlama uchrashuviga tayyorgarlik Pekinda muhokama qilindi
2018 yilning 24 aprel kuni Pekin shahrida O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi a`zosi, tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda. ...
26.04.2018 / 10:02
Toshkentda MDH davlatlarining HHM birlashgan tizimini rivojlantirish muhokama qilinadi
MDH davlatlari Mudofaa vazirlari kengashi huzuridagi havo hujumidan mudofaa masalalari bo'yicha muvofiqlashtiruvchi komissiya majlisining ishtirokchilari seshanba kuni O'zbekiston poytaxtida yig'iladi ...
17.04.2018 / 12:34
Tashqi ishlar vazirligi tizimi o'zgartirildi - Prezident farmoni
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan "O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimini tubdan takomillashtirish  va tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning ustuvor yo ...
06.04.2018 / 13:27