O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

Документальный фильм "Узбекистан: обретенные откровения"
Документальный фильм "Узбекистан: обретенные откровения"
Узбекистан Обретенные откровения
Узбекистан Обретенные откровения
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Madaniyat
Edvard Rtveladze: Prezidentimiz tashabbuslari O'zbekistonda ilm-fan rivojini yangi bosqichga olib chiqadi

Yangi yil arafasida — 2016 yilning 30 dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizning yetakchi ilm-fan namoyandalari bilan uchrashdi. Ushbu tadbirda, shuningdek, hukumat a'zolari, vazirlik va idoralar, davlat va jamoat tashkilotlari, O'zbekiston Fanlar akademiyasi a'zolari, yetakchi oliy o'quv yurtlari rektorlari ishtirok etdi.

Darhaqiqat, bugun yurtimizda yangi tarixiy davr boshlandi. Bu esa jamiyatimizning barcha jabhasida, jumladan, siyosat, iqtisodiyot, ijtimoiy-gumanitar yo'nalishlari va albatta, ilm-fanda jadal rivojlanishni talab etayapti. Chunki ilm-fan hamda hayot o'rtasida shunday uzviy bog'liqlik mavjudki, agar u turmushimizga qancha ko'p xizmat qilsa, hayotimiz ham ilm-fanni bundan-da ko'proq boyitadi. Prezidentimiz bildirilgan ustuvor vazifalardan shuni chuqur his etish, anglash mumkinki, ilm-fan va u bilan muntazam shug'ullanayotganlar davlatimizning doimo e'tiboridadir. Uchrashuvda qatnashgan O'zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi Edvard Rtveladze bilan suhbatimiz ilm-fanimizning kelgusidagi rivojlanishi istiqbollari haqida bo'ldi.

— Edvard Vasilevich, davlatimiz rahbari ilm-fan namoyandalari bilan uchrashuvda bugungi zamon barcha sohalar qatorida ilm-fanni ham yangi bosqichga ko'tarishni talab qilayotgani, binobarin, jamiyat oldida turgan dolzarb masalalarni ilm-fansiz yechish qiyinligini alohida ta'kidladi. Ilm-fan va olimlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning eng ustuvor yo'nalishlaridan biriga aylanmoqda. Bu yuksak e'tibor Yangi yil arafasida Prezidentimizning “O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademiklari faoliyatini takomillashtirish va rag'batlantirish to'g'risida”gi Farmonida ham o'z ifodasini topgan. Bu tashabbus ilm ahli tomonidan qanday kutib olindi?

— Avvalo, davlatimiz rahbariga respublikamizda ilm-fan rivojiga, akademiklarni har tomonlama qo'llab-quvvatlashga qaratayotgan yuksak g'amxo'rligi uchun chin dildan minnatdorlik bildiramiz. Prezidentimizning ushbu tashabbusi mamlakatimizning barcha ilm-fan ahli vakillari tomonidan to'la qo'llab-quvvatlanib, katta xursandchilik bilan kutib olindi. Farmonga muvofiq, yurtmiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida ilm-fanning o'rnini yanada mustahkamlash, akademiklar faoliyatini har tomonlama qo'llab-quvvatlash, yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlash sifatini oshirishni rag'batlantirish maqsadida bir qator muhim chora-tadbirlar ro'yobga chiqariladi. Alohida qayd etilganidek, fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasini yanada takomillashtirish muhim ahamiyatga ega. Bugun jahonning yetakchi institutlari, universitetlari, ilmiy markazlari va Fanlar akademiyalari bilan ilmiy hamkorlikni yanada mustahkamlashni zamonning o'zi talab qilmoqda. Xorijning yetakchi o'quv va ilmiy muassasalarida ta'lim va ilmiy daraja olgan yurtdoshlarimiz uchun mamlakatimizda qulay shart-sharoitlar yaratib berish, ularni rag'batlantirish choralarini ko'rish kerakligi juda to'g'ri vazifa, deb hisoblaymiz.

