O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"Odamlar orasida" tok-shousi: QIYMALANGAN QALB
"Odamlar orasida" tok-shousi: QIYMALANGAN QALB
"Odamlar orasida" tok-shousi: HAYOTIMNI BUZAYOTGAN BO'HTON
"Odamlar orasida" tok-shousi: HAYOTIMNI BUZAYOTGAN BO'HTON
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MEHNAT KODEKSI

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MEHNAT KODEKSI

O'zbekiston Respublikasi 21.12.1995 y.  161-I-son Qonuni bilan tasdiqlangan
01.04.1996 y. dan kuchga kirgan

Mehnat kodeksiga quyidagilarga muvofiq o'zgartirishlar kiritilgan
O'zR 27.12.1996 y. 367-I-son Qonuni,
O'zR 01.05.1998 y. 621-I-son Qonuni,
O'zR 29.08.1998 y. 681-I-son Qonuni,
O'zR 25.12.1998 y. 729-I-son Qonuni,
O'zR 14.04.1999 y. 760-I-son Qonuni,
O'zR 15.04.1999 y. 772-I-son Qonuni,
O'zR 20.08.1999 y. 832-I-son Qonuni,
O'zR 12.05.2001 y. 220-II-son Qonuni,
O'zR 30.08.2001 y. 271-II-son Qonuni,
O'zR 07.12.2001 y. 320-II-son Qonuni,
O'zR 30.08.2002 y. 405-II-son Qonuni,
O'zR 23.09.2005 y. O'RQ-8-son Qonuni


UMUMIY QISM (I-IV boblar. 1-56 moddalar)
MAXSUS QISM (V-XVI boblar. 57-294 moddalar)

UMUMIY QISM

I Bob. Asosiy qoidalar (1-13 moddalar)
II Bob. Mehnatga oid munosabatlarning sub'ektlari (14-20 moddalar)
III Bob. Xodimlar va ish beruvchilarning vakilligi (21-28 moddalar)
IV Bob. Jamoa shartnomalari va kelishuvlari (29-56 moddalar)

I BOB. ASOSIY QOIDALAR

1-modda. Mehnatga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatlar
2-modda. Mehnat to'g'risidagi qonun hujjatlarining vazifalari
3-modda. Mehnat kodeksining amal qilish doirasi
4-modda. Mehnatga oid munosabatlarni qonunlar orqali va shartnomalar asosida tartibga solishning o'zaro bog'liqligi
5- modda. Mehnat haqidagi kelishuvlar va shartnomalar shartlarining haqiqiy emasligi
6-modda. Mehnatga oid munosabatlarda kamsitishning taqiqlanishi
7-modda. Majburiy mehnatning taqiqlanishi
8-modda. Mehnat huquqlarini himoya qilish
9-modda. Mehnat sohasidagi davlat boshqaruvi. Mehnat to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini tekshirish va nazorat qilish
10-modda. Xalqaro shartnomalar, konvensiyalar hamda O'zbekiston Respublikasi mehnat to'g'risidagi qonun hujjatlarining nisbati
11-modda. O'zbekiston Respublikasining fuqarosi bo'lmagan shaxslarga nisbatan mehnat to'g'risidagi qonun hujjatlarining qo'llanilishi
12-modda. Mehnat to'g'risidagi qonun hujjatlarining chet el korxonalarida qo'llanilishi
13-modda. Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan muddatlarni hisoblash

1-modda. Mehnatga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatlar

O'zbekiston Respublikasida mehnatga oid munosabatlar mehnat to'g'risidagi qonun hujjatlari, jamoa kelishuvlari, shuningdek jamoa shartnomalari va boshqa lokal normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi.*
Mehnat to'g'risidagi qonun hujjatlari ushbu Kodeks, O'zbekiston Respublikasi qonunlari va Oliy Majlis qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Qoraqalpog'iston Respublikasi qonunlari va Jo'qorg'i Kenges qarorlari, O'zbekiston Respublikasi G'ukumatining hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi G'ukumatining qarorlari, davlat hokimiyatining boshqa vakillik va ijroiya organlari o'z vakolatlari doirasida qabul qiladigan qarorlardan iboratdir.
Mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalar, muassasalar, tashkilotlarda**, shuningdek ayrim fuqarolar ixtiyorida mehnat shartnomasi (kontrakt)*** bo'yicha ishlayotgan jismoniy shaxslarning mehnatga oid munosabatlari mehnat to'g'risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi.

---------------------------
* - Bundan buyon matnda "mehnat to'g'risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar" deb yuritiladi.
** - Bundan buyon matnda "korxonalar" deb yuritiladi.
*** - Bundan buyon matnda "mehnat shartnomasi" deb yuritiladi.

2-modda. Mehnat to'g'risidagi qonun hujjatlarining vazifalari

Mehnat to'g'risidagi qonun hujjatlari xodimlar, ish beruvchilar, davlat manfaatlarini e'tiborga olgan holda, mehnat bozorining samarali amal qilishini, haqqoniy va xavfsiz mehnat shart-sharoitlarini, xodimlarning mehnat huquqlari va sog'lig'i himoya qilinishini ta'minlaydi, mehnat unumdorligining o'sishiga, ish sifati yaxshilanishiga, shu asosda barcha aholining moddiy va madaniy turmush darajasi yuksalishiga ko'maklashadi.
3-modda. Mehnat kodeksining amal qilish doirasi

Mehnat kodeksi O'zbekiston Respublikasining butun hududida amal qiladi.

4-modda. Mehnatga oid munosabatlarni qonunlar orqali va shartnomalar asosida tartibga solishning o'zaro bog'liqligi

Xodimlar uchun mehnat huquqlarining va kafolatlarining eng past darajasi qonunlar bilan belgilab qo'yiladi.
Qonunlardagiga nisbatan qo'shimcha mehnat huquqlari va kafolatlari boshqa normativ hujjatlar, shu jumladan shartnoma yo'sinidagi hujjatlar (jamoa kelishuvlari, jamoa shartnomalari, boshqa lokal hujjatlar), shuningdek xodim va ish beruvchi o'rtasida tuzilgan mehnat shartnomalari bilan belgilanishi mumkin.
Mehnat haqidagi kelishuvlar va shartnomalarning shartlari, agar qonunda boshqa holat ko'rsatilmagan bo'lsa, bir taraflama o'zgartirilishi mumkin emas. Mehnat to'g'risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan tartibga solinmagan masalalar mehnat to'g'risidagi shartnoma taraflarining kelishuvi asosida, o'zaro kelishilmagan taqdirda esa, - mehnat nizolarini ko'rib chiqish uchun belgilangan tartibda hal qilinadi.

5-modda. Mehnat haqidagi kelishuvlar va shartnomalar shartlarining haqiqiy emasligi

Mehnat haqidagi kelishuvlar va shartnomalarning xodimlar ahvolini mehnat to'g'risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilganiga qaraganda yomonlashtiradigan shartlari haqiqiy emas.

6-modda. Mehnatga oid munosabatlarda kamsitishning taqiqlanishi

Barcha fuqarolar mehnat huquqlariga ega bo'lish va ulardan foydalanishda teng imkoniyatlarga egadir. Jinsi, yoshi, irqi, millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy holati va mansab mavqei, dinga bo'lgan munosabati, e'tiqodi, jamoat birlashmalariga mansubligi, shuningdek xodimlarning ishchanlik qobiliyatlariga va ular mehnatining natijalariga aloqador bo'lmagan boshqa jihatlariga qarab mehnatga oid munosabatlar sohasida har qanday cheklashlarga yoki imtiyozlar belgilashga yo'l qo'yilmaydi va bular kamsitish deb hisoblanadi.
Mehnat sohasida mehnatning muayyan turiga xos bo'lgan talablar yoki davlatning yuqoriroq ijtimoiy himoyaga muhtoj bo'lgan shaxslar (ayollar, voyaga yetmaganlar, nogironlar va boshqalar) to'g'risidagi alohida g'amxo'rligi bilan bog'liq farqlashlar kamsitish deb hisoblanmaydi.
Mehnat sohasida o'zini kamsitilgan deb hisoblagan shaxs kamsitishni bartaraf etish hamda o'ziga yetkazilgan moddiy va ma'naviy zararni to'lash to'g'risidagi ariza bilan sudga murojaat qilishi mumkin.

7-modda. Majburiy mehnatning taqiqlanishi

Majburiy mehnat, ya'ni biron-bir jazoni qo'llash bilan tahdid qilish orqali (shu jumladan mehnat intizomini saqlash vositasi tariqasida) ish bajarishga majburlash taqiqlanadi.
Quyidagi ishlar, ya'ni:
harbiy yoki muqobil xizmat to'g'risidagi qonunlar asosida;
favqulodda holat yuz bergan sharoitlarda;
sudning qonuniy kuchga kirgan hukmiga binoan;
qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda bajarilishi lozim bo'lgan ishlar majburiy mehnat deb hisoblanmaydi.

8-modda. Mehnat huquqlarini himoya qilish

G'ar bir shaxsning mehnat huquqlarini himoya qilish kafolatlanadi, bu himoya mehnat to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishini tekshiruvchi va nazorat qiluvchi organlar, shuningdek mehnat nizolarini ko'ruvchi organlar tomonidan amalga oshiriladi.

