O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
O`zbekistonning inson huquqlarini ta`minlash borasidagi tashabbuslari Vashingtonda e`tirof etildi

Avval xabar qilinganidek, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Amerika Qo`shma Shtatlari Prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan 2018 yil 15-17 may kunlari rasmiy tashrif bilan AQShda bo`ladi. 

Davlatimiz rahbarining AQShga rasmiy tashrifi oldidan O`zbekiston delegasiyasi a`zolari qator muhim tadbirlarda ishtirok etmoqda. Vashington shahridagi Milliy press-klubda «O`zbekistonning inson huquqlarini ta`minlash borasida erishgan yutuqlari va istiqboldagi vazifalar» mavzuida konferensiya bo`lib o`tdi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

Inson huquqlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Milliy markazi, Xalqaro press-klub, O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi, O`zbekistonning AQShdagi elchixonasi va qator xalqaro tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan anjumanda taniqli olimlar, mutaxassislar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. 

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o`rinbosari S.Safoev, Inson huquqlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori A.Saidov, fransiyalik tarixchi olim, sosiolog M.Laryuel, Human Rights Watch tashkilotining Markaziy Osiyo bo`yicha rahbari S.Sverdlov, O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi boshqaruvi raisi F.Abduxoliqov, Xalqaro press-klub rahbari Sh.Qudratxo`jaev va boshqalar O`zbekistonda demokratik huquqiy davlat, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish, inson huquqlarini ta`minlashda ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish, yurtimizning xalqaro maydonda munosib o`rin egallashiga yo`naltirilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilayotganini ta`kidladi. 

Ta`kidlandiki, O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va uning asosida qabul qilingan qonunlar jamiyat va davlat faoliyatining barcha sohalarini isloh qilish uchun mustahkam huquqiy asos yaratdi. O`zbekiston Konstitusiyasida mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan so`ng qo`shilgan dastlabki xalqaro huquqiy hujjatlardan biri bo`lgan Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasida nazarda tutilgan asosiy tamoyillar o`z ifodasini topgan. 

Bugungi kunda O`zbekiston inson huquqlari bo`yicha 70 ta asosiy hujjatga qo`shilgan, BMT tomonidan ushbu sohada qabul qilingan 10 ta asosiy xalqaro shartnoma ishtirokchisidir. 

Mamlakatimizda milliy qonunchilik va huquqni qo`llash amaliyotiga xalqaro standartlarni tizimli va bosqichma-bosqich implementasiya qilishning o`z modeli, insonning konstitusiyaviy huquq va erkinliklariga rioya etilishi monitoringi milliy tizimi shakllantirilgan. 

O`zbekistonda inson huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish maqsadida qonun hujjatlari muttasil takomillashtirib borilmoqda. 

2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida mamlakatning xalqaro munosabatlarning to`la huquqli sub`ekti sifatidagi o`rni va rolini yanada mustahkamlash, rivojlangan demokratik davlatlar qatoridan o`rin olish, O`zbekiston atrofida xavfsizlik, barqarorlik va yaqin qo`shnichilik muhitini yaratish bo`yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 

Konferensiyada so`nggi yillarda O`zbekistonda inson huquqlari bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlar dunyo jamoatchiligi tomonidan alohida e`tirofga sazovor bo`layotgani qayd etildi. 

Tadbirda mamlakatimizda sud hokimiyatining fuqarolar huquq va manfaatlarini himoya qilishdagi roli, sud-huquq tizimini isloh qilish sohasida erishilgan natijalar yuzasidan fikr almashildi. 

Soha mutaxassislari jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

Mavzuga oid yangiliklar
Abdulaziz Kamilov Qatar delegasiyasini qabul qildi
2018 yil 17 iyul kuni O`zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Qatar davlati Tashqi ishlar vazirligining Osiyo ishlari bo`yicha departamenti boshlig`i Halid Ibrahim al-Hamar rahbarligidagi delegasiyasni qabul qildi, deb xabar  ...
18.07.2018 / 09:12
Shavkat Mirziyoyev Mo‘g‘uliston Prezidentini tabrikladi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11 iyul kuni Mo‘g‘uliston Prezidenti Xaltmaagiyn Battulgani milliy bayram – Xalq revolyutsiyasi kuni bilan tabrikladi.
11.07.2018 / 10:57
Vazirlar Mahkamasida 3ta departament tugatildi, 2 oy ichida tarkibiy bo'linmalar xodimlari attestatsiyadan o'tkaziladi
Prezidentning «O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati tuzilmasini takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi qarori imzolandi. Bu haqda  ...
08.07.2018 / 13:14
Abdulla Aripov Farg'onada Tojikiston bosh vaziri bilan uchrashuv o'tkazadi
O'zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Farg'ona shahrida 16 iyul kuni Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda bilan uchrashadi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati ma`lum qildi. Ikki mamlakat vazirliklari va idoralari ...
16.07.2018 / 08:33
Erdo'g'anning inauguratsiya marosimida O'zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etadi
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining raisi Nig'matilla Yo'ldoshev boshchiligidagi delegatsiya Anqara shahrida Rajab Toyyib Erdo'g'anning Turkiya Respublikasi prezidenti lavozimiga kirishish marosimida ishtirok etadi ...
08.07.2018 / 13:15
Shavkat Mirziyoev Qozog`iston xalqini Ostona shahrining 20 yilligi bilan tabrikladi
Qozog`iston poytaxtidagi Mustaqillik saroyida 6 iyul kuni Ostona shahrining 20 yilligiga bag`ishlangan tantanali tadbir bo`lib o`tdi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Qozog ...
08.07.2018 / 13:13