O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

Ozod yurt to'lqinlari media festivali
Ozod yurt to'lqinlari media festivali
Tezkor xabar 28 07 2017 11 30
Tezkor xabar 28 07 2017 11 30
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Ota-onalar videomuloqot orqali askar o‘g‘lonlari bilan diydorlashdi

Gulistonda Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlarida o‘z yigitlik burchini o‘tayotgan askarlar va ularning ota-onalari ishtirokida “Mening o‘g‘lim – Vatan himoyachisi” deb nomlangan videomuloqot bo‘lib o‘tdi.

Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi D.Haydarova va boshqalar mamlakatimiz mustaqilligi, xavfsizligi, hududiy yaxlitligi va barqaror taraqqiyotimizning ishonchli kafolati bo‘lgan milliy armiyamiz qudratini yanada oshirishga qaratilayotgan doimiy e’tibor yuksak samaralar berayotganini ta’kidladi. 

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari saflarida xizmat qilayotgan yigitlar bugun zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, xorijiy tillarni puxta o‘zlashtirgan, mustaqil fikr va dunyoqarashga ega yoshlardir. 

Mamlakatimiz Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 25-yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab viloyatdagi harbiy qismlarda, ta’lim muassasalarida, kollej va litseylarda, tashkilot va mahallalarda “Tinchlik uchun kurashmoq kerak”, “Vatan himoyasi – muqaddas burch!”, “Mening armiyam – mening faxrim”, “Askar onalarini sharaflaymiz”, “Armiya va yoshlar”, “Vatan – ulug‘, burchim – muqaddas” kabi mavzularda turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda. 

Farzandlari Surxondaryo viloyatidagi harbiy qismlarda xizmat qilayotgan onalar, Sirdaryo viloyatida yigitlik burchini o‘tayotgan askarlar, keng jamoatchilik vakillari, yoshlar ishtirok etan tadbirda onalar o‘z farzandlarining harbiy hayoti, ularga yaratib berilgan sharoitlar bilan tanishdi, bayram bilan tabrikladi. 

– O‘g‘lim Akmal harbiy xizmatni o‘tayotganiga salkam bir yil bo‘ldi, – deydi Sardoba tumanidan Bog‘lonoy Ergasheva. – Egnidagi harbiy libosi o‘ziga juda yarashibdi. Qaddi-qomatiga qarab ko‘zing quvnaydi. Yuzidagi quvonch, gap-so‘zlaridagi ishonchni ko‘rib, ko‘nglim tog‘dek ko‘tarildi. Harbiy qism rahbariyati tomonidan yo‘llangan tashakkurnomadan qalbim g‘ururga to‘ldi. Barcha onalar nomidan bugungi tadbir tashkilotchilariga, askar o‘g‘lonlarimizga barcha sharoitni yaratib berayotgan Prezidentimizga minnatdorlik bildiraman. 

– Guliston shahrida turib, o‘z ota-onam bilan teleekran orqali diydorlashganimdan xursandman, – deydi Sirdaryo viloyatida yigitlik burchini o‘tayotgan surxondaryolik oddiy askar Ziyodbek Berdiqulov. – Xizmatda erishayotgan yutuqlarim haqida gapirib berdim. Ular juda xursand bo‘ldi. 

Tadbirda harbiylar va ularning onalariga yuksak ehtirom ko‘rsatilib, badiiy jamoalar, taniqli san’atkorlar ijrosida konsert dasturi namoyish etildi. 

Mavzuga oid yangiliklar
Toshkent viloyatida imkoniyati cheklangan fuqarolarga uy topshirilmoqda
Toshkent viloyatida davlatimizning kam ta`minlangan oilalar va jismoniy imkoniyatlari cheklangan insonlarni har tomonlama qo`llab-quvvatlash borasidagi tadbirlari ko`lami tobora kengaymokda. ...
21.08.2017 / 12:52
Shavkat Mirziyoev Ispaniya qiroliga hamdardlik bildirdi
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Ispaniya Qiroli Felipe VI ga insonlar halok bo`lishiga olib kelgan Barselona shahridagi terroristik akt sababli samimiy hamdardlik bildirdi. Eslatib o`tamiz ...
21.08.2017 / 12:47
Xayriya hashari davomida ehtiyojmand va kam ta’minlangan oilalarga sovg‘a-salomlar ulashilmoqda
Vatanimiz mustaqilligining yigirma olti yillik bayrami oldidan tashkil etilgan umumxalq xayriya hashari Farg‘ona viloyati shaharu qishloqlarida ham uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda. Unda odamlar o‘zi yashayotgan ...
19.08.2017 / 12:47
Kichik xalqa yo`li yopilishi munosabati bilan avtobuslarning yo`nalishi vaqtincha o`zgartirildi
Toshkent kichik halqa yo`lining yopilishi munosabati bilan mazkur yo`nalishda harakatlanuvchi jamoat transporti harakatiga o`zgartirishlar kiritildi.  2017 yil 19 avgustdan e`tiboran «KHAY» va «Farg`ona yo`li» ko ...
21.08.2017 / 12:52
“Eng ulug’, eng aziz» tanlovining Jizzax viloyat bosqichi o’tkazildi
Jizzax shahrida an’anaviy “Eng ulug’, eng aziz» tanlovining viloyat bosqichi g’oliblarini taqdirlash marosimi bo’lib. Unda respublika «Tasviriy oyina» ...
19.08.2017 / 12:53
Ayni paytda Samarqand viloyat bo‘yicha 200 mingdan ziyod yoshlar hasharda qatnashmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-avgustdagi farmoyishiga muvofiq, eng ulug‘, eng aziz bayramimiz oldidan o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hasharida Samarqand viloyati aholisi ham faol ishtirok etmoqda. ...
19.08.2017 / 12:43