O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
“Frankfurter Buchmesse”: muhim uchrashuvlar, qizgʻin muzokaralar

Dunyo noshirlari Frankfurt kitob koʻrgazmasini shu sohaning jahon chempionati yoki olimpiadasiga muqoyasa qiladi. Chunki koʻrgazmada barcha davlatlar va nashriyotlar ishtirok etishga intiladi. Buyurtmalar olti oy avval qabul qilinadi.

Koʻrgazma maydoni 20 gektardan ortiqni tashkil etadi. 10 dan ortiq ikki qavvatli oynavand binolarning bir qarich ham yeri boʻsh emas. Unda dunyoning yetakchi nashriyotlari xodimlari, savdo kompaniyalari vakillari, reklama agentlari bilan bir qatorda taniqli siyosatchilar, nobel mukofoti sovrindorlari, taniqli jurnalistlarni uchratish mumkin.

Xalqaro tadbirning ikkkichi kuni Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi Bosh direktori, delegatsiya rahbari Laziz Tangriyev koʻrgazmaning faxriy mehmoni, Gruziya delegatsiyasi vakillari hamda Gruziya noshirlari va kitob savdogarlari assotsiatsiyasi rahbari Tinatin Beriashvili bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuvda kitoblarni nashr etish, tarjima qilish boʻyicha mualliflik huquqini sotish va sotib olish, original muqovalardan imtiyozli foydalanish, matbaa xodimlarining muntazam tajriba almashishi uchun shart-sharoitlar yaratish masalalari muhokama etildi.

Mazkur yirik koʻrgazmada faxriy mehmon sifatida ishtirok etish tartib-taomillari boʻyicha oʻzaro fikr almashildi.

 Shu oʻrinda “Frankfurter Buchmesse”da faxriy mehmon maqomini olish oson ish emasligini taʼkidlab oʻtishni istardik. Buning uchun muayyan chigʻiriqlardan oʻtish lozim. Chunki faxriy mehmon 150 ga yaqin mamlakat noshirlarining diqqat markazida boʻladi. Yangi kitob taqdimotlari, taniqli yozuvchi va shoirlar, Nobel mukofoti sovrindorlari bilan ilmiy va ijodiy uchrashuvlar faxriy mehmon pavilionida tashkil etiladi. Umuman, faxriy mehmon maqomida ishtirok etayotgan mamlakatning tarixi, adabiyoti, madaniyati keng targʻib etiladi.

Shuningdek, Oʻzbekiston noshirlari va kitob savdosi tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi rahbari Erkin Abdurahmonov Tehron noshirlari va kitob sotuvchilari assotsiatsiyasi rahbari Mahmud Amuzgar bilan oʻtkazgan uchrashuvda oʻzaro hamkorlik aloqalarini oʻrnatish, muntazam tajriba almashishni yoʻlga qoʻyish, kitob mahsulotlarini eksport qilish masalalari muhokama etildi.

Tadbirda ishtirok etgan “Yangi asr avlodi” nashriyot-matbaa markazi “Bibkom” (Rossiya) kompaniyasi bilan mamlakatimizda nashr etilgan turli kitoblarni Rossiya va yevropadagi kutubxonalarga yetkazish boʻyicha kelishuvga erishdi.

“Beijing international book fair” menejeri Ni Hongri yurtimiz noshirlarini 2019 yil 21-25 avgust kunlari Pekin shahrida oʻtkaziladigan xalqaro kitob koʻrgazmaga taklif etdi.

Koʻrgazma davom etmoqda.

Mavzuga oid yangiliklar
Qamchiq dovonida qolib ketgan yosh sportchilarga yordam berildi
15 oktyabrdan 16 oktyabrga o`tar kechasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari «Qamchiq» dovonida ob-havoning keskin pasayishi, kuchli shamol esishi va qor yog`ayotganligi sababli 03 ...
17.10.2018 / 10:17
Taniqli san’atkorlar mehribonlik va muruvvat uylarini otaliqqa olishdi
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi xayrli tashabbusga qo‘l urdi. Shahrimizda va viloyatlarda joylashgan mehribonlik va muruvvat uylarini taniqli san’atkorlar o ...
16.10.2018 / 10:13
O`zbekistonda kibersport festivali bo`lib o`tadi
O`zbekistonda 20 oktyabrdan 4 noyabrga qadar kibersport bo`yicha “World Electronic Sports Games” (WESG) xalqaro turniri doirasida malakali matchlar o`tkaziladi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.WESG saralash bosqichlari jahon bo`ylab o ...
16.10.2018 / 10:09
Laziz Tangriyev «Frankfurter Buchmesse» ko‘rgazmasi prezidenti bilan uchrashdi
«Frankfurter Buchmesse» xalqaro kitob ko‘rgazmasi doirasida O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi Bosh direktori, delegatsiya rahbari Laziz Tangriyev ko‘rgazma prezidenti Yurgen Boss bilan uchrashdi ...
16.10.2018 / 10:13
«O‘zbekiston» milliy brendi jahonda 49-o‘rinda — yaxshimi-yomon?
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakatning nomi ham brend. Masalan, Shveysariya yoki Yaponiya haqida o‘ylasangiz birinchi navbatda  xayolingizga nimalar keladi? Albatta, har bir mamlakat bilan bog‘liq obrazlar ...
16.10.2018 / 10:12
Toshkentda "loy" yomg`iri yog`di (foto)
Kecha, 15 oktyabr kuni respublikaning barcha hududlarida havo xarorati keskin o`zgardi. Toshkentda kechga yaqin kuchli chang shamol ko`tarilib, yomg`ir yog`a boshladi. Ko`chada soyabonsiz yurgan odamlarning ustidagi kiyimida "loyli" yomg`irdan dog ...
16.10.2018 / 10:08