O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
O‘zbekiston madaniy merosi Londonda taqdim qilindi

2018 yil 18 aprel kuni Londondagi O‘zbekiston elchixonasida “O‘zbekiston madaniy merosi Buyuk Britaniyada" mavzuidagi xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (O‘zEOAVMA), O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, “Zamon press info” nashriyot uyi, “Uzbekistan Today” axborot agentligi va neft sohasida xizmat ko‘rsatuvchi “Eriell” group xalqaro kompaniyasi tomonidan tashkil qilindi.
Xalqaro davra suhbatida "O‘zbekiston madaniy merosi dunyo to‘plamlarida" xalqaro multimeda loyihasi vakillari Buyuk Britaniyaning yirik muzey va kutubxonalari olimlari xorijiy OAV vakillariga loyiha haqida ma’lumot berib, kelajakdagi rejalar haqida so‘zlab berishdi. Bundan tashqari davra suhbati davomida Angliya to‘plamlarida saqlanayotgan madaniy merosimiz haqidagi xorij olimlari ma’ruzalari tinglandi.
Tadbir davomida Buyuk Britaniyada saqlanayotgan o‘zbek madaniy merosi haqida joriy yilda 3 ta jilddan iborat kitob-albomlar chop etishni rejalashtirilganligi haqida ham ma’lumot berildi. 
Birinchi kitob Britaniya muzeyi to‘plamida saqlanayotgan numizmatikaning yorqin namunalari - qadimiy tangalarga bag‘ishlanib, ushbu kitobni Xofstra universiteti professori Aleksandr Naymark va Britaniya muzeyi numizmatika bo‘limi mudiri Robert Breysi tayyorlaydi.
Bundan tashqari Kembridj universiteti va Oksforddagi Bodlean kutubxonasi to‘plami haqidagi kitob-albomni Pembruk kolleji Forsshunoslik markazi direktori doktor Firyuza Melvil qator britaniyalik olimlar bilan birgalikda tayyorlashi ma’lum qilindi.
Loyiha rahbari, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Firdavs Abduxoliqovning ta’kidlashicha, 2018 yil davomida Buyuk Britaniya muzey hamda kutubxonalarida saqlanayotgan o‘zbek madaniy merosiga bag‘ishlangan 5 ta hujjatli film ham tavsirga olinadi va ushbu media-mahsulotlar O‘zbekiston telekanallari orqali o‘zbek va rus tillarida namoyish etiladi. 
Davra suhbati yakunida “Devoni Husayniy” asari qo‘lyozmasining bebaho faksimile nusxasi Buyuk Britaniya hukumati Lordlar palatasi vakili janob Lord Iltaf Sheyxga va “Katta Langar” Qur’onining faksimile nusxasi esa Oksford Islomshunoslik markazi vakili doktor Talal al-Azimga hadya etildi.
Bundan tashqari “O‘zbekiston madaniy merosi dunyo to‘plamlarida” loyihasi doirasida chop etilgan 10 jildlik kitob-albomlardan iborat to‘plamlar Buyuk Britaniyaning 10ga yaqin yirik kutubxona va muzeylariga beg‘araz topshirildi.

Галерея
Mavzuga oid yangiliklar
darakchi.uz: Fotoreportaj: Poytaxtda 3 may — Jahon matbuoti erkinligi kuni qanday nishonlandi?
Bugun, 3 may — Jahon mutbuoti erkinligi kuni munosabati bilan “Media xoll NAESMI”da “Axborot sohasidagi raqobat hamda bozor munosabatlari rivojlanishi jarayonlarida OAV erkinligini mustahkamlash kafolotlari&rdquo ...
03.05.2018 / 17:51
Axborot sohasidagi raqobat, bozor munosabatlari rivojlanishi jarayonlarida OAV erkinligini mustahkamlash kafolotlari: O'zbekiston tajribasi
2018 yilning 3 may kuni “Media xoll NAESMI”da “Axborot sohasidagi raqobat, bozor munosabatlari rivojlanishi jarayonlarida OAV erkinligini mustahkamlash kafolotlari: O'zbekiston tajribasi” mavzusidagi xalqaro davra suhbati bo ...
03.05.2018 / 14:46
O‘zbekistonda nodavlat teleradiokanallar rentabelligini yuksaltirish
2018 yilning 10 aprel kuni O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiya hamda Konrad Adenauer jamg‘armasining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi bilan tomonidan O&lsquo ...
11.04.2018 / 10:27
uza.uz: Rag‘bat va e’tibor sog‘lom raqobatga undaydi
Poytaxtimizda O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Axborot sohasida raqobat ...
03.05.2018 / 16:42
"O`zbekiston obidalaridagi bitiklar" turkum nashrining 13 ta jildi xalqaro ko`rgazmada taqdim etildi
Avval xabar qilganimizdek, joriy yil 25 aprel kuni Qozog`iston Respublikasi Ostona shahridagi “Korme” ko`rgazmalar markazida “III Evroosiyo xalqaro kitob ko`rgazma yarmarkasi” o`z faoliyatini boshladi. Unda O ...
26.04.2018 / 17:28
Hujjatli filmlar tayyorlovchi ijodkorlar uchun yana bir seminar
2018 yil 10 aprel kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, YuNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi va “O‘zbekkkino&rdquo ...
10.04.2018 / 14:11