O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Fan va ta'lim
Nufuzli musobaqalar g'oliblari bo'lgan o'quvchilarni taqdirlash to'g'risidagi nizomga qo'shimchalar kiritildi

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalari g'oliblari bo'lgan akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta`lim maktablari o'quvchilarini taqdirlash tartibi to'g'risidagi nizomga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish haqida”gi qarori e`lon qilindi.

Hujjat bilan Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 13 oktabrdagi 226-son qarori bilan tasdiqlangan Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalari g'oliblari bo'lgan akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta`lim maktablari o'quvchilarini taqdirlash tartibi to'g'risidagi nizomga ilovaga muvofiq o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.

Vazirliklar va idoralar o'zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtiradilar.

Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi raisi R.Qurbonov zimmasiga va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Sog'liqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklandi.

Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalari g'oliblari bo'lgan akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta`lim maktablari o'quvchilarini taqdirlash tartibi to'g'risidagi nizomga kiritilayotgan o'zgartirish va qo'shimchalar

1.  1-bandda '‘sportning olimpiya turlari” so'zlaridan keyin “'Kurash” milliy sport turi” so'zlari qo'shildi;
2.  2 va 3-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinadi:
“2. Respublika (1-o'rin) va xalqaro tanlovlar va musobaqalarning (Olimpiya o'yinlarida, Osiyo o'yinlarida, jahon chempionatida va Osiyo chempionatida 1-3-o'rinlar) individual turlarida g'olib chiqqan akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta`lim maktablarining bitiruvchilari oliy ta`lim muassasasiga test sinovlarisiz va qo'shimcha imtihonsiz qabul qilinadilar.
3.  Respublika (1-o'rin) va xalqaro tanlovlar va musobaqalarning (Olimpiya o'yinlarida, Osiyo o'yinlarida, jahon chempionatida va Osiyo chempionatida 1-3-o'rinlar) jamoa turlari g'oliblari o'z komandalari tarkibidan - akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta`lim maktablari bitiruvchilaridan oliy ta`lim muassasasiga test sinovlarisiz va qo'shimcha imtihonsiz qabul qilish uchun uch nomzodni belgilaydilar”.

Mavzuga oid yangiliklar
Sherzod Qudratxo‘jayev suhbatdan a’lo baho olgan abituriyentlarning ayrimlarini qayta savol-javob qildi
Inha universitetida OAV ekspertlar guruhi abituriyentlar bilan yuzma-yuz suhbat qilib, ularni ko‘rsatilgan me’yorlar bo‘yicha baholab bormoqda. Jurnalistlar suhbatidan a&rsquo ...
18.07.2018 / 09:19
Prezident pedagoglarning oylik maoshini, jamiyatdagi mavqeini oshirish bo`yicha topshiriqlar berdi
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 17 iyul kuni umumiy o`rta ta`lim tizimini isloh qilish va rivojlantirish masalalariga bag`ishlangan yig`ilish o`tkazdi. Bu haqda davlat rahbarining rasmiy saytida xabar berildi. ...
18.07.2018 / 09:12
Abiturientlarda o`qish shakllarini tanlash imkoniyati bor
Abiturientlar tomonidan oliy ta`lim muassasasi qabul komissiyasiga topshiriladigan arizalar shaklini tasdiqlash to`g`risidagi buyruqqa o`zgartirishlar Adliya vazirligida davlat ro`yxatdan o`tkazildi. O`zgartirishlarga ko`ra ...
12.07.2018 / 18:07
Jurnalistika universitetida ijodiy imtihon bo'lib o'tdi (foto)
17 iyul kuni O`zbekiston Ommaviy kommunikasiya va jurnalistika universitetida ijodiy imtihon (suhbat) bo'lib o'tdi. Universitet rektori Sherzod Kudratxo`jaev imtihon jarayonlarini kuzatib, xodimlar muomalasi, tartib-intizom ...
18.07.2018 / 09:15
QUDRATXO‘JAYEV: Yangi universitetda abituriyentlardan taniqli jurnalistlar ijodiy imtihon oladi
O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, jurnalist, “Xalqaro Press Klub” raxbari Sherzod Qudratxo‘jayev “O‘zbekiston 24” radiokanalida “Praym Taym&rdquo ...
16.07.2018 / 08:41
Jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universitetiga kirish imtihonlaridan tarix fani olib tashlandi
O`zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universitetiga kirishi imtihonlarida tarix fani bo`lmaydi. Bu haqda universitet matbuot kotibi O`zAga ma`lum qildi. «Eng katta yangilik bu &mdash ...
11.07.2018 / 10:47