O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Yuris Smalinskis: “Inson va inson qadami etmagan tabiat – O`zbekistonda turizmni rivojlantirish uchun qiziqarli mavzu”

Turistlar orasida hali mashhur bo`lmagan joylar orasida O`zbekistonning tabiati muhofaza qilinadigan hududlari ham bor. Turistlar uchun ularni yanada o`ziga jalb etuvchi va qulay qilish uchun nimalar qilish kerakligi haqida “Uzbekistan Tudey” muxbiri Tabiati muhofaza qilinadigan hududlar sohasida turizmni rivojlantirish bo`yicha xalqaro ekspert Yuris Samlinskis bilan suhbatlashdi.

Yuris Smalinskis – xalqaro ekspert, Latviya qishloq turizmining assotsiasiyasi xodimi. Yuris Latviya universitetining biologiya bo`yicha magistr darajasiga ega, Latviya Iqtisodiyot vazirligi hamda atrof-muhitni muhofaza qilish Vazirligining tabiati muhofaza qilinadigan hududlarda turizm masalalari bo`yicha maslahatchi, gidlik bo`yicha katta tajribaga ega. 2003 yildan beri Vidzem amaliy fanlar universitetida tabiati muhofaza qilinadigan hududlarda turizm, ekologik turizm va barqaror turizmni rivojlantirish sohalarida intizom fanidan ma`ruza o`qiydi. Yuris 250 dan ortiq ilmiy va ommabop maqolalar, shuningdek, 50 dan ortiq turistik qo`llanma va xaritalarning muallifi, ko`plab kitoblarga hammuallifdir. Sayohatchi sifatida Smalinskis 60 ta mamlakatda, jumladan, Qozog`iston, O`zbekiston, Tojikiston va Qirg`izistonda bo`lgan. Yuris O`zbekistonga birinchi marta kelgani yo`q. Birinchi marta u taxminan o`n yil muqaddam biolog sifatida yurtimizga kelgan, bizning cho`l ekotizimlari bilan qiziqqan. Bu safar u Evropa Ittifoqining Markaziy Osiyoda barqaror iqtisodiy rivojlanish uchun biznes uyushmalari orqali qishloq va ekoturizmni mustahkamlash loyihasi doirasida tabiati muhofaza qilinadiganhududlarda turizmni rivojlantirish bo`yicha trener sifatida keldi va O`zbekiston xususiy turistik tashkilotlari assotsiasiyasi tomonidan tashkil etilgan treninglarni o`tkazdi.

– Turist, sayyoh sifatida men O`zbekistondagi keng ko`lamli o`zgarishlarga guvoh bo`ldim. Mamlakatga avvalgi tashrifim bilan solishtiradigan bo`lsak, birinchi qayd etiladigan jihat – bu viza rejimi, aeroportda bojxona nazoratidan o`tish turistlar uchun ancha soddaroq va qulayroq bo`ldi. Bu safar men ushbu tartib-qoidalar bilan bog`liq hech qanday noqulaylikni boshdan kechirmadim. Shaharda kardinal o`zgarishlar yuz bergan, shahar yangi tusga kirgan. Ehtimol, o`zbekistonliklar o`zgarmagandir, ular hamon mehmondo`st. Ushbu safar menga O`zbekistonni yangi tomondan ochib berdi. Tabiati muhofaza qilinadigan hududlarni boshqaruvchi vazirliklar va idoralar mutaxassislari uchun o`tkazilgan seminar-treninglar oldidan biz Ugom-Chotqol milliy tabiat parkida bo`ldik. Ajoyib manzaralar, go`zal tabiat, tabiati muhofaza qilinadigan hududlarda turizmni rivojlantirish uchun ulkan imkoniyatlar. Bu deyarli inson qo`li tegmagan tabiat. Va, albatta, mehmonnavozlik. Sizning taomlaringiz juda mazali, mevalaringiz sersuv va xushbo`y. Bir so`z bilan aytganda, dam olish sanoati rivojlanishi uchun katta imkoniyatlar mavjud.

– Yuris, umuman olganda, turizm va tabiati muhofaza qilinadigan hududlar – bu tushunchalar dunyo tajribasi nuqtai nazaridan bir-biriga mosmi?

