O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Tashrif samarali bo‘ldi

Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmonning taklifiga binoan 9-10 mart kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ldi. 

Tashrifning ikkinchi kuni davlatimiz rahbari o‘zi uchun ajratilgan qarorgohda Tojikiston Respublikasi parlamentining Majlisi namoyandagon palatasi raisi Shukurjon Zuhurovni qabul qildi. 

Tashrif doirasida O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalardagi munosabatlarni mustahkamlash bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi. Xususan, parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha ham amaliy qadamlar tashlandi. 

Uchrashuvda O‘zbekiston Prezidentining Tojikistonga davlat tashrifi g‘oyat samarali kechayotgani, tomonlarni qiziqtirgan barcha masalalar bo‘yicha yakdil kelishuvlarga erishilgani qayd etildi. Ayniqsa, davlat chegarasi bo‘yicha shartnoma va fuqarolarning o‘zaro qatnoviga qulaylik yaratishga oid bitim mamlakatlarimiz munosabatlari, xalqlarimizning do‘stona aloqalariga zamin bo‘lishi alohida ta’kidlandi. Avtomobil va temir yo‘llarning ochilgani, Ishbilarmonlar kengashi tuzilgani ham bu borada muhim o‘rin tutadi. 

Shukurjon Zuhurov bilan suhbatda oliy darajada imzolangan hujjatlarni ratifikatsiya qilish, parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash masalalariga to‘xtalib o‘tildi. Qonun chiqaruvchi organlardagi do‘stlik guruhlari ishini faollashtirish, o‘zaro tashriflar va tajriba almashuvni ko‘paytirish zarurligi qayd etildi. 

Prezidentimiz tomonlarning hamkorlikka oid muloqotlari muntazamlik kasb etishi yo‘lida muhim qadamlar tashlanganini ta’kidladi. 

Davlatimiz rahbari Tojikiston Respublikasi parlamentining Majlisi namoyandagon palatasi raisini O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishish, hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, o‘zaro tajriba almashish uchun yurtimizga taklif qildi. 

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘zi uchun ajratilgan qarorgohda Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzodani qabul qildi. 

Suhbat chog‘ida 9 mart kuni bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi uchrashuvlarda ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikka doir barcha masalalar muhokama etilib, uni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olingani ta’kidlandi. Savdo, iqtisodiyot, investitsiya, moliya, transport va tranzit, qishloq xo‘jaligi, suv-energetika, soliq, turizm, fan-ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, xavfsizlik kabi sohalardagi hamkorlik hamda hududlararo aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha imzolangan hujjatlar yuqori baholandi. 

Muloqotda mazkur kelishuvlarni bajarish, ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo aylanmasini ko‘paytirish va tarkibini diversifikatsiya qilish, biznes uchun qulay muhit yaratish masalalariga e’tibor qaratildi. 

Xususan, tovar ayirboshlash hajmini 1 milliard dollarga yetkazish rejasi ikki mamlakat hukumatlariga katta mas’uliyat yuklashi qayd etildi. 

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligini, buning uchun barcha zarur sharoit yaratilishini ta’kidladi. 

Qohir Rasulzoda O‘zbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiya hamraisi sifatida o‘zaro manfaatli loyihalar ishlab chiqish, qo‘shimcha imkoniyatlar bo‘yicha takliflar tayyorlashga alohida ahamiyat berishini qayd etdi. 

Ikki mamlakat hududlari va yetakchi korxonalari o‘rtasida kooperatsiyani kengaytirish, qo‘shma korxonalar tashkil etish, tranzit yuk tashishni ko‘paytirish va boshqa masalalar muhokama qilindi. 

Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” qabul qilish muhimligi ta’kidlandi. 

Shu bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikiston Respublikasiga davlat tashrifi yakuniga yetdi. 

Dushanbe xalqaro aeroportida mamlakatimiz rahbarini Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon kuzatib qo‘ydi. 

Ishonch bilan aytish mumkinki, ushbu tashrif asnosida imzolangan hujjatlar va erishilgan kelishuvlar ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘taradi. 

Toshkent – Dushanbe – Toshkent
uza.uz
Mavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp Shavkat Mirziyoyevni tabrikladi
Ramazon hayiti munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy mamlakatlar davlat va hukumat rahbarlaridan tabrik maktublari kelmoqda. Jumladan, Amerika Qo&lsquo ...
14.06.2018 / 11:14
MDH mudofaa vazirlari uchuvchisiz aviatsiyani qo'llashdagi hamkorlikni muhokama qiladi
2018 yil 6 iyun kuni Rossiya Federatsiyasining Kizil shahrida MDHga a`zo davlatlarning mudofaa vazirlari kengashi navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tadi. Bu haqda tashkilotning Ijroiya qo'mitasi matbuot xizmati xabar berdi. Yig ...
04.06.2018 / 13:13
Imomali Rahmon O'zbekistonga qachon kelishi ma`lum bo'ldi
Tojikiston hukumatining Dushanbedagi qarorgohida 31 may kuni tushdan keyin Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda va O'zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripovning uchrashuvi bo'lib o'tdi. Bu haqda AP xabar bermoqda. ...
01.06.2018 / 16:59
Kelgusi yil O`zbekistonda Qozog`iston yili deb e`lon qilinadi
Qozog`iston parlamenti Senati qo`mita raisi Darig`a Nazarboeva boshchiligidagi parlament vakillari Janubiy Qozog`iston viloyatining O`zbekiston bilan chegaradosh Sariog`och tumanida o`zbekistonlik hamkasblari bilan uchrashdi. ...
06.06.2018 / 10:48
Abdulaziz Komilov Qatar bosh vaziri o`rinbosari bilan uchrashdi
2018 yil 3 iyun kuni Qatarda amaliy tashrif bilan bo`lib turgan O`zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegasiya Doha shahrida Qatar Bosh vaziri o`rinbosari ...
04.06.2018 / 13:09
Abdulaziz Komilov Qatarga boradi
O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya 2018 yilning 2-4 iyun kunlari amaliy tashrif bilan Qatar davlatida bo'ladi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda. O ...
01.06.2018 / 16:57