O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

Ozod yurt to'lqinlari media festivali
Ozod yurt to'lqinlari media festivali
Tezkor xabar 28 07 2017 11 30
Tezkor xabar 28 07 2017 11 30
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Iqtisodiyot
Nukusliklar uchun yana bir qulaylik

2017-2021 yillarda 303 ta yangi yo'lovchi tashish yo'nalishi, ulardan 240 tasini (79,2 foizi) shahar atrofida va qishloq joylardan o'tadigan shaharlararo qatnovlarda ochiladi. Bu haqda Prezidentining "Aholiga transport xizmati ko'rsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yo'lovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorida belgilangan. Yangi yo'nalishlar ochish bilan birgalikda, asosan avtobuslar yetishmasligi tufayli qatnov to'xtatilgan yo'nalishlar tiklanadi.

Hujjatga ko'ra, kelgusi 5 yilda 8,6 mingta yo'lovchi tashish avtomobili, shu jumladan, 5,7 mingta umumiy foydalanishga qulay mikroavtobus sotib olinadi.

2018 yilning 1 iyul sanasiga qadar Nukus shahri va viloyatlar markazlarida shahar yo'lovchilar transportida yo'l haqini bank plastik kartochkasida naqd pulsiz to'lash tizimini bosqichma-bosqich joriy etish rejalashtirilgan.

Kelgusi 5 yil mobaynida Dasturni moliyalashtirishga 840 milliard so'mdan ziyod, asosan “O'zavtosanoat-lizing” va boshqa lizing kompaniyalarining mablag'lari, tijorat banklari kreditlari, xususiy investorlarning o'z mablag'lari, shuningdek, mahalliy byudjetlar mablag'lari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag'lar yo'naltiriladi.

Qarorda lizing kompaniyalari va tashuvchilarning o'zlari yangi sotib oladigan mikroavtobuslar uchun Respublika yo'l jamg'armasiga to'lanadigan yig'im to'lovidan ozod qilinishi nazarda tutilgan.

Chetdan keltiriladigan va respublikamizda ishlab chiqarilmaydigan, avtobuslar va mikroavtobuslarning ishini onlayn rejimida (GPS) muntazam tarzda masofadan kuzatib borishni, shuningdek, yo'lkirani naqd pulsiz to'lash tizimini joriy etish uchun mo'ljallangan barcha materiallar, asbob-uskunalar, detallar bojxona to'lovlaridan (bojxonada rasmiylashtirish yig'imlaridan tashqari) ozod qilinishi ham nazarda tutilmoqda.

Bundan tashqari, yuridik shaxslar shahar atrofidagi va viloyatlar ichidagi shaharlararo yo'nalishlarda (qishloq joylarda) avtobuslarda yo'lovchilar tashish hajmi bo'yicha yagona soliq to'lovidan ozod qilinadi.

Dasturning amalga oshirilishi yuzasidan monitoring olib boradigan ishchi guruhitomonidan yoqilg'i qiymati va boshqa iqtisodiy shart-sharoitlar o'zgargan taqdirda yo'lkira tariflari o'z vaqtida qayta ko'rib chiqilishini nazorat qilish vazifasi ham topshirildi.

Mavzuga oid yangiliklar
Yosh bo‘lsa ham, ishi soz
Yurtimizda bunyodkorlik ishlari ko‘lami kengayib borgani sari zamonaviy va sifatli qurilish materiallariga talab ham ortmoqda. Iste’mol bozoridagi talab asosida  ...
18.08.2017 / 17:45
Shavkat Mirziyoyev Bekobodga tashrif buyurdi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18 avgust kuni Toshkent viloyatining Bekobod shahriga tashrif buyurdi, deb xabar qildi O‘zA. Tashrif O‘zbekiston metallurgiya kombinati &mdash ...
18.08.2017 / 15:42
O‘zbekiston Afg‘onistonga maxsus texnika yetkazib beradi
Belarusning “Amkodor” kompaniyasi Afg‘oniston bozoriga chiqish variantlarini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda kompaniyaning MDH mamlakatlari va uzoq xorijga sotish boshqarmasi boshlig‘i Leonid Pinchuk korxonaga Afg&lsquo ...
16.08.2017 / 11:18
Mirziyoyev Bekoboddagi barcha xonadonlarni isitish moslamalari bilan ta`minlashga ko'rsatma berdi
Bekobod shahrida 5 mingta «Ariston» suv isitgichlari o'rnatiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev Bekobod shahri faollari bilan uchrashuvda ma`lum qilgan.  O'zA xabariga ko'ra, isitgichlar kreditlar asosida xarid qilinadi va turay ...
18.08.2017 / 16:58
Tashqi savdo vaziriga yangi o`rinbosar tayinlandi
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 avgustdagi PQ-3222-son qaroriga muvofiq Saxib Ismailovich Saifnazarov O`zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vaziri o`rinbosari lavozimiga tayinlandi. ...
18.08.2017 / 08:38
O‘zbekistonning yalpi ichki mahsuloti birinchi yarim yillikda 7 foizga o‘sdi
O‘zbekistonning yalpi ichki mahsuloti (YIM) 2017-yilning birinchi yarim yilligida 2016-yilning shu vaqtiga qadar 7 foizga o‘sib, 102,702 trillion so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasiga asoslanib, &ldquo ...
04.08.2017 / 18:30