9-modda. Mehnat sohasidagi davlat boshqaruvi. Mehnat to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya
etilishini tekshirish va nazorat qilish

Mehnat sohasidagi davlat boshqaruvini O'zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va uning hududiy organlari amalga oshiradi. (O'zR 12.05.2001 y. 220-II-son Qonuni tahriridagi qism)
Mehnat to'g'risidagi qonun hujjatlariga va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishini tekshirish va nazorat qilishni quyidagilar amalga oshiradi:
1) shunga maxsus vakil qilingan davlat organlari va ularning inspeksiyalari;
2) kasaba uyushmalari. (O'zR 07.12.2001 y. 320-II-son Qonuni tahriridagi kichik band)
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari mehnat to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini tekshirishni qonunda belgilangan tartibda amalga oshiradilar.
O'zbekiston Respublikasi hududida mehnat to'g'risidagi qonunlarning aniq va bir xil ijro etilishi ustidan nazorat olib borish O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga bo'ysunuvchi prokurorlar tomonidan amalga oshiriladi.

10-modda. Xalqaro shartnomalar, konvensiyalar hamda O'zbekiston Respublikasi mehnat to'g'risidagi qonun hujjatlarining nisbati

Agar O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida yoki Xalqaro Mehnat Tashkilotining O'zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyasida xodimlar uchun mehnat to'g'risidagi qonunlar yoki boshqa normativ hujjatlarga nisbatan imtiyozliroq qoidalar belgilangan bo'lsa, xalqaro shartnoma yoki konvensiyaning qoidalari qo'llaniladi.
O'zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining yoki Xalqaro Mehnat Tashkilotining O'zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyasining qoidalari mehnatga oid munosabatlar bevosita qonun hujjatlari bilan tartibga solinmagan hollarda ham qo'llaniladi.

11-modda. O'zbekiston Respublikasining fuqarosi bo'lmagan shaxslarga nisbatan mehnat to'g'risidagi qonun hujjatlarining qo'llanilishi

Mehnat to'g'risidagi qonun hujjatlari ish beruvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bo'yicha O'zbekiston Respublikasi hududida ishlayotgan chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga ham tatbiq etiladi.

12-modda. Mehnat to'g'risidagi qonun hujjatlarining chet el korxonalarida qo'llanilishi

Chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarga to'liq yoki qisman tegishli bo'lgan va O'zbekiston Respublikasi hududida joylashgan korxonalarda O'zbekiston Respublikasining mehnat to'g'risidagi qonun hujjatlari qo'llaniladi.

13-modda. Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan muddatlarni hisoblash

Ushbu Kodeks mehnat huquqlari va burchlarining vujudga kelishi yoki bekor bo'lishi bilan bog'laydigan muddatning o'tishi uning boshlanishi belgilangan kalendar kunning ertasidan e'tiboran boshlanadi.
Yillar, oylar, haftalar bilan hisoblanadigan muddatlar so'nggi yilning, oyning, haftaning tegishli kunida tugaydi. Kalendar bo'yicha hisoblanadigan haftalar yoki kunlar muddatiga ishlanmaydigan kunlar ham qo'shiladi.
Basharti muddatning so'nggi kuni ishlanmaydigan kunga to'g'ri kelsa, undan keyin keladigan birinchi ish kuni muddat tugaydigan kun deb hisoblanadi.

II BOB. MEG'NATGA OID MUNOSABATLARNING SUBEKTLARI

14-modda. Xodim mehnatga oid munosabatlarning sub'ekti sifatida
15-modda. Ish beruvchi mehnatga oid munosabatlarning sub'ekti sifatida
16-modda. Xodimning asosiy mehnat huquqlari
17-modda. Ish beruvchining asosiy huquqlari
18-modda. Ayrim toifadagi xodimlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning xususiyatlari
19-modda. Mehnat jamoasi mehnatga oid munosabatlarning sub'ekti sifatida
20-modda. Xodimlar va ish beruvchilarning vakillik organlari mehnatga oid munosabatlarning sub'ektlari sifatida

14-modda. Xodim mehnatga oid munosabatlarning sub'ekti sifatida

Belgilangan yoshga yetgan (77-modda) hamda ish beruvchi bilan mehnat shartnomasi tuzgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar mehnatga oid munosabatlarning sub'ektlari bo'lishi mumkin.

15-modda. Ish beruvchi mehnatga oid munosabatlarning sub'ekti sifatida

Quyidagilar ish beruvchilar bo'lishi mumkin:
1) korxonalar, shu jumladan, ularning alohida tarkibiy bo'linmalari o'z rahbarlari timsolida;
2) mulkdorning o'zi ayni bir vaqtda rahbar bo'lgan xususiy korxonalar;
3) o'n sakkiz yoshga to'lgan ayrim shaxslar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda.

16-modda. Xodimning asosiy mehnat huquqlari

O'zbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga muvofiq har bir shaxs mehnat qilish, erkin ish tanlash, haqqoniy mehnat shartlari asosida ishlash va qonunda belgilangan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir.
G'ar bir xodim:
o'z mehnati uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqidan oz bo'lmagan miqdorda haq olish;
muddatlari chegarasi belgilangan ish vaqtini o'rnatish, bir qator kasblar va ishlar uchun ish kunini qisqartirish, har haftalik dam olish kunlari, bayram kunlari, shuningdek haq to'lanadigan yillik ta'tillar berish orqali ta'minlanadigan dam olish;
xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan sharoitlarda mehnat qilish;
kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
ish bilan bog'liq holda sog'lig'iga yoki mol-mulkiga yetkazilgan zararning o'rnini qoplash;
kasaba uyushmalariga hamda xodimlar va mehnat jamoalarining manfaatlarini ifoda etuvchi boshqa tashkilotlarga birlashish;
qariganda, mehnat qobiliyatini yo'qotganda, boquvchisidan mahrum bo'lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta'minot olish;
o'zining mehnat huquqlarini himoya qilish, shu jumladan sud orqali himoya qilish va malakali yuridik yordam olish;
jamoalarga doir mehnat nizolarida o'z manfaatlarini quvvatlash huquqiga egadir.

17-modda. Ish beruvchining asosiy huquqlari
Ish beruvchi:
korxonani boshqarish va o'z vakolatlari doirasida mustaqil qarorlar qabul qilish;
qonun hujjatlariga muvofiq yakka tartibdagi mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilish;
mehnat shartnomasida shart qilib ko'rsatilgan ishni lozim darajada bajarishni xodimdan talab qilish;
o'z manfaatlarini himoyalash uchun boshqa ish beruvchilar bilan birga jamoat birlashmalari tuzish va bunday birlashmalarga a'zo bo'lish huquqiga egadir.

18-modda. Ayrim toifadagi xodimlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning xususiyatlari

Ayrim toifadagi xodimlarning mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solish o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lishi mumkin, bular:
xodim bilan korxona o'rtasidagi mehnat aloqasining xususiyati;
xodim mehnatining shart-sharoitlari va xususiyati;
tabiiy iqlim sharoitlari;
xodim mehnat qilayotgan joyning alohida huquqiy tartibi;
boshqa ob'ektiv omillar bilan belgilanadi.
Davlat xizmatchilarining mehnatini tartibga solish xususiyatlari qonun bilan belgilanadi.
Ayrim toifadagi xodimlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning belgilanadigan xususiyatlari ushbu Kodeksda nazarda tutilgan mehnat huquqlari va kafolatlarining darajasini pasaytirishi mumkin emas.

19-modda. Mehnat jamoasi mehnatga oid munosabatlarning sub'ekti sifatida

O'z mehnati bilan korxona faoliyatida mehnat shartnomasi asosida ishtirok etayotgan uning barcha xodimlari korxona mehnat jamoasini tashkil etadilar.
Mehnat jamoasining huquq va burchlari, uning vakolatlari, ularni amalga oshirish tartibi va shakllari qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilanadi.

20-modda. Xodimlar va ish beruvchilarning vakillik organlari mehnatga oid munosabatlarning sub'ektlari sifatida

Kasaba uyushmalari, ularning korxonadagi saylab qo'yiladigan organlari, xodimlar tomonidan saylab qo'yiladigan boshqa organlar, ish beruvchilarning vakillik organlari mehnatga oid munosabatlarning sub'ektlari sifatida qatnasha oladilar.

III BOB. XODIMLAR VA ISh BERUVChILARNING VAKILLIGI

21-modda. Xodimlarning korxonadagi vakilligi
22-modda. Kasaba uyushmalari
23-modda. Xodimlar vakillik organlarining huquqlari
24-modda. Ish beruvchining xodimlarning vakillik organlari oldidagi majburiyatlari
25-modda. Xodimlar vakillik organlari a'zolarining mehnat sohasidagi qo'shimcha kafolatlari
26-modda. Xodimlar vakillik organlarining faoliyatiga to'sqinlik qilishning taqiqlanishi
27-modda. Ish beruvchilarning korxonadagi vakilligi
28-modda. Ish beruvchilarning vakillik organlari

21-modda. Xodimlarning korxonadagi vakilligi

Mehnatga oid munosabatlarda xodimlarning manfaatlarini ifoda etishda vakil bo'lish va bu manfaatlarni himoya qilishni korxonadagi kasaba uyushmalari va ularning saylab qo'yiladigan organlari yoki xodimlar tomonidan saylanadigan boshqa organlar amalga oshirishi mumkin, bu organlarni saylash tartibini, ularning vakolatlari muddati va miqdor tarkibini mehnat jamoasining yig'ilishi (konferensiyasi) belgilaydi. Xodimlar vakillik qilishni hamda o'z manfaatlarini himoya etishni ishonib topshiradigan organni o'zlari belgilaydilar.
Barcha vakillik organlari o'z vakolatlari doirasida ish olib boradi va xodimlar manfaatlarini himoya qilishda teng huquqlardan foydalanadi.
Korxonada boshqa vakillik organlarining ham bo'lishi kasaba uyushmalarining o'z vazifalarini amalga oshirish borasidagi faoliyatiga to'sqinlik qilmasligi lozim.
Xodimlar va ish beruvchilarning manfaatlarini bitta vakillik organi ifoda etishi va himoya qilishi mumkin emas.
Vakillik organlarining faoliyati ularni saylagan xodimlarning qaroriga binoan, shuningdek ular qonun hujjatlariga zid xatti-harakatlar sodir etgan taqdirda esa - sud tomonidan ham tugatilishi mumkin.

