O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

Документальный фильм "Узбекистан: обретенные откровения"
Документальный фильм "Узбекистан: обретенные откровения"
Узбекистан Обретенные откровения
Узбекистан Обретенные откровения
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING "NOShIRLIK FAOLIYaTI TO'G'RISIDA" QONUNI

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
30.08.1996 y.
N 274-I

NOShIRLIK FAOLIYaTI TO'G'RISIDA

Mazkur Qonunga O'zR 13.12.2002 y. 447-II-son Qonuniga muvofiq o'zgartirishlar kiritilgan


1-modda. Noshirlik faoliyati to'g'risidagi qonun hujjatlari
2-modda. Noshirlik faoliyatining erkinligi
3-modda. Senzuraga yo'l qo'yilmasligi
4-modda. Noshirlik faoliyati erkinligini suiiste'mol qilishga
yo'l qo'yilmasligi
5-modda Noshirlik faoliyati monitoringi va nazorati
6-modda. Noshirlik faoliyatini litsenziyalash
7-modda. Litsenziyalar berishda va ularning amal qilish muddatini uzaytirishda davlat bojlarining imtiyozli miqdorlari
8-modda. Muassis
9-modda. Noshir
10-modda. Matbaa mahsulotlarini tarqatish tartibi
11-modda. Nashrga doir ma'lumotlar
12-modda. Mualliflik nashrlari
13-modda. Imtiyozli nashrlar
14-modda. Matbaa mahsulotini olib chiqish va olib kirish
15-modda. Noshirlik faoliyatini tugatish
16-modda. Noshirlik faoliyati to'g'risidagi qonun hujjatlari talablarini buzganlik uchun javobgarlik


1-modda. Noshirlik faoliyati to'g'risidagi qonun hujjatlari

O'zbekiston Respublikasida Noshirlik faoliyati sohasidagi munosabatlar ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Qoraqalpog'iston Respublikasida noshirlik faoliyati sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog'iston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
Basharti O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida O'zbekiston Respublikasining noshirlik faoliyati to'g'risidagi qonun hujjatlaridagidan boshqacha qoidalar belgilangan bo'lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo'llaniladi.


2-modda. Noshirlik faoliyatining erkinligi

Noshirlar o'z faoliyatlarida, shu jumladan, noshirlik yo'nalishini, mavzularini, ixtisoslashuvini, chiqariladigan mahsulot nusxasini belgilashda, muallifni tanlashda O'zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi hamda qonun hujjatlari doirasida mustaqildir.
Noshir va buyurtmachi o'rtasidagi munosabatlar shartnoma asosida tartibga solinadi.


3-modda. Senzuraga yo'l qo'yilmasligi

Nashrga tayyorlangan qo'lyozmalar va materiallarni senzuradan o'tkazishga yo'l qo'yilmaydi.


4-modda. Noshirlik faoliyati erkinligini suiiste'mol
qilishga yo'l qo'yilmasligi

Matbaa mahsulotida konstitusiyaviy tizimni zo'rlik bilan o'zgartirishga da'vat etish, davlat ahamiyatiga molik sirlarni oshkor qilish, urush, zo'ravonlik va behayolikni targ'ib qilish, diniy va milliy nifoq solish, inson sha'ni va qadr-qimmatini kamsitish, tuhmat qilish man etiladi.
Noshirlik faoliyatida monopoliyaga, shuningdek noshirlik faoliyati erkinligidan qonun talablariga zid keladigan maqsadlarda foydalanishga yo'l qo'yilmaydi.


5-modda. Noshirlik faoliyati monitoringi va nazorati
(O'zR 13.12.2002 y. 447-II-son Qonuni tahriridagi modda),
(Oldingi tahririga qarang)

Nashriyotlarning (noshirlarning) noshirlik faoliyati to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etishlari monitoringi, shuningdek litsenziya talablari va shartlariga rioya etishlari ustidan nazorat vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


6-modda. Noshirlik faoliyatini litsenziyalash
(O'zR 13.12.2002 y. 447-II-son Qonuni tahriridagi modda),
(Oldingi tahririga qarang)

Yuridik va jismoniy shaxslar noshirlik faoliyatini litsenziya olganidan keyin amalga oshirishga haqli.
Noshirlik faoliyatini litsenziyalash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


7-modda. Litsenziyalar berishda va ularning amal qilish muddatini
uzaytirishda davlat bojlarining imtiyozli miqdorlari
(O'zR 13.12.2002 y. 447-II-son Qonuni tahriridagi modda),
(Oldingi tahririga qarang)

Bolalar adabiyoti, o'quv adabiyoti, normativ ma'lumotnomalar, fan va texnikaga oid adabiyotni nashrga tayyorlash va ularni nashr etish uchun litsenziya berganlik hamda litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun davlat bojlarining imtiyozli miqdorlari belgilanishi mumkin.


8-modda. Muassis

Yuridik va jismoniy shaxslar nashriyotlar va matbaa korxonalarining muassislari (hammuassislari) bo'lishi mumkin.
Muassis (hammuassis) noshirning ixtisoslashuvini belgilaydi va uning ustavini tasdiqlaydi.


