O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

Документальный фильм "Узбекистан: обретенные откровения"
Документальный фильм "Узбекистан: обретенные откровения"
Узбекистан Обретенные откровения
Узбекистан Обретенные откровения
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
“Kelajak ovozi-2012” yozgi o'quv oromgohi

2012 yil 1-14 iyul kunlari “Mustahkam oila yili” Davlat dasturining 62-bandi ijrosini ta'minlash maqsadida Fond forum va “Kelajak ovozi” YoTM tomonidan Qashqadrayo viloyati Shahrisabz tumanida “Kelajak ovozi-2012” yozgi o'quv oromgohi tashkil etildi. Yozgi oromgoh tashkilotchilari Fond forum, “Kelajak ovozi” YoTM, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat boshqaruvi Akademiyasi, O'zEOAVMA, Mustaqil bosma OAV va AAni qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish Jamoat fondi va O'zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi hamda Qashqadaryo viloyat hokimliklaridir.
Bu yil “Kelajak ovozi” oromgohi mamlakatimizning barcha hududlaridan juda ko'p sonli yoshlarni jalb qila oldi. Anketa to'ldirish va suhbat yordamida 600 nafar omadli ishtirokchilar tajribali mahalliy hamda xorijiy mutaxassislarning foydali, qiziqarli seminar-treninglarida va mashhur madaniyat hamda san'at namoyandalari bilan uchrashuvlarda qatnashish imkoniyatiga ega bo'lishdi.
Ushbu oromogohda “Forum TV”ning viloyatlardagi muxbirlari, teledizaynerlardan tashkil etilgan 80dan ortiq O'zEOAVMA vakillari ham ishtirok etishdi. Ijodiy va texnik guruhlar tomonidan shu yerning o'zidan reportajlar, axborot lavhalari tayyorlandi va “Forum TV” hamda O'zNTT orqali tezkorlik bilan efirga uzatib borildi.
Ikki hafta davomida ishtirokchilar yo'nalishlar - madaniyat va san'at, biznes va tadbirkorlik, informatsion texnologiyalar, xorijiy tillar, bosma va telejurnalistika, ishga joylashtirish bo'yicha qiziqarli darslarda qatnashishdi. Amaliy qismda guruhlar tomonidan taqdimotlar, tenderlar, debatlar hamda biznes-forumlar o'tkazildi. Bundan tashqari oromgohning madaniy dasturlarida intellektual o'yinlar, milliy kiyimlar ko'rgazmasi, turli ko'rik-tanlovlar va taqdimotlar, teatrlashtirilgan tomoshalar hamda mashhurlar bilan uchrashuvlar bo'lib o'tadi.
“Kelajak ovozi” yozgi o'quv oromgohini tashkil etishda mahalliy tashkilotlar bilan bir qatorda Britaniya kengashi, K.Adenauer jamg'armasining O'zbekistondagi vakolatxonalari, UNIC, UNFPA, JICA, Toshkent Vestministr universiteti, Toshkent Singapur menejment institutlari ham ishtirok etishdi.
Oromgoh yakunida eng faol qatnashchilar maxsus diplom va mukofotlar bilan taqdirlanishdi.

Mavzuga oid yangiliklar
Dizaynerlar uchun seminar
2012 yilning 9-15 avgust kunlari “Forum TV”, O'zNTT, hududiy telestansiyalar dizaynerlari uchun tailandlik tajribali mutaxassis. IMAGIMAX Animations studiyasi xodimi Edisson Saovdaii ishtirokida seminar o'tkazildi ...
14.01.2013 / 14:14
“Hudud” ATD - hindcha mahorat
2012 yilning 8-15 avgust kunlari “Hudud” axborot tahliliy dasturi ijodiy va texnik guruhlari uchun hindistonlik tajribali mutaxassislar Rajesh Asnani hamda Shamusa Zoxalar ishtirok seminar mashg'ulotlari o'tkazildi.
14.01.2013 / 14:10
“Yangi avlod” tajriba oshirmoqda
2012 yilning 6-15 avgust kunlari taniqli jurnalist Nargis Qosimova tomonidan “Yangi avlod” bolalar studiyasi jurnalistlari va texnik xodimlari uchun amaliy mashg'ulotlar o'tkazildi.  Jurnalistika sohasiga endigina qadam qo ...
14.01.2013 / 14:06
Yangi qonun loyihalari bo'yicha davra suhbatlari
2012 yilning 9-14 avgust kunlari  nodavlat teleradiostansiyalar rahbarlari uchun mamlakatimiz Prezidenti tomonidan belgilab berilgan Konsepsiya asosida ishlab chiqilayotgan sohaga oid yangi qonun loyihalari bo'yicha davra suhbatlari o ...
14.01.2013 / 14:11
O'zEOAVMA radio axborot markazi jurnalistlari uchun seminar-trening
2012 yilning 6-15 avgust kunlari  O'zEOAVMA radio axborot markazi jurnalistlari uchun seminar-trening tashkil etildi. Tadbirda axborot to'plash, olish va uni efirga uzatish bo'yicha nazariy bilimlar berish bilan birga ...
14.01.2013 / 14:08
“Amazing life” va "Forum TV" hamkorligi
2012 yilning 6-13 avgust kunlari “Forum TV” telekanali  rossiyaning “Amazing life” telekanali jurnalisti Oleg Strinev trenerligida mashg'ulotlar bo'lib o'tdi ...
14.01.2013 / 14:05