O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

Tezkor xabar 28 07 2017 11 30
Tezkor xabar 28 07 2017 11 30
O'zbekiston online 27 07 2017 14 00
O'zbekiston online 27 07 2017 14 00
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
O'zEOAVMA yangiliklari
O'zEOAVMA-YUNESKO: 2017 yildagi hamkorlik istiqbollari

- O'zEOAVMA va YUNESKO uzoq muddatdan buyon mustahkam do'stlik aloqalariga asoslangan hamkorlikni davom ettirib kelmoqda. Hamkorlikning asosiy jihatlaridan 2017 yilning “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e'lon qilinishidir. Bu hamkorlikdagi faoliyatimiz uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi, - deya qayd etdi YUNESKO vakolatxonasining rahbari Krista Pikkat.

O'zEOAVMA hamda YUNESKOning O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbarlari hamda vakillari ishtirokidagi do'stona suhbat 17 yanvar kuni O'zEOAVMAda bo'lib o'tdi. Suhbat davomida 2017 yili hamkorlikda o'tkazilishi rejalashtirilgan tadbirlar muhokama qilindi, shuningdek, kelgusida hamkorlikni yanada mustahkamlash bo'yicha muzokaralar olib borildi.
Qayd etilganidek, YUNESKOning vakolatxonasi O'zEOAVMA bilan hamkorlikda qator tadbirlarni o'tkazishni rejalashtirgan. Jumladan, xalqaro mutaxassislarni jalb etgan holda seminar-treninglar, “Butujahon radio kuni”ga bag'ishlangan davra suhbati, tok-shoular tayyorlashning sifatini oshirishga qaratilgan o'quv mashg'ulotlari, shuningdek, YUNESKO madaniy merosni asrab-avaylashni targ'ib qilish bo'yicha boshqa tadbirlarni tashkil qilish va boshqa ijtimoiy muhim loyihalarni amalga oshirish mo'ljallangan.   


- Biz joriy yilda ijtimoiy reklama tayyorlovchi ijodiy guruhlarning kasbiy malakasini oshirishga qaratilgan faoliyatimizni ham davom ettiramiz. Taxminan mart oylarida irqiy tenglik, millatlararo totuvlik, terrorizmga qarshi kurash va boshqa mavzularda seminar-trening tashkil qilinadi, - deydi Krista Pikkat.
Ma'lumot uchun ta'kidlash kerakki, YUNESKOning O'zbekistondagi vakolatxonasi ko'p yillardan buyon O'zEOAVMAning doimiy hamkori hisoblanadi. Hamkorlikda o'tkazilayotgan tadbirlar, amalga oshirilayotgan jurnalistika sohasiga oid loyihalar buning yaqqol namunasidir. Xususan, o'tgani yili ekologiya jurnalistikasi,  ijtimoiy yo'naltirilgan media-kontentni tayyorlash istiqbollari bo'yicha qator seminar-treninglar tashkil qilindi, shuningdek, nodavlat teleradiouzatuvchilarning ijodiy va texnik xodimlari bilim hamda ko'nikmalarini yuksaltirishga yo'naltirilgan ahamiyatga molik loyihalar amalga oshirildi.

  - O'zEOAVMA O'zbekiston OAV hayotida muhim ahamiyatga ega. Mening nazarimda, bu tashkilot so'z erkiniligini ta'minlash, axborotga bo'lgan ochiqlikni targ'ib qiluvchi tashkilotdir. Bundan tashqari turli janrlarda telemateriallarning tayyorlanishi, ularni efirga uzatish, yangiliklar dasturlarining tezkorligi va jo'shqinligini alohida ta'kidlash kerak. Va shubhasiz, O'zEOAVMAning respublikada faoliyat yurituvchi 50dan ortiq nodavlat teleradiouzatuvchilarni birlashtirib turganligi Assotsiatsiya hamda YUNESKO hamkorligining muhim ko'rsatkichi hisoblanadi, - deya ta'kidladi Krista Pikkat.
Uchrashuv yakunida 13 fevral kuni nishonlanadigan “Butunjahon radio kuni” munosabat bilan o'tkaziladigan tadbirlarni tashkil qilish bo'yicha kelishib olindi.

Mavzuga oid yangiliklar
O'zEOAVMA – Fransiyaning O'zbekistondagi elchixonasi: hamkorlikning yangi ufqlari
2017 yilning 8 fevral kuni “Bundkor” yoshlar telekompleksida Fransiyaning O'zbekistondagi elchixonasi madaniyat va hamkorlik bo'yicha maslahatchisi Izabel Kelbel bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuv doirasida O ...
08.02.2017 / 15:34
Media-haftalik doirasida Harakatlar strategiyasining uchinchi yo`nalishi muhokama etilmoqda
Poytaxtimizning International Hotel Tashkent mehmonxonasida 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishlari bo`yicha Harakatlar strategiyasi loyihasining jamoatchilik muhokamasiga bag`ishlangan media ...
25.01.2017 / 11:41
Media voqelik mehmonlari va ekspertlar fikrlari
Yetakchi mutaxassislar “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida yangi media formatlari” mavzusidagi media voqealik bo'yicha o'zlarining fikr-mulohazalarini bildirishdi.           Akmal Saidov ...
22.12.2016 / 17:59
Poytaxtimizda Butunjahon radio kuni nishonlanadi
Joriy yil 7 fevralda «Bunyodkor» yoshlar telekompleksida 13 fevral - Butunjahon radio kuni munosabati bilan «Radio – bu sen!» tok-shousi suratga olinadi.  Tashkilotchilar: O ...
03.02.2017 / 12:59
Mamlakatning 2017-2021 yillarga mo'ljallangan Harakat strategiyasi loyihasining jamoatchilik muhokamasiga bag'ishlangan media-haftalik
2017-yilning 23-27-yanvar kunlari poytaxtimizdagi “International Hotel Tashkent” mehmonxonasining “Billur" zalida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan “2017-2021 yillarda O ...
21.01.2017 / 09:27
Press-club: jarayonlar davom etadi
Avval xabar berilganidek, joriy yilning 21 dekabr kuni International Hotel Tashkent mehmonxonasida O'zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (O'zEOAVMA) tomonidan bir qator tashkilotlar bilan hamokrlikda Media event ko ...
22.12.2016 / 12:18