O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Madaniyat
«Zamonlar chorrahasi: o`tmishning buyuk merosi – ma`rifatli kelajak poydevori» xalqaro media-forumidan foto reportaj

Toshkentda 28-29 noyabr kunlari O`EOAVMAning “Media hall”ida “O`zbekiston madaniy merosi” loyihasi doirasida “Zamonlar chorrahasi: o`tmishning buyuk merosi – ma`rifatli kelajak poydevori” mavzusida Xalqaro media-forumi bo`lib o`tdi.

Mazkur media forum tashkilotchisi O`zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi (O`zEOAVMA).

 

Tadbirning hamkorlari: YuNESKOning O`zbekistondagi vakolatxonasi, Konrad Adenauer nomidagi fondning Markaziy Osiyo bo`yicha mintaqaviy vakolatxonasi, O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, “Zamon press Info” nashriyot uyi, “Uzbekistan Today ” Axborot agentligi, “Caravan-TV ” telekanali va “Sevimli-TV ” onlayn internet telekanali.

 

Forumning maqsadi: O`zbek xalqining madaniy-tarixiy merosini o`rganish, asrab-avaylash va keng ommalashtirish, shuningdek, yosh avlodni tarbiyalash va o`qitish.

Media forumda 4 ta xalqaro hamkorlar, 20 ta xorijlik olimlar, 63 ta xalqaro tashkilotlar, elchixonalar va konsulxonalar vakillari, 15 ta xorijiy OAV va Avstriya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiya, AQSh, Turkiya, Fransiya, Yaponiya muzeylari, ilmiy institutlari va tashkilotlarining rahbarlari va mutaxassislari, O`zbekiston Respublikasida akkreditasiyadan o`tgan diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar rahbarlari va xodimlari ishtirok etdi.

Media-forumning tantanali ochilish marosimi, “Zamonlar chorrahasi: o`tmishning buyuk merosi – ma`rifatli kelajak poydevori” videofilmi namoyishi, O`zbekistonning madaniy merosi” media-loyihasining “Sharqning yozma yodgorliklari durdonalari” yangi turkumi taqdimoti o`tkazildi.

 

O`zbekistonlik 38 ta olimlar, 43 ta davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, mahalliy OAV xodimlari va O`zbekiston muzeylari, ilmiy institutlari va muassasalari hamda kutubxona, oliy o`quv yurtlari rahbarlari va vakillari, O`zEOAVMA, hamkor tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashdi.

“Katta Langar” Qur`oni, “Devoni Husayni”, “Poklik bog`i”, “Temur tuzuklari”, “Me`rojnoma” qo`lyozmalarning faksimile nusxalarini O`zbekiston Hukumatiga tantanali topshirish marosimi bo`lib o`tdi.

KATTA LANGAR QUR`ONI

“Katta Langar Qur`oni” Qur`oni Karimning bizgacha etib kelgan eng qadimiy va bebaho nusxalaridan sanaladi. Qo`lyozma VIII asr oxirlarida pergamentga kufiy-hijoziy xatida bitilgan. Neva daryosining sohilida, Rossiya fanlar akademiyasining Sharq qo`lyozmalari institutida ana shu muqaddas kitobning bizga etib kelgan eng katta qismi – 81 sahifasi saqlanadi. Butun dunyoga mashhur Usmon Qur`onining nodir nusxalaridan biri sanalgan bu qo`lyozma RAF Sharq qo`lyozmalari institutiga Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumani Katta Langar qishlog`idan borib qolgan. Bu kitobning yana 16 sahifasi O`zbekistonda – Katta Langar qishlog`ida, Toshkent va Buxoroda saqlanadi.

DEVONI HUSAYNIY” (HUSAYN BOYQARO DEVONI) “Devoni Husayniy” Temuriylar davri kitobat san`atining eng go`zal va beqiyos namunalaridan hisoblanadi. Husayniy taxallusi bilan she`rlar bitgan Hirot hukmdori, Temuriylar sulolasining vakili Sulton Husayn Boyqaro qalamiga mansub. Uning o`ziga xosligi shundaki, ushbu she`riy to`plamning har bir sahifasi oltin bilan sayqallangan, nafis miniatyuralar bilan bezatilgan. Devon Xurosonda kitobat san`ati yuksak darajada rivojlangan bir paytda Hirotda tuzilgan. Tadqiqotchilarning fikricha, kitob Husayn Boyqaroning shaxsiy ko`rsatmasiga binoan yozilgan. Ushbu kitobga hazrat Mir Alisher Navoiyning ham muborak nazarlari tushgan. Husayniy g`azallari mohir xattot Sulton Ali Mashhadiy tomonidan ko`chirilgan. Bu bebaho qo`lyozma Sharq uyg`onish davrining nodir durdonasidir.

“RAVZATUS-SAFO” (“SOFLIK BOG`I”)

Sharq tarixining etuk bilimdoni Mirxond qalamiga mansub katta hajmli bu asarda payg`ambarlar, xususan, Rasululloh (s.a.v.)ning va ul zotning xalifalari, Sharqda hukmronlik qilgan bir qancha sulolalarning tarixi hikoya qilinadi. Bu tarixiy asarning muallifi Mirxond (1433-1498) Xuroson davlati saroy tarixchilari maktabining yorqin vakili hisoblanadi. Qo`lyozma ko`plab go`zal miniatyuralar bilan bezatilgan.

