O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
#UzbUsa2018: Prezident Matbuot kotibi Shavkat Mirziyoevning AQShga rasmiy tashrifi oldidan brifing o`tkazdi

Prezident Matbuot kotibi Shavkat Mirziyoevning AQShga rasmiy tashrifi oldidan brifing o`tkazadi. Unda Komil Allamjonov chiqish qildi. Brifing Prezidentning Facebook’dagi rasmiy sahifasida to`g`ridan-to`g`ri namoyish etildi.

Assalomu alaykum, hurmatli hamkasblar – ommaviy axborot vositalari vakillari!Sizlarni Vashingtonda tashkil etilgan Matbuot markazimizda ko`rib turganimdan xursandman.

Xabaringiz bor, ertaga O`zbekiston Respublikasi Prezidentining AQShga rasmiy tashrifi boshlanadi. Davlatimiz rahbarining samolyoti Vashingtondagi “Endryus” aeroportiga qo`nadi. 

Shavkat Mirziyoevni AQSh Davlat departamenti rahbariyati va boshqa rasmiy shaxslar kutib oladi.

Bu tashrifga har ikki tomon ham katta e`tibor bilan qaramoqda. AQSh ma`muriyati O`zbekiston Prezidenti tashrifini tarixiy deb baholamoqda.Fursatdan foydalanib, sizlarga tashrifdan o`rin olgan tadbirlar haqida ma`lumot berib o`tmoqchiman:

Prezident Shavkat Mirziyoev 16 may kuni Oq uyda AQSh Prezidenti Donald Tramp bilan uchrashadi. Muzokaralar avval tor doirada, keyin keng doirada bo`lib o`tadi. Keng doiradagi muzokaralarda O`zbekiston va AQSh rasmiy delegasiyasi vakillari ishtirok etadi, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.

Tashrif davomida 40 dan ortiq hujjatlar qabul qilinishi, shu jumladan, umumiy qiymati 8,5 milliard dollarlik savdo-iqtisodiy va investisiyaviy bitimlar imzolanishi rejalashtirilgan. Bu raqamlar, albatta, tashrif davomida o`zgarishi mumkin. Bu haqda qo`shimcha ma`lumot beriladi.

Shu kuni kechqurun O`zbekiston tomonidan rasmiy qabul marosimi o`tkaziladi. Bu erda AQSh ma`muriyati rahbariyati, vazirlik va idoralar, yirik kompaniya va korporasiyalar rahbarlari ishtirok etadi.

Prezidentimiz 17 may kuni Pentagonga tashrif buyurib, AQSh mudofaa vaziri bilan muzokara o`tkazadi. 

Kapitoliyda Kongressmenlar va senatorlar bilan uchrashib, mamlakatlarimiz o`rtasidagi hamkorlikni har tomonlama mustahkamlash masalalarini muhokama qiladi. 

Shavkat Mirziyoev Jahon banki Prezidenti bilan ham uchrashib, mamlakatimiz iqtisodiyotiga investisiya jalb etish bo`yicha muzokara olib boradi.

Tashrif davomida bo`lib o`tadigan muloqotlar, ularning natijalari haqidagi qo`shimcha ma`lumotlar Matbuot markazi orqali etkazib boriladi. 
Mavzuga oid yangiliklar
Ertaga Vladimir Putin O`zbekistonga davlat tashrifi bilan keladi
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan joriy yil 18 oktyabr kuni Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keladi. Bu haqda Prezidentning matbuot xizmati xabar berdi ...
17.10.2018 / 10:18
Putin tashrifini 200 dan ortiq jurnalist yoritadi
Xabar qilinganidek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan joriy yil 18 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keladi. ...
17.10.2018 / 10:10
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin O'zbekistondagi birinchi AES qurilishiga start beradi
Rossiya prezidenti kelgusi hafta O'zbekistonga davlat tashrifi bilan boradi. Muzokaralar yakuni bo'yicha muhim hujjatlar to'plami imzolanadi va AES qurilishiga start beriladi. «Umid qilamanki, kelgusi hafta Toshkentga davlat tashrifi chog ...
15.10.2018 / 14:49
Shavkat Mirziyoyev kimyo sanoatini rivojlantirish bo`yicha topshiriqlar berdi
O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 16 oktyabr kuni kimyo sanoatini jadal rivojlantirish, tarmoqqa xorijiy investisiya va zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish masalalari bo`yicha yig`ilish o`tkazdi. Yig ...
17.10.2018 / 10:18
Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovni tabrikladi
15 oktyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqoti bo`lib o`tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. ...
16.10.2018 / 10:10
Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboev bilan telefonda muloqot qildi
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11 oktyabr kuni Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboev bilan telefon orqali muloqot qildi. ...
12.10.2018 / 10:37