O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"Odamlar orasida" tok-shousi: QIYMALANGAN QALB
"Odamlar orasida" tok-shousi: QIYMALANGAN QALB
"Odamlar orasida" tok-shousi: HAYOTIMNI BUZAYOTGAN BO'HTON
"Odamlar orasida" tok-shousi: HAYOTIMNI BUZAYOTGAN BO'HTON
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING "AXBOROT OLISh KAFOLATLARI VA ERKINLIGI TO'G'RISIDA" QONUNI

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
24.04.1997 y.
N 400-I

AXBOROT OLISh KAFOLATLARI VA ERKINLIGI TO'G'RISIDA

Mazkur Qonunga O'zR 15.12.2000 y. 175-II-son Qonuniga
muvofiq o'zgartirishlar kiritilgan


1-modda. Qonunning maqsadi
2-modda. Axborot olish kafolatlari va erkinligi to'g'risidagi
qonun hujjatlari
3-modda. Axborot olish kafolatlari
4-modda. Axborot olish erkinligining asosiy prinsiplari
5-modda. Axborot olishga doir so'rov
6-modda. So'rovning shakllari va uni qarab chiqish muddatlari
7-modda. Axborot olishni ta'minlash
8-modda. Axborot berish va unga haq to'lash
9-modda. Taqdim etilishi mumkin bo'lmagan axborot
10-modda. Axborot manbaini oshkor etmaslik
11-modda. Axborotning to'g'riligi uchun javobgarlik
12-modda. Shikoyat qilish huquqi
13-modda. Axborot olish huquqini buzganlik uchun javobgarlik
14-modda. Axborot olish kafolatlari va erkinligi
sohasidagi xalqaro shartnomalar


1-modda. Qonunning maqsadi

Ushbu Qonun har kimning axborotni erkin va moneliksiz izlash, olish, tadqiq etish, uzatish hamda tarqatishga doir konstitusiyaviy huquqini amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soladi.


2-modda. Axborot olish kafolatlari va erkinligi to'g'risidagi
qonun hujjatlari

Axborot olish kafolatlari va erkinligi to'g'risidagi qonun hujjatlari O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasidan, ushbu Qonundan va boshqa qonun hujjatlaridan iborat.
Qoraqalpog'iston Respublikasida axborot olish kafolatlari va erkinligi sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog'iston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.


3-modda. Axborot olish kafolatlari

G'ar bir fuqaroning axborot olish huquqi kafolatlanadi.
G'ar kimning axborotni izlash, olish, tadqiq etish, uzatish va tarqatish huquqi davlat tomonidan himoya qilinadi.



4-modda. Axborot olish erkinligining asosiy prinsiplari

Axborot olish erkinligining asosiy prinsiplari axborotning oshkoraligi, hamma olishi mumkinligi, ochiqligi va haqqoniyligidan iboratdir.


5-modda. Axborot olishga doir so'rov

G'ar kim axborot olishni so'rab bevosita o'zi yoxud qonuniy vakillari orqali murojaat etish huquqiga ega.


6-modda. So'rovning shakllari va uni qarab chiqish muddatlari

Axborot olishga doir so'rov yozma yoki og'zaki shaklda ifodalanishi mumkin.
Yozma so'rovda murojaat etuvchining ismi, otasining ismi, familiyasi, manzili, so'ralayotgan axborotning nomi yoki xususiyati ko'rsatiladi.
Yozma so'rovlar ro'yxatdan o'tkazilishi shart.
So'rovga iloji boricha qisqa muddatda, agar qonun hujjatlarida boshqa hol nazarda tutilgan bo'lmasa, so'rov olingan sanadan boshlab o'ttiz kundan kechiktirmay javob qaytarilishi kerak.
Og'zaki so'rovga, imkoniyatga qarab, darhol javob berilishi shart.
Agar so'rov tushgan organ yoki mansabdor shaxs so'ralayotgan axborotga ega bo'lmasa, murojaat etuvchiga bu haqda so'rov olingan sanadan boshlab yetti kundan kechiktirmay ma'lum qilishi, shuningdek imkoniyatga qarab, unga bunday axborotga ega bo'lgan organning yoki mansabdor shaxsning nomini ma'lum qilishi shart.


