O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

Tezkor xabar 28 07 2017 11 30
Tezkor xabar 28 07 2017 11 30
O'zbekiston online 27 07 2017 14 00
O'zbekiston online 27 07 2017 14 00
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Ebola virusi uzoq yillar davomida yo‘qolmasligi aytilmoqda

Olimlar Ebola epidemiyasining so‘nggi paytlar kuchsizlanganiga qaramay hali uzoq yillar davomida G‘arbiy Afrika aholisi orasida qolib, yanada xavfli mutatsiyalarni keltirib chiqarishini taxmin qilmoqda. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining 60 nafar eksperti New England Journal of Medecine’ga taqdim etgan tadqiqotlariga asoslanib Los Angeles Times’ xabar bermoqda.

Agar keskin choralar ko‘rilmasa, noyabr oyi boshiga kelib Ebola bilan kasallanganlar soni 20 mingdan oshib ketishi mumkin. So‘nggi oylarda epidemiya natijasida halok bo‘lganlar soni haftasiga yuzlab-minglab odamlarga yetmoqda. Tadqiqot mualliflarining fikrlariga ko‘ra, asl raqamlar BMT statistikasidan bir necha marta ko‘p.

Virus hozirgi kabi katta bo‘lmagan tezlikda rivojlanganda tobora ko‘proq odamlar unga nisbatan immunitet hosil qiladi va xavf kamayadi: kasallanganlar soni qisqaradi va vaqt o‘tishi bilan virus butunlay odamlarni tark etadi va faqat tabiiy rezervuarlardagina saqlanib qoladi (Ebola uchun bunday vazifani asosan ko‘rshapalaklar bajaradi). Ammo hozirda virus alohida inson aholisi guruhlarida saqlanib, rivojlanish xavfi ostida turibdi.

Tadqiqotchilar epidemiya o‘zi samarasi past darajada bo‘lgan sog‘liqni saqlah tizimining inqiroziga olib kelganini aytishmoqda. G‘arbiy Afrikani boshqa xavfli kasalliklarda ham o‘lim darajasining oshishi va umuman barcha jamoatchilik institutlarida inqirozlar kutayotgani aytilmoqda. Bu haqda daryo.uz xabar qilgan. 

 

Mavzuga oid yangiliklar
Shoshilinch tibbiy yordam markazlari faoliyatida 2 oy ichida ijobiy o'zgarishlar amalga oshiriladi
8-fevarl kuni O'zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasining yoshlar multimedia onlayn trening markazi O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirin o'rinbosari, Sog'liqni saqlash vaziri A ...
08.02.2017 / 23:10
Belgiyada evtanaziya talab qilgan mahbusga rad javobi berildi
Belgiya adliya vaziri Kun Gens mahbus Frank van den Blekenning evtanaziya to‘g‘risidagi so‘rovi qondirilmasligini ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”. U zo&lsquo ...
07.01.2015 / 12:56
Tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti miyaning yo‘naltiruvchi hujayralarini topgan olimlarga berildi
2014-yilgi Nobel mukofotiga Fiziologiya va tibbiyot sohasida AQShlik Jon O’Kif hamda norvegiyalik oila − May-Britt va Edvard Mozer sazovor bo‘ldi, deb xabar bermoqda “TASS”. ...
07.10.2014 / 12:47
Sog'liqni saqlash tizimida daromad emas, bemor salomatligi birlamchi bo'lishi kutilmoqda
Ma`lumki, 26 yanvar, payshanba kuni Harakatlar strategiyasiga doir mediahaftalikning 4-yo'nalishi - ijtimoiy sohadagi ustuvor yo'nalishlar muhokamaga qo'yildi. Unda sog'liqni saqlash tizimining o'rni katta, albatta.  O ...
26.01.2017 / 23:21
Ebola virusi natijasida halok bo‘lganlar soni 3,9 mingga yaqinlashdi
Ebola virusidan halok bo‘lganlar soni 3879 nafarga yetdi, shuningdek, yana 8033 nafar odam ushbu kasallik bilan zararlangani aniqlangan. Bu haqda, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga asoslanib ...
09.10.2014 / 13:17
20 yil ichida keksayishni to‘xtatish usuli topilishi mumkin
Tana hujayralarini tadqiq qilish sohasidagi taraqqiyot 20 yildan so‘ng keksayish jarayonini to‘xtatish yoki uni orqaga qaytarish mumkin bo‘lishiga umid bermoqda. Taniqli gerontolog ...
23.09.2014 / 17:50