O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

Документальный фильм "Узбекистан: обретенные откровения"
Документальный фильм "Узбекистан: обретенные откровения"
Узбекистан Обретенные откровения
Узбекистан Обретенные откровения
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Zamonaviy telejurnalistikada yoshlarning so'zi

2008 yil 20-23 iyun
Farg'ona vodiysida bo'lib o'tgan media-kunlar davomida yarim yillik yakunlariga asosan Toshkentda faoliyat ko'rsatayotgan Markaziy yoshlar studiyasi «Yosh ijodkorlar studiyalarini tashkil etish va rivojlantirish» loyihasida faol ishtirok etganligi va yoshlar hayotiga bag'ishlangan turkum ko'rsatuvlarni yaratib kelayotganligi uchun kompyuter bilan mukofotlandi. Shuningdek, hududiy yoshlar studiyalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida ularga 11ta televizor va DVDlar topshirildi.
27 iyun - Matbuot va ommaviy axborot xodimlari kuni Assotsiatsiya a'zolari tomonidan keng nishonlandi. «Yoshlar yili» Davlat dasturining 113-bandi va «Yosh ijodkorlar studiyalarini tashkil etish va rivojlantirish» loyihasi doirasida, «Matbuot va OAV xodimlari kuni»ga bag'ishlab Farg'ona vodiysida joylashgan telestansiyalar bazasida 2008 yil 20-25 iyun kunlari «Yosh ijodkorlar studiyalarini tashkil etish va rivojlantirish» loyihasi ishtirokchilari va O'zEOAVMAga a'zo telestansiyalar
xodimlari uchun ko'chma seminarlar tashkil etildi. Boshlovchi jurnalistlar uchun seminar-trening Farg'ona tumanidagi «Tong» yoshlar oromgohida tashkil etildi. O'zNTTga a'zo 20ta hududiy telestansiyalarning ko'chma seminari media-kunlarning davomi bo'ldi. Ular yoshlar studiyalari ishtirokchilari bilan birgalikda Farg'ona va Andijon viloyatidagi telestansiyalar faoliyati va yoshlar dasturlari bilan tanishdilar. Ishtirokchilarning muloqoti yoshlar media-forumi doirasida davom etib, mamlakat telejurnalistikasining keyingi rivojlanish yo'llari masalasi bo'yicha bahs-munozaraga kirishdilar. Media-forum ishida Jurnalistlar uyushmasi, O'zEOAVMA, «Kelajak ovozi» YoTM va boshqa tashkilotlar vakillari, shuningdek, Farg'ona vodiysi jurnalistlari ishtirok etdilar. Shuningdek, forumda yosh jurnalistlar uchun o'tkazilgan seminar-trening natijalari muhokama etilib, ular tomonidan amaliy mashg'ulotlar davomida tayyorlangan lavhalar namoyish etildi.

Mavzuga oid yangiliklar
Hududiy yoshlar teleradiostudiyalari - OAVlar rivojlanishidagi yangi qadam
2008 yil 29 yanvar Hududiy teleradiostudiyalar O'zEOAVMA tomonidan ajratilgan grant mablag'lari hisobidan zamonaviy texnik uskunalar bilan jihozlanadi. Bular haqida «Hududiy mediatizimlarni takomillashtirish ...
12.12.2012 / 13:39
Buxoro telestansiyalari STVda mehmonda
2008 yil 27 aprel 27 aprel kuni Buxoro viloyatida faoliyat yurituvchi «Istiqlol-TV», «Koinot-TV», «Osiyo» telestansiyalari jamoalari 60 nafar vakillarining «Samarqand-STV»ga ijodiy safari uyushtirildi.
12.12.2012 / 13:37
«Amaldagi qonunchilikka rioya qilgan holda efirni boshqarish - mas'ul muharrirning dolzarb vazifasi»
2008 yil 3 may Mas'ul muharrirlar uchun «Amaldagi qonunchilikka rioya qilgan holda efirni boshqarish - mas'ul muharrirning dolzarb vazifasi» mavzusida seminar o'tkazildi. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, O'zMAA, Respublika Ma ...
12.12.2012 / 13:34
«FM radiostantsiyalarining musiqiy siyosatini takomillashtirish, musiqiy mahsulotlardan foydalanishning g'oyaviy mezonlari»
2008 yil 22 aprel «Poytaxt» mehmonxonasida assotsiatsiyaga a'zo nodavlat radiostantsiyalarning direktorlari, Bosh muharrir va musiqa muharrirlari uchun «FM radiostantsiyalarining musiqiy siyosatini takomillashtirish ...
12.12.2012 / 13:38
«Yoshlarning faol ijtimoiylashuvi jurnalistik innovatsiyalar ob'ekti va sub'ekti sifatida»
2008 yil 29-30 aprel - 1-2 may “Yoshlar yili“ Davlat dasturi doirasida O'zEOAVMA, “Kelajak ovozi“ YoTM hamda “Kamolot“ YoIH hamkorlikda amalga oshirib kelinayotgan « ...
12.12.2012 / 13:36
Media-zaxiralar bozor iqtisodiyoti segmentlari sifatida
2008 yil 3 may «Respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarni mazmunli, xolis, tezkor va sifatli telemahsulotlar orqali aholiga etkazishda nodavlat telestantsiyalar axborot xizmatlari ishiga ko'maklashish» ...
12.12.2012 / 13:33