O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

O'zbekiston obidalaridagi bitiklar loyihasi haqida film
O'zbekiston obidalaridagi bitiklar loyihasi haqida film
20 06 2017 Tadbirkorlardan savol 43 son
20 06 2017 Tadbirkorlardan savol 43 son
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Iqtisodiyot
Ijtimoiy soha ob`yektlariga 1 trillion 840 milliard mablag' yo'naltirildi

O'zbekistonni rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari bo'yicha loyihalar taqdimoti va muhokamasiga doir mediahaftalik bo'lib o'tayotgani ko'chilikka ayon. 26 yanvar mavzusi ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor  yo'nalishlariga qaratildi. 

Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlaridan biri - infratuzilma masalasi. Yo'llar qurilishi, transport vositalari bilan ta`minlash, bugungi kunda 303 ta yangi marshrutning ishga tushirilishi eng avvalo, qishloq joylardagi aholining o'z manziliga vaqtida yetib borishiga qaratilgan. Yangi marshrutlardan tashqari yangi bekatlar qurilishi, yangi avtobuslarni sotib olish ko'zda tutilmoqda. 

Mutaxassislarimizning so'zlariga ko'ra, elektr energiyasi va gaz ta`minoti masalasida juda katta dasturlar tuzildi. U yangi quvvatlarni ishga tushirish va bu orqali respublikadagi muammoni hal qilishga qaratilgan. Yangi quvvatlarni ishga tushirish bilan bir qatorda 0,4 va 0,10 simlarni rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan. Shuningdek suyultirilgan gazni yetkazib berish masalasi ko'rilmoqda, bu turdagi gaz issiqlik tizimini ta`minlashda o'z o'rnini topa olmasligi qayd etildi. 

Ko'mir bilan ta`minlash masalasiga e`tibor qaratish aholini o'z vaqtida issiqlik tizimi bilan ta`minlashga bog'liqdir. Hozirgi vaqtda viloyatlarda 84 ta distribyutorlik markazlarining qurilishi bu avvalambor aholiga yaqinlashtirishdir. Eng asosiysi, respublikadagi ko'mir narxi 24 ming hisobida belgilangan. Bu narx asosida aholiga arzon ko'mir yetkazib berish imkoni paydo bo'lishi ta`kidlandi.

Yana bir yo'nalish - chiqindilar masalasiga alohida e`tibor qaratildi. Bugungi kunda respublika qamrovida 60 foiz chiqindilarni olib chiqib tashlash masalasi yo'lga qo'yilgan, 5 yillik dastur asosida bu ko'rsatkichni 100 foizga ko'tarish maqsad qilingan. Albatta, bu yo'nalishda texnikani sotib olish va chiqindini qayta ishlash masalasiga katta e`tibor qaratilganligi aytildi. 

Ijtimoiy sohaga tegishli ob`yektlar soni 1244 ta bo'ladigan bo'lsa, 1 trillion 840 milliard mablag' aynan shu soha ob`yektlariga yo'naltiriladi.

kun.uz

Mavzuga oid yangiliklar
Fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish dasturi ishlab chiqildi
Fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish dasturi ishlab chiqildi.
26.01.2017 / 23:54
O‘zbekistonga yaqin 5 yilda 40 mlrd dollar investitsiya kiritilishi rejalashtirilgan
O‘zbekistonga yaqin 5 yilda 40 mlrd dollar investitsiya kiritilishi rejalashtirilgan.  
26.01.2017 / 23:46
Mehnat shartnomasi ishchilarga chindan ham zarurmi?
"2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning besh yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi" loyihasiga bag'ishlangan mediahaftalikning uchinchi kunida "Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo ...
26.01.2017 / 08:23
2017-yilda 345 mingdan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan
2017-yilda 345 mingdan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan.
26.01.2017 / 23:51
Markaziy bank plastik kartadagi mablag`larni naqdlashtirish masalasini hal qiladi
Markaziy bank bugungi kunda ko`pchilik fuqarolar uchun muammoli bo`lgan plastik kartalardan naqd pul echish masalasini tartibga solish bo`yicha qator choralarni ko`radi. Bu haqda Markaziy banki departament direktori o ...
26.01.2017 / 11:18
O'zbekistonda bank tizimi xalqaro andozalarga ko'ra rivojlantiriladi
Bugun 25 yanvar kuni "2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishlari bo'yicha Harakatlar strategiyasi" loyihasining navbatdagi jamoatchilik muhokamasi bo'lib o'tdi.  3-kun mavzusi ...
25.01.2017 / 21:11