O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

Документальный фильм "Узбекистан: обретенные откровения"
Документальный фильм "Узбекистан: обретенные откровения"
Узбекистан Обретенные откровения
Узбекистан Обретенные откровения
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING "MUALLIFLIK HUQUQI VA TURDOSh HUQUQLAR TO'G'RISIDA" QONUNI

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
20.07.2006 y.
N O'RQ-42

MUALLIFLIK HUQUQI VA TURDOSh HUQUQLAR TO'G'RISIDA

Qonunchilik palatasi tomonidan 2006 yil 23 martda qabul qilingan
Senat tomonidan 2006 yil 9 iyunda ma'qullangan

Mazkur Qonun 21.07.2006 y. kuchga kiritilgan,

1-bob. Umumiy qoidalar (1-3-moddalar)
2-bob. Mualliflik huquqi (4-42-moddalar)
3-bob. Turdosh huquqlar (43-55-moddalar)
4-bob. Mulkiy huquqlarni jamoaviy
boshqarish (56-60-moddalar)
5-bob. Mualliflik huquqi va turdosh
huquqlarni himoya qilish (61-66-moddalar)
6-bob. Yakunlovchi qoidalar (67-70-moddalar)

1-BOB. UMUMIY QOIDALAR

1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
2-modda. Mualliflik huquqi va turdosh
huquqlar to'g'risidagi qonun hujjatlari
3-modda. Asosiy tushunchalar

1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi

Ushbu Qonunning maqsadi fan, adabiyot va san'at asarlarini (mualliflik huquqi), ijrolar, fonogrammalar, efir yoki kabel orqali ko'rsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotlarning ko'rsatuvlari yoki eshittirishlarini (turdosh huquqlar) yaratish hamda ulardan foydalanish bilan bog'liq holda yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

2-modda. Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to'g'risidagi qonun hujjatlari

Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to'g'risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun hamda boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O'zbekiston Respublikasining mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to'g'risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo'lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo'llaniladi.

3-modda. Asosiy tushunchalar

Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo'llaniladi:
asar nusxasi - asarning har qanday moddiy shaklda tayyorlangan ko'chirmasi;
asarni omma oldida namoyish etish - asarning asl nusxasi yoki nusxasini bevosita yoxud plyonka, diapozitiv, televizion kadr yordamida yoki biron-bir boshqa texnika vositalari orqali ekranda ko'rsatish, shuningdek audiovizual asarning ayrim kadrlarini ularning ketma-ketligiga rioya etmasdan omma uchun ochiq joyda yoki ayni bir oila a'zolari bo'lmagan shaxslarning keng doirasi hozir bo'lgan joyda ko'rsatish;
asarni oshkor qilish - muallifning roziligi bilan amalga oshirilgan, asarni chop etish, omma oldida namoyish etish, omma oldida ijro etish, efirga uzatish yoki boshqacha usulda yuborish yo'li bilan ilk bor asardan barchaning voqif bo'lishi uchun imkon beradigan harakat;
audiovizual asar - bir-biri bilan bog'langan (ovoz jo'rligida yoki ovoz jo'rligisiz) tasvirlarning yozib olingan turkumidan iborat bo'lgan, tegishli texnika vositalari yordamida ko'rib va eshitib (ovoz jo'rligida bo'lganida) idrok etish uchun mo'ljallangan asar, shu jumladan dastlabki yoki keyingi qayd etish usulidan qat'i nazar, kinematografiya asarlari va kinematografiyanikiga o'xshash vositalar bilan ifodalangan barcha asarlar (tele- va videofilmlar, diafilmlar, slaydfilmlar hamda boshqa asarlar);
audiovizual asarni tayyorlovchi - shunday asarni tayyorlash tashabbusi va mas'uliyatini o'z zimmasiga olgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
barchaning e'tiboriga yetkazish - asarlarni yoki turdosh huquqlar ob'ektlarini simlar yoki simsiz aloqa vositalari orqali telekommunikatsiya tizimlaridan foydalanuvchilar o'z tanloviga ko'ra istalgan joyda va istalgan vaqtda ulardan foydalana olishi mumkin bo'lgan tarzda barchaning e'tibori uchun yuborish;
barchaning e'tibori uchun yuborish - asarlarni yoki turdosh huquqlar ob'ektlarini efirga uzatish, kabel orqali yuborish, shuningdek ularni yuborish joyida vakillari bo'lmagan omma eshitib va (yoki) ko'rib idrok etishi uchun, shu tarzda eshitish yoki ko'rish mumkin bo'lgan asarlar yoki turdosh huquqlar ob'ektlari amalda idrok etilishi-etilmasligidan qat'i nazar, har qanday boshqacha usullarda yetkazish (nusxalarni tarqatish bundan mustasno);
yozuv - ovozlar va (yoki) tasvirlarni qayta-qayta idrok etish, takrorlash yoki yuborish imkonini beradigan biron-bir moddiy shaklda texnika vositalari yordamida qayd etish;
ijro - asarni (shu jumladan xalq ijodiyoti asarini), fonogrammani, ijroni, sahna asarini o'yin, ifodali o'qish, kuylash, raqsga tushish orqali jonli ijro yoki texnika vositalari yordamida taqdim etish;
ijrochi - aktyor, xonanda, sozanda, raqqos yoki rol o'ynaydigan, kuylaydigan, o'qiydigan, ifodali o'qiydigan, raqsga tushadigan, talqin etadigan, musiqa asbobini chaladigan yoxud adabiyot yoki san'at asarini (shu jumladan xalq ijodiyoti asarini) o'zgacha tarzda ijro etadigan boshqa jismoniy shaxs, shuningdek spektaklning sahnalashtiruvchi rejissyori va dirijyor;
kabel orqali yuborish - asarlarni yoki turdosh huquqlar ob'ektlarini kabel, sim yoki shunga o'xshash vositalar yordamida barchaning e'tibori uchun yuborish;
manzarali-amaliy san'at asari - asl nusxalari yoki nusxalari amalda foydalanish ashyolari sifatida qo'llaniladigan yoki ana shunday ashyolarga ko'chirilgan ikki o'lchovli yoki uch o'lchovli san'at asari, shu jumladan badiiy hunarmandchilik asari yoki sanoat usulida tayyorlangan asar;
ma'lumotlar bazasi - ob'ektiv shaklda ifodalangan va elektron hisoblash mashinalari (bundan buyon matnda EG'M deb yuritiladi) yordamida topish hamda ishlov berish mumkin bo'ladigan tarzda bir tizimga solingan ma'lumotlar (maqolalar, hisob-kitoblar va shu kabilar) majmui;
muallif - ijodiy mehnati bilan asar yaratgan jismoniy shaxs;
omma oldida ijro etish - asarlarni yoki turdosh huquqlar ob'ektlarini ijro etish yoki ma'lum qilishning har qanday boshqa shakli vositasida, bevosita yoki texnika vositalari yordamida, omma uchun ochiq joyda yoki ayni bir oila a'zolari bo'lmagan shaxslarning keng doirasi hozir bo'lgan joyda eshitib va (yoki) ko'rib idrok etish uchun yetkazish;
prokatga berish - asarlarning asl nusxasini yoki nusxalarini yoxud turdosh huquqlar ob'ektlarini daromad olish maqsadida vaqtinchalik foydalanish uchun berish;
reprografik takrorlash - fotoko'chirmasini olish yo'li bilan yoki boshqa texnika vositalari yordamida yozma va boshqa asarlarning asl nusxalarini yoki ularning ko'chirmalarini bir yoki undan ko'p nusxada, har qanday o'lchamda va shaklda faksimil takrorlash, tasviriy san'at asarlari reproduksiyalarini bosmaxona usullaridan foydalangan holda tayyorlash hollari bundan mustasno. Reprografik takrorlash mazkur ko'chirmalarni raqamli shaklda saqlash yoki ko'paytirishni o'z ichiga olmaydi, reprografik takrorlash uchun foydalaniladigan texnika vositalarining o'ziga xos xususiyatlari bilan bog'liq muvaqqat ko'chirma nusxalar yaratish hollari bundan mustasno;
retranslyatsiya - efir yoki kabel orqali ko'rsatuv yoxud eshittirish beruvchi bir tashkilotning ko'rsatuv yoki eshittirishini efir yoki kabel orqali ko'rsatuv yoxud eshittirish beruvchi boshqa tashkilot tomonidan bir vaqtda efirga uzatish yoki kabel orqali yuborish;
takrorlash - asarlarning yoki turdosh huquqlar ob'ektlarining yoxud ulardan bir qismining har qanday usulda va har qanday moddiy shaklda bir yoki undan ko'p nusxalarini tayyorlash, shu jumladan ikki o'lchovli asarning bir yoxud undan ko'p nusxalarini uch o'lchovda hamda uch o'lchovli asarning bir yoki undan ko'p nusxalarini ikki o'lchovda tayyorlash, EG'M va boshqa elektron qurilmalar xotirasiga yozib olish;
fonogramma - biron-bir ijroning, boshqa ovozlarning har qanday mutlaqo ovozli yozuvi, audiovizual asarga kiritilgan ovozli yozuv bundan mustasno;
fonogramma nusxasi - har qanday moddiy jismdagi, fonogrammadan bevosita yoki bilvosita tayyorlangan va shu fonogrammada qayd etilgan ovozlarning hammasini yoxud bir qismini qamrab olgan fonogramma ko'chirmasi;
fonogrammani tayyorlovchi - ijroning yoki boshqa ovozlarning birinchi ovozli yozuvi uchun tashabbus va mas'uliyatni o'z zimmasiga olgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
xalq ijodiyoti asarlari - aniq muallifi bo'lmagan ertaklar, qo'shiqlar, raqslar, manzarali-amaliy san'at asarlari hamda badiiy va havaskorlik xalq ijodiyotining boshqa natijalari;
chop etish - asarning, ijro yozuvining yoki fonogrammaning xususiyatidan kelib chiqqan holda ommaning oqilona ehtiyojlarini qondirish uchun yetarlicha miqdorda asarning, ijro yozuvining yoki fonogrammaning nusxalarini asar muallifining, ijrochining yoki fonogrammani tayyorlovchining roziligi bilan muomalaga chiqarish;
efirga uzatish - asarlarni yoki turdosh huquqlar ob'ektlarini radio yoki televideniye, shu jumladan sun'iy yo'ldoshlar (kabel televideniyesi bundan mustasno) orqali uzatish vositasida barchaning e'tibori uchun yuborish. Asarlarni yoki turdosh huquqlar ob'ektlarini sun'iy yo'ldosh orqali efirga uzatish deganda signallarni yerdagi stansiyadan sun'iy yo'ldoshga qabul qilish va sun'iy yo'ldoshdan signallarni uzatish tushuniladi, ular vositasida asar yoki turdosh huquqlar ob'ektlari, ularni omma amalda qabul qilishidan qat'i nazar, barchaning e'tiboriga yetkazilishi mumkin;
efir yoki kabel orqali ko'rsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilot - efirga uzatish yoki kabel orqali yuborish uchun tashabbus va mas'uliyatni o'z zimmasiga olgan hamda ularni belgilangan tartibda amalga oshiruvchi shaxs;
efir yoki kabel orqali ko'rsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotning ko'rsatuvi yoki eshittirishi - efir yoki kabel orqali ko'rsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotning o'zi tomonidan, shuningdek uning buyurtmasi bo'yicha va uning mablag'lari hisobiga boshqa tashkilot tomonidan yaratilgan ko'rsatuv yoki eshittirish;
huquq egasi - mualliflik huquqiga nisbatan muallif yoki uning merosxo'rlari, turdosh huquqlarga nisbatan ijrochi yoki uning merosxo'rlari, fonogrammani tayyorlovchi, efir yoki kabel orqali ko'rsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilot, shuningdek shartnomada yoki ushbu Qonunda nazarda tutilgan boshqa asos bo'yicha asarlardan yoxud turdosh huquqlar ob'ektlaridan foydalanish huquqini olgan boshqa yuridik yoki jismoniy shaxslar.