– Albatta, mos. Tabiati muhofaza qilinadigan hududlar uchun turizm atrof-muhitni muhofaza qilish choralari, hududlarni obodonlashtirish, parklarda va unga yaqin joylashgan aholining qo`shimcha ish joylarini yaratish uchun zarur bo`lgan daromad manbai bo`lishi mumkin.

– Tabiiy boyliklarni muhofaza qilish-chi?

– Milliy parklar hududi juda katta va bu erda nafaqat tabiatni muhofaza qilish, balki turistlar uchun ham joy etarli. Ugom-Chotqol parkini olaylik, u erda tobora yo`qolib borayotgan Menzbur sug`uri va qor barsi yashaydi. Ularning tabiiy yashash joylari – turistlar uchun taqiq ostida, u erga turistlar kiritilmaydi, agar bu park mutaxassislari bilan birgalikdagi maxsus ekspedisiya bo`lmasa. Inson va inson qadami etmagan tabiat bir-biri bilan birlashishi mumkin. Bu qo`shnichilik ham turistlar, ham tabiat uchun qayg`uradigan park xodimlari tomonidan ta`minlanadi. Butun dunyoda shunday.

– Yuris, siz O`zbekiston haqida juda yaxshi so`zlarni aytdingiz. Lekin, keling, endi suhbatni biz uchun foydali tomonga bursak. Xorijiy tajribaga asoslangan holda, sizning oldingizga Ugom-Chotqol parkida turizmni rivojlantirish qo`yilsa, birinchi galda nima qilgan bo`lardingiz?

– Bugungi kunda mahalliy va xorijiy turistlar uchun jozibali va qiziqarli bo`lishi mumkin bo`lgan juda ko`p narsalar sirli bo`lib qolmoqda.

O`ylaymanki, bugungi kunda Internet butun dunyodagi barcha masalalar bo`yicha asosiy ma`lumotnomadir. Afsuski, O`zbekiston tabiati muhofaza qilinadigan hududlarda turizm imkoniyatlari haqida mavjud ma`lumotlar juda kam. Ugom-Chotqol tabiiy parki haqida turli manbalarda takrorlangan uchta yoki to`rtta maqolani topamiz. Ko`rinib turibdiki, mavzu bir tomonlama yoritilgan. Turli qiziqishlarga ega odamlarni jalb qilish uchun turli xil nuqtai nazarlarni yoritadigan park haqida materiallarga ehtiyoj bor. Kimdir ko`l qirg`og`ida dam olish, ba`zilar toqqa chiqish, kimgadir tog`lar bo`ylab sayohat qilish, yana kimdir qushlarning kuylashini yoqtiradi va h.k.

Parkdagi kirish joylarida men tashrif-markazlarni qurgan bo`lardim. Bu erda dam olishga tashrif buyuruvchilar qanday qilib eng yaxshi dam olish vaqtini belgilashlari mumkin bo`ladi. Turoperatorlar va gidlar bu erda maksimal marshrutlarni taqdim etish uchun harakat qilishlari kerak. Shu bilan birga, turistlar uchun professional xizmatlar bu erda mavjud bo`lishi kerak. Buning uchun professional gidlarni tayyorlashga alohida e`tibor berilishi kerak.

Va, albatta, turar-joy binolarining sonini sezilarli darajada ko`paytirish lozim. Ular har xil didli mijozlarga mo`ljallangan lagerlar, mehmonxonalar bo`lishi mumkin. Bu holatda turistlar parkning o`zida va uning yonida tunashi uchun imkoniyat yaratish kerak.

– Keyin-chiMaqsadga erishish uchun ishlarni davom ettiring, deyishganda, nima qilgan bo`lardingiz?

– Tasavvur chegara bilmaydi, ishtaha ovqat mahali ochiladi. Hayotning o`zi nima qilish kerakligini ko`rsatadi. Amalga oshirilgan natijalarni baholab, turistlar bilan muloqot keyingi harakatlarga olib keladi. Shu bilan birga, piarchilar, tashrif-markazlar xodimlari, turistik kompaniyalar vakillari va dam olish tashkilotchilari tabiatni muhofaza qilish vakillari bilan yaqin hamkorlik qilishlari kerak. Shuni unutmasligimiz kerakki, bu tabiati muhofaza qilinadigan hududlardir, inson va tabiat o`rtasidagi uyg`unlikni ta`minlash kerak.

