
“Paxtakor” xorvatiyalik futbolchini o`z safiga qo`shib oldi
oshkentning "Paxtakor" jamoasi xorvatiyalik himoyachi Yurisa Bulyatni o`z tarkibiga qo`shib oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
31 yoshli himoyachi "sherlar" bilan yil oxirigacha mo`ljallangan shartnomaga imzo chekdi. U o`tgan yili oliy ligada "Bunyodkor" sharafini himoya qilgandi.
Faoliyati mobaynida Bulyat Xorvatiyaning "Zadar" va "Xayduk", Isroilning "Makkabi", Germaniyaning "Energi" va Ukrainaning "Metallist" jamoalarida ham to`p tepgan. 2012 yilgi Evropa chempionati final bosqichida Xorvatiya terma jamoasi bilan ishtirok etgan.
Xorvatiyalik himoyachining klubimizdagi faoliyati omadli chiqishi va u "Paxtakor" bilan sovrinlarga ega chiqishiga umid qilamiz.
Ko'riklar soni: 320 | Нравится | Твитнуть |