O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

22 01 2018 120 SONIYA 12 00
22 01 2018 120 SONIYA 12 00
22 01 2018 120 SONIYA 10 00
22 01 2018 120 SONIYA 10 00
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Prezidentimizning dadil qadamlari: Buni g‘arb ham tan olmoqda

Agar so‘nggi vaqtlarda mahalliy va xorijiy matbuotni, ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib borayotgan bo‘lsangiz, O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy hayotiga doxil axborot oqimi tamomila o‘zga bir o‘zanga burilganini kuzatishingiz mumkin. 

Xususan, AQSHning «The New York Times» nashri O‘zbekistonning dunyo bilan integratsiyalashayotgani haqida yozayotgan bo‘lsa, Yaponiyaning jahonga mashhur «The Nikkei» nashri Markaziy Osiyo mintaqasining xalqaro maydondagi nufuzi bugun O‘zbekiston rahbari tashlayotgan dadil qadamlarga bevosita bog‘liqligiga urg‘u berdi. 

Rossiyaning “Novosti” axborot agentligi O‘zbekiston rahbari faoliyatining dastlabki natijalariga bag‘ishlangan kuzatuvlarida Prezident mahalliy OAVdagi mamlakatning birinchi shaxsi imijiga bo‘lgan an’anaviy yondashuvlarni o‘zgartirayotgani, mamlakat ijtimoiy-siyosiy jabhada jiddiy islohotlar o‘tkazayotganini e’tirof etdi. 

Shuningdek, Rossiyaning «Nezavisimaya gazeta» nashri ham O‘zbekistonning G‘arb va umuman dunyo hamjamiyatiga “o‘zini ochayotganini” yuqori baholadi. 

Prezident murojaati va unga aks-sado o‘laroq, o‘zbek matbuotida tashlangan ba’zi qadamlarni ham xalqaro kuzatuvchilar, dunyo ommaviy axborot vositalari “so‘nggi o‘n-yigirma yillikdagi muhim o‘zgarish”, deb hisoblamoqda. 

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi saytida e’lon qilingan “G‘arb ahlida ham umid uyg‘otgan murojaat” maqolasi atrofidagi mulohazalar shundan darak beradi, albatta. 

“Amerika ovozi” teleradiosi sharhlovchilari bu qadamni “Tarixda kuzatilmagan holat”, deya atar ekan, jumladan, “O‘zbekistonda chet eldagi fuqarolarga munosabat o‘tgan bir yil ichida ancha ijobiylashdi. Hatto xorijiy axborot vositalarida ishlaydigan o‘zbek jurnalistlarining sharhi bugun O‘zbekiston davlat matbuotida chop etilmoqda, rasmiy e’tiborda. Lekin sinov davri hamma uchun mana endi boshlanmoqda” deya ta’kidladi. 

“BBC News” jurnalistlari buni “...umid uyg‘otayotgan ishoralar”, deya e’tirof etdi. 

“Chegara bilmas jurnalistlar” xalqaro tashkiloti ushbu chiqishlarni ijobiy baholadi. 

O‘zbek matbuotidagi mazkur qadam “Haqiqiy o‘zgarish” ekanini AQSHning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Pamela Spratlen tvitlarda qayd etgan. 

Yurtimizdagi mazkur evrilishlarni bosh qarorgohi Nyu-Yorkda joylashgan Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi (CPJ) ham yaqindan kuzatib kelmoqda. “Bu holat O‘zbekiston matbuotidagi birinchi jiddiy o‘zgarishlardir”, deya ta’riflagan qo‘mita tadqiqotchisi Gulnoza Sayid: “Xalqaro jurnalistlarning, jumladan, “Amerika ovozi” jurnalistining O‘zbekiston rasmiy matbuotida chiqayotgani yoki “Bi-bi-si”ning O‘zbekistonga sekin-astalik bilan bo‘lsa-da qaytayotgani quvonarli hol. 

Mahalliy jurnalistlar ham ancha jonlandi. O‘zbekistonda iqtidorli jurnalist kadrlar ancha ko‘p. Bundan keyin umid qilamizki, matbuot erkinligi borasida yanada jiddiyroq qadamlar qo‘yiladi”, deya izohladi.

Mavzuga oid yangiliklar
Jahon banki bosh ijrochi direktori: "Yakuniga yetgan yil O'zbekistonda jiddiy o'zgarishlar davri bo'ldi"
O'zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018 yil 18 yanvar kuni Jahon banki bosh ijrochi direktori Kristalina Georgiyeva boshchiligidagi delegatsiyani qabul qilgani xabar berilgandi. ...
19.01.2018 / 16:52
O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi xalqaro avtomobil qatnovlari to‘g‘risidagi bitim kuchga kirdi
2017-yilning 30-dekabr kuni O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumatlari o‘rtasida 1996-yil 4-sentabrdagi xalqaro avtomobil qatnovlari to‘g‘risidagi bitimga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g&lsquo ...
03.01.2018 / 10:30
Shavkat Mirziyoev: “Deputatlar, Senatorlarimiz uyg`onishi kerak”
Bu – hayot talabi, degan gaplar gapligicha qolib ketdi. Yana bir bor aytaman, amaliy natija yo`q, deya ta`kidladi Prezidentimiz Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a`zolariga Murojaatnomasida. ...
22.12.2017 / 13:59
Abdulaziz Komilov Afg'oniston delegatsiyasi bilan uchrashdi
2018 yilning 8 yanvar kuni O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Afg'oniston Islom Respublikasi Prezidentining milliy xavfsizlik bo'yicha maslahatchisi o'rinbosari Atikulloh Nosher boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. ...
09.01.2018 / 09:14
Shavkat Mirziyoev: Nega ikki viloyat rahbarini ishdan oldim?
Toshkent va Jizzax viloyatlarining hokimlari tajribali odamlar edi. Ammo endi bunday ishlab bo`lmaydi. O`zbek xalqining boshidan ne-ne kunlar o`tmadi. Biz u kunlar qaytishini istamaymiz. Bizga qo`shib yozuvchilar kerak emas, dedi davlatimiz rahbari.
22.12.2017 / 14:01
Prezident ilk bor Parlamentga murojaatnoma taqdim etmoqda
Ayni damlarda poytaxtimizdagi Simpoziumlar saroyida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.  Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ...
22.12.2017 / 12:59