O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

Документальный фильм "Узбекистан: обретенные откровения"
Документальный фильм "Узбекистан: обретенные откровения"
Узбекистан Обретенные откровения
Узбекистан Обретенные откровения
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
“An'anaviylikdan on-layn media sari: rivojlangan tajriba va istiqbollar”

2012 yil 5-6 iyul kunlari Turkmaniston respublikasi Ashxobod shahrida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining OAV masalalari bo'yicha byurosi tomonidan “An'anaviylikdan on-layn media sari: rivojlangan tajriba va istiqbollar” mavzusidagi 14-Markaziy Osiyo OAV konferensiyasi tashkil qilindi. Konferensiyada O'zbekiston Respublikasi delegatsiyasi safida O'zbekiston Elektron Ommaviy Axborot Vositalari Milliy Assotsiatsiyasi Boshqaruvi raisi F.Abduxoliqov, «UzReport” axborot agentligi bosh muharriri R.Jo'rayevlar ham ishtirok etishdi. O'zEOAVMA Boshqaruvi Rais F.Abduxoliqov ushbu konferensiyaning ikkinchi kunida «Ijtimoiy OAV va Markaziy Osiyodagi OAVdagi yangiliklar» mavzusida o'tkazilgan sessiyasida ma'ruza qildi. F.Abduxoliqov o'z ma'ruzasida bugun O'zbekistonda OAV sohasida olib borilayotgan islohotlar, qabul qilinayotgan yangi qonunlar loyihalari, yo'nalishda erishilayotgan yutuqlar to'g'risida to'xtalib o'tdi. Bundan tashqari ma'ruzachi Assotsiatsiya hamda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O'zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlik aloqalariga alohida e'tibor qaratdi.
Tadbir davomida «An'anaviy OAVdan ijtimoiy OAVga o'tish: xalqaro standartlar va asosiy takliflar», «Ijtimoiy tarmoqlar va ijtimoiy OAVda axborot vositalarining erkinligi», «IP-televideniye va internetni tartibga solish», «Raqamli media va internet bozori: multimedia kontenti, biznes modellar» kabi mavzularda tajribali xorijlik mutaxassisilarning chiqishlari tinglandi.
Konferensiyaning birinchi kunida barcha qatnashchilar ishtirokida "AlbanyAssociates" xalqaro konsalting kompaniyasi mutaxassislari tomonidan «On-layn va ijtimoiy OAVni nazorat qilish masalalari» mavzusida master-klass o'tkazildi.
Tadbirda YeXHTtomonidan taklif etilgan tajribali mutaxassislardan tashqari Qozog'iston, Qirg'iziston Tojikiston, O'zbekiston, Turkmaniston, Afg'oniston respublikalaridan sohaga bo'yicha mas'ullar ishtirok etishdi.

Mavzuga oid yangiliklar
Dizaynerlar uchun seminar
2012 yilning 9-15 avgust kunlari “Forum TV”, O'zNTT, hududiy telestansiyalar dizaynerlari uchun tailandlik tajribali mutaxassis. IMAGIMAX Animations studiyasi xodimi Edisson Saovdaii ishtirokida seminar o'tkazildi ...
14.01.2013 / 14:14
“Hudud” ATD - hindcha mahorat
2012 yilning 8-15 avgust kunlari “Hudud” axborot tahliliy dasturi ijodiy va texnik guruhlari uchun hindistonlik tajribali mutaxassislar Rajesh Asnani hamda Shamusa Zoxalar ishtirok seminar mashg'ulotlari o'tkazildi.
14.01.2013 / 14:10
“Yangi avlod” tajriba oshirmoqda
2012 yilning 6-15 avgust kunlari taniqli jurnalist Nargis Qosimova tomonidan “Yangi avlod” bolalar studiyasi jurnalistlari va texnik xodimlari uchun amaliy mashg'ulotlar o'tkazildi.  Jurnalistika sohasiga endigina qadam qo ...
14.01.2013 / 14:06
Yangi qonun loyihalari bo'yicha davra suhbatlari
2012 yilning 9-14 avgust kunlari  nodavlat teleradiostansiyalar rahbarlari uchun mamlakatimiz Prezidenti tomonidan belgilab berilgan Konsepsiya asosida ishlab chiqilayotgan sohaga oid yangi qonun loyihalari bo'yicha davra suhbatlari o ...
14.01.2013 / 14:11
O'zEOAVMA radio axborot markazi jurnalistlari uchun seminar-trening
2012 yilning 6-15 avgust kunlari  O'zEOAVMA radio axborot markazi jurnalistlari uchun seminar-trening tashkil etildi. Tadbirda axborot to'plash, olish va uni efirga uzatish bo'yicha nazariy bilimlar berish bilan birga ...
14.01.2013 / 14:08
“Amazing life” va "Forum TV" hamkorligi
2012 yilning 6-13 avgust kunlari “Forum TV” telekanali  rossiyaning “Amazing life” telekanali jurnalisti Oleg Strinev trenerligida mashg'ulotlar bo'lib o'tdi ...
14.01.2013 / 14:05