2-BOB. MUALLIFLIK G'UQUQI

4-modda. Mualliflik huquqining amal qilish sohasi
5-modda. Mualliflik huquqi ob'ekti
6-modda. Mualliflik huquqi ob'ektlari bo'lgan asarlar
7-modda. Mualliflik huquqi ob'ektlari hisoblanuvchi
asarning qismlari, hosila va jamlama asarlar
8-modda. Mualliflik huquqi ob'ektlari
hisoblanmaydigan materiallar
9-modda. Rasmiy hujjatlar, ramzlar va belgilarning
loyihalariga bo'lgan huquqlar
10-modda. Mualliflik huquqining yuzaga kelishi.
Mualliflik prezumpsiyasi
11-modda. Mualliflik huquqining muhofaza belgilari
12-modda. G'ammualliflik
13-modda. G'osila asarga bo'lgan mualliflik huquqi
14-modda. Jamlama asarga bo'lgan mualliflik huquqi
15-modda. Audiovizual asarga bo'lgan mualliflik huquqi
16-modda. Intervyu mualliflari
17-modda. Asarlar yaratilishini tashkil etuvchi
shaxslarning huquqlari
18-modda. Muallifning shaxsiy nomulkiy huquqlari
19-modda. Muallifning mulkiy huquqlari
20-modda. Muallifning ayrim mulkiy huquqlarining
o'ziga xos xususiyatlari
21-modda. Prokatga berish huquqi
22-modda. Asarlarni saqlash uchun topshirish
23-modda. Tasviriy san'at asarlaridan
foydalanish huquqi. Ergashma huquq
24-modda. Mualliflik huquqlarining cheklanishi
25-modda. Asarlarni muallifning roziligisiz va haq
to'lamasdan shaxsiy maqsadlarda takrorlash
26-modda. Asarlardan muallifning ismi-sharifini
ko'rsatgan holda erkin foydalanish
27-modda. Asarlardan reprografik takrorlash
yo'li bilan foydalanish
28-modda. G'amma bemalol bora oladigan joylarda
doimiy joylashgan asarlardan erkin foydalanish
29-modda. Asarlarni omma oldida erkin ijro etish
30-modda. Asarlardan surishtiruv, dastlabki tergov, ma'muriy
va sudlov ishlarini yuritish maqsadlari uchun foydalanish
31-modda. Efir orqali ko'rsatuv yoki eshittirish
beruvchi tashkilotlar tomonidan qisqa muddat
foydalanish uchun erkin yozib olish
32-modda. EG'M uchun dasturlar yoki ma'lumotlar
bazalarini erkin takrorlash va soddalashtirish
33-modda. Shaxsiy maqsadlarda takrorlaganlik uchun haq to'lash
34-modda. Xizmat asariga bo'lgan mualliflik huquqi
35-modda. Mualliflik huquqining amal qilish muddati
36-modda. Mualliflik huquqining meros bo'yicha o'tishi
37-modda. Asarning ijtimoiy mulkka aylanishi
38-modda. Mualliflik shartnomasi
39-modda. Mualliflik shartnomasi shartlari
40-modda. Audiovizual asar yaratish va undan foydalanishga
oid mualliflik shartnomasining o'ziga xos xususiyatlari
41-modda. Buyurtmaning mualliflik shartnomasi
42-modda. Mualliflik shartnomasining shakli


4-modda. Mualliflik huquqining
amal qilish sohasi

Ushbu Qonunga muvofiq mualliflik huquqi:
O'zbekiston Respublikasi fuqarolari bo'lgan yoki O'zbekiston Respublikasi hududida doimiy turish joyiga ega bo'lgan mualliflarning yoki mualliflik huquqining boshqa dastlabki egalik qiluvchilarining asarlariga;
mualliflarining fuqaroligi va doimiy turish joyidan qat'i nazar, O'zbekiston Respublikasida birinchi marta chop etilgan asarlarga;
O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq O'zbekiston Respublikasida muhofaza qilinadigan asarlarga tatbiq etiladi.
Agar asar O'zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida birinchi marta chop etilgan sanadan so'ng o'ttiz kun ichida O'zbekiston Respublikasi hududida chop etilgan bo'lsa, O'zbekiston Respublikasida ham birinchi marta chop etilgan deb hisoblanadi.
O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq asarga O'zbekiston Respublikasi hududida muhofaza berilgan taqdirda, asar muallifi mualliflik huquqini olish uchun asos bo'lib xizmat qilgan yuridik fakt qaysi davlatning hududida sodir bo'lgan bo'lsa, o'sha davlatning qonuni bilan aniqlanadi.


5-modda. Mualliflik huquqi ob'ekti

Mualliflik huquqi ijodiy faoliyat natijasi bo'lmish fan, adabiyot va san'at asarlariga nisbatan, ularning maqsadi va qadr-qimmati, shuningdek ifodalanish usulidan qat'i nazar, tatbiq etiladi.
Mualliflik huquqi quyidagi biron-bir ob'ektiv shaklda bo'lgan oshkor qilingan asarlarga ham, oshkor qilinmagan asarlarga ham tatbiq etiladi:
yozma (qo'lyozma, mashinkalangan yozuv, notali yozuv va hokazo);
og'zaki (omma oldida so'zlash, omma oldida ijro etish va hokazo);
ovozli yoki video yozuv (mexanik, magnitli, raqamli, optik va hokazo);
tasvir (rasm, eskiz, manzara, tarh, chizma, kino-, tele-, video- yoki fotokadr va hokazo);
hajmli-fazoviy (haykal, model, maket, inshoot va hokazo);
boshqa shakllardagi.
Mualliflik huquqi g'oyalar, prinsiplar, uslublar, jarayonlar, tizimlar, usullar yoki konsepsiyalarga emas, balki ifoda shakliga nisbatan tatbiq etiladi.


6-modda. Mualliflik huquqi
ob'ektlari bo'lgan asarlar

Quyidagilar mualliflik huquqi ob'ektlaridir:
adabiy asarlar (adabiy-badiiy, ilmiy, o'quv, publitsistik va boshqa asarlar);
drama va ssenariy asarlari;
matnli yoki matnsiz musiqa asarlari;
musiqali drama asarlari;
xoreografiya asarlari va pantomimalar;
audiovizual asarlar;
rangtasvir, haykaltaroshlik, grafika, dizayn asarlari va tasviriy san'atning boshqa asarlari;
manzarali-amaliy va sahna bezagi san'ati asarlari;
arxitektura, shaharsozlik va bog'-park barpo etish san'ati asarlari;
fotografiya asarlari va fotografiyaga o'xshash usullarda yaratilgan asarlar;
jo'g'rofiya, geologiya xaritalari va boshqa xaritalar, jo'g'rofiya, topografiya va boshqa fanlarga taalluqli tarhlar, eskizlar va asarlar;
barcha turdagi EG'M uchun dasturlar, shu jumladan har qanday dasturlash tilida va har qanday shaklda, chunonchi boshlang'ich matn hamda ob'ekt kodida ifodalanishi mumkin bo'lgan amaliy dasturlar va operatsiya tizimlari;
ushbu Qonunning 5-moddasida belgilangan talablarga javob beradigan boshqa asarlar.


7-modda. Mualliflik huquqi ob'ektlari
hisoblanuvchi asarning qismlari,
hosila va jamlama asarlar

Ushbu Qonunning 5-moddasida belgilangan talablarga javob beradigan:
asarning mustaqil ravishda foydalanilishi mumkin bo'lgan qismlari (shu jumladan uning nomi);
hosila asarlar (tarjimalar, ishlanma asarlar, annotatsiyalar, referatlar, muxtasar xulosalar, sharhlar, inssenirovkalar, aranjirovkalar, soddalashtirishlar hamda fan, adabiyot va san'at asarlarining boshqa qayta ishlanmalari);
to'plamlar (ensiklopediyalar, antologiyalar, ma'lumotlar bazalari) va materiallarning tanlanganligi yoki joylashtirilganligiga ko'ra ijodiy mehnat natijasi bo'lgan boshqa jamlama asarlar mualliflik huquqi ob'ektlari hisoblanadi.
G'osila va jamlama asarlar, ularning yaratilishi uchun asos bo'lgan yoki ularning tarkibiga kirgan asarlar mualliflik huquqi ob'ektlari bo'lishi yoki bo'lmasligidan qat'i nazar, mualliflik huquqi bilan muhofaza qilinadi.