– Ayting-chi, bizning tabiati muhofaza qilinadigan hududlarimiz xorijiy turistlarni o`ziga jalb eta oladimi?

– Menimcha, ha. Agar maqsadga yo`naltirilgan ishlar amalga oshirilsa.

 

– Buning uchun nima qilish kerak? Aytaylik, Latviyadan turistlarni jalb etish uchun?

– Agar faqat Latviyaga qarab orientir olinsa, noto`g`ri bo`lar edi, chunki u aholisi kam mamlakatdir. Evropaga e`tibor qaratish kerak – bu yanada ko`lamli imkoniyat. Sizning tog`laringiz evropaliklar, ayniqsa, pasttekisliklarda joylashgan mamlakatlarning fuqarolari uchun qiziq bo`lishi mumkin. Aytgancha, Latviya shunday mamlakat, eng baland tog`larimiz dengiz sathidan 300 metr balandlikda. Biroq turistni faqat tog` manzarasi bilan jalb qilib bo`lmaydi. Ammo bu masalani hal qilish mumkin. Turistlarni ularning mamlakati bilan uyg`unlik orqali jalb qilish mumkin.

– Sizning fikringizcha, O`zbekistonda tabiati muhofaza qilinadigan hududlarda turizm istiqbollari qanday?

– O`ylaymanki, yaqinda O`zbekistonning tabiati muhofaza qilinadigan hududlariga ko`plab mahalliy va xorijiy turistlar tashrif buyura boshlaydi. Xususan, men o`tkazgan seminarlar mamlakatingizda turizmning turli yo`nalishlarini rivojlantirish bo`yicha ish olib borilayotganiga misol bo`la oladi. Bu ishda Xususiy turistik tashkilotlari uyushmasi va Turizmni rivojlantirish Davlat qo`mitasi xalqaro va xorijiy hamkorlar bilan yaqindan hamkorlik qilib, O`zbekiston tajribasiga eng yaxshi amaliyotlarni tezkor joriy etishga yordam beradi.

Mavzuga oid yangiliklar
“Jinoyat haqiqati va adolati” mavzusida yoshlar press-klubi bo`lib o`tdi
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev tomonidan 2018-yil 27-iyulda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish to`g`risida videoselektor o`tkazilgan edi. Mazkur selektorda bajarilishi lozim bo ...
17.08.2018 / 10:32
11 avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma`lumoti
Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 11 avgust kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g ...
10.08.2018 / 17:40
Qashqadaryoda sayyor qabul: 3 ta masala joyida hal etildi
2018 yil 9 avgust kuni O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi Bosh direktori o‘rinbosari O‘ktam Xamrayev ishtirokida Qashqadaryo viloyatida sayyor qabul o‘tkazildi. Unda matbaa korxonalari, axborot ...
10.08.2018 / 17:33
Prezident farmoni: Qurbon hayitining birinchi kuni 21 avgust
O'zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «Qurbon hayitini nishonlash to'g'risida»gi farmoni imzolandi. Unga ko'ra, O'zbekiston musulmonlar idorasining Qurbon hayitining birinchi kuni 21 avgust seshanba kuniga to'g ...
17.08.2018 / 10:15
Prezident Shayxontohur tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid loyihalar bilan tanishdi
Tumanning Oqlon mahallasida bo`sh turgan joyda texnopark tashkil etish loyihasi ulardan biri. Tijorat banklari ishtirokida bu erda to`qimachlik mahsulotlari, tayyor kiyim ...
10.08.2018 / 17:37
Shavkat Mirziyoyev yozuvchilar uyiga tashrif buyurdi
Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Shayxontohur tumani, «Kamolon» mahallasida qurilayotgan ko`p qavatli uylarni borib ko`rdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma`lum qildi. Davlatimiz tomonidan ijodkorlarni qo`llab ...
10.08.2018 / 17:32