— Prezidentimiz bilan muloqot davomida mamlakatimizda yuqori salohiyatga ega, jahon miqyosida e'tirof etilgan olimlar ko'pligi, ular o'z maktablarini yaratishi, shogirdlar tarbiyalashi lozimligi alohida ta'kidlandi.

— Darhaqiqat, O'zbekiston ilm-fani haqida gap ketganda, tasavvurimizda o'zining yuksak ilmiy salohiyati va xalqaro miqyosdagi nufuzi bilan nom qozongan G'ulomov, Masson va Pugachenkova tomonidan yaratilgan tarixchilar, arxeologlar, san'atshunoslar maktabi gavdalanadi. Mustaqillik yillarida bu ishlar nafaqat davom ettirildi, balki yangi ilmiy mavzular bilan boyitildi. Albatta, ular ilgari ham ishlab chiqilgan bo'lsa-da, birmuncha sayoz va yuzaki o'rganilgan edi. O'zbekiston tarixiy ilm-faninig yuksak yutuqlari sifatida men tarix institutlari va mamlakatimizning boshqa ilmiy muassasalari olimlari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan va chop etilgan davlatchilik tarixini ta'kidlagan bo'lardim. Ular orasida “O'zbekiston davlatchiligi tarixi bo'yicha ocherklar”, “O'zbekiston davlatchilik tarixi”ning birinchi jildi, “O'zbekiston davlatchiligi tarixida Xorazm” kitoblari alohida o'rin olgan. Istiqlol sharofati bilan birinchi bor “O'zbekiston tarixi. Amir Temur va Temuriylar davri” fundamental ishi yaratildi. Unda o'sha paytdagi siyosiy, ijtimoiy va madaniy hayot hamda Amir Temurning jahon tarixidagi roli xolisona tasnif etilgan

— Uchrashuvda ko'tarilgan masalalardan biri jahonning yetakchi institutlari, universitetlari, ilmiy markazlari va Fanlar akademiyalari bilan ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratildi. Bu jabhada qanday ishlar amalga oshirilmoqda? Axir O'zbekiston arxeologlari erishgan yutuqlar nafaqat mamlakatimiz, balki jahon tarixi fondiga qo'shilgan ulkan xissa hisoblanadi.

— O'zbek olimlari judayam katta ilmiy zaxira to'plaganlar, uni rivojlantirish lozim. Yuqori salohiyatga ega kadrlar tayyorlash masalasini takomillashtirish, ilmiy kadrlar va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash jarayoni uzluksizligini ta'minlash, dunyo darajasidagi yangi olimlar avlodini tarbiyalash zarur. Obi-rahmat qoyalaridagi qazilmalar, yuqori paleolit davridagi Jarqo'ton qadimgi manzilgohi, Iskandar Zulqarnayn tomonidan bunyod etilgan Kampirtepa qal'asi, Uzundara qadimgi qo'rg'oni, Qoratepa va Fayoztepadagi buddaviylar yodgorliklari, Akshixan-qal'a portret galereyasi va boshqa ko'plab tadqiqotlar allaqachon butunjahon ilm-fanining oltin fondiga kirib ulgurdi. Shu bois ham AQSH, Avstraliya, Polsha, Chexiya, Fransiya, Yaponiya va rossiyalik olimlar bu izlanishlarda bevosita qatnashish istagini bildirmoqda. Ular orasida yaqindagina vafot etgan, O'zbekistonning samimiy do'sti hisoblangan Kyudzo Katoni alohida ta'kidlagan bo'lardim. Tarixiy ilm-fan va u bilan bog'liq bo'lgan sohalarning natijalari salmoqli. Mustaqillik yillarida badiiy madaniyat va zamonaviy san'at tarixi yaratilishida san'atshunoslik fani alohida ahamiyat kasb etdi. Shu bilan birga, bundan keyin umumlashtiruvchi ishlarni yaratishni davom ettirish, xususan, davlatchilik tarixidan boshlab, shaharlar, transkontinental yo'llar, badiiy madaniyat va san'at, arxeologiya, tarixshunoslikni dunyoning yetakchi tillariga tarjima qilish lozim. Bu esa xorijlik olimlar va keng o'quvchilar ommasi uchun ulardan erkin foydalanish imkoniyatini beradi.

