O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

SIZBOP 18.01.2017
SIZBOP 18.01.2017
O’zbekiston Online 18.01.17 7.00
O’zbekiston Online 18.01.17 7.00
O'zbekiston-online itogi  (UZB) 16.01.2017
O'zbekiston-online itogi (UZB) 16.01.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Ijtimoiy teleradioroliklar IV Milliy festivali

2011-yil 8-noyabr kuni “O'zbekiston” mehmonxonasida O'zEOAVMA tomonidan 2008 yildan beri an'anaviy tarzda tashkil etib kelinayotgan Ijtimoiy teleradioroliklar IV Milliy festivali o'tkazildi.
4 yildan buyon muntazam ravishda o'tkazib kelinayotgan Ijtimoiy teleradioroliklar milliy festivalining bu yilgi tanloviga respublikamizda faoliyat ko'rsatayotgan nodavlat teleradiostansiyalar va bir qator tashkilotlar  hamda jismoniy shaxslar qatnashish istagida arizalari va o'z ijod namunalarini yuborishdi.
Ijtimoiy teleradioroliklar IV Milliy festivaliga 21 ta telestansiya ijodkorlaridan 86 ta telerolik, 18 ta radiostansiya xodimlaridan 167 ta radiorolik taqdim etilgan.
Bundan tashqari 5 ta  nodavlat notijorat tashkilotlari va kompaniyalardan 5 ta telerolik hamda 4 ta jismoniy shaxslardan yakka tartibda 6 ta telerolik, 59 ta radiorolik qabul qilindi.
2011 yilda festival nominatsiyalari bo'yicha quyidagilar g'olib deb e'lon qilindi:
Asosiy nominatsiyalar bo'yicha:
1 - nominatsiya “Sog'lom turmush tarzi”:    
1–o'rin – “Samarqand-STV” jurnalisti Zarina Amriddinovaning “Farzandlar tarbiyasiga mas'ulmiz” videoroligi.
2–o'rin  - NTT jurnalisti Jamshid G'ojiakbarovning “Farzandlari sog'lom yurt qudratli bo'lur!” videoroligi.
3–o'rin - “Istiqlol-TV” jurnalisti Uchqun Tursunov - “Sog'lom farzand oila quvonchi”.

2 - nominatsiya “Aholini huquqiy savodxonligini oshirish, bolalar huquqini ta'minlash”:
1–o'rin – “Istiqlol-TV” tasvirchisi Xurshid Bozorovning “Bolalar orzusini so'ndirmaylik” videoroligi.
2–o'rin  - “Ruxsor” teleradiostansiyasi jurnalisti Shohista Tolipovaning “Bolalar huquqi – umumbashariy qadriyat” videoroligi.
3–o'rin - “Koinot-TV” tasvirchisi Rustam Sodiqovning “G'uquqingiz qonun himoyasida!” videoroligi.
    
3 - nominatsiya “Jamiyat hayotiga xavf solayotgan turli xil illatlarga qarshi kurashish”.
1–o'rin – “Forum-TV” sputnik telekanali tasvirchisi Aziz Ahmadjonovning “G'ayoting o'z qo'lingda, aldanib qolma!” videoroligi.
2–o'rin - “Marg'ilon-TV” jurnalisti Ahror Ziyotovning “Odamlar ogoh bo'ling!” videoroligi.
3–o'rin – “NRT-Toshkent” muharriri Navro'z Ashurmatovning “Giyohvandlik asiriga aylanib qolmang” radioroligi.
    
4 - nominatsiya “Tadbirkorlik xuquqi va soliq sohasini liberallashtirish”:
1–o'rin – “Jizzax TV” tasvirchisi Umid Karimovning “Soliq hisobotlarini o'z vaqtida topshiring – bu faoliyatingiz  qonuniyligi mezoni” videoroligi.
2–o'rin – “Ruxsor” teleradiostansiyasi jurnalisti Gulchehra Ahmedovaning “Soliqlar mamlakatimiz iqtisodiyotining tayanchi” videoroligi.
3–o'rin – Mustaqil ijodkor Bobur Nizomovning “G'uquqingiz buzilishiga yo'l qo'ymang” videoroligi.
    
Rag'batantiruvchi nominatsiyalar:

1-nominatsiya “Milliy va umuminsoniy qadriyatlar, ezgu an'analar targ'iboti”:
Televideniye yo'nalishida: “Forum-TV” operator-rejissyori Kozim Xotamqulovning “Xalq amaliy san'atining nodir durdonalari” turkum videoroliklari;
Radio yo'nalishida: “NRT-Toshkent” muharriri Nodira Irgashevaning “Barhayot an'analar – ma'naviyat ko'zgusi” radioroligi.

2 - nominatsiya “Insonparvarlik va mehr-muruvvat”:
Televideniye yo'nalishida: NTT muharriri Jasur Shermatovning “Onalar salomatligi  - jamiyatimizning eng katta boyligi!” videoroligi.
Televideniye yo'nalishida: “Xilqat” telestudiyasi muharriri Bahodir Akmalovning “Oila saodati  farzandlar quvonchi!” videoroligi.

