O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Parlament, senator yoki deputat so'roviga javob berilmadimi – EKIHning 7 baravarigacha jarima

3.01.2018 yildagi O'RQ-456-son Qonun bilan parlament so'rovini, senator yoki deputat so'rovini ko'rib chiqishda qonunbuzarliklar uchun ma`muriy javobgarlik joriy etildi. Bu haqda Norma.uz yozmoqda.

Qayd etilishicha, buning uchun MJtKning 193-moddasiga qo'shimcha kiritildi. Mansabdor shaxslarning parlament so'rovini, senator yoki deputat so'rovini ko'rib chiqishdagi quyidagi g'ayriqonuniy harakatlariga nisbatan jarima solinadi:

• so'rovni ko'rib chiqmasdan qoldirish;
• so'rovni ko'rib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish;
• so'rov yuzasidan bila turib noto'g'ri ma`lumotlarni qasddan taqdim etish.

Buning uchun mansabdor shaxslar EKIHning 3 dan 7 baravarigacha jarima bilan jazolanadi.

Ma`lumot uchun:

Parlament so'rovi – Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yoki Senati tomonidan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga qonunlarning, turli sohalardagi davlat dasturlarining ijrosi masalalari hamda ularning vakolatlariga kiradigan boshqa muhim masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan so'rovi yuboriladigan so'rov (“O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to'g'risida” va “O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to'g'risida”gi konstitutsiyaviy qonunlarning 12-moddalari).

Senator so'rovi – qoida tariqasida, tegishli hududlarning manfaatlari bilan bog'liq masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan so'rov (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining reglamenti to'g'risida”gi Qonunning 31-1-moddasiga qarang).

Deputat so'rovi - qoida tariqasida, tegishli saylov okrugi saylovchilarining yoki O'zbekiston ekologik harakatining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta`minlash bilan bog'liq masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan so'rov (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining reglamenti to'g'risida”gi Qonunning 32-1-moddasiga qarang).

So'rovlarni ko'rib chiqish muddati - agar boshqa muddat belgilangan bo'lmasa, 10 kun.

Mavzuga oid yangiliklar
MIB xodimlariga videokonferensaloqa orqali o‘quv mashg‘uloti o‘tildi
14-iyul, shanba kuni Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi tizimida xizmat qilayotgan davlat ijrochilariga sohaga oid qonun hujjatlarini tushuntirish bo‘yicha videokonferensaloqa rejimi orqali o ...
18.07.2018 / 09:20
Nukusda 55 metr balandlikda davlat bayroqlari o`rnatiladi
O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma etti yillik bayrami oldidan Nukus shahrida O`zbekiston va Qoraqalpog`iston Respublikalari davlat bayroqlari o`rnatiladi. Bu haqda Kruz.uz sayti xabar berdi. ...
18.07.2018 / 09:15
“Toshkent-Urganch-Toshkent” yo`nalishida qo`shimcha poezdlar qatnovi yo`lga qo`yildi
“Toshkent-Urganch-Toshkent” yo`nalishida qo`shimcha poezdlar qatnovi yo`lga qo`yildi, deb xabar berdi “O`zbekiston temir yo`llari” aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati. Xabarda bildirilishicha, qo`shimcha qo ...
18.07.2018 / 09:13
Deputat Jahongir Shirinov: Korrupsiyaga qarshi xalqning o‘zi kurashmog‘i kerak!
Jahongir Shirinov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Taraqqiyotning bugungi yangi bosqichida davlat idoralari xodimlari, mansabdor shaxslar zimmasiga zamonga monand vazifalar yuklanmoqda ...
18.07.2018 / 09:18
Polshada O`zbekiston Mustaqilligining 27 yilligiga bag`ishlangan kitob chop etildi
Mamlakatimiz mustaqilligining 27 yilligini nishonlash arafasida Varshava shahrida polyak tilida “O`zbekiston Respublikasining 27 yillik mustaqil va barqaror rivojlanishiga bag`ishlanadi” nomli kitob chop etildi. ...
18.07.2018 / 09:13
Chorvoq tomonlarda nimalar sodir bo‘lmoqda?...
Chirchiq daryosiga ulangan kanalizatsiya, suv bo‘yiga qurilgan  xojatxona va shu suvni iste’mol qilayotgan Toshkent aholisi...  (Muammo ildizi xiyla chuqurroq) Chorvoq tomonga ko‘pchilikning yo‘li tushgan ...
16.07.2018 / 08:49