
2012 yilning 5-16 avgust kunlari O'zEOAVMA tomonidan “Mustahkam oila yili” Davlat dasturining 85-bandida belgilangan “Mustahkam oila — jamiyat tayanchi” shiori ostida ijodiy tanlov va tadbirlar o'tkazish, shu jumladan “Media-lager-2012”ni tashkil etish vazifasini bajarish maqsadida “O'zbekiston madaniyati va san'ati forumi” jamg'armasi, O'zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi, “Kelajak ovozi” yoshlar tashabbuslari markazi, O'zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, Oliy Majlis huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo'llab-quvvatlash Jamoat fondi mablag'larini boshqarish bo'yicha Parlament komissiyasi, Konrad Adenauer jamg'armasi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O'zbekistondagi vakolatxonalari hamkorlikda Assotsiatsiyaga a'zo nodavlat teleradiostansiyalar ijodiy va texnik xodimlari uchun “Umid gulshani” sihatgohida yozgi o'quv-mashg'uotlari o'tkazildi.
Yozgi o'quv oromgohida “Forum TV”, Yoshlar telestudiyalari, O'zNTT, O'zEOAVMA Axborot markazi, O'zEOAVMA Radio axborot markazi ijodiy va texnik xodimlari, hududiy telestansiyalar rahbarlari, O'zNTT uchun telemahsulotlar tayyorlovchi ijodiy guruhlar, reklama menejerlari, nodavlat radiostansiyalar bosh muharrirlari, jami 150 kishi ishtirok etdi.
Oromgohda o'quv-mashg'ulotlarining asosini yo'nalishlar bo'yicha o'tkazilishi belgilangan amaliy seminar-treninglar tashkil qilib, ushbu seminar-treninglarga tajribali mahalliy mutaxassislardan tashqari Fransiya, Germaniya, Rossiya, Hindiston kabi telekommunikatsiya sohasi rivojlangan mamlakatlardan ham yetakchi mutaxassislar jalb qilindi.
Media-lager doirasida “Mustahkam oila yili” Davlat dasturining ijrosi, uning O'zEOAVMA hamda nodavlat teleradiostansiyalar tomonidan bajarilishi yuzasidan hisobotlar berildi.
O'quv-mashg'ulot jarayonida Nodavlat Teleradiouzatuvchilarning 2012 yilga mo'ljallangan Rivojlanish Dasturidan o'rin olgan loyihalarning o'tgan davr mobaynida amalga oshirilishi hisoboti va 2012 yilning keyingi davri uchun tuzilgan rejalar taqdimoti bo'lib o'tdi.
O'quv oromgohining ishtirokchilar uchun yanada qiziqarli bo'lishini ta'minlash maqsadida alohida dasturlar asosida madaniy tadbirlar, o'zbek kino, teatr san'ati namoyondalari, shoir va yozuvchilar, san'atkorlar bilan uchrashuvlar, sport o'yinlari musobaqalari o'tkazildi. Ushbu tadbirlarda faol ishtirok etgan jamoalar turli nominatsiyalar bo'yicha g'olib deb topildi va tashkilotchilar tomonidan maxsus sertifikatlar hamda sovg'alar bilan mukofotlandi.
Ko'riklar soni: 1528 | Нравится | Твитнуть |