O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
“Oʻzbekiston. Sevgi haqida afsonalar” rossiyalik kinematograflar talqinida

“Rossiya-Kultura” telekanali Oʻzbekiston haqidagi 4 qismli hujjatli filmni suratga olish ishlarini boshlab yubordi.

“Rossiya-Kultura” telekanali Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish Davlat qoʻmitasi bilan hamkorlikda “Oʻzbekiston. Sevgi haqida afsonalar” deb nomlangan toʻrtta hujjatli filmlar turkumini suratga oladi.

Filmlarda Buyuk Hind va Ipak yoʻllari tarixi va Oʻzbekiston hududida rivojlanib kelgan sivilizatsiyalar, tinchlik va birodarlikda 130dan ortiq millatlar vakillari yashab kelayotgan qadimiy mamlakatning bagʻrikengligi, oʻzbek milliy sanʼati, ilm-fani, meʼmorchiligi, milliy taomlari va pazandachilik anʼanalari haqida soʻz yuritiladi. Filmlar Oʻzbekistonning qadim davrdan boshlab to bugungi kung aqadar boʻlgan madaniy va tarixiy rivojlanishining asosiy jihatlarini qamrab olishi kutilmoqda.

“Biz rossiyalik teletomoshabinlarga Oʻzbekiston toʻgʻrisida sevgi haqida qadimgi xalq afsonalari: oʻz yurtiga muhabbat, sanʼat va ilm-fanga mehr-muhabbat, buyuk sarkardalar, jangchilar sevgisi, insoniy his-tuygʻularning buyuk tarixlari orqali soʻzlab bermoqchimiz, zero ularsiz oʻzbek xalqi shunday ajoyib meʼmoriy, shyeriy, musiqiy namunalarni yaratmagan hamda Oʻzbekiston madaniy merosi tushuchasi shakllanmagan boʻlar edi”, - deya taʼkidlab oʻtdi hujjatli filmning muallifi va prodyuseri Firdavs Abduxalikov.

Hujjatli filmlarni yaratishda Oʻzbekistonning yetakchi arxitektorlari, tarixchilari, diniy muassasalari rahbarlari, oʻlkashunoslari, ilm-fan va madaniyat arboblari, taniqli oshpazlari qatnashadi.

Hujjatli film ssenariysi muallifi Tatyana Basovaning taʼkidlashicha, “Rossiya-Kultura” telekanali va OʻEOAVMA hamkorligi “Oʻzbekiston: qoʻlga kiritilgan kashfiyotlar” filmidan boshlangan boʻlib, u bir yil avval ekranlarga chiqarilgan edi. 25 yili chida Oʻzbekiston toʻgʻrisida birinchi bor suratga olingan film kanalimizda yaratildi. Taʼkidlab oʻtishim kerak, bu rossiyaliklarning nazari va ularning yangi Oʻzbekistonni XXI asr voqeligida koʻrishligi boʻlgan. Film yuqori reytinga egaboʻlib, teletomoshabinlarimizda kata qiziqish uygʻotti. Aynan shuning uchun biz ishni davom ettirishga qaror qildik”.

Bugungi kunda bu OʻEOAVMAning Rossiya telekanallari bilan birgalikdagi beshinchi loyihasi hisoblanadi. Bundan avval “Oʻzbekiston – qumliklar javohiri”, “Qoraqalpogʻiston – vaqt qumlari oralab”, “Oʻzbekiston: qoʻlga kiritlgan kashfiyotlar”, “Nukus. Nomaʼlum kolleksiya” filmlari yaratilgan edi.

Mavzuga oid yangiliklar
VVS telekanali mutaxassislari jurnalistlar bilan tajriba almashishmoqda
O`zEOAVMA tizimidagi nodavlat teleradiostansiyalar, xususan, "Zamon" axborot-tahliliy dasturi ijodkorlari ham media soxasi bo`yicha doimiy ravishda xalqaro tajribani o`rganib kelishadi.  Ayni kunlarda katta tajribaga eka bo ...
08.11.2018 / 11:07
“Milliy jurnalistikani rivojlantirish istiqbollari: nazariya va amaliyot”
O`zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini targ`ib qilish, mamlakatimizda mustaqil hayotga qadam qo`yayotgan yoshlar hayotini keng yoritish, ularning qiziqishlari, yutuq va muammolari haqida rang-barang media ...
11.10.2018 / 20:33
Ommaviy axborot vositalarining inson huquqlariga rioya etish va uni himoya qilishdagi roli qanday?
O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (O‘zEOAVMA) hamda Konrad Adenauer jamg‘armasining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi tomonidan 2018 yil 18-19 iyul kunlari tajribali telejurnalist ...
18.07.2018 / 12:21
Mashhurlar qo`sha qarish sirlari haqida o`z fikrlarini bildirishdi
San`atdan baxtini topgan mashhurlar bugun “Sevimli” telekanalining “Xayrli oqshom” studiyasida mehmon bo`lishadi. Ular o`z hayotlari haqida nimalarni gapirib berishadi? Nigora: “Bizning to`yimizda hech qanday tog ...
25.10.2018 / 10:43
Yoshlar oromgohida «Navqiron jurnalistlar» media-oromgohi bo`lib o`tmoqda
9-16 avgust kunlari O`zbekiston yoshlar ittifoqi hamda O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi hamkorligida tashkil etilgan yozgi media-oromgoh o`z ishini davom ettiryapti.   Unda Yoshlar media markazi ...
15.08.2018 / 20:32
O‘zbekistondagi birinchi nodavlat telekompaniya asoschisi Firdavs Abduxoliqov “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlandi
27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan O‘zbek milliy akademik drama teatrida bo‘lib o‘tgan tantanali tadbirda O&lsquo ...
28.06.2018 / 16:02