O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
O‘zbekiston Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyani amalga oshirish bo‘yicha tavsiyalarni bajarmoqda

2018 yil 10 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Tanzila Narbayeva raisligida Idoralararo muvofiqlashtiruvchi kengash a’zolari O‘zbekistonda bola huquqlarini kafolatlash bo‘yicha Milliy harakat dasturini bajarishdagi yutuqlar va kelgusi rejalarni muhokama qildilar.

Bola huquqlari bo‘yicha qo‘mitaning O‘zbekistonga bildirgan tavsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha Milliy harakatlar dasturi 2018 yilda tasdiqlangan. Hozirda ushbu dastur mamlakat bo‘yicha amalga oshirilmoqda. Hukumat Milliy harakatlar dasturining ijrosini amalga oshirish maqsadida YUNISЕF va fuqarolik jamiyati institutlari bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda.

“Bolalar — O‘zbekistonning kelajagi. Bolalarning huquqlarini ilgari surish va himoyalash, o‘z salohiyatini namoyish etish uchun imkoniyatlarini kengaytirish to‘la ma’noda bizning burchimizdir”, - dedi Bosh vazir o‘rinbosari, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining raisi Tanzila Narbayeva. “Milliy harakatlar dasturi bolalar huquqlarini amalga oshirish sohasida ustuvorliklarni belgilash, monitoring qilish hamda rejalarni bajarishda muhim vositadir”, -deb qo‘shimcha qildi u.

Bolalar va oilalar uchun ijtimoiy xizmatlarni ta’minlash uchun mas’ul bo‘lgan vazirliklar va davlat agentliklarining vakillari bola huquqlarini ta’minlash borasidagi asosiy muammolar va imkoniyatlarni muhokama qildilar. Munozaralarda fuqarolik jamiyati hamda xalqaro tashkilotlarning vakillari ham ishtirok etdilar. Bolalarni internat muassasalariga joylashtirishning oldini olish, har bir bolaning oilaviy muhitga bo‘lgan huquqini ta’minlash va ijtimoiy nochor bolali oilalarga yordamni takomillashtirishning muhimligi ta’kidlandi.

“Bola huquqlari bo‘yicha qo‘mita tavsiyalariga muvofiq, bolalarga vasiylik qilish tizimida islohotlarning umumqamrovli strategiyasini ishlab chiqish, oila turidagi muqobil vasiylik tizimini mukammallashtirish, deinstitutsionalizatsiya bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlash zarur”, - deb ta’kidladi YUNISЕFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sasha Graumann. “Biz Hukumatning bolalar va yoshlar ishlari bo‘yicha OMBUDSMAN lavozimi joriy etish to‘g‘risidagi rejalarini qo‘llab-quvvatlaymiz, va Xabarlar taomillariga oid Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaning uchinchi fakultativ protokolini ratifikatsiya qilish zarurligini qayd etmoqchimiz” - dedi u.

Mavzuga oid yangiliklar
Erkinjon Turdimov Telegram orqali fuqarolar murojaatlarini qabul qiladi
Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimovning Telegram messenjeri ishga tushdi. Bu haqda hokimlikning axborot xizmati xabar qiladi. Mazkur messenjer xalq bilan bevosita muloqot o`rnatish, joylardagi haqiqiy ahvol to`g`risida aniq ma ...
20.07.2018 / 13:24
O‘zLiDeP ilgari surayotgan “Veb-frilans” faoliyati uyushmagan yoshlar va uyda o`tirgan xotin-qizlarni ish bilan ta`minlaydi
Joriy yilning 19 iyul kuni O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo`mitasi tashabbusi bilan “Veb-frilans” va “veb-frilanser”lik faoliyati mazmun-mohiyati hamda uni O`zbekistonda qonuniy yo`lga qo`yishga bag ...
20.07.2018 / 13:23
Bosh prokuratura: 139 nafar mansabdor shaxs intizomiy javobgarlikka tortildi
Bosh prokuratura tarkibida O'zbekiston Respublikasi prezidenti qarorlari ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi tashkil etilib, boshqarma tomonidan Prezident qarorlari va topshiriqlari ijrosi ustidan tizimli nazorat amalga oshirilmoqda. ...
20.07.2018 / 13:16
Prezident topshiriqlarini o`z vaqtida bajarmagan 139 nafar mansabdor javobgarlikka tortildi
Bosh prokuratura tarkibidagi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi hududlarga chiqqan holda qarorlar ijrosini o`rgandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi. ...
20.07.2018 / 13:23
Akmal Saidov: «Bolalar va yoshlar huquqlarini himoya qiluvchi Ombudsman lavozimini joriy etish kerak»
Inson huquqlari Milliy markazi direktori Akmal Saidov 19 iyul kuni O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi va  BMT Bolalar jamg'armasi (YUNISEF)ning O ...
20.07.2018 / 13:19
Adliya vaziri XXRning O`zbekistondagi elchisi Szyan Yan bilan uchrashdi
2018 yilning 17 iyul kuni Adliya vazirligida O`zbekiston Respublikasi Adliya vaziri R.Davletov Xitoy Xalk Respublikasining Uzbekistondagi elchisi Szyan Yan xonim bilan uchrashdi. ...
19.07.2018 / 09:53