O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

Ozod yurt to'lqinlari media festivali
Ozod yurt to'lqinlari media festivali
Tezkor xabar 28 07 2017 11 30
Tezkor xabar 28 07 2017 11 30
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
“Qarshi–Toshguzar–Dehqonobod” temir yo`l uchastkalarida qariyb 90 kilometrlik masofada elektrlashtirish ishlari to`liq yakunlandi

2016 yil mamlakatimiz aholisi uchun, xususan temiryo`lchilar uchun ham juda samarali yil bo`ldi. O`tgan yili olamshumul voqealardan biriga aylangan, dengiz sathidan 1200 metr balandlikda joylashgan tog`ni teshib, 19,2 kmlik tunnelni o`z ichiga olgan uzunligi 123,2 km bo`lgan Angren-Pop elektrlashtirilgan temir yo`li qurilishi nihoyasiga yetkazildi

Yangi temir yo`l magistrali orqali dastlab yuk poezdlari, so`ngra yo`lovchi poezdlarining muntazam qatnovi yo`lga qo`yildi. Ayni paytda ushbu yo`nalish orqali Toshkent–Andijon–Toshkent yo`nalishida kuniga to`rtta, Andijon–Buxoro–Andijon yo`nalishida haftasiga ikki marotaba, Andijon–Urganch–Andijon yo`nalishida haftasiga bir marotaba yo`lovchi poezdlariqatnovi amalga oshirilmoqda. Yaqindan boshlab, aniqrog`i o`tgan yilning 16 dekabr kunidan esa vodiy ahli Andijondan Moskvaga poezdda borish imkoniyatiga ega bo`lishdi.

Albatta, shiddat bilan rivojlanayotgan bugungi davr xizmat ko`rsatish sifatini ham zamonga mos ravishda takomillashtirishni talab qilmoqda. Shundan kelib chiqib, soha xodimlari endilikda temir yo`llarni to`liq elektrlashtirish va aksariyat hududlarda elektropoezdlar harakatini tashkil qilish, yuk va yo`lovchi tashishda samaradorlikka erishishga harakat qilishmoqda. Shu kungacha ular tomonidan 1700 kilometrdan ziyod temir yo`llar elektrlashtirilgan bo`lsa, shundan 500 kilometri 2016 yilda amalga oshirildi. Umumiy uzunligi 325 kilometrni tashkil etuvchi ushbu yo`nalishda elektr-montaj ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilayapti. Bu jarayonga 2016 yilning sentyabr oyida kirishilgan bo`lib, temiryo`lchilarimiz tomonidan Qarshidan Dehqonobodgacha bo`lgan 90 kilometrga yaqin masofa to`liq elektrlashtirildi.

O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2010 yil 21 dekabrdagi “2011–2015 yillarda infratuzilmani, transport va kommunikasiya qurilishini rivojlantirishni jadallashtirish to`g`risida”gi qarori ijrosi yuzasidan Maroqand-Qarshi temir yo`li to`liq elektrlashtirilgan bo`lsa, hozirgi kunda “Qarshi–Termiz” uchastkasida loyiha doirasida ish qizg`in davom etmoqda. Umumiy uzunligi 325 kilometrni tashkil etuvchi ushbu yo`nalishda elektr-montaj ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilayapti. Bu jarayonga 2016 yilning sentyabr` oyida kirishilgan bo`lib, temiryo`lchilarimiz tomonidan Qarshidan Dehqonobodgacha bo`lgan 90 kilometrga yaqin masofa to`liq elektrlashtirildi. 

2016 yilning so`nggi to`rt oy davomida O`zbekiston temir yo`llari” AJga qarashli «1–sonli energomontaj poezdi» unitar korxonasi xodimlari tomonidan 2000 ta temir-beton ustunlar, 1800 ta konsol, 167 ta metall ko`ndalang kesmalar, 224 kilometrlik kontakt tarmoqlari qurib bitkazildi.

Yangi yil bayrami arafasida Dehqonobod vokzalida “O`zbekiston temir yo`llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Qarshi–Toshguzar–Dehqonobod temir yo`l uchastkalarida elektrlashtirish ishlari yakunlanishiga bag`ishlangan tantanali marosim tashkil etildi. Unda temiryo`lchilar, quruvchilarva jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbirda ta`kidlanganidek, mazkur temir yo`l liniyasida amalga oshirilgan sa`y-harakatlar nafaqat hudud, balki yurtimiz taraqqiyotiga xizmat qilishi bilan yanada ahamiyatlidir.

darakchi.uz

Mavzuga oid yangiliklar
Milliy matbuot markazida brifing bo‘lib o‘tdi
Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi hamda O&lsquo ...
22.09.2017 / 11:38
Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev Islom Karimov qabrini ziyorat qildi
O‘zbekistonga tashrif buyurgan Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasi 21-sentabr kuni Samarqand shahrida bo‘ldi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda. ...
22.09.2017 / 11:34
Qorasuv shahrida harbiy xizmatchilar oilalari uchun qurilgan yangi uy-joy foydalanishga topshirildi
Andijon viloyatining Qorasuv shahrida “Far Rivoj serviz” xususiy korxonasi quruvchilari tomonidan barpo etilgan ikki va uch xonali 20 ta xonadondan iborat ikki qavatli uy foydalanishga topshirildi. Bu haqda O‘zA  ...
22.09.2017 / 11:33
Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 835 nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga O‘zbekiston pasporti topshirildi
Milliy matbuot markazida 21-sentabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning joriy yil 5-iyul kuni vatandoshlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqoti chog‘ida bildirilgan muammolar va taklif ...
22.09.2017 / 11:34
Yaponiyalik o‘quvchilar O‘zbеkiston tarixi haqida o‘zbеk tilida taqdimot o‘tkazdi
Kioto prefekturasida O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi va Maidzuru shahar meriyasi hamkorligida O‘zbekiston tarixiy-madaniy merosi va turizm imkoniyatlariga bag‘ishlangan taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu xaqda ...
22.09.2017 / 11:33
Buxoroda “Buxoro hunarmandlari” festivali bo‘lib o‘tdi
Buxoro viloyat hokimligi, O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi viloyat hududiy boshqarmasi, “Hunarmand” uyushmasi viloyat boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan “Buxoro hunarmandlari&rdquo ...
22.09.2017 / 11:32