O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

Tinchlik uchun Afg 2018
Tinchlik uchun Afg 2018
120 SONIYA 26 03 2018 17 00
120 SONIYA 26 03 2018 17 00
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
“Nuroniy” jamg`armasiga yangi rahbar tayinlandi

Milliy universiteti professori bo`lib ishlab kelayotgan Shuhrat Jalilov O`zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo`llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg`armasi respublika boshqaruvi raisi etib saylandi

Poytaxtimizda O`zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo`llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg`armasi markaziy kengashining kengaytirilgan yig`ilishi bo`lib o`tdi. 

Unda jamg`arma ta`sischilari, kengash a`zolari, vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi. 

Yig`ilishda ta`kidlanganidek, bugungi tezkor va globallashuv davri yoshlar tarbiyasiga yanada hushyorlik va ogohlik bilan yondashishni, ma`naviy-ma`rifiy jarayonlarda tabarruk yoshdagi insonlarning tajribasi, yo`l-yo`riqlari, nasihatlaridan unumli foydalanishni taqozo etmoqda. 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2016 yil 28 dekabrdagi “O`zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo`llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg`armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi farmoni va “Keksalar va nogironlarni davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarori bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko`tarishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 

Yig`ilishda tashkiliy masala ko`rildi. Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti professori bo`lib ishlab kelayotgan Shuhrat Jalilov O`zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo`llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg`armasi respublika boshqaruvi raisi etib saylandi. 

“Nuroniy” jamg`armasining Buxoro viloyati bo`limi kengashi raisi S.Husenov, Qoraqalpog`iston Respublikasi bo`limi kengashi raisi Sh.Usnatdinov, Namangan viloyati bo`limi kengashi raisi I.Najmiddinov, Toshkent viloyati bo`limi kengashi raisi S.Asatov, Toshkent shahar bo`limi kengashi raisi M.Zufarov va boshqalar yoshi ulug` insonlarga alohida hurmat-e`tibor ko`rsatayotgani uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildirdi, jamg`arma oldidagi muhim vazifalar xususida so`z yuritdi. 

Yig`ilishda O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov so`zga chiqdi.

darakchi.uz

Mavzuga oid yangiliklar
Londonda Britaniya-O`zbekiston davlatlarining ilk energetik forumi o`z ishini boshladi
18-19 aprel kunlari London shahrida “O`zbekneftegaz” AJ va Investisiya davlat qo`mitasi tomonidan hamda O`zbekiston va Buyuk Britaniya elchixonalarining ko`magida tashkil etilgan, “O ...
18.04.2018 / 15:25
O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi tashkil etildi
O'zbekiston Respublikasi prezidentining «Diniy-ma`rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Farmoni qabul qilindi. Farmon bilan Quyidagilar diniy-ma ...
17.04.2018 / 12:38
«Uralskiye avialinii» Qarshiga parvozlarni yo'lga qo'ymoqda
«Uralskiye avialinii» aviakompaniyasi Moskva (Domodedovo) – Qarshi yo'nalishi bo'yicha yangi reysni yo'lga qo'ymoqda. Bu haqda kompaniya saytida xabar berilgan. Reys 2 maydan boshlab amalga oshiriladi ...
17.04.2018 / 12:34
Prezident Sirdaryo misolida xalqqa murojaat qildi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13 aprel kuni Sirdaryo viloyatida o'tkazilgan yig'ilishda nutq so'zlab, go'yoki Sirdaryo misolida butun millatga murojaat etdi. Ushbu nutqni yakunlovchi qismini e`tiboringizga havola etamiz. ...
17.04.2018 / 12:39
O'zbekistonda Hadis ilmi maktabi tashkil etildi
O'zbekiston Respublikasi prezidentining «Diniy-ma`rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Farmoni qabul qilindi. Hujjatga ko'ra O'zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining oliy diniy-ma ...
17.04.2018 / 12:37
“Respublika kinoprokat markazi”ga rahbar tayinlandi
Xabaringiz bor, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 6 apreldagi “Respublikada yagona repertuar siyosati yuritilishini ta`minlashga yo`naltirilgan Respublika kinoprokat tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida ...
17.04.2018 / 12:31