O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

Zavqli Sport 66-son
Zavqli Sport 66-son
FIFA 18.01.2017
FIFA 18.01.2017
O'zbekiston-online itogi  (UZB) 16.01.2017
O'zbekiston-online itogi (UZB) 16.01.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
O'zEOAVMA yangiliklari
Press-club: jarayonlar davom etadi

Avval xabar berilganidek, joriy yilning 21 dekabr kuni International Hotel Tashkent mehmonxonasida O'zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (O'zEOAVMA) tomonidan bir qator tashkilotlar bilan hamokrlikda Media event ko'rinishidagi tadbir tashkil qilindi.
 
Tadbirda jamoat tashkilotlari va nodavlat teleradiostansiyalar tashabbus bilan tashkil qilingan “Press-club: Elections.uz-2016” o'zini O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish jarayonlarida ochiqlik va shaffoflikni ta'minlashda samarali muloqot maydoni sifatida namoyon etganligi qayd etildi. Ta'kidlash kerakki, Press klub faoliyati davomida unda ishtirok etgan nodavlat elektron OAV jurnalistlari tomonidan 3000dan ortiq turli janrdagi media kontent tayyorlandi. Press klub faoliyat keng jamoatchilikda ijobiy fikr uyg'otdi va nafaqat mahalliy, balki xorijlik ekspert hamda jurnalistlarning ham yuqori baholariga sazovor bo'ldi.

Sodiq Safoyev, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati raisining birinchi o'rinbosari:
- O'zbekistonda kuchli fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan bosqichma-bosqich islohotlar ommaviy axborot vositalarining kelgusidagi faoliyatini yanada takomillashtirishni taqozo etadi. Kirib kelayotgan yilning mamlakatimizda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e'lon qilinishi so'z erkinligini ta'minlash bo'yicha chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqadi va OAVning yanada rivojlanishiga xizmat qiladi. Bularning hammasi amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun va mohiyatini aholi, xususan, yoshlarga yetkazish, qonun loyihalarini muhokama qilish bo'yicha zamonaviy va kreativ media maydonlarni tashkil qilishni talab qiladi.

 

 

 

 

 

Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi milliy markazi direktori Akmal Sadiov:
– Press klub faoliyati davom ettirilishiga shubha qilmayman. U “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturi ijrosini ta'minlashda muhim rol o'ynaydi va milliy va xalqaro manfaatlarni aks ettiruvchi muhim g'oyalar almashinuvchi mustaqil media maydon bo'lib qoladi.

 

 

 

 

O'zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi Firdavs Abduxoliqov:
– Doimiy faoliyat yurituvchi Press klubni tashkil etish kelgusida xalq bilan muloqotni yanada yaxshilash, innovatsion usullarni keng qo'llagan holda mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy islohotlarni xolis va tez yoritish imkonini beradi. Bu rivojlangan informatsion-kommunikatsiya texnologiyalari jadal rivojlanayotgan sharoitda jamiyat va davlat hayotida OAVning rolini yanada oshirish va mustahkamlashga xizmat qiladi.

Mavzuga oid yangiliklar
O'zEOAVMA-YUNESKO: 2017 yildagi hamkorlik istiqbollari
- O'zEOAVMA va YUNESKO uzoq muddatdan buyon mustahkam do'stlik aloqalariga asoslangan hamkorlikni davom ettirib kelmoqda. Hamkorlikning asosiy jihatlaridan 2017 yilning “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e ...
18.01.2017 / 09:42
Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida yangi media formatlar
2016 yilning 21 dekabr kuni Toshkent shahridagi “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida O'zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (O'zEOAVMA), “Uzbekistan Today” AA, “Mening Yurtim ...
21.12.2016 / 19:13
Ijtimoiy roliklar bo'yicha seminar-trening yakuniga yetdi
Joriy yilning 9 dekabr kuni “Bunyodkor” onlayn-trening markazida “Ijtimoiy roliklar yordamida diniy bag'rikenglik, tenglik, kamsitmaslik va terrorizmga qarshi kurash g'oyalarini ilgari surish” mavzusida Ruminiya OAV, ma ...
09.12.2016 / 18:57
Media voqelik mehmonlari va ekspertlar fikrlari
Yetakchi mutaxassislar “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida yangi media formatlari” mavzusidagi media voqealik bo'yicha o'zlarining fikr-mulohazalarini bildirishdi.           Akmal Saidov ...
22.12.2016 / 17:59
O'zEOAVMA yangilik tayyorlovchi guruhlari uchun master-klass bo'lib o'tdi
Joriy yilning 14 dekabr kuni “Bunyodkor” yoshlar onlayn-trening markazida O'zEOAVMA va “Hududiy muloqot” xalqaro nohukumat tashkilotining filiali tashabbusi bilan  «HOUPLA.INC» (AQSH ...
14.12.2016 / 19:19
Chexiyaning O'zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi O'zEOAVMAga tashrif buyurdi
25 noyabr kuni O'zEOAVMAga Chexiyaning O'zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Yaroslav Siro hamda elchi o'rinbosari Mixayela Pospeshilova O'zEOAVMAga tashrif buyurdi.  Ushbu tashrif doirasida mehmonlar O'zEOAVMAning “Bunyodkor ...
26.11.2016 / 12:38