“ME`ROJNOMA”

Me`rojnoma” - turkiy adabiyotning bebaho yodgorligi bo`lib, XIV asrda o`zbek shoiri Haydar Xorazmiy tomoniidan bitilgan. Asar arab va uyg`ur yozuvlaridan foydalangan holda mumtoz o`zbek tili – qadimgi turkiyda yozilgan. Asar Sohibqiron Amir Temurning o`g`li, buyuk olim va shoh Mirzo Ulug`bekning otasi Shohrux Mirzo topshirig`i bilan yaratilgan. Qo`lyozma yaratilishida o`z davrining eng yaxshi miniatyurachi rassomlari ishtirok etishgan. 84 ta sahifani o`z ichiga olgan “Me`rojnoma”ning 70 ta sahifasini muhtasham miniatyuralar tashkil etadi. Unda islom payg`ambari Muhammad (s.a.v.)ning me`rojga chiqishlari, bir kechada Makkadan Quddusga borib, Masjidul-aqsoni ziyorat qilishlari bilan bog`liq miniatyuralarin ham ko`rish mumkin. Ushbu bebaho qo`lyozma Fransiya Milliy kutubxonasida saqlanmoqda.

«TEMUR TUZUKLARI»

“Tuzuklar” Amir Temur hayotligida yozilgan. Bu bebaho asar ikki qismdan Amir Temurning etti yoshidan boshlangan tarjimai holi va siyosiy, harbiy, madaniy va boshqa yo`nalishdagi pand-nasihatlari, o`gitlarini o`z ichiga oladi. Har ikki qismda ham asar birinchi shaxs – Amir Temur tilidan hikoya qilinadi. “Temur tuzuklari” davlat, armiya, mamlakat va jamiyatni boshqarishda muhim qonunlar jamlanmasi bo`lib xizmat qiladi. Buyuk Sohibqiron ham ana shu tuzuklar asosida markazlashgan qudratli mamlakat barpo etib, uni boshqarib kelganlar.

* Bu bebaho qo`lyozmalarning faksimile nusxalari Evropaning bu borada juda katta tajribaga ega bo`lgan mashhur bosmaxonalarida chop etiladi. Ushbu qo`lyozmalar oltin bilan sayqallanib, maxsus qog`ozlarda, asl nusxasiga juda yaqin ko`rinishda ko`chiriladi. Nusxalar shu qadar ajoyibki, ularni bir qarashda haqiqiysidan ajratib bo`lmaydi. Rossiya Fanlar akademiyasining Sharq qo`lyozmalari instituti hamda Fransiya Milliy kutubxonasida saqlanayotgan bu nodir qo`lyozmalarning faksimile nusxalari “Sharq yozma yodgorliklari durdonalari” loyihasi doirasida O`zbekistonga taqdim etiladi.

Sadoqat ALLABERGANOVA. Fotomuxbir: Omil HAKIMOV

 

Галерея
Mavzuga oid yangiliklar
“O`zbekiston madaniy merosi – xalqlar va madaniyatlar o`rtasida muloqotga yo`l”. Xalqaro anjumandan to`liq tafsilot...
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida 6-8 iyun kunlari o`tkazilgan Ikkinchi xalqaro Kongress ana shunday nomlandi. Mazkur nufuzli anjuman mamlakatimizning boy va betakror madaniy merosini o`rganish vadunyo miqyosida keng targ`ib etish maqsadida O ...
11.06.2018 / 15:19
RFA Sharq qo`lyozmalari institutida O`zbekistonning boy madaniy merosi namoyish etildi
Rossiyaning Sankt-Peterbrug shahrida, asov Neva daryosi sohilida Rossiya Fanlar akademiyasining Sharq qo`lyozmalari instituti joylashgan. Bu dargohda O`zbekistondan keltirilgan yoxud o`zbek xalqining boy madaniy merosiga taalluqli o`nlab bebaho qo ...
08.06.2018 / 14:59
Sankt-Peterburgda O`zbekiston madaniy merosiga bag`ishlangan anjuman samarali o`tmoqda
Avval xabar qilinganidek, Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida “O`zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o`rtasida muloqotga yo`l” Ikkinchi xalqaro kongressi bo`lib o`tmoqda ...
08.06.2018 / 14:57
Dunyo sharqshunoslari O‘zbekiston Prezidentiga ochiq murojaat yo‘lladi
2018 yining 6-8 iyun kunlari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan “O‘zbekiston madaniy merosi — xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘l&rdquo ...
09.06.2018 / 11:19
O`zbekiston madaniy merosi – Davlat Ermitajida
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida “O`zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o`rtasida muloqotga yo`l” Ikkinchi xalqaro kongressi davom etmoqda. Bugun kongress doirasida “O ...
08.06.2018 / 14:57
Selim Kondu: “Buyuk o‘zbek shoiri Erkin Vohidov “Tarixingdir ming asrlar. Ichra pinhon, o‘zbegim”, deganida naqadar haq edi”
Sankt-Peterburgda O‘zbekiston madaniy merosiga bag‘ishlangan anjuman ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda. Avval xabar qilinganidek, Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida “O‘zbekiston madaniy merosi &ndash ...
08.06.2018 / 14:55