9-modda. Noshir

Noshir:
- nashriyotga, matbaa korxonasiga, shuningdek matbaa mahsulotlarini tarqatuvchi boshqa korxonalarga muassis (hammuassis) bo'lish;
- mavzular bo'yicha matbaa mahsulotlari chop etish rejasini mustaqil ravishda tuzish va tasdiqlash;
- Vatanimiz mualliflarining asarlaridan chet ellarda va chet ellik mualliflarning asarlaridan O'zbekiston Respublikasida foydalanish, ularni chop etish va tarqatish to'g'risida chet el yuridik va jismoniy shaxslari bilan shartnomalar tuzish va bu ishda vositachilik qilish;
- matbaa mahsuloti tayyorlash hamda nashr etish uchun buyurtmalar olish, o'z mahsulotini realizatsiya qilish; (O'zR 13.12.2002 y. 447-II-son Qonuni tahriridagi xat boshi), (Oldingi tahririga qarang)
- qonun hujjatlariga muvofiq o'zga faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega.


10-modda. Matbaa mahsulotlarini tarqatish tartibi

Matbaa mahsulotlarini tarqatish muassis, noshir, matbaachi va muallifning kelishuviga muvofiq yoki shartnoma asoslarida o'zga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Matbaa mahsulotini tarqatish shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Matbaa mahsuloti noshir yoki uning vakolati bilan ish ko'ruvchi shaxs ruxsat berganidan keyingina tarqatuvga chiqariladi.


11-modda. Nashrga doir ma'lumotlar

Matbaa mahsulotining nashrga doir ma'lumotlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi.


12-modda. Mualliflik nashrlari

Yuridik va jismoniy shaxslar o'z qo'lyozmalari va boshqa materiallarni qonun hujjatlarida belgilangan talablarga zid kelmaydigan hollarda o'z mablag'lari - hisobidan chop etish va tarqatishga haqlidir.


13-modda. Imtiyozli nashrlar

Bolalar adabiyoti, o'quv adabiyoti, fan va texnikaga oid adabiyot, normativ ma'lumotlar, qomusiy qo'llanma va eksport uchun mo'ljallangan matbaa mahsulotlari, shuningdek ko'zi ojizlar va nogironlar uchun mo'ljallangan nashrlar imtiyozli asosda chop etilishi, qog'oz va boshqa resurslar, shu jumladan, matbaa quvvati bilan ta'minlanishi mumkin.


14-modda. Matbaa mahsulotini olib chiqish va olib kirish

Matbaa mahsulotini O'zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqish, xuddi shuningdek O'zbekiston Respublikasiga chet el matbaa mahsulotini olib kirish va tarqatish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.


15-modda. Noshirlik faoliyatini tugatish

Noshirlik faoliyati litsenziya belgilangan tartibda bekor qilinganda yoki uning amal qilishi tugatilganda, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda tugatiladi. (O'zR 13.12.2002 y. 447-II-son Qonuni tahriridagi modda matni), (Oldingi tahririga qarang)


16-modda. Noshirlik faoliyati to'g'risidagi qonun hujjatlari
talablarini buzganlik uchun javobgarlik

Noshirlik faoliyati to'g'risidagi qonun hujjatlarining talablarini buzganlikda aybdor bo'lgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo'ladilar.


O'zbekiston Respublikasining Prezidenti                              I. KARIMOV

Mavzuga oid yangiliklar
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING SOLIQ KODEKSI
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING SOLIQ KODEKSI(O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2007 y., 52 (I)-son; 2008 y., 52-son, 512-modda; 2009 y., 37-son, 403-modda, 404-modda, 52-son, 555-modda, 556-modda; 2010 y., 20-son, 149-modda, 35-36 ...
09.01.2013 / 09:50
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING "AXBOROT OLISh KAFOLATLARI VA ERKINLIGI TO'G'RISIDA" QONUNI
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI24.04.1997 y.N 400-IAXBOROT OLISh KAFOLATLARI VA ERKINLIGI TO'G'RISIDAMazkur Qonunga O'zR 15.12.2000 y. 175-II-son Qonuniga muvofiq o'zgartirishlar kiritilgan1-modda. Qonunning maqsadi2-modda ...
03.01.2013 / 16:12
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING "JURNALISTLIK FAOLIYaTINI G'IMOYa QILISh TO'G'RISIDA" QONUNI
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI24.04.1997 y.N 402-IJURNALISTLIK FAOLIYaTINI HIMOYa QILISh TO'G'RISIDA1-modda. Qonunning maqsadi2-modda. Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to'g'risidagi qonun hujjatlari3-modda. Jurnalist4-modda. Senzuraga yo ...
03.01.2013 / 16:09
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MEHNAT KODEKSI
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MEHNAT KODEKSIO'zbekiston Respublikasi 21.12.1995 y.  161-I-son Qonuni bilan tasdiqlangan01.04.1996 y. dan kuchga kirganMehnat kodeksiga quyidagilarga muvofiq o'zgartirishlar kiritilganO'zR 27.12.1996 y. 367-I ...
09.01.2013 / 09:44
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI "AXBOROT ERKINLIGI PRINSIPLARI VA KAFOLATLARI TO'G'RISIDA" QONUNI
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNI12.12.2002 y.N 439-IIAXBOROT ERKINLIGI PRINSIPLARI VA KAFOLATLARI TO'G'RISIDA1-modda. Ushbu Qonunning asosiy vazifalari2-modda. Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to'g'risidagi qonun hujjatlari3-modda ...
03.01.2013 / 16:10
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING "MUALLIFLIK HUQUQI VA TURDOSh HUQUQLAR TO'G'RISIDA" QONUNI
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI20.07.2006 y.N O'RQ-42MUALLIFLIK HUQUQI VA TURDOSh HUQUQLAR TO'G'RISIDAQonunchilik palatasi tomonidan 2006 yil 23 martda qabul qilinganSenat tomonidan 2006 yil 9 iyunda ma'qullanganMazkur Qonun 21.07.2006 y ...
03.01.2013 / 16:09