8-modda. Mualliflik huquqi ob'ektlari
hisoblanmaydigan materiallar

Quyidagilar mualliflik huquqi ob'ektlari bo'lmaydi:
rasmiy hujjatlar (qonunlar, qarorlar, to'xtamlar va shu kabilar), shuningdek ularning rasmiy tarjimalari;
rasmiy ramzlar va belgilar (bayroqlar, gerblar, ordenlar, pul belgilari va shu kabilar);
xalq ijodiyoti asarlari;
oddiy matbuot axboroti tusidagi kundalik yangiliklarga doir yoki joriy voqealar haqidagi xabarlar;
insonning bevosita individual asar yaratishga qaratilgan ijodiy faoliyati amalga oshirilmasdan, muayyan turdagi ishlab chiqarish uchun mo'ljallangan texnika vositalari yordamida olingan natijalar.


9-modda. Rasmiy hujjatlar, ramzlar va
belgilarning loyihalariga bo'lgan huquqlar

Rasmiy hujjat, ramz yoki belgining loyihasiga bo'lgan mualliflik huquqi loyihani yaratgan (ishlab chiqqan) shaxsga tegishlidir.
Rasmiy hujjat, ramz yoki belgining loyihasini ishlab chiqqan shaxs, agar bunday loyihani ishlab chiqish to'g'risida topshiriq bergan organ tomonidan taqiqlangan bo'lmasa, o'zi yaratgan loyihani chop etishga haqlidir. Loyihani chop etishda uni ishlab chiqqan shaxs o'z ismi-sharifini ko'rsatishga haqlidir.
Vakolatli organ rasmiy hujjat tayyorlash uchun rasmiy hujjat, ramz yoki belgining loyihasidan, agar loyiha uni ishlab chiqqan shaxs tomonidan chop etilgan yoki tegishli organga yuborilgan bo'lsa, mazkur shaxsning roziligisiz foydalanishi mumkin.
Loyiha asosida rasmiy hujjat, ramz yoki belgi tayyorlash chog'ida rasmiy hujjat, ramz yoki belgi tayyorlayotgan organning xohishiga ko'ra loyihaga o'zgartishlar va qo'shimchalar kiritilishi mumkin.
Vakolatli organ loyiha asosidagi rasmiy hujjat, ramz yoki belgini qabul qilganidan (tasdiqlaganidan) keyin mazkur rasmiy hujjat, ramz yoki belgidan loyihani ishlab chiqqan shaxsning ismi-sharifini ko'rsatmagan holda foydalaniladi.


10-modda. Mualliflik huquqining yuzaga kelishi.
Mualliflik prezumpsiyasi

Fan, adabiyot va san'at asariga mualliflik huquqi uni yaratish fakti bo'yicha yuzaga keladi. Mualliflik huquqining yuzaga kelishi va amalga oshirilishi uchun asarni ro'yxatdan o'tkazish yoki biron-bir boshqa rasmiyatchilikka rioya etish talab qilinmaydi.
Asarning asl nusxasida yoki nusxasida muallif sifatida ko'rsatilgan shaxs, agar boshqacha hol isbotlanmagan bo'lsa, asar muallifi hisoblanadi.
Asar imzosiz yoki taxallus ostida chop etilgan taqdirda (muallifning taxallusi uning kim ekanligiga shubha qoldirmaydigan hollar bundan mustasno), asarni chop etgan, asarda ismi-sharifi yoki nomi ko'rsatilgan noshir, agar boshqa dalillar bo'lmasa, muallifning vakili hisoblanadi hamda muallifning huquqlarini himoya qilish va ularning amalga oshirilishini ta'minlash huquqiga egadir. Bu qoida bunday asar muallifi o'z shaxsini oshkor etguniga va o'zining muallif ekanligini ma'lum qilguniga qadar amalda bo'ladi.


11-modda. Mualliflik huquqining
muhofaza belgilari

Mutlaq mualliflik huquqlari egasi o'z huquqlaridan xabardor qilish uchun mualliflik huquqining muhofaza belgisidan foydalanishi mumkin bo'lib, bu belgi asarning har bir nusxasida aks ettiriladi va quyidagi uch unsurdan iborat bo'ladi:
aylana ichidagi lotincha "S" harfi;
mutlaq mualliflik huquqlari egasining ismi-sharifi (nomi);
asar birinchi marta chop etilgan yil.
Mualliflik huquqining muhofaza belgisida ko'rsatilgan shaxs, agar boshqacha hol isbotlangan bo'lmasa, mutlaq mualliflik huquqlari egasi hisoblanadi.


12-modda. G'ammualliflik

Ikki yoki undan ortiq jismoniy shaxsning birgalikdagi ijodiy mehnati natijasida yaratilgan asarga bo'lgan mualliflik huquqi, mazkur asar bo'linmas bir butun yoki har biri ham mustaqil mazmunga ega qismlardan iborat ekanligidan qat'i nazar, hammualliflarga birgalikda tegishli bo'ladi.
Agar asarning muayyan qismidan uning boshqa qismlariga bog'liq bo'lmagan holda foydalanish mumkin bo'lsa, bu mustaqil mazmunga ega bo'lgan qism deb e'tirof etiladi.
G'ammualliflarning har biri, agar ular o'rtasidagi kelishuvda boshqacha qoida nazarda tutilgan bo'lmasa, asarning o'zi yaratgan, mustaqil mazmunga ega bo'lgan qismidan o'z xohishiga ko'ra foydalanishga haqlidir.
G'ammualliflar o'rtasidagi munosabatlar, qoida tariqasida, kelishuv asosida belgilanadi. Bunday kelishuv bo'lmagan taqdirda, asarga bo'lgan mualliflik huquqi barcha mualliflar tomonidan birgalikda amalga oshiriladi, mualliflik haqi esa ular o'rtasida teng taqsimlanadi.
Agar hammualliflarning asari bo'linmas bir butunni tashkil etsa, asardan foydalanishni yetarli asoslar bo'lmay turib taqiqlab qo'yishga hammualliflardan hech biri haqli emas.


13-modda. G'osila asarga
bo'lgan mualliflik huquqi

G'osila asar muallifiga fan, adabiyot va san'at asarining mazkur muallif tomonidan amalga oshirilgan qayta ishlanmasiga bo'lgan mualliflik huquqi tegishlidir.
G'osila asar muallifi qayta ishlangan asar muallifi huquqlariga rioya etgan taqdirda, o'zi yaratgan asarga mualliflik huquqidan foydalanadi.
G'osila asar muallifining mualliflik huquqi qayta ishlashga asos bo'lgan asarni boshqa shaxslar ham o'zlari qayta ishlashlariga to'sqinlik qilmaydi.


14-modda. Jamlama asarga
bo'lgan mualliflik huquqi

Jamlama asar muallifiga (tuzuvchisiga) ijodiy mehnat natijasini ifodalovchi, mazkur muallif tomonidan amalga oshirilgan, materiallarni tanlab olish yoki joylashtirishga bo'lgan mualliflik huquqi tegishlidir.
Tuzuvchi jamlama asarga kiritilgan asarlardan har birining mualliflari huquqlariga rioya etgan taqdirda, mualliflik huquqidan foydalanadi.
Agar mualliflik shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo'lmasa, jamlama asarga kiritilgan asarlarning mualliflari o'z asarlaridan foydalanishga bo'lgan mutlaq huquqlarini jamlama asardan qat'i nazar saqlab qoladilar.
Tuzuvchining mualliflik huquqi boshqa shaxslarning o'z jamlama asarlarini yaratish uchun ayni o'sha materiallarni mustaqil ravishda tanlab olishlariga yoki joylashtirishlariga to'sqinlik qilmaydi.


15-modda. Audiovizual asarga
bo'lgan mualliflik huquqi

Audiovizual asar mualliflari (hammualliflari) quyidagilardan iboratdir:
sahnalashtiruvchi rejissyor;
ssenariy muallifi;
muayyan audiovizual asar uchun maxsus yaratilgan matnli yoki matnsiz musiqa asari muallifi;
sahnalashtiruvchi operator;
sahnalashtiruvchi rassom.
Nomi yoki ismi-sharifi tayyorlovchi sifatida asarning asl nusxasida yoxud nusxasida ko'rsatilgan yuridik yoki jismoniy shaxs, agar boshqacha hol isbotlangan bo'lmasa, shu audiovizual asarni tayyorlovchi deb e'tirof etiladi.
Audiovizual asar omma oldida ijro etilgan taqdirda, musiqa asari (matnli yoki matnsiz) muallifi o'z musiqa asarining omma oldida ijro etilganligi uchun haq olish huquqini saqlab qoladi.


16-modda. Intervyu mualliflari

Intervyuga bo'lgan mualliflik huquqi intervyu bergan shaxsga va intervyu olgan shaxsga, agar ular o'rtasidagi kelishuvda boshqacha qoida nazarda tutilgan bo'lmasa, hammualliflar sifatida tegishlidir.
Intervyudan foydalanishga faqat intervyu bergan shaxsning roziligi bilan yo'l qo'yiladi.


17-modda. Asarlar yaratilishini
tashkil etuvchi shaxslarning huquqlari

Asarlar yaratilishini tashkil etuvchi shaxslar (audiovizual asarlarni tayyorlovchilar, ensiklopediyalar noshirlari, prodyuserlar va boshqa shu kabilar) tegishli asarlarning mualliflari deb e'tirof etilmaydi. Biroq ushbu Qonunda yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollarda, bunday shaxslar ana shu asarlardan foydalanishda mutlaq huquqlarga ega bo'ladilar.
Audiovizual asarni tayyorlovchi bu asardan foydalanilganda o'z ismi-sharifi yoki nomini ko'rsatishga yoxud ismi-sharifi yoki nomi ko'rsatilishini talab qilishga haqlidir.
Ensiklopediyalar, ensiklopedik lug'atlardan, ilmiy ishlarning davriy va davomli to'plamlaridan, gazetalar, jurnallar hamda boshqa davriy nashrlardan foydalanishga bo'lgan mutlaq huquqlar ularning noshiriga tegishlidir. Bunday nashrlardan har qanday tarzda foydalanilganda noshir o'z ismi-sharifi yoki nomini ko'rsatishga yoxud ismi-sharifi yoki nomi ko'rsatilishini talab qilishga haqlidir.


