O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

Ozod yurt to'lqinlari media festivali
Ozod yurt to'lqinlari media festivali
Tezkor xabar 28 07 2017 11 30
Tezkor xabar 28 07 2017 11 30
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Harakatlar strategiyasi loyihasi bilan yaqindan tanishish imkoni yaratildi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 2017 — 2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakat ­strategiyasi ­loyihasi jamoatchiligimiz, ekspertlar, ilmiy doiralar, fuqarolik jamiyati ­instituti vakillari ­tomonidan keng muhokama qilinmoqda.

Mustaqil davlatimiz uchun noyob bo'lgan ushbu dasturilamal hujjat muhokamasi xalq xohish-irodasining chinakam ifodasi bo'lgan mexanizmlardan foydalangan holda tashkil etilmoqda, unda keng aholi qatlami katta qiziqish va daxldorlik tuyg'usi bilan qatnashayapti.

Harakat strategiyasi loyihasi matni barcha xohlovchilar ­bevosita tanishib chiqishi uchun internet tarmog'iga joylashtirildi. Bunda har bir kishi ­normativ-huquqiy hujjatlar ta`sirini baholash tizimi ­portali orqali yoki mazkur ­hujjat muhokamasi bo'yicha mamlakatimiz parlamenti, ilmiy va ta`lim muassasalari, ommaviy axborot vositalari, ekspertlar hamjamiyati tomonidan tashkil qilinayotgan qator tadbirlarda bevosita ishtirok etishi hamda o'z fikr-mulohazalari, takliflarini bildirishlari mumkin.

Harakat strategiyasini tayyorlashga, jumladan, bu borada ­axborot to'plash va uni tahlil qilish, tahliliy ishlar hamda hujjatning turli yo'nalishlari bo'yicha natijalarni muhokama etishga davlat tuzilmalaridan tashqari, boshqa qatnashchilarning jalb qilinishi juda ko'p masalalarda fikr va baholarni olish, shuningdek, mamlakatimiz kelajak taraqqiyotining ­istiqbol yo'nalishlariga oid g'oyalar, qarashlarni jamlash ­imkonini beradi.

Ushbu hujjat loyihasini ­ishlab chiqish, keng jamoatchilik muhokamasi uchun e`lon qilish hamda qabul qilish tashabbusi xalqimiz tomonidan e`tirof etilib, qo'llab-quvvatlanmoqda. Ochiq demokratik muhokamalar, aholining mamlakatimiz sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy rivojlanishining ustuvor yo'nalishlarini belgilashda faol qatnashishi O'zbekistonda fuqarolik jamiyati rivoj topayotganidan, fuqarolarning siyosiy-huquqiy madaniyati yuksakligidan dalolatdir.

Harakat strategiyasining ­asosi, avvalambor, inson manfaatlarini ta`minlash bilan bog'liq vazifalardan iborat. Ular davlatimiz rahbarining Saylovoldi dasturida, shuning­dek, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi ma`ruzasida, Oliy Majlis palatalari qo'shma majlisidagi hamda Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisida bel­gilab berilgan edi.

Davlatimizning qisqa va o'rta muddatli rejalashtirishga yangicha yondashuvi, mohiyatiga ko'ra, yurtimizda davlat hamda jamiyat rivojlanishi strate­giyasiga nisbatan mutlaqo yangi milliy qarashlar asosi shakllantirilayotganidan dalolatdir. Binobarin, davlat qurilishi, sud-huquq tizimini takomillashtirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish hamda ijtimoiy sohani rivojlantirish, millatlararo do'stlik va hamjihatlikni mustahkamlash bo'yicha eng dolzarb vazifalar aniq belgilab berilayotgan Harakat strategiyasi mamlakatimizni keyingi besh yilda isloh qilishning “yo'l xaritasi”ga aylanadi.

Xalq va mamlakat rahbariyati Strategiya loyihasini ishlab chiqishda o'z salohiyatiga real baho bergan holda, mavjud tahdid hamda xavflarni chuqur hisobga olishi kerak. Xalqimiz ushbu dasturilamal hujjatning keng muhokamasida faol ishtirok etish orqali kelajak orzu-umidlarini, rivojlanishning aniq maqsad va vazifalarini ilgari surmoqda. Zero, Harakat strategiyasini amalga oshirish besh bosqichda taklif qilinib, bu bo'yicha har yili alohida davlat dasturlari qabul qilinishi ko'zda tutilayotir. Bu esa dasturga mavjud vaziyat, ichki va xalqaro shart-sharoitlar, mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlaridan kelib chiqib, o'z vaqtida zarur o'zgartishlarni kiritish imkonini beradi.

Shuni alohida qayd etish kerakki, mamlakatimizda Strategiyani qabul qilishga yangicha yondashilayotgani zamirida, avvalambor, mustaqillik yillarida erishilgan yutuq va natijalarimiz mujassamdir. Chunki aynan barqaror hamda jadal rivojlanayotgan jamiyatgina o'zining strategik taraqqiyoti haqida bosh qotirishi mumkin. Iqtisodiyot va xavfsizlikni ta`minlashda jiddiy muammolarga duch kelgan, xalq bilan samarali muloqot bo'lmagan davlatlarda bunday qarorga kelishning iloji yo'q. O'zbekiston mintaqada jadal ravnaq to­payotgan mamlakatlardan biri sifatida bosh maqsadga, ya`ni demokratik rivojlangan davlatlar qatoridan joy olish yo'lidan dadil bormoqda. Yurtimizda aynan sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy sohalarda qo'lga kiritilgan natijalar o'rta muddatli rivojlanishimizning strategiyasini bel­gilab beradigan hujjatni qabul qilish uchun shart-sharoit yaratadi.