22-modda. Kasaba uyushmalari

Kasaba uyushmalarining va ulardagi saylab qo'yiladigan organlarning davlat va xo'jalik organlari, ish beruvchilar bilan o'zaro munosabatlaridagi huquqlari qonun, ustavlar, jamoa kelishuvlari va shartnomalari bilan belgilanadi.
23-modda. Xodimlar vakillik organlarining huquqlari

Xodimlarning vakillik organlari quyidagilarga haqlidir:
muzokaralar olib borish, jamoa shartnomalari va kelishuvlari tuzish, ularning bajarilishini tekshirib turish, ish beruvchiga korxonada mehnat to'g'risida normativ hujjatlar tayyorlash yuzasidan takliflar kiritish;
korxonani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir masalalarni ko'rib chiqishda qatnashish;
mehnat nizolarini ko'ruvchi organlarda xodimlar manfaatini himoya qilish;
ish beruvchi hamda u vakil qilgan shaxslarning qarorlari mehnat to'g'risidagi qonunlar yoki boshqa normativ hujjatlarga zid bo'lsa yoxud xodimlarning huquqlarini boshqacha tarzda buzayotgan bo'lsa, bu qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish.
Vakillik organlari ijtimoiy-mehnat munosabatlarida xodimlarning manfaatlarini himoya etishga qaratilgan boshqa xatti-harakatlar ham, basharti bu xatti-harakatlar qonun hujjatlariga zid bo'lmasa, qilishlari mumkin.
Xodimlarning vakillik organlari huquqlarining amalga oshirilishi korxonada mehnat samaradorligini pasaytirmasligi, o'rnatilgan tartib va ish rejimini buzmasligi kerak.

24-modda. Ish beruvchining xodimlarning vakillik organlari oldidagi majburiyatlari

Ish beruvchi quyidagilarni amalga oshirishi shart:
xodimlar vakillik organlarining huquqlariga rioya qilish, ularning faoliyatiga ko'maklashish;
xodimlarning manfaatlariga taalluqli qarorlar qabul qilishdan oldin ularning vakillik organlari bilan maslahatlashish, mehnat to'g'risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda ko'rsatilgan hollarda esa, - ularning roziligini olish;
xodimlar vakillik organlarining takliflarini o'z vaqtida ko'rib chiqish va qabul qilingan qarorlar haqida ularga yozma ravishda asosli javob berish;
xodimlarning vakillik organlari a'zolarini korxonaga, manfaatlari ifoda etilayotgan xodimlarning ish joylariga moneliksiz qo'yish;
xodimlarning vakillik organlariga mehnat, korxona faoliyati masalalariga va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga doir axborotni tekin berish;
xodimlarning vakillik organlariga o'z vazifalarini bajarishlari uchun zarur sharoit yaratib berish;
xodimlarning vakillik organlariga nisbatan mehnat to'g'risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajarish.

25-modda. Xodimlar vakillik organlari a'zolarining mehnat sohasidagi qo'shimcha kafolatlari

Xodimlarning vakillik organlari a'zolariga o'zlarining vakillik faoliyatlarini amalga oshirishlari munosabati bilan ish beruvchi tomonidan biron bir shakldagi ta'qib qilinishdan himoya etish kafolatlanadi.
Vakillik organlari tarkibiga saylangan va ishlab chiqarishdagi ishidan ozod etilmagan xodimlarga intizomiy jazo berishga, ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga, shuningdek vakillik organlari tarkibiga saylangan xodimlar bilan mehnatga oid munosabatlarni ularning saylab qo'yiladigan lavozimdagi vakolati tugaganidan keyin ikki yil davomida ish beruvchining tashabbusi bilan mahalliy mehnat organining oldindan roziligini olmay turib bekor qilishga yo'l qo'yilmaydi.
Vakillik organlaridagi saylab qo'yiladigan lavozimlarga saylangani munosabati bilan ishlab chiqarishdagi ishidan ozod etilgan xodimlarga ularning saylab qo'yiladigan lavozimdagi vakolati tugaganidan keyin avvalgi ishi (lavozimi) beriladi, bunday ish (lavozim) mavjud bo'lmasa, - avvalgisiga teng boshqa ish (lavozim) beriladi.
Vakillik organlari tarkibiga saylangan xodimlarga tegishli ish (lavozim) berish imkoniyati bo'lmagan taqdirda ular qonunlarda yoki jamoa shartnomalari, kelishuvlarida nazarda tutilgan imtiyozlardan foydalanadilar.

26-modda. Xodimlar vakillik organlarining faoliyatiga to'sqinlik qilishning taqiqlanishi

Xodimlar vakillik organlarining qonuniy faoliyatiga har qanday tarzda to'sqinlik qilish taqiqlanadi.
Xodimlar vakillik organlarining faoliyatini ish beruvchi yoki u vakil qilgan shaxslar tashabbusi bilan tugatishga yo'l qo'yilmaydi.
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida ko'rsatilgan harakatlarni sodir qilgan ish beruvchi yoki u vakil qilgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo'ladilar.

27-modda. Ish beruvchilarning korxonadagi vakilligi

Korxonada ish beruvchi nomidan vakillikni ma'muriyatning mansabdor shaxslari mehnat to'g'risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar, ularning ustavlari yoki nizomlari asosida berilgan vakolatlar doirasida amalga oshiradilar.

28-modda. Ish beruvchilarning vakillik organlari

Ish beruvchilar uyushmalarga, assotsiatsiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga birlashishga haqlidir. Ish beruvchilarning jamoat birlashmalari ixtiyoriy jamoat tashkilotlari sifatida tuziladi va ish olib boradi, ularning maqsadi iqtisodiyotni va tadbirkorlik tashabbusini rivojlantirish va samaradorligini oshirish, shuningdek, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida, kasaba uyushmalari va xodimlarning boshqa vakillik organlari bilan o'zaro munosabatlarda korxonalar va ular mulkdorlarining manfaatlarini ifoda etish yo'li bilan ijtimoiy sheriklikni amalga oshirish, xo'jalik va mehnatga oid munosabatlar sohasida ularning huquqlarini himoya qilishdan iboratdir.

IV BOB. JAMOA ShARTNOMALARI VA KELIShUVLARI

§ I. Umumiy qoidalar (29-34 moddalar)
§ 2. Jamoa shartnomasi (35-46 moddalar)
§ 3. Jamoa kelishuvlari (47-56 moddalar)

§ I. UMUMIY QOIDALAR

29-modda. Jamoa shartnomalari va kelishuvlarining tushunchasi va maqsadi
30-modda. Jamoa shartnomalari va kelishuvlari tuzishning asosiy prinsiplari
31-modda. Muzokaralar olib borish huquqi
32-modda. Muzokaralar olib borish tartibi
33-modda. Muzokaralar chogida kelib chiqadigan ixtiloflarni hal etish
34-modda. Jamoa shartnomalari va kelishuvlari to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik

29-modda. Jamoa shartnomalari va kelishuvlarining tushunchasi va maqsadi

Jamoa shartnomasi - korxonada ish beruvchi bilan xodimlar o'rtasidagi mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatdir.
Jamoa kelishuvi - muayyan kasb, tarmoq, hudud xodimlari uchun mehnat shartlari, ish bilan ta'minlash va ijtimoiy kafolatlar belgilash borasidagi majburiyatlarni o'z ichiga oluvchi normativ hujjatdir.
Jamoa shartnomalari va kelishuvlari xodimlar bilan ish beruvchilarning mehnatga oid munosabatlarini shartnoma asosida tartibga solishga va ularning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini muvofiqlashtirishga yordam berish maqsadida tuziladi.

30-modda. Jamoa shartnomalari va kelishuvlari tuzishning asosiy prinsiplari

Jamoa shartnomalari va kelishuvlari tuzishning asosiy prinsiplari quyidagilardir:
qonun hujjatlari normalariga amal qilish;
taraflar vakillarining vakolatliligi;
taraflarning teng huquqliligi;
jamoa shartnomalari, kelishuvlari mazmunini tashkil etuvchi masalalarni tanlash va muhokama erkinligi;
majburiyatlar olishning ixtiyoriyligi;
olinayotgan majburiyatlarning haqiqatda bajarilishini ta'minlash;
tekshirib borishning muntazamligi;
javobgarlikning muqarrarligi.

31-modda. Muzokaralar olib borish huquqi

G'ar qaysi taraf jamoa shartnomasi, kelishuvini tuzish va o'zgartirish yuzasidan muzokaralar olib borish tashabbusi bilan chiqishga haqlidir.
Kasaba uyushmasi, xodimlarning boshqa vakillik organi o'zlarini vakil qilgan xodimlar nomidan muzokaralar olib borish, jamoa shartnomasiga, kelishuviga o'zlarini vakil qilgan xodimlarning manfaatlarini himoya qiluvchi ilovalar taklif etish va ularni imzolashga haqlidir.
Agar xodimlar tomonidan bir vaqtning o'zida xodimlarning bir nechta vakillik organi qatnashayotgan bo'lsa, ular muzokaralar olib borish, jamoa shartnomasi yoki kelishuvining yagona loyihasini ishlab chiqish va bunday shartnoma yoki kelishuvni tuzish uchun birlashgan vakillik organi tashkil etadilar.
Jamoa shartnomasi, kelishuvini tuzish, o'zgartirish va to'ldirish uchun ish beruvchi, ish beruvchilar birlashmasi (ularning vakillari) bilan kasaba uyushmalari yoki xodimlarning boshqa vakillik organlari o'rtasida muzokaralar olib boriladi. Zarur hollarda muzokaralarda ijro etuvchi hokimiyat organlari ishtirok etadilar. Ish beruvchilar, ijro etuvchi hokimiyat organlari kasaba uyushmalari yoki xodimlarning boshqa vakillik organlari ko'rib chiqish uchun taklif etgan mehnatga oid va ijtimoiy-iqtisodiy masalalar yuzasidan muzokaralar olib borishga majburdirlar.
Tegishli yozma xabar olgan taraf yetti kunlik muhlat ichida muzokaralarga kirishishi shart.
Avvalgi jamoa shartnomasi, kelishuvining amal qilish muddati tugashiga qadar uch oy mobaynida yoki bu hujjatlar bilan belgilab qo'yilgan muddatda har qaysi taraf boshqa tarafga yangi jamoa shartnomasini, kelishuvini tuzish yuzasidan muzokaralar boshlash to'g'risida yozma xabar berishga haqlidir.

