O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
O`zbekistonning yangi rivojlanish bosqichida O`ZEOAVMA hamkorligining muhim o`rni

Poytaxtimizdagi “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida “O`zbekistonning yangi rivojlanish bosqichida davlat va jamiyat o`rtasida ijtimoiy muloqotni ta`minlashda OAVning o`rni” mavzuida xalqaro konferensiya bo`lib o`tdi. Unda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a`zolari, mahalliy ekspertlar, vazirlik va idoralar vakillari, O`zbekistonda akkreditasiyadan o`tgan diplomatik korpus hamda xalqaro tashkilotlar rahbarlari, O`zEOAVMAga a`zo nodavlat teleradiostansiyalar direktorlari, ijodiy va texnik xodimlari, shuningdek, OAV hamda yirik reklama agentliklari vakillari ishtirok etishdi.

Anjumanni O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi raisi Firdavs Abduxoliqov kirish so`zi bilan ochib, har bir OAVning haqiqiy muloqot maydaniga, fikrlarni erkin ifodalash minbariga aylantirish lozimligini qayd etib, bu borada bugungi kunda assosiasiya tomonidan o`tib borayotgan yilda amalga oshirilgan ishlarga to`xtalib o`tdi.

Shundan so`ng, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining o`rinbosari Svetlana Ortiqova so`zga chiqib, OAV fikrlarni erkin ifodalash minabari va fuqarolarning konstitusion huquqlarini ta`minlashda muhim vosita ekanligini bildirdi.

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo`llab-quvvatlash Jamoat fondi mablag`larini boshqarish bo`yicha parlament komissiyasi raisi Akmal Saidov, O`zbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktori Laziz Tangriev, O`zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Sa`dulla Hakimov, Xalqaro press-klub raisi Sherzod Qudratxo`jaev, Buyuk Britaniya birlashgan qirolligi va Shimoliy Irlandiyaning O`zbekistondagi elchisi Kristofer Allan, EXHTning O`zbekiistondagi loyihalari koordinatori Jon Mak Gregor, YuNISEFning O`zbekistondagi vakolatxonasi rahbari vazifasini bajaruvchi Yuliya Oleynik va boshqalar so`zga chiqib, ommaviy axborot vositalari faoliyatida son ko`rsatkichlarini bosqichma-bosqich sifat ko`rsatkichlariga aylantirish, xususan, OAVni chin ma`noda “to`rtinchi hokimiyat” darajasiga olib chiqish kerakligi bu borada O`zEOAVMA bilan keyingi bosqichlarda hamkorlikka tayyor ekanliklarini qayd etishdi.

Tadbirda ma`ruzalar davomida taqdimot va videoroliklar namoyish etildi.

Konferensiyaning ikkinchi sessiyasida nodavlat teleradiostansiyalar media-kontenti va ijodiy salohiyati, bundan tashqari, ularning iqtisodiy mustaqilligini ta`minlashning yangi usullari hamda media-bozorning o`zini-o`zi boshqarish yo`nalishlari bo`yicha taqdimotlar bo`lib o`tdi.

Галерея
Mavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistondagi birinchi nodavlat telekompaniya asoschisi Firdavs Abduxoliqov “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlandi
27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan O‘zbek milliy akademik drama teatrida bo‘lib o‘tgan tantanali tadbirda O&lsquo ...
28.06.2018 / 16:02
uza.uz: Rag‘bat va e’tibor sog‘lom raqobatga undaydi
Poytaxtimizda O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Axborot sohasida raqobat ...
03.05.2018 / 16:42
"O`zbekiston obidalaridagi bitiklar" turkum nashrining 13 ta jildi xalqaro ko`rgazmada taqdim etildi
Avval xabar qilganimizdek, joriy yil 25 aprel kuni Qozog`iston Respublikasi Ostona shahridagi “Korme” ko`rgazmalar markazida “III Evroosiyo xalqaro kitob ko`rgazma yarmarkasi” o`z faoliyatini boshladi. Unda O ...
26.04.2018 / 17:28
darakchi.uz: Fotoreportaj: Poytaxtda 3 may — Jahon matbuoti erkinligi kuni qanday nishonlandi?
Bugun, 3 may — Jahon mutbuoti erkinligi kuni munosabati bilan “Media xoll NAESMI”da “Axborot sohasidagi raqobat hamda bozor munosabatlari rivojlanishi jarayonlarida OAV erkinligini mustahkamlash kafolotlari&rdquo ...
03.05.2018 / 17:51
Axborot sohasidagi raqobat, bozor munosabatlari rivojlanishi jarayonlarida OAV erkinligini mustahkamlash kafolotlari: O'zbekiston tajribasi
2018 yilning 3 may kuni “Media xoll NAESMI”da “Axborot sohasidagi raqobat, bozor munosabatlari rivojlanishi jarayonlarida OAV erkinligini mustahkamlash kafolotlari: O'zbekiston tajribasi” mavzusidagi xalqaro davra suhbati bo ...
03.05.2018 / 14:46
O‘zbekiston madaniy merosi Londonda taqdim qilindi
2018 yil 18 aprel kuni Londondagi O‘zbekiston elchixonasida “O‘zbekiston madaniy merosi Buyuk Britaniyada" mavzuidagi xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbir O&lsquo ...
20.04.2018 / 12:59