18-modda. Muallifning shaxsiy
nomulkiy huquqlari

Asar muallifiga quyidagi shaxsiy nomulkiy huquqlar tegishlidir:
asar muallifi deb e'tirof etilish huquqi (mualliflik huquqi);
asardan muallifning haqiqiy ismi-sharifi, taxallusini ko'rsatgan holda yoxud ismi-sharifini ko'rsatmasdan, ya'ni imzosiz foydalanish yoki foydalanishga ruxsat berish huquqi (mualliflik ismi-sharifiga bo'lgan huquq);
asarni har qanday shaklda oshkor qilish yoki oshkor qilishga ruxsat berish huquqi (oshkor qilishga bo'lgan huquq), shu jumladan chaqirib olish huquqi;
asarni, shu jumladan uning nomini muallifning sha'ni va qadr-qimmatiga zarar yetkazishi mumkin bo'lgan har qanday tarzda buzib ko'rsatilishidan yoki har qanday boshqacha tarzda tajovuz etilishidan himoya qilish huquqi (muallif obro'sini himoya qilish huquqi).
Muallif asarni oshkor qilish to'g'risida ilgari qabul qilgan qaroridan, asardan foydalanish huquqini olgan shaxslarga ular shunday qaror tufayli ko'rgan zararlarning o'rnini, shu jumladan boy berilgan foydani qoplash sharti bilan, voz kechish huquqiga (asarni chaqirib olish huquqiga) egadir. Agar asar oshkor qilingan bo'lsa, muallif uni chaqirib olganligi to'g'risida ommaga ma'lum qilishi shart. Bunda u asarning avval tayyorlangan nusxalarini o'z hisobidan muomaladan olib qo'yishga haqlidir. Bu qoidalar, agar muallif bilan tuzilgan shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilgan bo'lmasa, xizmat asarlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Asarni nashr qilish, omma oldida ijro etish yoki undan boshqacha tarzda foydalanishda asarning o'ziga, nomiga va muallifning ismi-sharifi ko'rsatilishiga biron-bir o'zgartish kiritishga faqat muallifning roziligi bilan yo'l qo'yiladi.
Muallifning roziligisiz uning asarini bezaklar, so'zboshi, xotima, sharhlar yoki biron-bir tushuntirishlar bilan nashr etish taqiqlanadi.
Muallifning shaxsiy nomulkiy huquqlari uning mulkiy huquqlaridan qat'i nazar, unga tegishli bo'lib, asardan foydalanishga bo'lgan mutlaq huquqlar boshqa shaxsga o'tkazilgan taqdirda ham uning o'zida saqlanib qoladi.
Muallifning o'z shaxsiy nomulkiy huquqlarini amalga oshirishdan voz kechish to'g'risida biron-bir shaxs bilan kelishuvi va bu haqdagi arizasi o'z-o'zidan haqiqiy emas.


19-modda. Muallifning mulkiy huquqlari

Muallif asardan har qanday shaklda va har qanday usulda foydalanishda mutlaq huquqlarga ega.
Yuridik va jismoniy shaxslar, ushbu Qonunda ko'rsatilganidan tashqari hollarda, asardan faqat huquq egasi yoki boshqa vakolatli shaxs bilan tuzilgan shartnomaga binoan, shu jumladan mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomaga binoan yoxud ular bo'lmagan taqdirda, bu tashkilotlarning vazifalari va majburiyatlarini bajaruvchi tashkilot bilan tuzilgan shartnomaga binoan foydalanishlari mumkin.
Muallifning asardan foydalanishga bo'lgan mutlaq huquqlari quyidagi harakatlarni amalga oshirish yoki bunday harakatlarga ruxsat berish huquqini anglatadi:
asarni takrorlash (takrorlash huquqi);
asarning asl nusxasini yoki nusxalarini sotish yoki mulk huquqini o'zgacha tarzda boshqa shaxsga o'tkazish yo'li bilan tarqatish (tarqatish huquqi);
asarni barchaning e'tiboriga yetkazish (barchaning e'tiboriga yetkazish huquqi);
asarning asl nusxasini yoki nusxalarini prokatga berish (prokatga berish huquqi);
tarqatish maqsadida asarning nusxalarini, shu jumladan mutlaq mualliflik huquqlari egasining ruxsati bilan tayyorlangan nusxalarini import qilish (import qilish huquqi);
asarni sim (kabel) orqali yoki boshqa shu kabi vositalar yordamida uzatish yo'li bilan barchaning e'tibori uchun yuborish (kabel orqali yuborish huquqi);
asarga tuzatishlar kiritish, uni aranjirovka qilish yoki boshqacha tarzda qayta ishlash (qayta ishlash huquqi);
asarni omma oldida namoyish etish (omma oldida namoyish etish huquqi);
asarni omma oldida ijro etish (omma oldida ijro etish huquqi);
asarni simsiz vositalar yordamida uzatish yo'li bilan barchaning e'tibori uchun yuborish (efirga uzatish huquqi);
asarni tarjima qilish (tarjima qilish huquqi);
asarni barchaning e'tiboriga takroran yuborish, agar bunday yuborish dastlabki yuborishni amalga oshirgan tashkilotdan boshqa tashkilot tomonidan amalga oshirilsa (barchaning e'tiboriga takroran yuborish huquqi).
Muallif o'z asaridan foydalanishning har bir turi uchun haq olish huquqiga (haq olish huquqi) ega.
Agar chop etilgan asarning nusxalari ularni sotish yoki mulk huquqini o'zgacha tarzda boshqa shaxsga o'tkazish orqali fuqarolik muomalasiga qonuniy kiritilgan bo'lsa, ularni kelgusida muallifning roziligisiz va unga haq to'lamasdan tarqatishga yo'l qo'yiladi, ushbu Qonun 23-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hol bundan mustasno.
Asardan daromad olish maqsadida foydalanilganligi yoki undan foydalanish bunday maqsadga qaratilmaganligidan qat'i nazar, asardan foydalanilgan deb hisoblanadi.
Asarning mazmunini tashkil etuvchi qoidalarni (kashfiyotlarni, boshqa texnikaviy, iqtisodiy, tashkiliy va shu kabi yechimlarni) amaliy qo'llash asardan mualliflik huquqi ma'nosida foydalanganlik deb hisoblanmaydi.


20-modda. Muallifning ayrim mulkiy
huquqlarining o'ziga xos xususiyatlari

Muallifning asarni tarjima qilishga va qayta ishlashga bo'lgan mutlaq huquqlari tarjima qilingan yoki qayta ishlangan asarga nisbatan ushbu Qonun 19-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan harakatlarni amalga oshirish yoki bunday harakatlarga ruxsat berish huquqini o'z ichiga oladi.
Muallifning dizaynerlik, arxitektura, shaharsozlik va bog'-park barpo etish loyihalaridan foydalanishga bo'lgan mutlaq huquqlari bunday loyihalarni amalda ro'yobga chiqarishni ham o'z ichiga oladi. Qabul qilingan arxitektura loyihasining muallifi, agar shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilgan bo'lmasa, buyurtmachidan qurilishga doir hujjatlarni ishlab chiqish hamda bino yoki inshootni qurish chog'ida o'z loyihasini ro'yobga chiqarishda qatnashish huquqini berishni talab qilishga haqlidir.


21-modda. Prokatga berish huquqi

Audiovizual asarlar, EG'M uchun dasturlar, fonogrammaga yozilgan asarlar mualliflari asarning asl nusxasini yoki nusxasini prokatga berishga ruxsat etishda mutlaq huquqqa ega. Ushbu qismning qoidalari audiovizual asarlarga nisbatan, agar faqat shunday prokat ana shu asarlarni takrorlashga bo'lgan mutlaq huquqqa jiddiy zarar yetkazadigan keng ko'lamli takrorlashga olib kelmasa, shuningdek EG'M uchun dasturlarga nisbatan, agar EG'M uchun dasturning o'zi prokatning asosiy ob'ekti bo'lmasa, qo'llanilmaydi.
Fonogramma yoki audiovizual asar nusxalarini prokatga berishda muallif, fonogramma yoki audiovizual asarni prokatga berish huquqi fonogrammani tayyorlovchiga yoki audiovizual asarni tayyorlovchiga o'tkazilganligiga qaramay, fonogramma yoki audiovizual asar nusxalarining prokati uchun haq olish huquqini saqlab qoladi. Mazkur haqning eng kam miqdori, uni to'lash shartlari va tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.


22-modda. Asarlarni saqlash uchun topshirish

Agar asar saqlash uchun har kimning foydalanishi mumkin bo'lgan saqlov joyiga (depozitariyga) topshirilgan bo'lsa va depozitariy bilan tuzilgan shartnomaga ko'ra mazkur depozitariyga murojaat etadigan har qanday shaxsning asar nusxasini olishi mumkin bo'lsa, asardan bu tarzda foydalanish asarlarning qo'lyozmalarini, har qanday moddiy jismdagi boshqa asarlarni saqlash uchun topshirish deb e'tirof etiladi.
Asarni saqlash uchun topshirish mutlaq mualliflik huquqi egasining depozitariy bilan tuzilgan, asardan foydalanish shartlarini belgilovchi shartnoma asosida amalga oshiriladi. Bunday shartnoma va depozitariyning foydalanuvchi bilan tuzgan shartnomasi ommaviy shartnomadir.


