O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

Tadbirkorlardan savol
Tadbirkorlardan savol
Sizbop 09 02 2017
Sizbop 09 02 2017
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Ekspertlar kengashi a'zolari
GULYAMOV SHERZOD HAMIDOVICH

Umumiy ma'lumot:

1944 yil 3 mayda Toshkent shahrida ziyoli oilasida tavallud topgan.

1961 yili o'rta maktabni tugallagan.

1969 yili Toshkent Davlat universiteti (hozirgi Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti) jurnalistika fakultetini  bitirgan.

Ma'lumoti bo'yicha jurnalist

Partiyasiz.

Oilali, uch farzandning otasi.

 

Mehnat faoliyati:

 -   1965 -1978 yy. O'zbekiston Davlat teleradio qo'mitasining  respublika televideniyesida kichik muharrir, muharrir, katta muharrir, bosh muharrir, bosh direktor o'rinbosari

-  1978 -1980 yy. Afg'oniston Respublikasi Axborot va madaniyat vazirligida maslahatchi

-  1980 -1990 yy. O'zteleradio qo'mitasi Xorijiy mamlakatlarga eshittirishlar bosh direksiyasining bosh direktori

-  1990- 1995 yy. O'zteleradiokompaniyasi raisi o'rinbosari – Xorijiy mamlakatlarga eshittirishlar bosh direksiyasining bosh direktori

-  1995- 2004 yy. O'zteleradiokompaniya Xorijiy mamlakatlarga eshittirishlar  boshqarmasi boshlig'i  (1988 yildan O'zteleradio qo'mitasi Kollegiyasi a'zosi, 1992 yildan 2006 yilgacha O'zteleradiokompaniya Boshqaruvi a'zosi)

-  2004 yildan hozirga qadar O'zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi boshqaruvi raisi

 

Davlat mukofotlari:

-  O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi (1990 y.),

-  “O'zbekiston Respublikasi mustaqilligiga 10 yil” esdalik nishoni (2001 y.)

-  “O'zbekiston Respublikasi mustaqilligiga 20 yil” esdalik nishoni (2011 y.). 

 

Ijodiy faoliyati:

-  Tarix ortga qaytmaydi” to'plami (nashr uchun mas'ul) (2004 yil)

-  “Eng katta boyligimiz - tinchlik va barqarorlikni asraylik” ( (nashr uchun mas'ul) (2006 y.)

-  Sbornik normativno-pravovix aktov v sfere deyatelnosti SMI (2007y)

-  “Ozod yurt to'lqinlari” kitobi tahrir kengashi a'zosi (2008 y.)

 

Loyihalar:

- YuNISEF bilan hamkorlikda “Unni temir moddasi bilan boyitishni yoritish bo'yicha Milliy mukofot uchun tanlov”  (2006-2008yy.);

- YuNISEF va O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda “Bolalarni qizamiq va qizilchaga qarshi emlashga bag'ishlangan  aksiya” 2007 y.;

-  «Ozod yurt to'lqinlari» yillik media-festivali hay'ati raisi;

-  “Ijtimoiy media-maxsulotlar milliy festivali hay'at raisi.

 

Jamoatchilik faoliyati:

- Mamlakatda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasining axborot sohasini isloh qilish, axborot va so'z erkinligini ta'minlash bo'yicha ijrosini ta'minlash maqsadida me'yoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish komissiyasi a'zosi;

- O'zbekiston Elektron ommaviy  axborot vositalari Milliy assotsiatsiyasi Ekspertlar kengashi raisi;

- O'zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisining o'rinbosari;

- O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi  raisining maslahatchisi;

- Jurnalistika sohasida “Oltin qalam” Milliy mukofoti tashkiliy qo'mitasi raisi;

-  “Eng ulug', eng aziz” respublika tanlovi tashkiliy qo'mitasi raisi o'rinbosari;

-  «Yilning eng faol jurnalisti»  respublika tanlovi tashkiliy qo'mitasi raisi;

-  “Qishloq hayoti” gazetasi, “Hurriyat” mustaqil gazetasi, “O'zbekiston matbuoti” jurnali tahririyat kengashlari a'zosi;

-   O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining  Ommaviy axborot vositalari bilan  hamkorlik, Qurolli Kuchlar nufuzini oshirish hamda axborot targ'ibot ishlarini tashkil etish komissiyasi rahbari

 

Mavzuga oid yangiliklar
QAMBAROVA MUQADDAS ABDULLAEVNA
Tug'ilgan yili:  02.03.1967 Tug'ilgan joyi: Toshkent shahar, Shayxontohur tumani Millati: o'zbek Partiyaviyligi: yo'q Ma'lumoti: oliy Tamomlagan: 1990 yil, Toshkent Xalq xo'jaligi instituti Ma'lumoti bo'yicha mutaxassisligi ...
16.05.2013 / 16:29
Z.Saidov
Kengash a'zosi
07.12.2012 / 12:26