O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

Tinchlik uchun Afg 2018
Tinchlik uchun Afg 2018
120 SONIYA 26 03 2018 17 00
120 SONIYA 26 03 2018 17 00
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Madaniyat
“Media forum o`zbek milliy musiqa tarixi bilan yaqindan tanishish imkonini taqdim etdi”

“Zamonlar chorrahasi: o`tmishning buyuk merosi-ma`rifatli kelajak poydevori” xalqaro media-forumi doirasida “Yakkasaroy” restoranida to`kin dasturxon atrofida “Milliy musiqa oqshomi” o`tkazildi. Unda qator san`at ustalari o`zbek folklori namunalaridan ijro etishadi. Shuningdek, tadbir ishtirokchilari YuNESKOning og`zaki va nomoddiy madaniy merosi durdonalari ro`yxatiga kiritilgan milliy o`zbek mumtoz maqomlari namunalaridan ham bahramand bo`lishdi. Media-forum qatnashchilarining mazkur “Milliy musiqa oqshomi” xususidagi fikrlari bilan qiziqdik...

Irina POPOVA, Rossiya fanlar akademiyasining Sharq qo`lyozmalari instituti direktori: — “Zamonlar chorrahasi: o`tmishning buyuk merosi-ma`rifatli kelajak poydevori” xalqaro media-forumi doirasida o`tkazilgan “Milliy musiqa oqshomi”dan olam-olam taassurotlar oldim, his-hayajonim cheksiz. E`tiborimni tortgan jihat, har bir yo`nalish bo`yicha o`z ijodini namoyish qilgan ijrochilar turli yoshda ekani.

Sahnada go`yo momolarni nabiralari, bobolarni farzandlari bilan ko`rgandek bo`ldik. Sahnada namoyish qilingan chiqishlarda qarindoshchilik rishtalari ham borligi kishida iliqlik uyg`otdi. Katta ekranda milliy musiqa san`atining turli yo`nalishlari tarixiga murojaat qilindi. Ular orasida afsonaviy san`atkor Tamaraxonim ham tilga olinganidan quvondim. Boisi bu ijodkorning ijodi bilan tanish bo`lganman.

Ushbu tadbirda qo`shiq kuylashda noodatiy uslub — likopchadan foydalanilishini ilk bor ko`rdim. Ochig`i, bunday ijroni birorta davlatda ko`rgan emasman.

Media forumning bunday ijodiy tomonini o`zbek milliy taomlaridan iborat to`kin dasturxon atrofida tomosha qilish ham taassurotimizni ikki karra ko`proq oshirdi. Boisi o`zbek milliy taomlari ta`riflab bo`lmas darajada mazali tayyorlanadi.

So`zimni muxtasar qilsam, media forum turli davlatlardan kelgan mutaxassislar bilan fikr almashish, o`zbek milliy musiqa tarixi bilan yaqindan tanishish va albatta o`zbek milliy taomlaridan bahramand bo`lish imkonini taqdim etdi.

Sadoqat ALLABERGANOVA. Fotomuxbir: Omil HAKIMOV

 

Mavzuga oid yangiliklar
Akmal Saidov: Biz ijodiy guruh sifatida hammani hamkorlikka chorlaymiz.
Men bugungi betakror, informatsion va gumanitar tadbir ishtirokchilarini tabriklayman. Madaniyat haqiqatdan ham xalqlarni birlashtiradi. Madaniyat chegara bilmaydi. Madaniyat bir-birimizni to‘g‘ri anglashimiz uchun baholab bo&lsquo ...
17.03.2018 / 16:17
Yaponiya elchisi Ito Nobuaki: Kitob-albomlar ikki davlat o‘rtasida munosabatlarning yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi
Men aynan mana shu kabi tadbirda ikkinchi marta ishtirok etishim. Birinchi forumda ham qatnashgandim. Biz bugun taqdim etilgan “O‘zbekiston madaniy merosi dunyo to‘plamlarida” kitob-albomlar to‘plamini oldik ...
17.03.2018 / 15:47
«Zamonlar chorrahasi: o`tmishning buyuk merosi – ma`rifatli kelajak poydevori» xalqaro media-forumidan foto reportaj
Toshkentda 28-29 noyabr kunlari O`EOAVMAning “Media hall”ida “O`zbekiston madaniy merosi” loyihasi doirasida “Zamonlar chorrahasi: o`tmishning buyuk merosi – ma`rifatli kelajak poydevori&rdquo ...
30.11.2017 / 10:47
Shoazim Munavvarov: Bu kabi nashrlarni yurtimizda ham, xorijda ham tatqiq etish Islom sivilizatsiyasi markazi hamda O‘zEOAVMA hamkorligida bajariladigan ishlardir
Bu yerdagi juda chiroyli to‘plamlar shuni ko‘rsatib turibdiki, davlatimiz rahbari o‘zbek xalqining ilmiy-madaniy merosini xalqimizga qaytarish, ularni zamonaviy tushungan tilda tiklab berish, chet ellardan olib kelish, targ&lsquo ...
17.03.2018 / 15:56
Akmal Burxonov: Loyiha nafaqat madaniy va ilmiy ahamiyatga, balki ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ham ega
Barchangizning xabaringiz bor, o‘tgan yili muhtaram prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tavsiyalari bilan “2017 – 2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning 5 ta ustuvor yo‘nalishi bo&lsquo ...
17.03.2018 / 14:47
“Musiqa tarixi, an`analari asrlardan asrlarga o`tib, bugungi kungacha saqlanib kelinmoqda”
“Zamonlar chorrahasi: o`tmishning buyuk merosi-ma`rifatli kelajak poydevori” xalqaro media-forumi doirasida “Yakkasaroy” restoranida to`kin dasturxon atrofida “Mumtoz musiqa kechasi” o`tkazildi. Unda qator san ...
29.11.2017 / 16:32