23-modda. Tasviriy san'at asarlaridan
foydalanish huquqi. Ergashma huquq

Tasviriy san'at asarining muallifi asar mulkdoridan o'z asarlarini takrorlash huquqini (foydalanish huquqini) amalga oshirish imkoniyatini berishni talab qilishga haqlidir. Bunda asar mulkdoridan asarni muallifga yetkazib berishni talab qilish mumkin emas.
Tasviriy san'at asariga bo'lgan mulk huquqining muallifdan boshqa shaxsga (haq evaziga yoki tekin) o'tishi bu asarning dastlabki sotilishini bildiradi.
Tasviriy san'at asarini oldingi narxdan kamida yigirma foiz yuqori narx bo'yicha oshkora qayta sotishning (kimoshdi savdosi, tasviriy san'at galereyasi, badiiy salon, do'kon va hokazo orqali) har bir holatida muallif sotuvchidan qayta sotish narxining besh foizi miqdorida haq olish huquqiga ega (ergashma huquq). Mazkur huquq boshqa shaxsga o'tkazilmaydi va faqat muallifning qonun bo'yicha merosxo'rlariga mualliflik huquqining amal qilish muddatiga o'tadi.


24-modda. Mualliflik huquqlarining cheklanishi

Muallif va boshqa shaxslarning asardan foydalanish borasidagi mutlaq huquqlarini cheklashga ushbu Qonunning 25-33-moddalarida yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollardagina yo'l qo'yiladi. Mazkur cheklashlar asardan normal foydalanilishiga o'rinsiz ziyon yetkazmagan va muallifning qonuniy manfaatlarini asossiz kamsitmagan taqdirdagina tatbiq etiladi.


25-modda. Asarlarni muallifning roziligisiz
va haq to'lamasdan shaxsiy maqsadlarda takrorlash

Oshkor qilingan asarni shaxsiy maqsadlarda muallifning yoki boshqa huquq egasining roziligisiz va haq to'lamagan holda takrorlashga yo'l qo'yiladi, ushbu Qonunning 33-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ushbu modda birinchi qismining qoidalari:
binolar va inshootlar shaklidagi arxitektura asarlarini takrorlashga;
ma'lumotlar bazalarini yoki ularning muhim qismlarini takrorlashga;
qonunda nazarda tutilgan hollarni istisno qilganda, EG'M uchun dasturlarni takrorlashga;
kitoblarni (to'laligicha) va notali matnlarni reprografik takrorlashga nisbatan tatbiq etilmaydi.


26-modda. Asarlardan muallifning ismi-sharifini
ko'rsatgan holda erkin foydalanish

Asardan muallifning ismi-sharifini va olingan manbaini albatta ko'rsatgan holda hamda asardan normal foydalanilishiga zarar yetkazmaslik va muallifning qonuniy manfaatlariga putur yetkazmaslik sharti bilan quyidagi tarzda erkin foydalanishga yo'l qo'yiladi:
oshkor qilingan asarlardan asl nusxada va tarjimada ilmiy, tadqiqiy, munozaraviy, tanqidiy hamda reklama bilan bog'liq bo'lmagan axborot maqsadlarida ko'zlangan maqsadga mos hajmda iqtibos olish, shu jumladan gazeta va jurnallardagi maqolalardan parchalarni matbuot sharhlari shaklida takrorlash;
oshkor qilingan asarlardan yoki bunday asarlarning parchalaridan ta'lim va o'quv tusidagi nashrlarda, radioeshittirish va teleko'rsatuvlarda, ovozli va video yozuvlarda ko'zlangan maqsadga mos hajmda misollar tariqasida foydalanish;
kundalik siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va diniy masalalar yuzasidan gazeta va jurnallarda chop etilgan maqolalar yoki efirga uzatilgan yoxud kabel orqali yuborilgan shu tusdagi asarlarni gazetalarda takrorlash, efirga uzatish yoki kabel orqali yuborish, shunday foydalanish muallif tomonidan maxsus taqiqlangan hollar bundan mustasno;
omma oldida so'zlangan siyosiy nutqlar, murojaatlar, ma'ruzalar va shunga o'xshash asarlarni ko'zlangan maqsadga mos hajmda gazetalarda takrorlash, efirga uzatish yoki kabel orqali yuborish. Bunda ana shunday asarlarni to'plamlarda chop etish huquqi muallifda saqlanib qoladi;
kundalik voqealar jarayonida ko'rish yoki eshitish mumkin bo'lgan asarlarni ana shunday voqealarning sharhlarida fotografiya yoki kinematografiya vositalari yordamida efirga uzatish yoki kabel orqali yuborish yo'li bilan axborot maqsadiga mos hajmda takrorlash yoki barchaning e'tibori uchun yuborish. Bunda ana shunday asarlarni to'plamlarda chop etish huquqi muallifda saqlanib qoladi;
daromad olishni ko'zlamagan holda ko'zi ojizlar uchun qabariq nuqtali harflar yoki boshqa usullar bilan chop etilgan asarlarni takrorlash, ana shunday takrorlash usullari uchun maxsus yaratilgan asarlar bundan mustasno.
Fuqarolik muomalasiga qonuniy kiritilgan asarlarning nusxalarini kutubxonalar tomonidan vaqtinchalik foydalanishga muallifning yoki boshqa huquq egasining roziligisiz va haq to'lamagan holda berishga yo'l qo'yiladi. Bunda mualliflik huquqi ob'ektlari bo'lgan, raqamli shaklda ifodalangan asarlarning nusxalari, shu jumladan kutubxona resurslaridan o'zaro foydalanish tartibida beriladigan asarlarning nusxalari bu asarlarning raqamli shakldagi ko'chirma nusxalarini yaratish imkoniyatini istisno etish sharti bilan faqat kutubxonalarning binolarida vaqtinchalik foydalanishga berilishi mumkin.


27-modda. Asarlardan reprografik
takrorlash yo'li bilan foydalanish

Daromad olishni ko'zlamagan holda, muallifning yoki boshqa huquq egasining roziligisiz va haq to'lamagan holda, lekin asaridan foydalanilayotgan muallifning ismi-sharifini va olingan manbaini albatta ko'rsatgan tarzda:
kutubxonalar va arxivlar tomonidan - asarning yo'qolgan yoki yaroqsiz bo'lib qolgan nusxalarini tiklash, almashtirish uchun, shuningdek o'z fondlaridan bu asarlarni biron sabab bilan yo'qotgan boshqa kutubxonalar va arxivlarga asarlarning nusxalarini berish uchun chop etilgan asarni;
kutubxonalar va arxivlar tomonidan fuqarolarning o'quv va tadqiqot maqsadlaridagi so'rovlari bo'yicha, shuningdek ta'lim muassasalari tomonidan auditoriya mashg'ulotlari uchun to'plamlarda, gazetalar va boshqa davriy nashrlarda chop etilgan ayrim maqolalar va kichik hajmli asarlarni, chop etilgan yozma asarlardan (suratli yoki suratsiz) qisqa parchalarni bir nusxada reprografik takrorlashga yo'l qo'yiladi.


28-modda. G'amma bemalol bora oladigan
joylarda doimiy joylashgan asarlardan
erkin foydalanish

G'amma bemalol bora oladigan joyda doimiy joylashgan arxitektura, fotografiya, tasviriy san'at asarlarini muallifning yoki boshqa huquq egasining roziligisiz va haq to'lamagan holda takrorlash, efirga uzatish yoki kabel orqali yuborishga yo'l qo'yiladi. Bu qoida asarning tasviri shunday takrorlash, efirga uzatish yoki kabel orqali yuborishning asosiy ob'ekti bo'lgan hollarga, shuningdek asarning tasviridan tijorat maqsadlarida foydalaniladigan hollarga nisbatan tatbiq etilmaydi.


29-modda. Asarlarni omma oldida erkin ijro etish

Chop etilgan musiqa asarlarini rasmiy, diniy va dafn marosimlarida bunday marosimlarning xususiyatiga mos hajmda muallifning yoki boshqa huquq egasining roziligisiz hamda haq to'lamagan holda omma oldida ijro etishga yo'l qo'yiladi.


30-modda. Asarlardan surishtiruv,
dastlabki tergov, ma'muriy va sudlov ishlarini
yuritish maqsadlari uchun foydalanish

Asarlardan surishtiruv, dastlabki tergov, ma'muriy va sudlov ishlarini yuritish maqsadlarini ko'zlab, foydalanish maqsadiga mos hajmda muallifning yoki boshqa huquq egasining roziligisiz hamda haq to'lamagan holda foydalanishga yo'l qo'yiladi.


31-modda. Efir orqali ko'rsatuv yoki eshittirish
beruvchi tashkilotlar tomonidan qisqa muddat
foydalanish uchun erkin yozib olish

Efir orqali ko'rsatuv yoki eshittirish beruvchi tashkilot o'zi efirga uzatish huquqini olgan asarni muallifning roziligisiz va qo'shimcha haq to'lamagan holda o'z uskunalari yordamida hamda o'z ko'rsatuvlari yoki eshittirishlari uchun amalga oshirish sharti bilan qisqa muddat foydalanish uchun yozib olishi mumkin. Agar bunday yozuvni saqlashning uzoqroq muddati muallif bilan kelishilgan bo'lmasa, tashkilot uni tayyorlanganidan keyin olti oy ichida yo'q qilib yuborishi shart. Agar bunday yozuv faqat hujjatli tusda bo'lsa, yozuv asar muallifining roziligisiz davlat arxivlarida saqlanishi mumkin.


32-modda. EG'M uchun dasturlar yoki ma'lumotlar
bazalarini erkin takrorlash va soddalashtirish

EG'M uchun dasturning yoki ma'lumotlar bazasining nusxasiga qonuniy ega bo'lgan shaxsning keyinchalik shaxsiy foydalanish maqsadida EG'M uchun dasturni yoki ma'lumotlar bazasini erkin takrorlashga va soddalashtirishga bo'lgan huquqi qonun bilan belgilanadi.