32-modda. Muzokaralar olib borish tartibi

Muzokaralar olib borish va jamoa shartnomasi, kelishuvining loyihasini tayyorlash uchun taraflar teng huquqlilik asosida tegishli vakolatlarga ega bo'lgan vakillardan iborat komissiya tuzadilar.
Komissiyaning tarkibi, muzokaralarning muddati, o'tkaziladigan joyi va kun tartibi taraflar qarori bilan belgilanadi.
Muzokaralarda ishtirok etayotgan taraflarga jamoa shartnomasi, kelishuvining mazmunini tashkil etuvchi masalalarni tanlash va muhokama qilishda to'la erkinlik beriladi.
Ish beruvchilar va ularning birlashmalari, ijro etuvchi hokimiyat organlari kasaba uyushmalariga, xodimlarning boshqa vakillik organlariga muzokaralar uchun o'zlaridagi zarur ma'lumotlarni berishlari shart. Muzokaralarning qatnashchilari, muzokara olib borish bilan bog'liq bo'lgan boshqa shaxslar, basharti o'zlari olgan ma'lumotlar davlat yoki tijorat siri bo'lsa, ularni oshkor qilmasliklari kerak. Bu ma'lumotlarni oshkor qilgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Agar muzokaralar jarayonida taraflar o'zlariga bog'liq bo'lmagan sabablarga ko'ra murosaga kela olmagan bo'lsalar, bayonnoma tuzilib, unga taraflarning bu sabablarni bartaraf etish uchun zarur choralar haqidagi tugal ravishda bayon etilgan, shuningdek muzokaralarni qayta tiklash muddatiga doir takliflari kiritiladi.

33-modda. Muzokaralar chog'ida kelib chiqadigan ixtiloflarni hal etish

Muzokaralar chog'ida kelib chiqadigan ixtiloflar jamoalarga doir mehnat nizolarini ko'rib chiqish uchun belgilangan tartibda hal etiladi.

34-modda. Jamoa shartnomalari va kelishuvlari to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik

Ish beruvchining manfaatlarini ifoda etuvchi shaxslar quyidagilar uchun javobgar bo'ladilar:
1) jamoa shartnomasi, kelishuvini tuzish, o'zgartirish yoki to'ldirish yuzasidan olib borilayotgan muzokaralarda qatnashishdan bo'yin tovlaganlik yoki ularni ishlab chiqish va tuzish muddatini buzganlik yoxud taraflar belgilagan muddatda tegishli komissiyaning ishini ta'minlamaganlik uchun;
2) muzokaralar olib borish va jamoa shartnomasi, kelishuviga rioya etilishi ustidan tekshirish olib borish uchun kerakli axborot taqdim etmaganlik uchun;
3) jamoa shartnomasi, kelishuvi majburiyatlarini buzganlik va bajarmaganlik uchun. Kasaba uyushmasi, xodimlarning boshqa vakillik organi talabiga ko'ra mulkdor yoki u vakil qilgan shaxs jamoa shartnomasi majburiyatlari buzilishida yoki bajarilmasligida aybdor bo'lgan rahbarga nisbatan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan choralarni ko'rishi shart.
Ushbu moddaning birinchi qismida sanab o'tilgan harakatlar (harakatsizliklar) mehnat to'g'risidagi qonun hujjatlarining buzilishi tariqasida baholanadi va qonunda nazarda tutilgan tartibda javobgarlikka tortishga sabab bo'ladi.

§ 2. JAMOA ShARTNOMASI

35-modda. Jamoa shartnomasini tuzish zarurligi haqida qaror qabul qilish
36-modda. Jamoa shartnomasining taraflari
37-modda. Jamoa shartnomasining mazmuni va tuzilishi
38-modda. Jamoa shartnomasining loyihasini muhokama qilish
39-modda. Mehnat jamoasi yig'ilishining (konferensiyasining) vakolatliligi
40-modda. Jamoa shartnomasini tuzish tartibi
41-modda. Jamoa shartnomasining amal qilish muddati
42-modda. Jamoa shartnomasining amal qilish doirasi
43-modda. Korxona qayta tashkil etilganda jamoa shartnomasining o'z kuchini saqlab qolishi
44-modda. Korxona mol-mulkining egasi o'zgarganda jamoa shartnomasining o'z kuchini saqlab qolishi
45-modda. Korxona tugatilganda jamoa shartnomasining o'z kuchini saqlab qolishi
46-modda. Jamoa shartnomasining bajarilishini tekshirib borish

35-modda. Jamoa shartnomasini tuzish zarurligi haqida qaror qabul qilish

Ish beruvchi bilan jamoa shartnomasini tuzish zarurligi haqida qaror qabul qilish huquqiga kasaba uyushmasi o'z vakillik organi orqali, xodimlar tomonidan vakolat berilgan boshqa vakillik organi yoki bevosita mehnat jamoasining umumiy yig'ilishi (konferensiyasi) ega.
Jamoa shartnomalari korxonalarda, ularning yuridik shaxs huquqi berilgan tarkibiy bo'linmalarida tuziladi.

36-modda. Jamoa shartnomasining taraflari

Jamoa shartnomasi, bir tarafdan, xodimlar tomonidan kasaba uyushmalari yoki o'zlari vakolat bergan boshqa vakillik organlari orqali, ikkinchi tarafdan - bevosita ish beruvchi yoki u vakolat bergan vakillar tomonidan tuziladi.

37-modda. Jamoa shartnomasining mazmuni va tuzilishi

Jamoa shartnomasining mazmuni va tuzilishini taraflar belgilaydi.
Jamoa shartnomasiga ish beruvchi va xodimlarning quyidagi masalalar bo'yicha o'zaro majburiyatlari kiritilishi mumkin:
mehnatga haq to'lash shakli, tizimi va miqdori, pul mukofotlari, nafaqalar, kompensatsiyalar, qo'shimcha to'lovlar;
narxlarning o'zgarib borishi, inflyatsiya darajasi, jamoa shartnomasi bilan belgilangan ko'rsatkichlarning bajarilishiga qarab mehnatga haq to'lashni tartibga solish mexanizmi;
xodimlarni ish bilan ta'minlash, qayta o'qitish, ishdan bo'shatib olish shartlari;
ish vaqti va dam olish vaqti, mehnat ta'tillarining muddatlari;
xodimlarning, shu jumladan ayollar va o'n sakkiz yoshga to'lmagan shaxslarning mehnat sharoitlari va mehnat muhofazasini yaxshilash, ekologiya jihatidan xavfsizlikni ta'minlash;
korxonani va idoraga qarashli turar joyni xususiylashtirish vaqtida xodimlarning manfaatlariga rioya qilish;
ishni ta'lim bilan qo'shib olib boruvchi xodimlar uchun imtiyozlar;
ixtiyoriy va majburiy tarzdagi tibbiy hamda ijtimoiy sug'urta;
ish beruvchi tomonidan o'z xodimlarining shaxsiy jamg'arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga qo'shimcha badallar kiritish miqdorlari va muddatlari; (O'zR 23.09.2005 y. O'RQ-8-son Qonuni tahriridagi xat boshi)

O'zR 23.09.2005 y. O'RQ-8-son Qonuniga muvofiq o'ninchi xatboshisi o'n birinchi xatboshi deb hisoblansin

jamoa shartnomasining bajarilishini tekshirib borish, taraflarning javobgarligi, ijtimoiy sheriklik, kasaba uyushmalari, xodimlarning boshqa vakillik organlariga faoliyat ko'rsatish uchun tegishli sharoit yaratib berish.
Jamoa shartnomasida korxonaning iqtisodiy imkoniyatlarini hisobga olgan holda boshqa shartlar, shu jumladan qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilangan normalar va qoidalarda ko'rsatilganiga qaraganda imtiyozliroq mehnat shartlari va ijtimoiy-iqtisodiy shartlar (qo'shimcha ta'tillar, pensiyalarga tayinlanadigan ustamalar, muddatdan ilgari pensiyaga chiqish, transport va xizmat safari xarajatlari uchun kompensatsiyalar, xodimlarni ishlab chiqarishda hamda ularning bolalarini maktabda va maktabgacha tarbiya muassasalarida tekin yoki qisman haq to'lanadigan tarzda ovqatlantirish, boshqa qo'shimcha imtiyoz va kompensatsiyalar) ham kiritilishi mumkin.
Basharti amaldagi qonunlarda normativ tusdagi qoidalar jamoa shartnomasida albatta mustahkamlab qo'yilishi shart deb bevosita ko'rsatma berilgan bo'lsa, bunday qoidalar jamoa shartnomasiga kiritiladi.