O'zbekiston tomonidan Harakat strategiyasi qabul qilinishi rejalashtirish-prognozlashtirish bo'yicha faoliyatning ­xalqaro amaliyotiga to'la mos keladi. Masalan, Kanada, ­Yaponiya, Janubiy Koreya va ­boshqa mamlakatlarda qabul qilingan milliy rivojlanish strategiyalari dunyo hamjamiyatida keng nom qozongan bo'lib, hozirgacha ijobiy natija keltirmoqda.

Harakat strategiyasi loyihasi mamlakatimiz kelajagini barpo qilishning muhim vositalaridan biridir. U jamiyat va davlatning barqaror hamda uyg'un taraqqiyoti uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Hujjatda mamlakatimizdagi mavjud imkoniyatlar e`tiborga olinayapti, umummilliy va hududlar doirasida, hatto mahalliy darajada maqsad hamda vazifalar taklif qilinayotir. Ushbu dasturilamal hujjat uning jamoatchilik muhokamasida, maslahatlashuvlarida ishtirok etayotgan odamlarning qarashlarini, manfaatlarini o'zida ifodalaydi.

Shu o'rinda ta`kidlash o'rinliki, Harakat strategiyasi ­loyihasida davlat organlari faoliyatining ochiqligini ­ta`minlash, davlat ahamiyatiga molik muhim qarorlarning qabul qilinishida jamoatchilikning keng ishtirok etishi, davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati mexanizmlarini mustahkamlash, aholiga ko'rsatiladigan davlat xizmatlari sifatini oshirish, “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish bo'yicha chora-tadbirlar muhim o'rin egallagan. Bu mazkur dasturilamal hujjatning ro'yobga chiqarilishi uchun davlat va jamiyat sa`y-harakatlarini birlashtirishga qaratilgan ustuvor yo'nalishlardan biridir.

Har qanday g'oya, agar u kelajakka bo'lgan ishonchni mustahkamlasa, jamiyatning kuchi va resurslarini jalb qila olsagina, muvaffaqiyatga erishishi mumkin. Shuni g'urur bilan aytish joizki, aholi turli qatlamlari bildirayotgan fikr-mulohazalar, takliflar Harakat strategiyasi loyihasi xalqimizning yaratuvchanlik salohiyatini yanada keng ro'yobga chiqarib, odamlarimizni shijoat bilan ezgu maqsadlar yo'lida birlashtirishga qodirligini ko'rsatdi.

Harakat strategiyasini qabul qilish bo'yicha jamiyatimizning barcha qatlami yakdillik namo­yish etayotgani xalqimizning ulkan muvaffaqiyatlar, taraqqiyotning yangi marralariga erishish, pirovardida odamlarimiz turmush darajasini yanada oshirish imkonini beradi.

Ilhom ABDULLAYeV,
O'zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, siyosiy fanlar doktori.

Mavzuga oid yangiliklar
“Ozod yurt to‘lqinlari” X an’anaviy media-festivali
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 26 yilligiga bag‘ishlab, O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (O‘zEOAVMA) tomonidan joriy yilning 22-avgust kuni soat 19.00da poytaxtimizda ...
19.08.2017 / 14:13
“Navqiron jurnalistlar-2017”: O‘zEOAVMA Axborot markazi faoliyati yanada takomillashtiriladi
2017 yilning 10-13 avgust kunlari “Navqiron jurnalistlar-2017” yozgi o‘quv media-oromgohi doirasida O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi tomonidan UNESCOning O&lsquo ...
18.08.2017 / 10:06
O'zEOAVMA "Ozod yurt to'lqinlari" media-festivalini e'lon qiladi
O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab ...
04.08.2017 / 18:21
“O‘zbekiston online” dasturi to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga tayyorlanmoqda
2017 yilning 11-17 avgust kunlari “Navqiron jurnalistlar-2017” yozgi o‘quv media-oromgohi doirasida O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi tomonidan K.Adenauer jamg&lsquo ...
18.08.2017 / 12:42
“Navqiron jurnalistlar - 2017”: Nodavlat telestansiyalar bolalar telestudiyalari ijodkorlari uchun interaktiv seminar
2017 yilning 7-13 avgust kunlari “Navqiron jurnalistlar - 2017” yozgi media-oromgohi doirasida O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiya hamda UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorlikda O ...
18.08.2017 / 09:49
Firdavs Abduxoliqov: Gulnoraning tosh-tarozisi
Har bir insonning hayotida shunday damlar bo`ladiki, u bir lahza to`xtab, kundalik tashvishlardan bir muddat chekinib, bosib o`tilgan yo`lni, qilgan ishlarini sarhisob qilishga tutinadi. Gohida taqdirning o`zi atayin, insonni ma`lum bir joyda ...
03.08.2017 / 09:17