— Prezidentimiz ta'kidlaganidek, mamlakatimiz va jamiyatimizning zamon talablari darajasida rivojlanishini ilm-fansiz tasavvur qilish qiyin. Ilm-fan taraqqiyotida fundamental tadqiqotlar muhim ahamiyat kasb etadi. Aynan ular orqali yangi bilimlar o'zlashtiriladi va nazariyalar shakllantiriladi, kelgusi amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalar uchun mustahkam asos yaratiladi. Fikringizcha, mazkur yo'nalish bo'yicha kelgusidagi vazifalar qanday?

— Mamlakat rahbariyati tomonidan ushbu masalaga alohida e'tibor qaratilishi juda muhim sanaladi. Zero, davlatning qo'llab-quvvatlashisiz ilm-fanni rivojlantirib bo'lmaydi. Dunyo tajribasidan kelib chiqib, mazkur omilni eng asosiysi, deb bilaman. Bugungi kunda qator davlatlarda akademik institutlar byudjet asosida faoliyat yuritadi, ajratilayotgan grantlar esa qo'shimcha moliyaviy manba hisoblanib, laboratoriya va tabiiy sharoitlarda o'tkaziladigan tadqiqotlarga yo'naltiriladi. Mavjud masalalar esa davlatimiz rahbarining “O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademiklari faoliyatini takomillashtirish va rag'batlantirish to'g'risida”gi Farmoni ijrosi asnosida o'z yechimini topadi.

— Ilm-fan iqtisodiyotning barcha tarmoqlari taraqqiyotida katta o'rin tutadi. Davlat esa bu yo'lda, avvalo, olimlarga suyanadi. Bugun ilm-fan va ishlab chiqarish o'rtasidagi integratsiya har qachongidan ham ko'ra dolzarb ahamiyatga ega. Mazkur jarayonni yanada kuchaytirish uchun nimalar zarur deb o'ylaysiz?

— Faxrlanarli jihati, ayni paytda respublikamizda ana shu integratsiyalashuv jarayonlari uchun barcha sharoit mavjud. Binobarin, Prezidentimizning turli jabhalar mutaxassislari, olimlar, ekspertlar jamoatchiligi va boshqa manfaatdor tomonlarning sa'y-harakatlarini birlashtirishga oid tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash juda muhimdir. Bunday tajriba xorij mamlakatlarida ham qabul qilingan. Kezi kelganda aytish joizki, yurtimizda ham mazkur amaliyot izchil qo'llanilayapti. Aniq misol keltiraman. Toshkentda “O'zbekistonning madaniy merosi dunyo to'plamlarida” nomli ulkan loyiha amalga oshirilmoqda. E'tirof etish lozimki, u Prezident Shavkat Mirziyoyevning o'zbek xalqining tarixiy, madaniy va intellektual merosini ko'z-qorachig'idek asrab-avaylash hamda ko'paytirish, shuningdek, yosh avlodni umuminsoniy va milliy an'analar hamda qadriyatlar ruhida tarbiyalashga alohida e'tibor qaratayotgani tufayli ro'yobga chiqarilmoqda. Ta'kidlash kerakki, mazkur masala davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan u kelgusi besh yilga mo'ljallangan O'zbekistonning yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasiga kiritilgani buning yorqin tasdig'idir.

— Mazkur loyihaning noyobligi nimada?

