O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

Документальный фильм "Узбекистан: обретенные откровения"
Документальный фильм "Узбекистан: обретенные откровения"
Узбекистан Обретенные откровения
Узбекистан Обретенные откровения
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
O'zEOAVMA va Pokiston aloqalari

2011 yil 11 mart kuni O'zEOAVMA bosh ofisida Assotsiatsiya rahbariyati hamda Pokiston Islom Respublikasining O'zbekistondagi Favqulotda va Muxtor Elchisi Muhammad Vohid-ul-Xasan bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi. Suhbat davomida Pokiston elchixonasi va O'zEOAVMAning  o'zaro hamkorligi masalalari muhokama qilindi. Muhammad Vohid-ul-Xasan O'zNTTga tashrifidan keyin telekanalning texnik jihatdan ancha rivojlanganligini va O'zbekistondagi OAV sohasining rivojlanishida O'zEOAVMAning o'rnini alohida ta'kidlab o'tdi. O'zbekiston va Pokiston o'rtasidagi madaniyat va iqtisod sohalaridagi munosabatlar har doim yaxshi darajada bo'lib kelgan, lekin axborot sohasida ular kerakli darajaga erishganlari yo'q va bu uchrashuv ushbu sohadagi  o'zaro hamkorlik yo'llarini izlashga qaratildi. Ular bilan ishlash xususan, O'zEOAVMA jurnalistlari uchun treninglar tashkil qilishga yordamlashish, yosh jurnalistlarning kasbiy malaka-ko'nikmalari va potensialini oshirishga qaratilgan qo'shma loyihalarning amalga oshirilishini o'z ichiga kiritadi. Uchrashuv natijasida Pokiston tomoni O'zEOAVMA jurnalistlari uchun treninglar tashkillashtirishga tayyor ekanligi ma'lumot uchun qabul qilindi.
Elchi 10 kishidan iborat bo'lgan delegatsiyani jo'natishni taklif qildi. O'z navbatida janob Vohid-ul-Xasan O'zNTT orqali Pokiston hujjatli filmlarini ko'rsatish taklifini ilgari  surdi.

Mavzuga oid yangiliklar
Ijtimoiy teleradioroliklar IV Milliy festivali
2011-yil 8-noyabr kuni “O'zbekiston” mehmonxonasida O'zEOAVMA tomonidan 2008 yildan beri an'anaviy tarzda tashkil etib kelinayotgan Ijtimoiy teleradioroliklar IV Milliy festivali o'tkazildi. 4 yildan buyon muntazam ravishda o ...
13.01.2013 / 13:43
Xalqaro konferensiya
2011 yil 24-25 iyun kunlari "Ommaviy axborot vositalarining moliyaviy-iqtisodiy mustaqilligini yanada mustahkamlash, demokratik va liberal islohotlarning harakatlantiruvchi kuchiga aylantirish” mavzusida xalqaro konferensiya bo'lib o'tdi ...
13.01.2013 / 13:28
“Samarqand-STV"ga tashrif
2011 yil 23 iyun kuni soat 12:00dan 14:00gacha “Samarqand-STV” televizion ijodiy uyushmasining 20 yillik yubileyi munosabati bilan bayram dasturxoni yoziladi, shuningdek ishtirokchilar soat 14:00dan 16:00gacha “Samarqand-STV&rdquo ...
13.01.2013 / 13:19
Hisobot konferensiyasi
2011 yilning 24 iyun kuni O'zEOAVMA a'zolarining navbatdagi hisobot konferensiyasi bo'lib o'tdi. Ushbu tadbirda Assotsiatsiya tomonidan 2011 yilning 1-yarmida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar va yo'l qo'yilgan kamchiliklar haqida so ...
13.01.2013 / 13:34
“Ozod yurt to'lqinlari-2011” media-festivali
2011 yil 23 iyun kuni Shu kuni soat 18:00 – 19:30gacha O'zEOAVMA tomonidan 2007 yildan buyon an'anaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan, joriy yilda Prezidentimiz tomonidan 2011 yil 6 aprelda imzolangan PQ-1516-sonli “O ...
13.01.2013 / 13:21
“Jurnalistlarning Axloq kodeksi”
2011 yil 23-24 iyun kunlari O'zEOAVMA hamda YuNESKO hamkorligida xalqaro tashkilotlar vakillari, chet ellik mutaxassislar, sohaning yetuk vakillari ishtirokida nodavlat teleradiostansiyalar rahbarlari uchun “Jurnalistlarning Axloq kodeksi ...
13.01.2013 / 13:16