3 - nominatsiya “Aholini ekologik muammolardan xabardor etish”:
Televideniye yo'nalishida: “Markaz-TV” tasvirchisi Shavkat Yo'ldosheving “Suv hayot manbai” videoroligi;
Radio yo'nalishida: “Qarshi-NRT” jurnalisti Anzor Buronovning “Ozodalik – salomatligimiz garovi” radioroligi.

4 - nominatsiya “Odam savdosiga qarshi kurashish”:
Televideniye yo'nalishida: “Samarqand-STV” rejisseri Mamarasul Mamadaminovning “Shukr qilib yashaylik” videoroligi;  
Radio yo'nalishida: “Vodiy sadosi” radiostansiyasi muharriri Feruza Abdurahmonovaning “Baxt o'z uyimizda!” radioroligi.
Bundan tashqari festival davomida O'zEOAVMA tomonidan an'anaviy o'tkazilib kelayotgan “Ozod yurt to'lqinlari” festivali doirasida mamlakatimiz mustaqilligining  20 yilligiga bag'ishlab o'tkazilgan “Mustaqillik - eng buyuk ne'mat!” televizion tanlovining  g'oliblari ham taqdirlandi:
1. Ijtimoiy roliklar yo'nalishida – “Ucell”  mobil operatorining “Stan blije, chem kogda libo” videoroligi.
    2. Hujjatli filmlar yo'nalishida – “Muloqot-TV” telestansiyasining “Qo'qon kecha va bugun” hujjatli filmi.
    3. Radio yo'nalishida - “Poytaxt” radistansiyasining “Istiqlol ulug' ne'mat” turkum radioroliklari.
Nufuzli Hakamlar hay'ati tomonidan to'g'ridan to'g'ri on-line ovoz berish yo'li bilan aniqlangan Ijtimoiy teleradiroliklar IV milliy festivali g'olib va sovrindorlari kompyuter, raqamli videokamera, televizor, noutbuk, lep-top, raqamli fotoapparat kabi ular faoliyatida zarur bo'ladigan texnik-uskunalar bilan mukofotlanishdi.
Bundan tashqari barcha g'oliblarga maxsus diplom, 1-o'rin sohiblariga esa statuetka topshirildi.
Festivalda ishtirok etgan davlat, jamoat, xalqaro tashkilotlar hamda xorijiy diplomatik korpuslar vakillarining fikriga ko'ra, tadbir juda yuqori saviyada tashkil etildi va o'kazildi.

Mavzuga oid yangiliklar
Hisobot konferensiyasi
2011 yilning 24 iyun kuni O'zEOAVMA a'zolarining navbatdagi hisobot konferensiyasi bo'lib o'tdi. Ushbu tadbirda Assotsiatsiya tomonidan 2011 yilning 1-yarmida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar va yo'l qo'yilgan kamchiliklar haqida so ...
13.01.2013 / 13:34
“Ozod yurt to'lqinlari-2011” media-festivali
2011 yil 23 iyun kuni Shu kuni soat 18:00 – 19:30gacha O'zEOAVMA tomonidan 2007 yildan buyon an'anaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan, joriy yilda Prezidentimiz tomonidan 2011 yil 6 aprelda imzolangan PQ-1516-sonli “O ...
13.01.2013 / 13:21
“Jurnalistlarning Axloq kodeksi”
2011 yil 23-24 iyun kunlari O'zEOAVMA hamda YuNESKO hamkorligida xalqaro tashkilotlar vakillari, chet ellik mutaxassislar, sohaning yetuk vakillari ishtirokida nodavlat teleradiostansiyalar rahbarlari uchun “Jurnalistlarning Axloq kodeksi ...
13.01.2013 / 13:16
Xalqaro konferensiya
2011 yil 24-25 iyun kunlari "Ommaviy axborot vositalarining moliyaviy-iqtisodiy mustaqilligini yanada mustahkamlash, demokratik va liberal islohotlarning harakatlantiruvchi kuchiga aylantirish” mavzusida xalqaro konferensiya bo'lib o'tdi ...
13.01.2013 / 13:28
“Samarqand-STV"ga tashrif
2011 yil 23 iyun kuni soat 12:00dan 14:00gacha “Samarqand-STV” televizion ijodiy uyushmasining 20 yillik yubileyi munosabati bilan bayram dasturxoni yoziladi, shuningdek ishtirokchilar soat 14:00dan 16:00gacha “Samarqand-STV&rdquo ...
13.01.2013 / 13:19
Jon Xazard ishtirokida navbatdagi seminar
2011 yil 21-25 iyun kunlari hududiy “Yoshlar telestudiyalari” jurnalist va texnik xodimlari ishtirokida AQShning “National Geographic” televizion kanali mutaxassisi, tajribali teletasvirchi Jon Xazard trenerligida seminar ...
13.01.2013 / 13:15