38-modda. Jamoa shartnomasining loyihasini muhokama qilish

Jamoa shartnomasining loyihasi korxonaning bo'linmalarida xodimlar tomonidan muhokama qilinishi kerak va u bildirilgan fikr va takliflar hisobga olingan holda ishlab takomiliga yetkaziladi.
Ishlab takomiliga yetkazilgan loyiha mehnat jamoasining umumiy yig'ilishi (konferensiyasi) muhokamasiga qo'yiladi.

39-modda. Mehnat jamoasi yig'ilishining (konferensiyasining) vakolatliligi

Mehnat jamoasining yig'ilishi, basharti unda xodimlarning yarmidan ko'prog'i ishtirok etgan bo'lsa, vakolatli hisoblanadi.
Mehnat jamoasining konferensiyasi, basharti unda delegatlarning kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan bo'lsa, vakolatli hisoblanadi.

40-modda. Jamoa shartnomasini tuzish tartibi

Jamoa shartnomasi, basharti uni umumiy yig'ilishda (konferensiyada) ishtirok etayotganlarning ellik foizidan ko'prog'i yoqlab ovoz bergan bo'lsa, ma'qullangan hisoblanadi.
Agar jamoa shartnomasining loyihasi ma'qullanmasa, taraflarning vakillari uni umumiy yig'ilishda (konferensiyada) bildirilgan taklif-istaklarni e'tiborga olgan holda ishlab takomiliga yetkazadilar hamda o'n besh kun ichida umumiy yig'ilish (konferensiya) muhokamasiga qayta taqdim etadilar.
Umumiy yig'ilishda (konferensiyada) ma'qullanganidan keyin taraflarning vakillari jamoa shartnomasini uch kun ichida imzolaydilar.

41-modda. Jamoa shartnomasining amal qilish muddati

Jamoa shartnomasi imzolangan vaqtdan e'tiboran yoki jamoa shartnomasida ko'rsatilgan kundan boshlab kuchga kiradi hamda taraflar belgilagan muddat davomida amal qiladi.
Belgilangan muddat tugagach, jamoa shartnomasi taraflar yangi shartnoma tuzguncha yoki amaldagi shartnomani o'zgartirguncha, to'ldirguncha amalda bo'ladi.

42-modda. Jamoa shartnomasining amal qilish doirasi

Jamoa shartnomasi ish beruvchiga va mazkur korxonaning barcha xodimlariga, shu jumladan jamoa shartnomasi kuchga kirganidan keyin ishga qabul qilingan shaxslarga ham tatbiq etiladi.

43-modda. Korxona qayta tashkil etilganda jamoa shartnomasining o'z kuchini saqlab qolishi

Korxona qayta tashkil etilganda shu qayta tashkil qilish davrida jamoa shartnomasi o'z kuchini saqlab qoladi, shundan keyin taraflardan birortasining tashabbusi bilan qayta ko'rib chiqilishi mumkin.
Korxona tarkibi, tuzilishi, boshqaruv organining nomi o'zgargan, korxona rahbari bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan hollarda ham jamoa shartnomasi o'z kuchini saqlab qoladi.

44-modda. Korxona mol-mulkining egasi o'zgarganda jamoa shartnomasining o'z kuchini saqlab qolishi

Korxona mol-mulkining egasi o'zgarganda jamoa shartnomasi o'z kuchini olti oy mobaynida saqlab qoladi.
Bu davrda taraflar yangi jamoa shartnomasini tuzish yoki amaldagisini saqlab qolish, o'zgartirish va to'ldirish haqida muzokaralar boshlashga haqli.
Jamoa shartnomasi qayta ko'rib chiqilayotganida avvalgi jamoa shartnomasida xodimlar uchun nazarda tutilgan imtiyozlarni saqlab qolish va boshqa shartlarni bajarish mumkinligi to'g'risidagi masala hal etilishi kerak.

45-modda. Korxona tugatilganda jamoa shartnomasining o'z kuchini saqlab qolishi

Korxona qonun hujjatlarida belgilangan tartib va shartlar asosida tugatilayotganda jamoa shartnomasi butun tugatish ishlari olib borilayotgan muddat davomida o'z kuchini saqlab qoladi.

46-modda. Jamoa shartnomasining bajarilishini tekshirib borish

Jamoa shartnomasida nazarda tutilgan majburiyatlarning bajarilishini taraflarning vakillari, mehnat jamoasi, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining tegishli organlari tekshirib boradilar. (O'zR 12.05.2001 y. 220-II-son Qonuni tahriridagi qism)
Jamoa shartnomasini imzolagan shaxslar har yili yoki shartnomaning o'zida maxsus ko'rsatilgan muddatlarda majburiyatlarning bajarilishi haqida mehnat jamoasining umumiy majlisida (konferensiyasida) hisobot berib turadilar.
Tekshirish olib borish vaqtida taraflar o'zlaridagi buning uchun zarur bo'lgan barcha ma'lumotlarni taqdim etishlari shart.

3-§. JAMOA KELIShUVLARI

47-modda. Jamoa kelishuvlarining turlari
48-modda. Bosh kelishuv
49-modda. Tarmoq kelishuvlari
50-modda. G'ududiy (mintaqaviy) kelishuvlar
51-modda. Jamoa kelishuvlarini ishlab chiqish va tuzish tartibi, muddatlari
52-modda. Jamoa kelishuvlarining mazmuni
53-modda. Jamoa kelishuviga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish
54-modda. Jamoa kelishuvining amal qilish muddati
55-modda. Jamoa kelishuvining amal qilish doirasi
56-modda. Jamoa kelishuvlarining bajarilishini tekshirib borish

47-modda. Jamoa kelishuvlarining turlari

Tartibga solinadigan munosabatlar sohasi, hal qilinishi lozim bo'lgan masalalarning xususiyatlariga qarab bosh, tarmoq va hududiy (mintaqaviy) jamoa kelishuvlari tuzilishi mumkin.
Jamoa kelishuvlari muzokaralarda ishtirok etayotgan taraflarning kelishuviga muvofiq ikki taraflama va uch taraflama bo'lishi mumkin. Kelishuvni tuzish vaqtida uchinchi taraf sifatida ijro etuvchi hokimiyat organi ishtirok etishi mumkin.
Kasaba uyushmalari, xodimlarning boshqa vakillik organlari ish beruvchi yoki ish beruvchining vakili bo'lmagan ijro etuvchi hokimiyat organidan ular bilan ikki taraflama kelishuv tuzishni talab etishga haqli emas.

48-modda. Bosh kelishuv

Bosh kelishuv O'zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi (xodimlarning boshqa vakillik organlari) va ish beruvchilarning respublika miqyosidagi birlashmalari o'rtasida, taraflarning taklifiga ko'ra esa O'zbekiston Respublikasi G'ukumati bilan ham tuziladi.
Bosh kelishuv ijtimoiy-iqtisodiy masalalar xususida kelishib siyosat olib borishning umumiy prinsiplarini belgilab beradi.

49-modda. Tarmoq kelishuvlari

Tarmoq kelishuvlari tegishli kasaba uyushmalari (xodimlarning boshqa vakillik organlari) va ish beruvchilar (ularning birlashmalari) o'rtasida, taraflarning taklifiga ko'ra esa O'zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan ham tuziladi. (O'zR 12.05.2001 y. 220-II-son Qonuni tahriridagi qism)
Tarmoq kelishuvlari tarmoqni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yo'nalishlarini, mehnat shartlari va unga haq to'lashni, tarmoq xodimlarining (kasbdoshlar guruhlarining) ijtimoiy kafolatlarini belgilab beradi.

50-modda. G'ududiy (mintaqaviy) kelishuvlar

G'ududiy kelishuvlar tegishli kasaba uyushmalari (xodimlarning boshqa vakillik organlari) va ish beruvchilar (ularning birlashmalari) o'rtasida, taraflarning taklifiga ko'ra esa mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan ham tuziladi.
G'ududiy kelishuvlar hududlarning xususiyatlari bilan bog'liq bo'lgan muayyan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilish shartlarini belgilaydi.

51-modda. Jamoa kelishuvlarini ishlab chiqish va tuzish tartibi, muddatlari

Jamoa kelishuvlarini ishlab chiqish va tuzish tartibi, muddatlari ushbu Kodeksning 32-moddasida nazarda tutilgan komissiya tomonidan belgilanadi va uning qarori bilan rasmiylashtiriladi.
Xodimlarning tegishli pog'onadagi vakillik organlari (ularning birlashmalari) bir nechta bo'lgan taqdirda, xodimlar tomonidan ajratiladigan komissiya a'zolari shu organlar (ularning birlashmalari) o'rtasidagi kelishuvga muvofiq belgilanadi.
Jamoa kelishuvining loyihasi komissiya tomonidan ishlab chiqiladi va kelishuv qatnashchilarining vakolat berilgan vakillari tomonidan imzolanadi.
Taraflar tomonidan imzolangan jamoa kelishuvi, uning ilovalari yetti kunlik muddat ichida kelishuv ishtirokchilariga, shuningdek bildirish ro'yxatidan o'tkazish uchun O'zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining tegishli organlariga yuboriladi. (O'zR 12.05.2001 y. 220-II-son Qonuni tahriridagi qism)

52-modda. Jamoa kelishuvlarining mazmuni

Jamoa kelishuvlarining mazmunini taraflar belgilaydilar.
Jamoa kelishuvlarida:
mehnatga haq to'lash, mehnat shartlari va uni muhofaza qilish, mehnat va dam olish tartibi;
narxlarning o'zgarib borishiga, inflyatsiya darajasiga, kelishuvlarda belgilab qo'yilgan ko'rsatkichlarning bajarilishiga qarab mehnatga haq to'lashni tartibga solish mexanizmi;
eng kam miqdori qonun hujjatlarida nazarda tutiladigan kompensatsiya tarzidagi qo'shimcha to'lovlar;
xodimlarning ishga joylashishiga, ularni qayta o'qitishga ko'maklashish;
ekologiya jihatidan xavfsizlikni ta'minlash hamda ishlab chiqarishda xodimlarning sog'lig'ini muhofaza qilish;
xodimlar hamda ularning oila a'zolarini ijtimoiy himoya qilish bo'yicha maxsus tadbirlar;
davlat korxonalarini xususiylashtirish chog'ida xodimlarning manfaatlariga rioya qilish;
nogironlar va yoshlar (shu jumladan o'n sakkiz yoshga to'lmagan shaxslar) mehnatidan foydalanish maqsadida ular uchun qo'shimcha ish joylari tashkil etuvchi korxonalarga beriladigan imtiyozlar;
ijtimoiy sheriklik hamda uch taraflama hamkorlikni rivojlantirish, jamoa shartnomalarini tuzishga ko'maklashish, mehnat nizolarining oldini olish, mehnat intizomini mustahkamlash to'g'risidagi qoidalar nazarda tutilishi mumkin.
Jamoa kelishuvlarida boshqa mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo'yicha qonun hujjatlariga zid kelmaydigan qoidalar ham bo'lishi mumkin.