— Sharq davlat muzeyi, Rossiya etnografik muzeyi, Tretyakovskiy davlat galereyasi va Rossiya milliy kutubxonasidagi hamkasblarimiz bilan hamkorlikda bugungi O'zbekiston hududidan topilgan, ayni paytda turli muzeylar hamda shaxsiy kolleksiyalarda saqlanayotgan buyumlarning rang-barang rasmlari va suratlari bilan bezatilgan to'rt tomli kitob-albom tayyorlandi. Qadimgi va bugungi ustalar tomonidan yasalgan durdona asarlar diyorimizning noyob moddiy hamda badiiy madaniyatini o'zida ifoda etgan. Nashr nafaqat ilmiy tadqiqot doiralari vakillari uchun, balki mamlakatimiz va xorijdagi keng auditoriya, O'zbekistonning boy madaniy merosiga qiziqadigan yoshlarga mo'ljallangan. O'quvchilar albom bilan birga taqdim etiladigan diskdagi hujjatli filmni tomosha qilib, yurtimizning boy madaniyati hamda san'ati haqidagi tasavvurlarini kengaytirishlari mumkin. Kelgusida Rossiya, AQSH, Angliya, Germaniya, Shvetsiya, Fransiya davlatlaridagi muzeylar to'plamlaridan turli sabablar bilan joy olgan bebaho tarixiy-madaniy meros buyumlari tasvirlarini ham nashr etish rejalashtirilayapti. Albatta, mazkur loyiha katta ahamiyatga ega. Zero, u mamlakatimizda tarix fanlarini rivojlantirishga salmoqli hissa bo'lib qo'shiladi, boy milliy madaniy-tarixiy merosimizni yanada ommalashtirishga xizmat qiladi.

Hech shubhasiz, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabbuslari O'zbekistonda ilm-fan rivojini yangi bosqichga olib chiqadi.

Mavzuga oid yangiliklar
Yilning eng shov-shuvli loyihasi start oldi: “Art House”
Tadbir avvalida “O‘zbekkino” Milliy agentligi Bosh direktori Furqat Zokirov, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Маpkaziy Kengashi raisi o‘rinbosari Kamoliddin Beknazarov ...
13.11.2017 / 16:26
Toshkent islom universitetida fotoko‘rgazma
Tinchlik, xotirjamlik, farovon va baxtiyor hayot – eng oliy ne’mat. Toshkent islom universitetida o‘tkazilayotgan fotoko‘rgazma har bir tomoshabinni osoyishta va yorug‘ kunlarimiz, istiqlolimiz, ona O&lsquo ...
30.10.2017 / 14:29
“Sea sun” халқаро мусиқа танлови ғолиблари
Жорий йил сентябрь ойида Испанияда ўтказилган “Sea sun” халқаро мусиқа танловида наманганлик ёшлар ғолиб ва совриндорлар сафидан жой олди. Танловда дунёнинг 12 давлатидан 600 дан зиёд ёш истеъдод соҳиби қатнашди. Ҳакамлар ...
27.10.2017 / 13:57
Alisher Navoiy nomidagi adabiyot muzeyi faoliyati yanada takomillashtiriladi
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori e ...
08.11.2017 / 16:37
O‘zbekiston va Ukraina rassomlar nigohida
Toshkent Fotosuratlar uyida O‘zbekiston va Ukraina o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 25 yilligiga bag‘ishlab "O‘zbekiston va Ukraina rassomlar nigohida" deb nomlangan ko‘rgazma ochildi. O ...
30.10.2017 / 13:29
Chorsu bozorida Ko'kaldosh-Xastimom sayyohlik marshruti barpo etiladi
Chorsu bozorida Ko'kaldosh-Hazrati imom (Xastimom) marshruti bo'yicha yangi sayyohlik ob`yekti quriladi. Bu haqida Toshkent bosh arxitektori, Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi boshlig'i o ...
05.10.2017 / 09:46