O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

Телеканал "НТВ" о передаче в дар Узбекистану копий бесценных рукописей
Телеканал "НТВ" о передаче в дар Узбекистану копий бесценных рукописей
Rossiyaning "Rossiya 24" telekanali nodir qo`lyozmalar haqida
Rossiyaning "Rossiya 24" telekanali nodir qo`lyozmalar haqida
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
O’zbekiston erishgan muvaffaqiyatlar “Urdu News” gazetasi nigohida

audiya Arabistonida urdu tilida chop etiladigan “Urdu News” gazetasida ushbu nashr muharriri va “Arab News” gazetasi muxbiri Izzatilla Xashmi qalamiga mansub O’zbekiston haqidagi salmoqli  maqola bosilib chiqdi.

Unda jurnalist O’zbekiston tarixiga murojaat qilar ekan, mamlakatimizning mustaqil rivojlanish yillari davomida yurtimiz bo’ylab amalga oshirgan safarlari haqidagi taassurotlarini ham qalamga olgan. Maqola mazkur safarlar haqida atroflicha tasavvur uyg’otadigan rang-barang suratlar bilan birga chop etilgan.

Muallifning qayd etishicha, sobiq sho’rolar ittifoqi davrida ayrim o’zbeklar boshqa qator mamlakatlarga, jumladan, Afg’oniston va Pokistonga ko’chib ketishga majbur bo’lishgan. Ular o’zbeklar zamini mustaqillikni qo’lga kiritgani haqidagi xabarni katta quvonch bilan qabul qilishgani gazetxonlarning e'tiboriga havola etilgan. “Chunki muhojirlar uchun o’zlarining tarixiy va qadrdon Vataniga borish imkoni yaratilgan edi”, deb yozadi muallif.

Izzatilla Xashmi e'tirof etganidek, O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov mamlakatimizning mustaqil davlat sifatida oyoqqa turishi va izchil ravnaq topishiga bebaho hissa qo’shdi. Uning rahbarligida 1991-yilning 31-avgustida «O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari to’g’risida»gi Qonun qilingani holda mamlakat o’z rivojlanish yo’lini tanladi, iqtisodiy taraqqiyotning ustuvor yo’nalishlarini belgilab oldi. Turli sohalardagi islohotlarning muhim bosqichlarini bosib o’tdi va salmoqli muvaffaqiyatlarni qo’lga kiritdi.

Shu bilan birga, nashr O’zbekistonda turli millat va elatlarning madaniyati, urf-odatlari, tarixiy yodgorliklar, diqqatga sazovor maskanlar saqlab qolingani, ular yanada boyitilayotganini ham alohida ta'kidlagan. Bu yo’nalishda amalga oshirilgan ulkan  sa'y-harakatlar mamlakatni tom ma'nodagi Osiyo ganjinasiga aylantirdi, deb hisoblaydi muallif. 

Ma'lumot tariqasida shuni ham qayd etish o’rinliki, “Urdu News” Fors ko’rfazi hududi mamlakatlarida istiqomat qiladigan mamlakatlarning urdu tilli aholisi o’rtasidagi ommabop gazeta hisoblanadi. 1992-yildan buyon chop etiladigan mazkur nashr har kuni 65 ming nusxada chop etiladi.

“Jahon” AA

Mavzuga oid yangiliklar
Toshkentda zilzila qayd etildi
Toshkent” seysmostansiyasining ma`lumotiga ko`ra, 2017 yilning 11 dekabr kuni soat 15:25 da Respublikamizda zilzila qayd etilgan. Zilzilaning epimarkazi Toshkent shahridan 211 kilometr, Jizzax shahridan janubiy-g`arbiy yo ...
12.12.2017 / 11:50
Samarqandda yangi maqbara majmuasi ochiladi
2018 yil yanvarda Samarqand shahrida Islom Karimov xotirasiga atab bunyod etilgan maqbara majmuasi ochiladi. Bu haqda bugun mamlakat Prezidenti Shavkat Mirzieyovning “O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti ...
30.11.2017 / 10:54
Samarqand va Namangan viloyatlarining bosh militsionerlari o‘zgardi
O‘zbekiston ichki ishlar vazirligi tizimida ikki muhim tayinlov amalga oshirildi, deya xabar bermoqda UzNews. Polkovnik Aziz Toshpo‘latov Samarqand viloyati IIB boshlig‘i etib tayinlandi. Shuningdek, polkovnik ...
20.11.2017 / 09:07
Qirg'iziston O'zbekistonga qishda elektr energiyasi yetkazib beradi
Qirg'iziston O'zbekiston bilan yozgi 1 milliard 140 million kVt.s elektr energiyasi eksportidan (bu iyun-oktabr) so'ng qishda qo'shimcha qariyb 550 million kVt.s elektr energiyasini yetkazib berish bo'yicha kelishuvga erishgan. Bu haqda Qirg ...
30.11.2017 / 16:09
Qashqadaryo aholisining qishki ehtiyoji uchun zarur ko‘mirning 75 foizi yetkazib berildi
Qishni betalafot o‘tkazish uchun Qashqadaryo viloyatida 53,9 ming tonna ko‘mirga ehtiyoj mavjud bo‘lib, ayni paytda bu ehtiyojning o‘rtacha 75 foizi qoplangan, deya xabar bermoqda O‘zA. Xabar berishlaricha ...
20.11.2017 / 09:08
O‘zbekiston adliya vaziri Ruslanbek Davletov Isroil elchisi bilan uchrashdi
2017-yil 16-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri Ruslanbek Davletov Isroilning O‘zbekistondagi elchisi Eduard Shapira bilan uchrashdi, deb xabar berdi vazirlik matbuot xizmati. ...
18.11.2017 / 17:42