33-modda. Shaxsiy maqsadlarda
takrorlaganlik uchun haq to'lash

Audiovizual asarni yoki fonogrammani daromad olmasdan faqat shaxsiy maqsadlar uchun asar muallifining, ijrochining, fonogrammani va audiovizual asarni tayyorlovchining roziligisiz, lekin ularga haq to'lagan holda takrorlashga yo'l qo'yiladi. G'aq bunday takrorlash uchun foydalaniladigan uskunalarni (audio- hamda videomagnitofonlar va boshqa uskunalarni) hamda moddiy jismlarni (ovozli va (yoki) video plyonkalar va kassetalar, kompakt disklar va boshqa moddiy jismlarni) tayyorlovchilar va import qiluvchilar tomonidan to'lanadi.
Tayyorlanadigan va import qilinadigan uskunalar hamda moddiy jismlar ro'yxati, shuningdek yig'iladigan haq stavkalari, uni yig'ish shartlari va tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ushbu moddada nazarda tutilgan haqni yig'ish va taqsimlash mualliflar, fonogrammalarni tayyorlovchilar va ijrochilarning mulkiy huquqlarini jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlarning biri tomonidan ana shu tashkilotlar o'rtasida tuzilgan kelishuvga muvofiq amalga oshiriladi. Agar ushbu kelishuvda boshqacha qoida nazarda tutilgan bo'lmasa, ko'rsatib o'tilgan haq quyidagi nisbatda taqsimlanadi: qirq foizi - mualliflarga, o'ttiz foizi - ijrochilarga, o'ttiz foizi - fonogrammalar va (yoki) audiovizual asarlarni tayyorlovchilarga.
Ushbu moddada nazarda tutilgan haqni yig'ish va taqsimlash tartibini tekshirish hamda nazorat qilish maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
Eksport narsasi hisoblanadigan uskunalar hamda moddiy jismlarga, shuningdek uy sharoitlarida foydalanish uchun mo'ljallanmagan professional uskunalarga tatbiqan yig'im amalga oshirilmaydi va haq to'lanmaydi.


34-modda. Xizmat asariga
bo'lgan mualliflik huquqi

Xizmat vazifalarini yoki xizmat topshirig'ini bajarish tartibida yaratilgan asarga (xizmat asariga) bo'lgan muallifning shaxsiy nomulkiy huquqlari asar muallifida saqlanib qoladi.
Xizmat asaridan foydalanishga bo'lgan mutlaq huquqlar, agar muallif bilan ish beruvchi o'rtasidagi shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilgan bo'lmasa, ish beruvchiga tegishlidir.
Xizmat asaridan foydalanishning har bir turi uchun mualliflik haqi miqdori va uni to'lash tartibi muallif bilan ish beruvchi o'rtasidagi shartnomada belgilanadi. Ish beruvchi bilan tuzilgan shartnomadan qat'i nazar, muallif asar oshkor qilingan vaqtdan e'tiboran o'n yil o'tganidan keyin, ish beruvchining roziligi bilan esa undan ham oldinroq asardan foydalanish va mualliflik haqini olish huquqini to'liq hajmda qo'lga kiritadi.
Muallifning xizmat asaridan topshiriq maqsadi taqozo etmaydigan usulda foydalanish huquqi cheklanmaydi.
Ish beruvchi xizmat asaridan har qanday tarzda foydalanishda o'z nomini ko'rsatishga yoxud uni ko'rsatishni talab qilishga haqlidir.
Xizmat vazifalarini yoki ish beruvchining xizmat topshiriqlarini bajarish yo'sinida ushbu Qonun 17-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan ensiklopediyalar, ensiklopedik lug'atlar, davriy va davomli ilmiy ishlar to'plamlari, gazetalar, jurnallar hamda boshqa davriy nashrlarning yaratilishiga ushbu moddaning qoidalari tatbiq etilmaydi.


35-modda. Mualliflik huquqining
amal qilish muddati

Mualliflik huquqi muallifning butun hayoti davomida va uning vafotidan keyin ellik yil davomida amal qiladi, ushbu moddada va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
G'ammualliflikda yaratilgan asarga bo'lgan mualliflik huquqi hammualliflarning butun hayoti davomida va hammualliflar orasida eng uzoq umr ko'rgan oxirgi shaxs vafot etganidan keyin ellik yil davomida amal qiladi.
Taxallus ostida yoki imzosiz qonuniy oshkor qilingan asarga bo'lgan mualliflik huquqi asar oshkor qilinganidan keyin ellik yil davomida amal qiladi. Agar ko'rsatilgan muddat ichida taxallus ostidagi yoki imzosiz asar muallifi o'z shaxsini ma'lum qilsa yoki bundan buyon uning shaxsi shubhaga o'rin qoldirmasa, ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan muddatlar qo'llaniladi.
Muallifning vafotidan keyin birinchi marta e'lon qilingan asarga bo'lgan mualliflik huquqi asar e'lon qilinganidan keyin ellik yil davomida amal qiladi.
Mualliflik huquqi, mualliflik ismi-sharifiga bo'lgan huquq va muallif obro'sini himoya qilish huquqi muddatsiz muhofaza qilinadi.
Asarga O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq muhofaza berilgan taqdirda, O'zbekiston Respublikasi hududida mualliflik huquqining amal qilish muddati ushbu moddaga binoan belgilanadi. Lekin bu muddat asar kelib chiqqan mamlakatda belgilangan mualliflik huquqining amal qilish muddatidan oshib ketmasligi kerak.
Ushbu moddada nazarda tutilgan muddatlarni hisoblash muddatning o'ta boshlashi uchun asos bo'ladigan yuridik fakt yuz bergan yildan keyingi yilning birinchi yanvaridan e'tiboran boshlanadi.


36-modda. Mualliflik huquqining
meros bo'yicha o'tishi

Muallifning mulkiy huquqlari meros bo'yicha o'tadi.
Muallifning shaxsiy nomulkiy huquqlari meros bo'yicha o'tmaydi. Muallifning merosxo'rlari ko'rsatilgan huquqlarni himoya qilishga haqlidir. Merosxo'rlarning ushbu huquqlari muddat bilan cheklanmaydi.
Muallifning merosxo'rlari bo'lmagan taqdirda, uning shaxsiy nomulkiy huquqlarini himoya qilish maxsus vakolatli davlat organi zimmasiga yuklanadi.
Agar asarga bo'lgan mualliflik huquqi bir necha merosxo'rga birgalikda tegishli bo'lsa, asardan foydalanish tartibi ular o'rtasidagi kelishuvda belgilanadi. Bunda merosxo'rlardan hech biri boshqa merosxo'rlarning asardan foydalanishini yetarli asoslarsiz taqiqlashga haqli emas.


37-modda. Asarning ijtimoiy mulkka aylanishi

Asarlarga bo'lgan mualliflik huquqining amal qilish muddatining tugashi ularning ijtimoiy mulkka aylanishini bildiradi.
O'zbekiston Respublikasi hududida hech qachon muhofaza berilmagan asarlar ijtimoiy mulk hisoblanadi.
Ijtimoiy mulk bo'lgan asarlardan har qanday shaxs mualliflik haqini to'lamagan holda erkin foydalanishi mumkin. Bunda muallifning shaxsiy nomulkiy huquqlariga rioya etilishi kerak.


38-modda. Mualliflik shartnomasi

Ushbu Qonun 19-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan mulkiy huquqlar faqat mualliflik shartnomasini tuzish yo'li bilan huquq egasi tomonidan boshqa shaxsga o'tkazilishi mumkin, ushbu Qonunda belgilangan hollar bundan mustasno.
Muallifning mulkiy huquqlarini boshqa shaxsga o'tkazish mutlaq huquqlarni boshqa shaxsga o'tkazish to'g'risidagi mualliflik shartnomasi asosida yoki mutlaq bo'lmagan huquqlarni boshqa shaxsga o'tkazish to'g'risidagi mualliflik shartnomasi asosida amalga oshirilishi mumkin.
Mutlaq huquqlarni boshqa shaxsga o'tkazish to'g'risidagi mualliflik shartnomasi faqat ushbu huquqlar o'tkazilayotgan shaxs asardan muayyan usulda va shartnomada belgilangan doirada foydalanishiga ruxsat beradi.
Mutlaq bo'lmagan huquqlarni boshqa shaxsga o'tkazish to'g'risidagi mualliflik shartnomasi foydalanuvchiga asardan shunday huquqlarni boshqa shaxsga o'tkazgan mutlaq huquqlar egasi va (yoki) bu asardan ayni shunday usulda foydalanish uchun ruxsat olgan boshqa shaxslar bilan teng ravishda foydalanishga ijozat beradi.
Mualliflik shartnomasi bo'yicha boshqa shaxslarga o'tkaziladigan huquqlar, agar shartnomada bevosita boshqacha qoida nazarda tutilgan bo'lmasa, mutlaq bo'lmagan huquqlar hisoblanadi.
Asarga bo'lgan mualliflik huquqi asar aks ettirilgan moddiy ob'ektga bo'lgan mulk huquqi bilan bog'liq emas.
Moddiy ob'ektga bo'lgan mulk huquqini yoki moddiy ob'ektga egalik qilish huquqini boshqa shaxsga o'tkazish shu ob'ektda aks ettirilgan asarga bo'lgan biron-bir mualliflik huquqining o'z-o'zidan boshqa shaxsga o'tkazilishiga sabab bo'lmaydi.


