O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

Tinchlik uchun Afg 2018
Tinchlik uchun Afg 2018
120 SONIYA 26 03 2018 17 00
120 SONIYA 26 03 2018 17 00
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Ekspert: "Yurtimizdagi xorij universitetlarini bitirgan yoshlar O'zbekistonda qolib, ishlashni istashmayapti"

26 yanvar kuni "2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning besh yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi" loyihasiga bag'ishlangan mediahaftalikning to'rtinchi kunida ta`lim yo'nalishida ham ko'plab muzokaralar bo'lib o'tdi. Ishtirokchilarning spikerlarga yo'llagan savollari orasida xususiy kollej va litseylarni tashkil etish bo'yicha savol ham bor edi. 

"Xususiy o'qish joylarida bolalarning tarbiyasi qaysi tomonga yo'naltirilishi noaniq. Ularga javobgarlikni kim o'z zimmasiga oladi? Ayni damda xususiy kollej va litseylarni ochish masalasi oldida bir qancha mavjud muammolar borligiga e`tibor qaratishimiz lozim. Bizga ma`lumki, hozirda yurtimizda ko'plab chet el universitetlarining filiallari mavjud. Ular orasida Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyoti universiteti, Turin politexnika universiteti, Inha universitetini misol qilish mumkin. Biroq biz ishga qabul qilish vaqtida yuqoridagi oliygohlarni tamomlagan talabalarni suhbatga chaqirganimizda ularning ko'pchiligini O'zbekistonda qolish niyati yo'q. Yana bir bor e`tiboringizni qaratishingizni so'rayman, aynan qolish niyati yo'q.  Agarda bu universitetlarda bizning yaxshi tarbiyali, bilimi kuchli yoshlarimiz tahsil olgan bo'lsa, nima sababdan O'zbekistonda ishlash niyati yo'q? Bu bizning oldimizda turgan katta muammodir. Avvalam bor, mana shu masalalar yuzasidan katta-katta ishlarni olib borishimiz zarur", - dedi O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri o'rinbosari Dilmurod Turdiyev. 

 Shu o'rinda, Samarqandda oziq-ovqat sohasida xorijiy hamkorlar bilan yangi yo'nalishdagi institutni tashkil etish, Buxoroda turizmni rivojlantirish bo'yicha, Andijon va Farg'onada mexanika yo'nalishini rivojlantirish bo'yicha yangi institutlar ochish dasturdan asosiy o'rin olgani alohida qayd etildi. Mazkur taklif bo'yicha qaror qabul qilinishi bilan buning ustida qator ishlar amalga oshirilishi aytib o'tildi. 

"Hozirgi kunda farzandlarimizni chet elga ketib qolishini oldini olish uchun qiladigan ishlarimiz, vazifalarimiz talaygina", - deya qo'shimcha qildi Dilmurod Turdiyev.

kun.uz

Mavzuga oid yangiliklar
darakchi.uz: Fotoreportaj: Poytaxtda 3 may — Jahon matbuoti erkinligi kuni qanday nishonlandi?
Bugun, 3 may — Jahon mutbuoti erkinligi kuni munosabati bilan “Media xoll NAESMI”da “Axborot sohasidagi raqobat hamda bozor munosabatlari rivojlanishi jarayonlarida OAV erkinligini mustahkamlash kafolotlari&rdquo ...
03.05.2018 / 17:51
Axborot sohasidagi raqobat, bozor munosabatlari rivojlanishi jarayonlarida OAV erkinligini mustahkamlash kafolotlari: O'zbekiston tajribasi
2018 yilning 3 may kuni “Media xoll NAESMI”da “Axborot sohasidagi raqobat, bozor munosabatlari rivojlanishi jarayonlarida OAV erkinligini mustahkamlash kafolotlari: O'zbekiston tajribasi” mavzusidagi xalqaro davra suhbati bo ...
03.05.2018 / 14:46
O‘zbekiston madaniy merosi Londonda taqdim qilindi
2018 yil 18 aprel kuni Londondagi O‘zbekiston elchixonasida “O‘zbekiston madaniy merosi Buyuk Britaniyada" mavzuidagi xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbir O&lsquo ...
20.04.2018 / 12:59
uza.uz: Rag‘bat va e’tibor sog‘lom raqobatga undaydi
Poytaxtimizda O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Axborot sohasida raqobat ...
03.05.2018 / 16:42
"O`zbekiston obidalaridagi bitiklar" turkum nashrining 13 ta jildi xalqaro ko`rgazmada taqdim etildi
Avval xabar qilganimizdek, joriy yil 25 aprel kuni Qozog`iston Respublikasi Ostona shahridagi “Korme” ko`rgazmalar markazida “III Evroosiyo xalqaro kitob ko`rgazma yarmarkasi” o`z faoliyatini boshladi. Unda O ...
26.04.2018 / 17:28
O‘zbekistonda nodavlat teleradiokanallar rentabelligini yuksaltirish
2018 yilning 10 aprel kuni O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiya hamda Konrad Adenauer jamg‘armasining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi bilan tomonidan O&lsquo ...
11.04.2018 / 10:27