53-modda. Jamoa kelishuviga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish

Jamoa kelishuviga o'zgartish va qo'shimchalar uning o'zida belgilangan tartibda taraflarning o'zaro roziligi bilan kiritiladi, agar bu hol belgilanmagan bo'lsa,- ushbu Kodeksda uni tuzish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

54-modda. Jamoa kelishuvining amal qilish muddati

Jamoa kelishuvi u imzolangan paytdan yoki kelishuvda belgilangan vaqtdan boshlab kuchga kiradi.
Jamoa kelishuvining amal qilish muddati taraflar tomonidan belgilanadi va u uch yildan oshib ketmasligi lozim.

55-modda. Jamoa kelishuvining amal qilish doirasi

Jamoa kelishuvi vakolatli organlari shu kelishuvni tuzgan xodimlarga va ish beruvchilarga nisbatan tatbiq etiladi.
Uch taraflama kelishuv tuzilgan taqdirda uning amal qilishi ijro etuvchi hokimiyatning tegishli organiga ham tatbiq etiladi.

56-modda. Jamoa kelishuvlarining bajarilishini
tekshirib borish

Barcha pog'onadagi jamoa kelishuvlarining bajarilishi bevosita taraflar yoki ular vakolat bergan vakillar, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining tegishli organlari tomonidan tekshirib turiladi. Tekshirish vaqtida taraflar bu ish uchun kerakli ma'lumotlarni taqdim qilishlari shart. (O'zR 12.05.2001 y. 220-II-son Qonuni tahriridagi qism)

MAXSUS QISM

V bob. Ishga joylashtirish (57-71 moddalar)
VI bob. Mehnat shartnomasi (72-113 moddalar)
VII bob. Ish vaqti (114-125 moddalar)
VIII bob. Dam olish vaqti (126-152 moddalar)
IX bob. Mehnatga haq to'lash (153-164 moddalar)
X bob. Kafolatli to'lovlar va kompensatsiya to'lovlari (165-173 moddalar)
XI bob. Mehnat intizomi (174-184 moddalar)
XII bob. Mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligi (185-210 moddalar)
XIII bob. Mehnatni muhofaza qilish (211-223 moddalar)
XIV bob. Ayrim toifadagi odamlarga beriladigan qo'shimcha kafolat va imtiyozlar (224-258 moddalar)
XV bob. Mehnat nizolari (259-281 moddalar)
XVI bob. Davlat ijtimoiy sug'urtasi (282-294 moddalar)

V BOB. IShGA JOYLAShTIRISh

57-modda. Ishga joylashish huquqi
58-modda. Mehnat qilish huquqini amalga oshirish kafolatlari
59-modda. Ishga joylashishga davlat yo'li bilan ko'maklashish
60-modda. Ishsiz deb e'tirof etish
61-modda. Ishdan va ish haqidan mahrum bo'lgan shaxslar uchun maqbul keladigan ish
62-modda. Taklif qilingan maqbul keladigan ishni rad etish
63-modda. Maqbul keladigan deb hisoblanmaydigan ish
64-modda. Moddiy madad berishga oid kafolatlari
65-modda. Ishsizlik nafaqasini to'lash shartlari va muddatlari
66-modda. Ishsizlik nafaqasi to'lashni bekor qilish, to'xtatib qo'yish va uning miqdorini kamaytirish
67-modda. Mehnat shartnomasi alohida asoslarga ko'ra bekor qilinganda moddiy madad berish uchun belgilangan qo'shimcha kafolatlari
68-modda. Aholining ayrim toifalari uchun ishga joylashishdagi qo'shimcha kafolatlar
69-modda. Davlat organlaridagi saylab qo'yiladigan lavozimlarga saylangan xodimlarni ishga joylashtirish yuzasidan qo'shimcha kafolatlar
70-modda. Ish bilan ta'minlash sohasidagi qo'shimcha imtiyozlar
71-modda. Aholini ishga joylashtirish to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini tekshirib borish va ularni buzganlik uchun javobgarlik

57-modda. Ishga joylashish huquqi

Unumli va ijodiy mehnat qilishga bo'lgan o'z qobiliyatlarini tasarruf etish va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan har qanday faoliyat bilan shug'ullanish har kimning mutlaq huquqidir. Ixtiyoriy ravishda ish bilan band bo'lmaslik javobgarlikka tortish uchun asos bo'lolmaydi.
G'ar kim ish beruvchiga bevosita murojaat qilish yoki mehnat organlarining bepul vositachiligi orqali ish joyini erkin tanlash huquqiga egadir.

58-modda. Mehnat qilish huquqini amalga oshirish kafolatlari

Davlat:
ish bilan ta'minlash turini, shu jumladan turli mehnat rejimidagi ishni tanlash erkinligini;
ishga qabul qilishni qonunga xilof ravishda rad etishdan va mehnat shartnomasini g'ayriqonuniy ravishda bekor qilishdan himoyalanishni;
maqbul keladigan ish tanlash va ishga joylashishga bepul yordam berishni;
har kimga kasbga va ishga ega bo'lishda, mehnat qilish va ish bilan ta'minlanish shart-sharoitlarida, mehnatga haq olishda, xizmat pog'onasidan yuqorilab borishda teng imkoniyatlar yaratishni;
yangi kasbga (mutaxassislikka) bepul o'qitishni, mahalliy mehnat organlarida yoki ularning yo'llanmasi bilan boshqa o'quv yurtlarida stipendiya to'lab malakasini oshirishni;
boshqa joydagi ishga qabul qilinganda moddiy xarajatlar uchun qonun hujjatlariga muvofiq kompensatsiya to'lashni;
haq to'lanadigan jamoat ishlarida qatnashish uchun muddatli mehnat shartnomalari tuzish imkoniyatini kafolatlaydi.
Ish bilan ta'minlashning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy shartlari hamda mehnat qilish huquqini amalga oshirishning kafolatlari mehnat to'g'risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilab qo'yiladi.
59-modda. Ishga joylashishga davlat yo'li bilan ko'maklashish

Aholining ishga joylashishiga ko'maklashish O'zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tizimining tegishli organlari tomonidan amalga oshiriladi. (O'zR 12.05.2001 y. 220-II-son Qonuni tahriridagi qism)
Ish bilan ta'minlash siyosatini amalga oshirish borasidagi tadbirlarni moliyaviy jihatdan ta'minlash hamda mehnat organlarining samarali faoliyat ko'rsatishi uchun O'zbekiston Respublikasi G'ukumati belgilagan tartibda Ish bilan ta'minlashga ko'maklashish davlat jamg'armasi tashkil etiladi.

60-modda. Ishsiz deb e'tirof etish

O'n olti yoshdan boshlab to pensiya bilan ta'minlanish huquqini olishgacha bo'lgan yoshdagi, ishga va ish haqiga (mehnat daromadiga) ega bo'lmagan, ish qidiruvchi shaxs sifatida mahalliy mehnat organida ro'yxatga olingan, mehnat qilishga, kasbga tayyorlash yoki qayta tayyorlashdan o'tishga, malakasini oshirishga tayyor mehnatga qobiliyatli shaxs ishsiz deb e'tirof etiladi. (O'zR 29.08.1998 y. 681-I-son Qonuni tahririda )

61-modda. Ishdan va ish haqidan mahrum bo'lgan shaxslar uchun maqbul keladigan ish

Birinchi marta ish qidirayotgan, kasbi (mutaxassisligi) bo'lmagan shaxslar uchun dastlabki kasb tayyorgarligini talab qilmaydigan ish, bunday ishni topib berish imkoniyati bo'lmagan taqdirda esa, ularning yoshi va boshqa xususiyatlarini hisobga olgan holda haq to'lanadigan boshqa ish, shu jumladan vaqtinchalik ish maqbul keladigan ish deb hisoblanadi.
Ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum bo'lgan shaxslar uchun ularning kasb tayyorgarligiga mos bo'lgan, yoshini, sog'lig'i holatini, mehnat stajini va avvalgi mutaxassisligi bo'yicha tajribasini, yangi ish joyining transportda qatnash jihatidan qulayligini inobatga oluvchi ish maqbul keladigan ish deb hisoblanadi.
Ushbu Kodeks 65-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan ishsizlikning dastlabki davri tugaganidan so'ng kasbiga (mutaxassisligiga) mos ish topib berish mumkin bo'lmagan taqdirda, uning qobiliyatini, kuchini, oldingi tajribasini va unga qulay bo'lgan ta'lim vositalarini hisobga olib, kasbini (mutaxassisligini) o'zgartirishni talab qiladigan ish maqbul keladigan ish deb hisoblanishi mumkin.

