
2018 yilning 10 aprel kuni O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiya hamda Konrad Adenauer jamg‘armasining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi bilan tomonidan O‘zEOAVMA Media Markazida iqtisod fanlari doktori, professor rossiyalik Andrey Zыbkin trenerligida “O‘zbekistonda nodavlat teleradiokanallar rentabelligini yuksaltirish: xorijiy tajribani o‘rganish va amaliyotga tatbiq etish” mavzusida nodavlat teleradiostansiyalar rahbarlari uchun master-klass bo‘lib o‘tdi.
Master-klass O‘zEOAVMAga a’zo hududiy telestansiyalarning iqtisodiy erkinligini mustahkamlash, ularning bu boradagi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha bugungi kunda holatni o‘rganish, shu yo‘nalishda xalqaro tajribani o‘rganish maqsadida tashkil qilindi.
Ushbu master-klass 3 bosqichda o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, uning keyingi bosqichlari 2018 yilning 14 aprel va 2 may kunlari bo‘lib o‘tadi.
Ko'riklar soni: 104 | Нравится | Твитнуть |