7-modda. Axborot olishni ta'minlash

Davlat organlari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar har kimga o'zining huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor bo'lgan qonun hujjatlari bilan, shuningdek hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini yaratib berishga majburdir. Axborot olish imkoniyati qonun hujjatlarini va tegishli materiallarni e'lon qilish va tarqatish yo'li bilan ta'minlanadi. (O'zR 15.12.2000 y. 175-II-son Qonuni tahriridagi modda)


8-modda. Axborot berish va unga haq to'lash

Murojaat etuvchining huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor axborot uning so'roviga binoan tekinga beriladi.
Boshqa axborotni berganlik uchun tomonlarning kelishuviga muvofiq haq olinishi mumkin.


9-modda. Taqdim etilishi mumkin bo'lmagan axborot

Davlat organlari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar davlat siri yoki qonun bilan qo'riqlanadigan boshqa sirdan iborat axborotni berishlari mumkin emas.


10-modda. Axborot manbaini oshkor etmaslik

Ommaviy axborot vositalari axborot manbaini va taxallusini qo'ygan muallifning kimligini uning roziligisiz oshkor etishga haqli emas. Axborot manbai yoki muallifning kimligi faqat sud qarori bilan oshkor etiladi.


11-modda. Axborotning to'g'riligi uchun javobgarlik

Ommaviy axborot vositalari e'lon qilinayotgan axborotning to'g'riligini tekshirib ko'rishlari shart va ular axborot beruvchi bilan birgalikda uning to'g'riligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo'ladilar.


12-modda. Shikoyat qilish huquqi

Davlat organlarining, fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlarining, jamoat birlashmalarining, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslarning fuqarolarning axborot olishga doir huquqlarini kamsituvchi xatti-harakatlari yoki harakatsizligi ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.


13-modda. Axborot olish huquqini buzganlik uchun javobgarlik

Axborot olish huquqining buzilishida aybdor bo'lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.


14-modda. Axborot olish kafolatlari va erkinligi sohasidagi
xalqaro shartnomalar

Agar O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida ushbu Qonunda nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo'lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo'llaniladi.


O'zbekiston Respublikasining Prezidenti                                I. KARIMOV

Mavzuga oid yangiliklar
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING SOLIQ KODEKSI
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING SOLIQ KODEKSI(O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2007 y., 52 (I)-son; 2008 y., 52-son, 512-modda; 2009 y., 37-son, 403-modda, 404-modda, 52-son, 555-modda, 556-modda; 2010 y., 20-son, 149-modda, 35-36 ...
09.01.2013 / 09:50
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI "AXBOROT ERKINLIGI PRINSIPLARI VA KAFOLATLARI TO'G'RISIDA" QONUNI
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNI12.12.2002 y.N 439-IIAXBOROT ERKINLIGI PRINSIPLARI VA KAFOLATLARI TO'G'RISIDA1-modda. Ushbu Qonunning asosiy vazifalari2-modda. Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to'g'risidagi qonun hujjatlari3-modda ...
03.01.2013 / 16:10
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING "MUALLIFLIK HUQUQI VA TURDOSh HUQUQLAR TO'G'RISIDA" QONUNI
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI20.07.2006 y.N O'RQ-42MUALLIFLIK HUQUQI VA TURDOSh HUQUQLAR TO'G'RISIDAQonunchilik palatasi tomonidan 2006 yil 23 martda qabul qilinganSenat tomonidan 2006 yil 9 iyunda ma'qullanganMazkur Qonun 21.07.2006 y ...
03.01.2013 / 16:09
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MEHNAT KODEKSI
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MEHNAT KODEKSIO'zbekiston Respublikasi 21.12.1995 y.  161-I-son Qonuni bilan tasdiqlangan01.04.1996 y. dan kuchga kirganMehnat kodeksiga quyidagilarga muvofiq o'zgartirishlar kiritilganO'zR 27.12.1996 y. 367-I ...
09.01.2013 / 09:44
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING "JURNALISTLIK FAOLIYaTINI G'IMOYa QILISh TO'G'RISIDA" QONUNI
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI24.04.1997 y.N 402-IJURNALISTLIK FAOLIYaTINI HIMOYa QILISh TO'G'RISIDA1-modda. Qonunning maqsadi2-modda. Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to'g'risidagi qonun hujjatlari3-modda. Jurnalist4-modda. Senzuraga yo ...
03.01.2013 / 16:09
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING "NOShIRLIK FAOLIYaTI TO'G'RISIDA" QONUNI
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI30.08.1996 y.N 274-INOShIRLIK FAOLIYaTI TO'G'RISIDAMazkur Qonunga O'zR 13.12.2002 y. 447-II-son Qonuniga muvofiq o'zgartirishlar kiritilgan1-modda. Noshirlik faoliyati to'g'risidagi qonun hujjatlari2-modda ...
03.01.2013 / 16:07