O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

Ozod yurt to'lqinlari media festivali
Ozod yurt to'lqinlari media festivali
Tezkor xabar 28 07 2017 11 30
Tezkor xabar 28 07 2017 11 30
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
O'zEOAVMA yangiliklari
Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida yangi media formatlar

2016 yilning 21 dekabr kuni Toshkent shahridagi “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida O'zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (O'zEOAVMA), “Uzbekistan Today” AA, “Mening Yurtim” telekanali, “Vodiy sadosi” YOTRK (“Zo’r-TV”), “Uzreport” AA, “sevimli-tv.uz” internet-telekanali, “Darakchi inform service” MCHJ tomonidan hamda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi milliy markazi, A.Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi, YUNESKOning O'zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida Mediaivent shaklidagi uchrashuv bo'lib o'tdi.


Norasmiy, bayramona va do'stona ruhda o'tgan uchrashuvda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar vakillari, O'zEOAVMAga a'zo nodavlat teleradiostansiyalar rahbarlari, OAV vakillari ishtirok etdi.
Mamlakatimizda 2017 yilning “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e'lon qilindii hamda keyingi besh yillikda inson manfaati har narsadan ulug', degan ezgu g'oyani izchil davom ettirish belgilab qo'yildiki, bu jamoat tashkilotlari, xususan, davlat va jamiyat o'rtasidagi ko'prik vositasi hisoblangan ommaviy axborot vositalari oldiga muhim vazifalarni qo'yadi.
2016 yil 14 dekbrda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimida Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan ushbu tashabbus, shubhasiz, mamlakatda so'z erkinligi ta'minlanishini yangi bosqichga olib chiqadi va media sohaning yanada rivojlanishi, kuchli fuqarolik jamiyatini qurish yo'lida OAVning hal qiluvchi kuch sifatidagi rolini mustahkamlashga imkoniyat yaratadi. Bularning barchasi OAV oldiga xalq bilan ochiq muloqotni o'rnatishda samarali faoliyatni yo'lga qo'yish, olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini aholi, xususan, yoshlarga yetkazish, qonun loyihalarini muhokama qilish maqsadida xalqaro standartlarga mos media maydon, yangi formatlar, muloqotlar platformalarini ishlab chiqish vazifasini qo'yadi.


Tadbirda turli janrlarda media-mahsulotlar tayyorlash orqali davlat va jamiyat o'rtasidagi muloqotni ta'minlashning yangi usullari, bunda nodavlat elektron OAV tomonidan davlat hokimiyati organlari faoliyatining ochiqligini, inson manfaatlarini ta'minlashga qaratilgan media-kontent yaratish maqsadida tashkil etilgan hamda keng jamoatchilik, shuningdek, milliy va xorijlik ekspert, jurnalist hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi jarayonlarini kuzatish uchun tashrif buyurgan xalqaro kuzatuvchilarning ham yuqori baholariga sazovor bo'lgan Press klub faoliyatini doimiy yo'lga qo'yish, shu bilan birga xalq bilan muloqotni ta'minlashda tezkorlik va zamonaviylikka erishishda innovatsion usullardan foydalanish, multimedia maydonlarini tashkil qilish masalalari, davlat va jamiyat munosabatlari shaffofligini ta'minlashda mustaqil bosma OAV oldida turgan vazifalar muhokama qilindi.
Muhokamalar yakuniga ko'ra tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Mavzuga oid yangiliklar
O'zEOAVMA – Fransiyaning O'zbekistondagi elchixonasi: hamkorlikning yangi ufqlari
2017 yilning 8 fevral kuni “Bundkor” yoshlar telekompleksida Fransiyaning O'zbekistondagi elchixonasi madaniyat va hamkorlik bo'yicha maslahatchisi Izabel Kelbel bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuv doirasida O ...
08.02.2017 / 15:34
Media-haftalik doirasida Harakatlar strategiyasining uchinchi yo`nalishi muhokama etilmoqda
Poytaxtimizning International Hotel Tashkent mehmonxonasida 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishlari bo`yicha Harakatlar strategiyasi loyihasining jamoatchilik muhokamasiga bag`ishlangan media ...
25.01.2017 / 11:41
O'zEOAVMA-YUNESKO: 2017 yildagi hamkorlik istiqbollari
- O'zEOAVMA va YUNESKO uzoq muddatdan buyon mustahkam do'stlik aloqalariga asoslangan hamkorlikni davom ettirib kelmoqda. Hamkorlikning asosiy jihatlaridan 2017 yilning “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e ...
18.01.2017 / 09:42
Poytaxtimizda Butunjahon radio kuni nishonlanadi
Joriy yil 7 fevralda «Bunyodkor» yoshlar telekompleksida 13 fevral - Butunjahon radio kuni munosabati bilan «Radio – bu sen!» tok-shousi suratga olinadi.  Tashkilotchilar: O ...
03.02.2017 / 12:59
Mamlakatning 2017-2021 yillarga mo'ljallangan Harakat strategiyasi loyihasining jamoatchilik muhokamasiga bag'ishlangan media-haftalik
2017-yilning 23-27-yanvar kunlari poytaxtimizdagi “International Hotel Tashkent” mehmonxonasining “Billur" zalida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan “2017-2021 yillarda O ...
21.01.2017 / 09:27
Media voqelik mehmonlari va ekspertlar fikrlari
Yetakchi mutaxassislar “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida yangi media formatlari” mavzusidagi media voqealik bo'yicha o'zlarining fikr-mulohazalarini bildirishdi.           Akmal Saidov ...
22.12.2016 / 17:59