O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

Tinchlik uchun Afg 2018
Tinchlik uchun Afg 2018
120 SONIYA 26 03 2018 17 00
120 SONIYA 26 03 2018 17 00
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Iqtisodiyot
«O‘zbekoziqovqatxolding» kompaniyasi virtual qabulxonasi ishga tushdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini to‘laqonli himoya qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashning sifat jihatidan yangi va samarali tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda.

Davlatimiz rahbarining 2016-yil 28-dekabrdagi «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni bu boradagi ishlar ko‘lamini kengaytirib, aholi murojaatlarining o‘z vaqtida hamda sifatli hal etilishida muhim omil bo‘lmoqda.

«O‘zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasi saytida ochilgan virtual qabulxona aholi uchun talay qulayliklarga ega.

Meva-sabzavot hamda boshqa oziq-ovqat mahsulotlari ichki va tashqi bozorlarini o‘rganish bo‘yicha chuqur marketing tadqiqotlarini o‘tkazish va buning asosida tarmoqni o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish kompaniyaning asosiy vazifalari sirasiga kiradi.

Aholi kompaniyaga sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, oziq-ovqat sohasida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalariga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollar, yangi kichik biznes subyektlarini tashkil etish, qishloq xo‘jalik subyektlarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni eksport qilish masalalari, bo‘sh ish o‘rinlari haqidagi ariza va shikoyatlar, oziq-ovqat sohasini yanada rivojlantirishga doir takliflar bilan murojaat qilmoqda.

Aholiga yanada qulayliklar yaratish hamda odamlar bilan yaqindan muloqot qilish maqsadida «O‘zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasi rasmiy veb-sayti modernizatsiya qilinib, unda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish uchun xolding kompaniya rahbariyatining virtual qabulxonasi ochildi.

Foydalanuvchilar www.oziq-ovqat.uz manziliga kirib, maxsus shaklni to‘ldirish orqali «O‘zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasi boshqaruv raisiga o‘z arizalari, shikoyatlari va takliflarini taqdim etishi mumkin. Buning uchun elektron raqamli imzo talab qilinmaydi. Kompaniyaning (0 371) 255-52-23 raqamli “ishonch telefoni” hamda elektron pochta manziliga ham murojaat qilish mumkin.

Xolding kompaniya markaziy apparatida murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha ishchi guruhi faoliyat ko‘rsatmoqda. Har bir murojaat mamlakatimiz qonunchiligi doirasida hal etilmoqda.

uza.uz

Mavzuga oid yangiliklar
Arzon uy-joylar qurilishi davom etadi
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 23 oktyabrdagi “2017-2020 yillarda shaharlarda arzon ko`p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini samarali amalga oshirish borasidagi qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida ...
17.04.2018 / 12:26
«Bangladeshlik tadbirkorlarning o‘zbekistonlik ishbilarmonlar bilan hamkorlik qilish ishtiyoqi baland»
Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan O‘zbekiston va Bangladesh o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi ...
11.04.2018 / 11:22
O'zbekistonda qurilish vazirligi tuzildi
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi farmoni imzolandi. ...
03.04.2018 / 10:52
Tehronda O‘zbekiston-Eron savdo uyi ochildi
O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasining Eron Islom Respublikasiga tashrifi doirasida bugun Tehron shahrida O‘zbekiston-Eron savdo uyining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tantanali marosimda O&lsquo ...
11.04.2018 / 11:26
«Toshkent-Sharqiy» aerodromi o`rnida zamonaviy aeroport barpo etiladi
Vazirlar Mahkamasining 30.03.2018 yildagi 250-son qarori bilan «Toshkent-Sharqiy» aerodromi bazasida fuqarolik (xizmat) aviasiyasining zamonaviy aeroport majmuasini qurish» loyihasini amalga oshirishga doir qo`shimcha chora ...
06.04.2018 / 13:31
Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent konferensiyasi tinchlikka erishish borasidagi tashabbuslarning yangi yo‘nalishini boshlab beradi
Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasi matbuot markazida tashkil etilgan sessiya yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev so‘zga chiqdi ...
24.03.2018 / 17:50