62-modda. Taklif qilingan maqbul keladigan ishni rad etish

Mahalliy mehnat organida ro'yxatga olingan paytdan boshlab o'n kun ichida o'zlariga taklif qilingan maqbul keladigan ishni ikki marta rad etgan shaxslar ish qidirayotgan deb e'tirof etilmaydi va taklif qilingan ishni rad etgan paytdan boshlab o'ttiz kalendar kun o'tgandan keyingina ishsiz sifatida takroran ro'yxatga olinish huquqiga egadir.

63-modda. Maqbul keladigan deb hisoblanmaydigan ish

Agar ish: yashash joyini o'zgartirish bilan bog'liq bo'lsa; taklif etilgan ish doimiy yashash joyidan ancha uzoq bo'lsa va transportda qatnash jihatdan qulay bo'lmasa; taklif qilingan ishda ish haqi shu mutaxassislik va kasb uchun belgilangan eng kam miqdordan oz bo'lsa; ishni rad etish uzrli sabablar bilan asoslangan bo'lsa, bunday ish maqbul keladigan ish deb hisoblanishi mumkin emas. (O'zR 29.08.1998 y. 681-I-son Qonuni tahririda )
64-modda. Moddiy madad berishga oid kafolatlar

Ishdan mahrum bo'lgan, birinchi marta ish qidirayotgan, shuningdek uzoq (bir yildan ortiq) tanaffusdan keyin mehnat faoliyatini qayta boshlashni istagan va ishsiz deb e'tirof etilgan shaxslarga:
ishsizlik nafaqasi to'lash;
qaramog'idagilarni hisobga olgan holda moddiy yordam berish;
kasb o'rganish, malaka oshirish yoki qayta tayyorlash davrida stipendiya to'lanishi hamda shu davrni mehnat stajiga qo'shish;
haq to'lanadigan jamoat ishlarida qatnashish imkoniyati ta'minlanadi.
Mehnat shartnomasi alohida asoslar bo'yicha bekor qilingan taqdirda xodimlarga moddiy madad berish uchun qo'shimcha kafolatlar beriladi (67-modda).

65-modda. Ishsizlik nafaqasini to'lash shartlari va muddatlari

Ishsizlik nafaqasi ishsiz deb e'tirof etilgan shaxsga u ish qidirayotgan shaxs sifatida mahalliy mehnat organida ro'yxatdan o'tgan kundan e'tiboran tayinlanadi. Qaramog'ida uchtagacha kishi bo'lgan, o'ttiz besh yoshga to'lmagan ishsiz erkakka ishsizlik nafaqasi u haq to'lanadigan jamoat ishlarida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda ishtirok etgan taqdirda tayinlanadi. Ishsiz shaxsning nafaqa olish huquqi u ish qidirayotgan shaxs sifatida ro'yxatdan o'tgan paytdan boshlab kechi bilan o'n birinchi kundan e'tiboran kuchga kiradi. (O'zR 25.12.1998 y. 729-I-son Qonuni tahriridagi qism)
Ishsizlik nafaqasi ko'pi bilan:
ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum bo'lgan yoki uzoq (bir yildan ortiq) tanaffusdan keyin mehnat faoliyatini qayta boshlashga harakat qilayotgan shaxsga o'n ikki oylik davr mobaynida yigirma olti kalendar hafta;
ilgari ishlamagan va birinchi marta ish qidirayotgan shaxsga esa o'n uch kalendar hafta mobaynida to'lanadi.
Ishsiz shaxs nafaqa olish davrida ish qidirishi va har ikki haftada kamida bir marta mahalliy mehnat organida yo'qlamadan o'tishi kerak.
Ishsizlik nafaqasining miqdori qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

66-modda. Ishsizlik nafaqasi to'lashni bekor qilish, to'xtatib qo'yish va uning miqdorini kamaytirish

Quyidagi hollarda ishsizlik nafaqasini to'lash bekor qilinadi:
ishsiz shaxs ishga joylashganda;
ishsiz shaxs taklif qilingan maqbul keladigan ishni ikki marta rad etgan taqdirda;
qaramog'ida uchtagacha kishi bo'lgan, o'ttiz besh yoshga to'lmagan ishsiz erkak haq to'lanadigan jamoat ishlarida ishtirok etishni rad etgan taqdirda; (O'zR 25.12.1998 y. 729-I-son Qonuni tahriridagi xat boshi)

O'zR 25.12.1998 y. 729-I-son Qonuniga muvofiq
to'rtinchi, beshinchi, oltinchi, yettinchi va sakkizinchi
xat boshilarni beshinchi, oltinchi, yettinchi, sakkizinchi
va to'qqizinchi deb hisoblansin

ishsiz shaxs qonun hujjatlariga muvofiq pensiya ta'minoti huquqini olgan taqdirda; (O'zR 29.08.1998 y. 681-I-son Qonuni tahriridagi xat boshi)
ishsiz shaxs sudning hukmi bilan qamoq yoki ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazoga hukm qilingan bo'lsa; (O'zR 29.08.1998 y. 681-I-son Qonuni tahriridagi xat boshi)
ishsiz shaxs ishsizlik nafaqasini olib turgan davrda mahalliy mehnat organini xabardor qilmay vaqtincha ishga joylashgan bo'lsa;
ishsizlik nafaqasini aldov yo'li bilan olayotgan bo'lsa; (O'zR 29.08.1998 y. 681-I-son Qonuni tahriridagi xat boshi)
ishsiz shaxs vafot etgan taqdirda.
Quyidagi hollarda ishsizlik nafaqasini to'lash to'xtatib turiladi:
ishsiz shaxs kasbga o'rganish, qayta tayyorlash yoki malakasini oshirishga yuborilgan bo'lsa, - stipendiya olib kasb o'rganish, qayta tayyorlashdan o'tish yoki malaka oshirish davrida; (O'zR 29.08.1998 y. 681-I-son Qonuni tahriridagi xat boshi)
ishsiz shaxs ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasasida davolash kursini o'tayotgan bo'lsa - bunday muassasada bo'lgan davrda;
ishsiz shaxs haq to'lanadigan jamoat ishlarida ishtirok etayotgan bo'lsa, - bunday ishlarda ishtirok etgan davrida. (O'zR 25.12.1998 y. 729-I-son Qonuni tahriridagi xat boshi)
Ishsiz shaxs uzrsiz sabablarga ko'ra belgilangan muddatda mahalliy mehnat organiga kelmagan taqdirda, ishsizlik nafaqasini to'lash uch oygacha muddatga to'xtatib qo'yilishi yoki nafaqaning miqdori kamaytirilishi mumkin.

O'zR 29.08.1998 y. 681-I-son Qonuniga muvofiq
66-moddaning to'rtinchi qismi chiqarib tashlangan

Xodim tomonidan aybli harakatlar sodir etilishi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan taqdirda (100-modda ikkinchi qismining 3 va 4-bandlari), ishsizlik nafaqasi uch oygacha to'lanmasligi yoki nafaqaning miqdori kamaytirilishi mumkin.

67-modda. Mehnat shartnomasi alohida asoslarga ko'ra bekor qilinganda moddiy madad berish uchun
belgilangan qo'shimcha kafolatlar

Mehnat shartnomasi:
xodim yangi mehnat shartlari asosida ishlashni davom ettirishni rad etganligi sababli (89-moddaning to'rtinchi qismi);
texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o'zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o'zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi (100-modda ikkinchi qismining 1-bandi) sababli;
xodimning malakasi yetarli bo'lmaganligi yoki sog'lig'i holatiga ko'ra bajarayotgan ishiga noloyiqligi sababli (100-modda ikkinchi qismining 2-bandi);
shu ishni ilgari bajarib kelgan xodim ishga qayta tiklanishi sababli (106-moddaning 2-bandi) bekor qilingan hollarda ish qidirish davrida ikki oydan ortiq bo'lmagan davr mobaynida xodimlarning o'rtacha oylik ish haqi saqlanib qoladi, bunda xodimga to'langan bir oylik ishdan bo'shatish nafaqasi ham qo'shib hisobga olinadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan kafolatlar korxona rahbari, uning o'rinbosarlari, bosh buxgalter bilan, korxonada bosh buxgalter lavozimi bo'lmagan taqdirda esa, bosh buxgalter vazifasini amalga oshiruvchi xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mulkdorning almashishi sababli bekor qilingan (100-modda ikkinchi qismining 6-bandi) hollarda ham tatbiq etiladi. (O'zR 12.05.2001 y. 220-II-son Qonuni tahriridagi qism)
Agar ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismida ko'rsatilgan xodimlar mehnat shartnomasi bekor qilingan kundan boshlab o'n kalendar kun mobaynida mahalliy mehnat organida ish qidirayotgan shaxs sifatida ro'yxatdan o'tsalar, mahalliy mehnat organi bergan ma'lumotnomaga binoan uchinchi oy uchun ham oldingi ish joylaridan o'rtacha ish haqi olish huquqiga ega bo'ladilar.
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismida ko'rsatilgan xodimlarga uch oy mobaynida maqbul keladigan ish topib berilmagan taqdirda, ular ishsiz deb e'tirof etiladilar. (O'zR 29.08.1998 y. 681-I-son Qonuni tahriridagi qism)
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismida ko'rsatilgan, mehnat shartnomasi bekor qilingandan keyin o'n kun ichida mahalliy mehnat organida ro'yxatga olingan va kasbi bo'yicha qayta o'qitilayotgan yoki ishlab chiqarishdan ajralgan holda malakasini oshirayotgan xodimlarga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va miqdorlarda stipendiya to'lanadi.
Basharti ish beruvchi nochor (bankrot) deb topilsa, u bilan mehnat munosabatlarida bo'lgan xodimlar ish haqi va o'zlariga tegishli boshqa to'lovlar xususida boshqa barcha kreditorlarning talablariga nisbatan imtiyozli huquqdan foydalanadilar.
Tugatilayotgan korxonalarning mablag'i bo'lmagan taqdirda, ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan xodimlarga kompensatsiyalar ish bilan ta'minlashga ko'maklashish davlat jamg'armasi mablag'lari hisobidan to'lanadi. (O'zR 15.04.1999 y. 772-1-son Qonuni tahriridagi qism)