39-modda. Mualliflik shartnomasi shartlari

Mualliflik shartnomasida quyidagilar nazarda tutilishi kerak:
asardan foydalanish usullari (mazkur shartnoma asosida o'tkaziladigan konkret huquqlar);
asardan foydalanishning har bir usuli uchun to'lanadigan haq miqdori va (yoki) to'lanadigan haq miqdorini belgilash tartibi, uni to'lash tartibi hamda muddatlari.
Mualliflik shartnomasi taraflar zarur deb topgan boshqa shartlarni ham nazarda tutishi mumkin.
Mualliflik shartnomasida asardan foydalanish huquqi qancha muddatga o'tkazilishi to'g'risida shart bo'lmagan taqdirda, shartnoma tuzilgan sanadan boshlab besh yil o'tganidan keyin, agar foydalanuvchi shartnoma bekor qilinguniga qadar kamida olti oy oldin bu haqda yozma ravishda ogohlantirilgan bo'lsa, shartnoma muallif tomonidan bekor qilinishi mumkin.
Mualliflik shartnomasida asardan foydalanish huquqi amal qiladigan hudud doirasi to'g'risida shart bo'lmagan taqdirda, shartnomaga binoan boshqa shaxsga o'tkazilayotgan huquqning amal qilishi O'zbekiston Respublikasi hududi bilan cheklanadi.
Boshqa shaxsga o'tkazilishi mualliflik shartnomasida bevosita nazarda tutilmagan asardan foydalanish huquqlari boshqa shaxsga o'tkazilmagan deb hisoblanadi.
Shartnoma tuzilgan paytda asardan foydalanish haqida hali ma'lum bo'lmagan huquqlar mualliflik shartnomasi mavzusi bo'lishi mumkin emas.
To'lanadigan haq mualliflik shartnomasida asardan foydalanishning tegishli usuli uchun olinadigan daromaddan foiz tarzida belgilanadi yoki agar buni asarning xususiyati yoki undan foydalanishning o'ziga xos jihatlari bilan bog'liq holda amalga oshirish mumkin bo'lmasa, shartnomada qayd etilgan summa tarzida yoxud boshqacha tarzda belgilanadi. Mazkur mualliflik haqining eng kam miqdorlari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Agar asarni nashr etish yoki undan boshqacha tarzda foydalanish haqidagi mualliflik shartnomasida haq to'lash qat'iy summa tarzida belgilansa, shartnomada asarning eng ko'p adadi belgilab qo'yilishi shart.
Mualliflik shartnomasi bo'yicha o'tkazilgan huquqlar bunday shartnomada bevosita nazarda tutilgan taqdirdagina boshqa shaxslarga to'liq yoki qisman o'tkazilishi mumkin.
Mualliflik shartnomasining muallifni kelgusida mazkur mavzuda yoki mazkur sohada asarlar yaratishini cheklaydigan sharti o'z-o'zidan haqiqiy emas.
Mualliflik shartnomasining ushbu Qonun talablariga zid bo'lgan shartlari haqiqiy emas.


40-modda. Audiovizual asar yaratish va undan
foydalanishga oid mualliflik shartnomasining
o'ziga xos xususiyatlari

Audiovizual asar yaratish va undan foydalanish uchun mualliflik shartnomasini tuzish, agar shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilgan bo'lmasa, bu asar mualliflari tomonidan audiovizual asarni tayyorlovchiga takrorlash, tarqatish, prokatga berish, omma oldida ijro etish, efirga uzatish, kabel orqali yuborish, barchaning e'tiboriga takroran yuborish, audiovizual asarni barchaning e'tiboriga yetkazish, shuningdek audiovizual asarga subtitr qilish va matnni dublyaj qilish bo'yicha mutlaq huquqlarning o'tkazilishiga olib keladi. Ko'rsatilgan huquqlar audiovizual asarga bo'lgan mualliflik huquqi amal qiladigan muddat mobaynida amalda bo'ladi.
Audiovizual asar tarkibiga kiradigan asarlardan foydalanish mualliflik shartnomasi asosida va qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslarda amalga oshiriladi.
Asarni audiovizual asar tarkibiga kiritishga o'z roziligini bergan huquq egasi, agar audiovizual asarni tayyorlovchi bilan tuzilgan mualliflik shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo'lmasa, audiovizual asardan foydalanishni taqiqlashga yoki biron-bir tarzda cheklashga haqli emas.
Audiovizual asarga tarkibiy qism bo'lib kirgan, ham ilgari mavjud bo'lgan, ham uning ustida ishlash jarayonida yaratilgan asarlarning mualliflari, agar audiovizual asarni tayyorlovchi bilan tuzilgan mualliflik shartnomasida boshqacha qoida shartlashilgan bo'lmasa, har biri o'z asariga nisbatan mualliflik huquqidan foydalanadi.


41-modda. Buyurtmaning mualliflik shartnomasi

Muallif buyurtmaning mualliflik shartnomasi bo'yicha asarni shartnoma shartlariga muvofiq yaratish va uni buyurtmachiga topshirish majburiyatini oladi.
Buyurtmaning mualliflik shartnomasi bo'yicha yaratilgan asarga bo'lgan shaxsiy nomulkiy huquqlar muallifga tegishlidir.
Buyurtmaning mualliflik shartnomasi bo'yicha asardan foydalanish uchun mulkiy huquqlar boshqa shaxsga o'tkazilgan taqdirda, ushbu Qonunning 38, 39 va 42-moddalari qoidalariga rioya qilinishi kerak.


42-modda. Mualliflik shartnomasining shakli

Mualliflik shartnomasi yozma shaklda tuzilishi kerak, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
EG'M uchun dasturlar va ma'lumotlar bazalari nusxalarini sotishda mualliflik shartnomasi, agar uning shartlari (dasturdan va ma'lumotlar bazasidan foydalanish shartlari) dastur yoki ma'lumotlar bazasi nusxalarida tegishli tarzda bayon qilingan bo'lsa, yozma shaklda tuzilgan deb hisoblanadi.


3-BOB. TURDOSh G'UQUQLAR

43-modda. Turdosh huquqlarning amal qilish sohasi
44-modda. Turdosh huquqlar ob'ektlari
45-modda. Turdosh huquqlar sub'ektlari
46-modda. Turdosh huquqlarning muhofaza belgilari
47-modda. Ijrochining huquqlari
48-modda. Ijrochining huquqlarini boshqa shaxsga o'tkazish
49-modda. Ijro yozuvini prokatga berish huquqi
50-modda. Fonogrammani tayyorlovchining huquqlari
51-modda. Fonogrammadan foydalanganlik uchun haq to'lash
52-modda. Efir yoki kabel orqali ko'rsatuv yoxud eshittirish
beruvchi tashkilotning huquqlari
53-modda. Ijrochi, fonogrammani tayyorlovchi, efir yoki kabel
orqali ko'rsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilot
huquqlarining cheklanishi
54-modda. Turdosh huquqlarning amal qilish muddati
55-modda. Turdosh huquqlar ob'ektlarining
ijtimoiy mulkka aylanishi


43-modda. Turdosh huquqlarning
amal qilish sohasi

Ijrochining huquqlari quyidagi shartlardan biriga rioya etilgan taqdirda, ushbu Qonunga muvofiq unga tegishli deb e'tirof etiladi:
ijrochi O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'lsa;
ijrochining fuqaroligidan qat'i nazar, ijro birinchi marta O'zbekiston Respublikasi hududida amalga oshirilgan bo'lsa;
ijro ushbu moddaning ikkinchi qismi qoidalariga muvofiq muhofaza qilinadigan fonogrammaga yozilgan bo'lsa;
fonogrammaga yozilmagan ijro ushbu moddaning uchinchi qismi qoidasiga muvofiq efir yoki kabel orqali ko'rsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotning muhofaza qilinadigan ko'rsatuv yoki eshittirishiga kiritilgan bo'lsa.
Fonogrammani tayyorlovchining huquqlari quyidagi shartlardan biriga rioya etilgan taqdirda, ushbu Qonunga muvofiq unga tegishli deb e'tirof etiladi:
fonogrammani tayyorlovchi O'zbekiston Respublikasi fuqarosi yoki O'zbekiston Respublikasi hududida joylashgan yeriga ega bo'lgan yuridik shaxs bo'lsa;
fonogrammani tayyorlovchining fuqaroligi yoki joylashgan yeridan qat'i nazar, fonogramma birinchi marta O'zbekiston Respublikasi hududida chop etilgan bo'lsa.
Efir yoki kabel orqali ko'rsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotning huquqlari, agar tashkilot O'zbekiston Respublikasi hududida joylashgan yeriga ega bo'lsa hamda efirga uzatish yoki kabel orqali yuborishni O'zbekiston Respublikasi hududida joylashgan uzatgichlar yordamida amalga oshirayotgan bo'lsa, ushbu Qonunga muvofiq mazkur tashkilotga tegishli deb e'tirof etiladi.
Chet el yuridik va jismoniy shaxslarining O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq O'zbekiston Respublikasida muhofaza qilinadigan turdosh huquqlari ham ushbu Qonunga binoan e'tirof etiladi.


44-modda. Turdosh huquqlar ob'ektlari

Turdosh huquqlar ob'ektlari jumlasiga ijrolar, fonogrammalar, efir yoki kabel orqali ko'rsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotning ko'rsatuvlari yoki eshittirishlari kiradi.


45-modda. Turdosh huquqlar sub'ektlari

Ijrochilar, fonogrammalarni tayyorlovchilar, efir yoki kabel orqali ko'rsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotlar turdosh huquqlar sub'ektlaridir.
Turdosh huquqlarning yuzaga kelishi va amalga oshirilishi uchun turdosh huquqlar ob'ektini ro'yxatdan o'tkazish yoki biron-bir boshqa rasmiyatchilikka rioya etish talab qilinmaydi.
Yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan ko'rsatuv yoki eshittirishni efirga uzatish va kabel orqali yuborishni (retranslyatsiya ham shunga kiradi) amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar, ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollardan tashqari, asardan, ijrodan, fonogrammadan yoxud efir yoki kabel orqali ko'rsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotning ko'rsatuv yoki eshittirishidan faqat huquq egasi yoki boshqa vakolatli shaxs bilan tuzilgan shartnomaga binoan foydalanishlari mumkin. Retranslyatsiya mualliflar, ijrochilar, fonogrammalarni tayyorlovchilar va boshqa huquq egalarining efirga uzatish, kabel orqali yuborish, barchaning e'tiboriga yetkazishga bo'lgan huquqlariga rioya qilingan holda amalga oshirilishi kerak.


46-modda. Turdosh huquqlarning
muhofaza belgilari

Fonogrammaga va (yoki) bunday fonogrammaga yozilgan ijroga bo'lgan mutlaq huquqlar egalari o'z huquqlaridan xabardor qilish uchun turdosh huquqlarning muhofaza belgisidan foydalanishlari mumkin bo'lib, bu belgi fonogrammaning har bir nusxasida va (yoki) u saqlanadigan g'ilofda aks ettiriladi hamda quyidagi uch unsurdan iborat bo'ladi:
aylana ichidagi lotincha "R" harfi;
mutlaq turdosh huquqlar egasining ismi-sharifi (nomi);
fonogramma birinchi marta chop etilgan yil.
Nomi yoki ismi-sharifi ushbu fonogrammada va (yoki) u saqlanadigan g'ilofda odatiy tarzda ko'rsatilgan yuridik yoki jismoniy shaxs, agar boshqa hol isbotlanmagan bo'lsa, fonogrammani tayyorlovchi deb e'tirof etiladi.