68-modda. Aholining ayrim toifalari uchun ishga joylashishdagi qo'shimcha kafolatlar

Davlat ijtimoiy himoyaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlashishga qodir bo'lmagan shaxslarga, shu jumladan o'n to'rt yoshga to'lmagan bolalari va nogiron bolalari bor yolg'iz ota, yolg'iz onalarga hamda ko'p bolali ota-onalarga; ta'lim muassasalarini bitirgan yoshlarga; O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridan, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo'mita va Favqulodda vaziyatlar vazirligi qo'shinlaridan bo'shatilganlarga; nogironlarga va pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslarga; jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sud qarori bilan majburiy davolanishga yuborilgan shaxslarga qo'shimcha ish joylari, ixtisoslashtirilgan korxonalar, shu jumladan nogironlar mehnat qiladigan korxonalar barpo etish, ish o'rgatishning maxsus dasturlarini tashkil etish, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar uchun ko'rsatilgan toifadagi fuqarolarni ishga joylashtirish minimal ish joylarini belgilab qo'yish, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa choralar bilan qo'shimcha kafolatlarni ta'minlaydi. (O'zR 20.08.1999 y. 832-1-son Qonuni tahriridagi qism)
G'arbiy xizmatga chaqirilgan (o'tgan) xodim zaxiraga bo'shatilgan yoki iste'foga chiqqanidan keyin, basharti, O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safidan, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Favqulodda vaziyatlar vazirligi qo'shinlaridan bo'shatilgan kunidan boshlab uzog'i bilan uch oy ichida ishga joylashish masalasida ish beruvchiga murojaat etgan bo'lsa, avvalgi ish joyida ishga joylashish huquqiga egadir. (O'zR 29.08.1998 y. 681-I-son Qonuni tahriridagi xat boshi)
G'arbiy xizmatga chaqirilgan (o'tgan), lekin keyinchalik zaxiraga bo'shatilgan yoki iste'foga chiqqan xodim, agar uning harbiy xizmatga chaqirilgan (o'tgan) kunidan boshlab uch oydan ortiq vaqt o'tmagan bo'lsa, avvalgi ish joyiga (lavozimiga) qaytib kelish huquqiga ega.
Korxona qayta tashkil etilganda harbiy xizmatdan bo'shatilgan shaxslarni ishga joylashtirishni uning huquqiy vorisi, korxona tugatilganda esa - mahalliy mehnat organi amalga oshiradi. (O'zR 20.08.1999 y. 832-1-son Qonuni tahriridagi qism)
Xodimlarga ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida ko'rsatilgan kafolatlarni berish mumkin bo'lmagan hollarda, mahalliy mehnat organi ishga joylashtirishni, zarur hollarda esa, kasbi bo'yicha bepul o'qitishni ta'minlaydi.
Ushbu moddaning ikkinchi, uchinchi, to'rtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan kafolatlar muqobil xizmatga chaqirilgan xodimlarga ham tatbiq etiladi.

69-modda. Davlat organlaridagi saylab qo'yiladigan lavozimlarga saylangan xodimlarni ishga joylashtirish yuzasidan qo'shimcha kafolatlar

Davlat organlaridagi saylab qo'yiladigan lavozimlarga saylanganligi tufayli ishdan ozod qilingan xodimlarga saylab qo'yiladigan lavozimdagi vakolatlari tugagandan keyin avvalgi ishi (lavozimi) beriladi, bunday ish (lavozim) mavjud bo'lmasa, avvalgisiga teng ish (lavozim) beriladi.

70-modda. Ish bilan ta'minlash sohasidagi qo'shimcha imtiyozlar

Qoraqalpog'iston Respublikasi davlat hokimiyati organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari, jamoa kelishuvlari va jamoa shartnomalarida ish bilan ta'minlash sohasida qo'shimcha imtiyozlar nazarda tutilishi mumkin.

71-modda. Aholini ishga joylashtirish to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini tekshirib borish va ularni buzganlik uchun javobgarlik

Aholini ishga joylashtirish to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishini tekshirishni davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, O'zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va uning tarkibiy bo'linmalari, kasaba uyushmalari amalga oshiradilar. (O'zR 12.05.2001 y. 220-II-son Qonuni tahriridagi qism)
Mehnat qilishga majburlashda, shuningdek aholini ishga joylashtirish to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzishda aybdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo'ladilar.

VI BOB. MEG'NAT ShARTNOMASI

§ 1. Umumiy qoidalar (72-76 moddalar)
§ 2. Mehnat shartnomasini tuzish (77-87 moddalar)
§ 3. Mehnat shartnomasini o'zgartirish (88-96 moddalar)
§ 4. Mehnat shartnomasining bekor qilinishi (97-113 moddalar)

1-§. UMUMIY QOIDALAR

72-modda. Mehnat shartnomasining tushunchasi va taraflari
73-modda. Mehnat shartnomasining mazmuni
74-modda. Mehnat shartnomasining shakli
75-modda. Mehnat shartnomasining muddati
76-modda. Ish beruvchining muddatli mehnat shartnomasi tuzish huquqini cheklash
72-modda. Mehnat shartnomasining tushunchasi va taraflari

Mehnat shartnomasi xodim bilan ish beruvchi o'rtasida muayyan mutaxassislik, malaka, lavozim bo'yicha ishni ichki mehnat tartibiga bo'ysungan holda taraflar kelishuvi, shuningdek mehnat to'g'risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilangan shartlar asosida haq evaziga bajarish haqidagi kelishuvdir.
Xodim va ish beruvchi mehnat shartnomasining taraflari bo'lib hisoblanadilar.
Mehnat shartnomasini tuzish haqidagi kelishuvdan oldin qo'shimcha holatlar (tanlovdan o'tish, lavozimga saylanish va boshqalar) bo'lishi mumkin.
Xodim o'rindoshlik asosida ishlash to'g'risida, basharti bu qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan bo'lsa, mehnat shartnomalari tuzishi mumkin.

73-modda. Mehnat shartnomasining mazmuni

Mehnat shartnomasining mazmuni taraflar kelishuvi bo'yicha, shuningdek mehnat to'g'risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilanadi.
Mehnat shartnomasi taraflarining kelishuvi bilan quyidagilar belgilanadi:
ish joyi (korxona yoki uning bo'linmasi);
xodimning mehnat vazifasi - mutaxassisligi, malakasi, u i

Mavzuga oid yangiliklar
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING SOLIQ KODEKSI
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING SOLIQ KODEKSI(O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2007 y., 52 (I)-son; 2008 y., 52-son, 512-modda; 2009 y., 37-son, 403-modda, 404-modda, 52-son, 555-modda, 556-modda; 2010 y., 20-son, 149-modda, 35-36 ...
09.01.2013 / 09:50
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI "AXBOROT ERKINLIGI PRINSIPLARI VA KAFOLATLARI TO'G'RISIDA" QONUNI
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNI12.12.2002 y.N 439-IIAXBOROT ERKINLIGI PRINSIPLARI VA KAFOLATLARI TO'G'RISIDA1-modda. Ushbu Qonunning asosiy vazifalari2-modda. Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to'g'risidagi qonun hujjatlari3-modda ...
03.01.2013 / 16:10
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING "MUALLIFLIK HUQUQI VA TURDOSh HUQUQLAR TO'G'RISIDA" QONUNI
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI20.07.2006 y.N O'RQ-42MUALLIFLIK HUQUQI VA TURDOSh HUQUQLAR TO'G'RISIDAQonunchilik palatasi tomonidan 2006 yil 23 martda qabul qilinganSenat tomonidan 2006 yil 9 iyunda ma'qullanganMazkur Qonun 21.07.2006 y ...
03.01.2013 / 16:09
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING "AXBOROT OLISh KAFOLATLARI VA ERKINLIGI TO'G'RISIDA" QONUNI
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI24.04.1997 y.N 400-IAXBOROT OLISh KAFOLATLARI VA ERKINLIGI TO'G'RISIDAMazkur Qonunga O'zR 15.12.2000 y. 175-II-son Qonuniga muvofiq o'zgartirishlar kiritilgan1-modda. Qonunning maqsadi2-modda ...
03.01.2013 / 16:12
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING "JURNALISTLIK FAOLIYaTINI G'IMOYa QILISh TO'G'RISIDA" QONUNI
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI24.04.1997 y.N 402-IJURNALISTLIK FAOLIYaTINI HIMOYa QILISh TO'G'RISIDA1-modda. Qonunning maqsadi2-modda. Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to'g'risidagi qonun hujjatlari3-modda. Jurnalist4-modda. Senzuraga yo ...
03.01.2013 / 16:09
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING "NOShIRLIK FAOLIYaTI TO'G'RISIDA" QONUNI
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI30.08.1996 y.N 274-INOShIRLIK FAOLIYaTI TO'G'RISIDAMazkur Qonunga O'zR 13.12.2002 y. 447-II-son Qonuniga muvofiq o'zgartirishlar kiritilgan1-modda. Noshirlik faoliyati to'g'risidagi qonun hujjatlari2-modda ...
03.01.2013 / 16:07