47-modda. Ijrochining huquqlari

Ijrochiga quyidagi huquqlar tegishlidir:
ism-sharifga bo'lgan huquq;
ijroni ijrochining sha'ni va qadr-qimmatiga zarar yetkazishi mumkin bo'lgan har qanday tarzda buzib ko'rsatilishidan yoki har qanday boshqacha tarzda tajovuz etilishidan himoya qilish huquqi;
ijrodan har qanday shaklda foydalanishga bo'lgan mutlaq huquqlar, shu jumladan ijrochining ijrosidan foydalanishning har bir turi uchun haq olishga bo'lgan huquq.
Ijrochining ijrodan foydalanishga bo'lgan mutlaq huquqlari quyidagi harakatlarni amalga oshirish yoki bunday harakatlarga ruxsat berish huquqini anglatadi:
ijro yozuvini takrorlash (takrorlash huquqi);
ijro yozuvining asl nusxasi yoki nusxalarini sotish yoki mulk huquqini o'zgacha tarzda boshqa shaxsga o'tkazish yo'li bilan tarqatish (tarqatish huquqi);
ijro yozuvini barchaning e'tiboriga yetkazish (barchaning e'tiboriga yetkazish huquqi);
ijro yozuvining asl nusxasi yoki nusxalarini, hatto ular ijrochining roziligi bilan tarqatilganidan keyin hamda asl nusxaga va nusxalarga bo'lgan mulk huquqidan qat'i nazar, prokatga berish (prokatga berish huquqi);
ilgari yozilmagan ijrolarni yozib olish (yozib olish huquqi);
ijroni efirga uzatish yoki kabel orqali yuborish, agar bunday eshittirish yoki ko'rsatuv uchun foydalaniladigan ijro ilgari efirga uzatilmagan bo'lsa yoki yozuvdan foydalanilgan holda amalga oshirilmasa (yozib olinmagan ijroni efirga uzatish yoki kabel orqali yuborish huquqi);
ijro yozuvini efirga uzatish yoki kabel orqali yuborish, agar dastlab bu yozuv notijorat maqsadlar uchun tayyorlangan bo'lsa (ijro yozuvini efirga uzatish yoki kabel orqali yuborish huquqi).
Ijrochining ijro yozuvini takrorlashga bo'lgan mutlaq huquqi quyidagi hollarga nisbatan tatbiq etilmaydi:
ijroning dastlabki yozuvi ijrochining roziligi bilan amalga oshirilganda;
ijro yozuvini takrorlash ijro yozib olinayotganda ijrochining roziligi qaysi maqsadda olingan bo'lsa, shu maqsadda amalga oshirilganda;
ijro yozuvini takrorlash ushbu Qonunning 53-moddasi qoidalariga muvofiq tayyorlangan yozuv maqsadida amalga oshirilganda.
Agar ijro yozuvining nusxalari ularni sotish yoki mulk huquqini o'zgacha tarzda boshqa shaxsga o'tkazish vositasida fuqarolik muomalasiga qonuniy kiritilgan bo'lsa, ijrochining roziligisiz va unga haq to'lamagan holda ularning bundan buyongi tarqatilishiga yo'l qo'yiladi.
Xizmat vazifalarini yoki ish beruvchining xizmat topshirig'ini bajarish tartibida amalga oshirilgan ijrolarga nisbatan tegishincha ushbu Qonunning 34-moddasi qoidalari qo'llaniladi.
Ijrochilar o'z huquqlarini ijro etiladigan asarlar mualliflarining huquqlariga rioya etgan holda amalga oshirishlari kerak.
Ijro yozuvidan daromad olish maqsadida foydalanilganligi yoki undan foydalanish bunday maqsadga qaratilmaganligidan qat'i nazar, ijro yozuvidan foydalanilgan deb hisoblanadi.


48-modda. Ijrochining huquqlarini
boshqa shaxsga o'tkazish

Ijrochining ushbu Qonun 47-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqlari shartnoma bo'yicha boshqa shaxslarga o'tkazilishi mumkin. Bunday shartnomaga nisbatan tegishincha ushbu Qonunning 38, 39 va 42-moddalari qoidalari qo'llaniladi.
Ijrolardan foydalanish uchun ruxsatnomalar ijrochi tomonidan, ijrochilar jamoasi ijro etganda esa ijrochilar jamoasining vakolatli vakili tomonidan yozma shartnoma tuzish orqali beriladi.
Ijrodan foydalanganlik uchun haq miqdori va uni hisoblab chiqarish tartibi ijrochining yoki ijrochilar jamoasi vakolatli vakilining foydalanuvchi bilan tuzilgan shartnomasida, bunday haqni yig'ish ijrochilarning mulkiy huquqlarini jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlar tomonidan amalga oshirilgan hollarda esa bunday tashkilotlar foydalanuvchilar bilan tuzadigan shartnomalarda belgilab qo'yiladi.
Audiovizual asar yaratish to'g'risida ijrochi va audiovizual asarni tayyorlovchi o'rtasida shartnoma tuzilishi ijrochi tomonidan ushbu Qonun 47-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqlar o'tkazilishiga sabab bo'ladi. Ijrochi tomonidan bunday huquqlarning o'tkazilishi audiovizual asardan foydalanish bilan cheklanadi va agar shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilgan bo'lmasa, audiovizual asarda qayd etilgan ovoz yoki tasvirdan alohida-alohida foydalanish huquqlarini o'z ichiga olmaydi.


49-modda. Ijro yozuvini
prokatga berish huquqi

Tijorat maqsadlarida chop etilgan, ijrosi ijrochi ishtirokida yozib olingan fonogrammani prokatga berish huquqi ijroni fonogrammaga yozib olish to'g'risida shartnoma tuzilganda fonogrammani tayyorlovchiga o'tadi. Tijorat maqsadlarida chop etilgan fonogramma nusxalarini prokatga berishda ijrosi fonogrammaga yozib olingan ijrochi bunday fonogramma nusxalari prokati uchun haq olish huquqini saqlab qoladi.
Tijorat maqsadlarida chop etilgan audiovizual asar nusxalarini prokatga berishda ijrosi audiovizual asarga kiritilgan ijrochi bunday audiovizual asar nusxalarining prokati uchun haq olish huquqini saqlab qoladi.
Tijorat maqsadlarida chop etilgan fonogramma yoki audiovizual asar nusxalarini prokatga berishda haqni yig'ish va taqsimlash ijrochilarning mulkiy huquqlarini jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilot tomonidan amalga oshirilishi mumkin. G'aq miqdori bunday tashkilot bilan prokatga beruvchi tashkilot o'rtasidagi kelishuvda belgilanadi.


50-modda. Fonogrammani
tayyorlovchining huquqlari

Fonogrammani tayyorlovchiga ushbu Qonunga muvofiq mazkur fonogrammadan foydalanishda mutlaq huquqlar tegishlidir.
Fonogrammani tayyorlovchining fonogrammadan foydalanishga bo'lgan mutlaq huquqlari quyidagi harakatlarni amalga oshirish yoki bunday harakatlarg<

Mavzuga oid yangiliklar
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING SOLIQ KODEKSI
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING SOLIQ KODEKSI(O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2007 y., 52 (I)-son; 2008 y., 52-son, 512-modda; 2009 y., 37-son, 403-modda, 404-modda, 52-son, 555-modda, 556-modda; 2010 y., 20-son, 149-modda, 35-36 ...
09.01.2013 / 09:50
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING "AXBOROT OLISh KAFOLATLARI VA ERKINLIGI TO'G'RISIDA" QONUNI
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI24.04.1997 y.N 400-IAXBOROT OLISh KAFOLATLARI VA ERKINLIGI TO'G'RISIDAMazkur Qonunga O'zR 15.12.2000 y. 175-II-son Qonuniga muvofiq o'zgartirishlar kiritilgan1-modda. Qonunning maqsadi2-modda ...
03.01.2013 / 16:12
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING "JURNALISTLIK FAOLIYaTINI G'IMOYa QILISh TO'G'RISIDA" QONUNI
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI24.04.1997 y.N 402-IJURNALISTLIK FAOLIYaTINI HIMOYa QILISh TO'G'RISIDA1-modda. Qonunning maqsadi2-modda. Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to'g'risidagi qonun hujjatlari3-modda. Jurnalist4-modda. Senzuraga yo ...
03.01.2013 / 16:09
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MEHNAT KODEKSI
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MEHNAT KODEKSIO'zbekiston Respublikasi 21.12.1995 y.  161-I-son Qonuni bilan tasdiqlangan01.04.1996 y. dan kuchga kirganMehnat kodeksiga quyidagilarga muvofiq o'zgartirishlar kiritilganO'zR 27.12.1996 y. 367-I ...
09.01.2013 / 09:44
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI "AXBOROT ERKINLIGI PRINSIPLARI VA KAFOLATLARI TO'G'RISIDA" QONUNI
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNI12.12.2002 y.N 439-IIAXBOROT ERKINLIGI PRINSIPLARI VA KAFOLATLARI TO'G'RISIDA1-modda. Ushbu Qonunning asosiy vazifalari2-modda. Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to'g'risidagi qonun hujjatlari3-modda ...
03.01.2013 / 16:10
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING "NOShIRLIK FAOLIYaTI TO'G'RISIDA" QONUNI
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI30.08.1996 y.N 274-INOShIRLIK FAOLIYaTI TO'G'RISIDAMazkur Qonunga O'zR 13.12.2002 y. 447-II-son Qonuniga muvofiq o'zgartirishlar kiritilgan1-modda. Noshirlik faoliyati to'g'risidagi qonun hujjatlari2-modda ...
03.01.2013 / 16:07